Vatan haqida Bu ko’ngil Vatan der, ko’zimda Vatan


Download 17.87 Kb.
Sana28.01.2022
Hajmi17.87 Kb.
#534337
Bog'liq
Vatanparvarlik haqida
011ons2-93 - 0127-134, 011ons2-93 - 0127-134, Ekologiyaning rivojlanish, bo'limlari va metodlari, 1-ON Attempt review 2, 11 папка, matematik modellashtirish, matematik modellashtirish, Boshqaruv samaradorligi reja (1), Boshqaruv samaradorligi reja (1), Boshqaruv samaradorligi reja (1), Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti, Baxtiyor.uz-Ona-tili-va-adabiyot-MOK-testlari-1, Elektr sig’imi, .............., «А. С. Пушкин. «Медный всадник»

Vatan haqida
Bu ko’ngil Vatan der, ko’zimda Vatan,
Necha boqmasin ko’z, yana Vatan der.
Qalbimning tubidan joy olgan kalom,
Muqaddas, qadrli so’zimdir Vatan
Vatan - bu soʻzni eshitganda kimningdir koʻz oʻngida soʻlim tabiat jonlansa, boshqa birov oʻz uyini yoki davlat ramzlarini tasavvur qiladi. Yana kimdir cheksiz sarhadlarni xayoliga keltiradi. Balkim biz Vatan deganda ana shu sarhadlar himoyasi uchun jonidan-da kechishga tayyor insonlarni oʻylashimiz kerakdir. Balki biz Vatan deganda o’z oilamiz, ota-onamiz, yaqinlarimizning mehrini his etishimiz kerakdir...
Ha, azizlar, biz Vatan deganda yuqoridagi aytgan fikrlarimizni aslo inkor etma olmaymiz, va albatta Vatan deganda serquyosh O’zbekistonimizni anglaymiz.
«Serquyosh» bu so‘z jaranglashi bilan butun vujudimizda ajib entikish, dilimizda cheksiz iftixor tuyg‘usini his etamiz. Madhiyamiz yangrab, bayrog‘imiz boshimiz uzra hilpiraganda, qalbimizning tub-tubida g‘urur va faxr-iftixor tuyg’usi jo‘sh uradi.
Xalqaro maydonlarda mazkur shukuhli tarona jaranglaganda, sportchilarimiz madhiyani jo’r bo’lib kuylagan onlari barchamizning qalblarimizga o’zgacha his-tuy’gu joylaydi. Bu – Vatanparvarlikdir
Jonajon Vatanimizning shonli tarix sahifalarini varaqlasak, ajdodlarimizning nechog‘lik vatanparvarliklariga guvoh bo‘lamiz. Ulug‘ tariqat peshvosi Najmiddin Kubro o’z vataniga bo’lgan sadoqati, qo’llarida Vatan bayrog’ini tutib jon berganliklari ayni vatanparvarlikdir. Yoki Jaloliddin Manguberdining o’sha paytda butun musulmon dunyosi va Yevropaga xavf solib turgan mo’g’ullarga qarshi 10 yildan ko’proq mardonavor jang qilgan va shu yo’lda halok bo’lishini bilsa ham g’animga qarshi kurashni to’xtatmagani vatanparvarlik emasmi? Bu ro’yxatni uzoq davom ettirish mumkin, lekin biz buyuk vatanparvar ajdodlarimizdan o’rganishimiz va hayotga tatbiq etishimiz kerak bo’lgani bu Vatanga sadoqat va ona Vatanimizni ko’z qorachig’imizdek asrashdir.
Inson xotirasi – muqaddas, qadri ulug’. 9-may - bu kun tom ma’noda inson xotirasi va qadriga nisbatan adolatni tiklagan, asl haqiqatni o’zida mujassam etgan muhim tarixiy sanadir. Bu yil fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 75-yilligi nishonlanayotgan ushbu kunlarda jangu jadallarda jon bergan vatandoshlarimiz matonati va fidoyiliklari hech qachon unutilmaydi
jannatmonand ulug‘ ona Vatanimizni sevmoq, ravnaqi uchun fidokorlik qilmoq, uning tinchligi himoyasida bo‘lish va asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimizdir! Mana shunday aziz va buyuk Vatanimizga loyiq inson bo’laylik, o’qiylik, izlanaylik, Prezidentimizning bizga bildirayotgan ishonchlarini oqlaylik.


Download 17.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling