Vatanni aslida Vatan qilganlar, Erk uchun jonlarin gulxan qilganlar


Download 18.43 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi18.43 Kb.
#1110248
Bog'liq
9-may she`rlar


Vatanni aslida Vatan qilganlar,
Erk uchun jonlarin gulxan qilganlar.
Tillarin kessalar,ko’zlarin o’ysa,
Bir biriga dil bilan suxanlik qilganlar.

Yovning yaxshisi yo’q degan ham ular,


Zog’ning baxshisi yo’q degan ham ular.
Millatning ko’ksida bo’y cho’zgan Chinor,
Har dilda ko’klamdek ko’karib kelgan,
Vatanni aslida Vatan qilganlar.

Maqtov malham bo’lmas,bil qurbonlarga,


Oyatda orom bor shahid jonlarga.
Qo’llarin duoga katta och elim,
Shukrona joizdir erkli onlarga.
Vatanni aslida Vatan qilganlar,
El uchun jonlarin gulxan qilganlar.
9-MAYGA ATAB SHE'RLAR
Jim!Do’stim, bir lahza sukut saqlaylik,
Baxtimiz qurboni bo’lganlar haqqi.
Nomlarin yod etib, bir-bir yo’qlaylik,
Xalqim, deb, yurtim, deb o’tganlar haqqi.

– Kel, do’stim, bir lahza quloq beraylik,


Tinglaylik mardlarning yurak sasini.
Mangulik bog’idan gullar teraylik,
Qalblarga yozaylik xotirasini.

–Ular yosh edilar, hayotga tashna,


To’yib ham totmagan sevgi otashin.
Umid g’unchalari barg yozmay yashnab,
Abadiy qo’yganlar tuproqqa boshin.

–Ota edi ular – oilaga bosh,


Faxrlanib eslar o’g’il-qizlari.
Nogohon ko’zlardan sizib chiqar yosh,
Urush solgan dardning bitmas izlari.

–Fidolar qabrida kezaman beun,


Ma’yus bir kuy chalar qalbim torlari…
Alvon chechaklarga burkanib bu kun,
Bunda yotar baxtim ijodkorlari.

– Kel, do’stim, bir lahza sukut saqlaylik,


Shu qutlug’ dargohni qilaylik tavof.
Vatan ishonchini dildan oqlaylik,
Elu-yurt chekmasin sira iztirob.

–Kel do’stim, bir lahza sukut qilaylik.

Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor.
O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim,
Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.

Yurtim, ko’nglimdek keng osmonlaring bor,


Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringdan ham diydorlaringa zor,
Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor.

Qo’ling qadog’iga bosay yuzimni,


Onamsan-ku og’ir olma so’zimni.
Qayinbarglar yopib qaro ko’zini,
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.

Qurboning bo’layin ey onajonim,


Sening faryodlaring – mening fig’onim.
O’tmishingni o’ylab o’rtanar jonim,
Aytsam ado bo’lmas armonlaring bor.
ХОТИРА МУКАДДАС

Ёдга олинг борлик олам жахонни


Хар бир утган азиз азиз инсонни
Дуо килинг мустахкам килиб иймонни
Хотира мукаддас хотира мангу.

Тарихдан ёд бизгача утдилар кимлар


Фаровон хаёт учун очди тилсимлар
Кадрламасак гунох киламиз таъзимлар
Хотира мукаддас хотира мангу

Осудалик учун жонлар булди фидо


Куплар якин ёридан булдилар жудо
Асрлардан хотирлар беради садо
Хотира мукаддас хотира мангу

Тинч замонга осонликча келмадик етиб


Кичик шахзода шеър ёз хотира этиб
Канча авлод бизлар учун конларни кечиб
Хотира мукаддас хотира мангу.

9-May xotira kuni haqida she'r


Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Hatto maysaning ham xotirasi bor,


Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.

To quyosh osmonda porlab turarkan,


Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli

💐9 Май ,, Хотира ва қадрлаш куни ''га бағишланади.💐


РУҲИНГИЗ ШОД БЎЛСИН
Ном нишонсиз ўтиб кетар номард киши,
Ватан учун қайғурмоқлик марднинг иши,
Ташвишингиз бўлди доим юрт ташвиши,
Ватан учун жони қалқон, фидоларим,
Руҳингиз шод бўлсин мангу боболарим.

Кўзга суртиб тупроқ, гарду ғуборини,


Бахт омадим дея тақиб туморини,
Ким суюбди сиздек она диёрини,
Ватан учун унган меҳригиёларим,
Руҳингиз шод бўлсин мангу боболарим.

Қурол тутиб,қонлар кечиб дўл,селларда,


Ватан учун жанг қилдингиз ёт элларда,
Қабрингиз ҳам қолиб кетди чет элларда,
Ёт ерарда қолган мунгли наволарим,
Руҳингиз шод бўлсин мангу боболарим.

Хоинларнинг умри ўтар кибрларда,


Қўрқоқларнинг жони ҳалак,ҳузурларда,
Ёрни эмас қор қучдингиз Сибирларда,
Юрт меҳрига ташна шоҳу гадоларим,
Руҳингиз шод бўлсин мангу боболарим.

Сабр таги сариқ олтин деган ҳам сиз


Ҳалқим учун жоним олгин деган ҳам сиз,
Бир майзни қирққа бўлиб еган ҳам сиз,
Бугун олам аро жаранг садоларим,
Руҳингиз шод бўлсин мангу боболарим.

Номингиз ёд этамиз ҳар чоғимизда,


Хотирангиз яшар кўнгил боғимизда,
Мададкордир руҳингиз ҳар ёғимизда,
Жаннатлардан эсган майин саболарим,
Руҳингиз шод бўлсин мангу боболарим.

Download 18.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling