Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom Universiteti


Download 182.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.05.2020
Hajmi182.78 Kb.
#108503
Bog'liq
53be7a2f60795


      Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  

         Toshkent Islom Universiteti 

                 Fuqarolik huquqi  fanidan  

   

 

 

   

 

 

Mavzu: Hadya shartnomasi.

 

 

 



 

 Bahardi  islomhuquqi  

yonalishi 3 – kurs  

talabasi  

Avazov Kahramon 

 

 

 

 

 

                                                  Toshkent 2013 

HADYA SHARTNOMASI. XAYR-EHSON 

 

           

                                              

Reja:

 

 

1. Hadya shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari  

             va predmeti 

2. SHartnomada qatnashuvchi taraflar,  

3. ularning huquq va burchlari 

4. Xayr-ehson 

 

 

 

 

 

 

Hadya shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari 

va predmeti 

Hadya  deb  shunday  shartnomaga  aytiladiki,  unga  ko’ra  bir  taraf  (hadya 

qiluvchi)  boshqa  taraf  (hadya  oluvchi)  ga  ashyoni  tekinga  mulk  qilib  beradi  yoki 

berish majburiyatini oladi yoxud unga o’ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk 

huquqi (talabini) beradi yo berish majburiyatini oladi yoxud uni o’zi yoki uchinchi 

shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoyinki ozod qilish majburiyatini 

oladi  (FKning  502-moddasi).  Uning  mohiyati  shundaki,  bunda  mulk  tekin 

topshiriladi,  ya’ni  hadya  qiluvchining  tasarrufida  bo’lgan  ashyo  hadya  oluvchiga 

mol-mulk qilib o’tkaziladi. 

Bozor  munosabatlari  tobora  chuqurlashib  borgani  sari  shart-nomalarning 

mazmuni,  doirasi,  ko’lami  ham  kengayib  bormoqda.  CHunonchi,  1963  yilgi 

fuqarolik  qonunchiligida  hadya  shartnomasi  deganda,  bir  taraf  (hadya  qiluvchi) 

mulkni  ikkinchi  tarafning  (hadya  oluvchining)  egaligiga  tekinga  topshirishi 

normalangan edi. Amaldagi FKda esa, bu holat sezilarli takomillashtirildi. Buning 

natijasida  yuqoridagi  hadya  predmeti  doirasi  kengaytirilib,  u  o’z  ichiga 

quyidagilarni olishi mumkin bo’ldi: 

birinchidan,  bir  taraf  boshqa  tarafga  tekinga  mol-mulk  qilib  beriladigan 

ashyolarni; 

ikkinchidan,  bir  taraf  (hadya  qiluvchi)  boshqa  taraf  (hadya  oluvchi)  ga 

o’ziga  yoki  uchinchi shaxsga  nisbatan  mulk  huquqi (talabi)ni beradigan  yo berish 

majburiyatini olgan hollarda mulkiy huquqni; 

uchinchidan,  bir  taraf  (hadya  qiluvchi)  boshqa  taraf  (hadya  oluvchi)  ni  o’zi 

yoki  uchinchi  shaxs  oldidagi  mulkiy  majburiyatdan  ozod  qiladigan  yoxud  ozod 

qilish majburiyatini olgan hollarda ham mulkiy huquqni. 



Ko’rinib turibdiki, har bir holatda ham  mustaqil ikki tushuncha qo’llanilgan 

ashyoni topshiradi yoki topshirish majburiyatini oladi, mulkiy majburiyatdan ozod 

qiladi  yoki  ozod  qilish  majburiyatini  oladi.  Bu  mazkur  shartnomagagina  xos 

bo’lgan xususiyatdir. 

SHartnoma  real  bo’lsa-da,  ayni  paytda  hadya  qiluvchi  hadya  oluvchiga 

kelgusida  hadya  qilish  majburiyatini  oladi.  Ammo  hamma  hollarda  ham  hadya 

shartnomasi  vujudga  kelavermaydi.  Aytaylik,  ashyo  yoki  huquq  muqobil 

berilganida yo bo’lmasa, muqobil  majburiyat  mavjud bo’lganida shartnoma hadya 

deb  tan  olinmaydi  (FK,  502-modda,  2-qismi).  Bunday  shartnomalarga  FKning 

250-moddasi, 124-moddaning ikkinchi qismi qoidalari qo’llaniladi. 

SHuningdek,  yuqoridagi  uchta  holatga  to’rtinchi  mustaqil  holatni  ham 

kiritish  mumkin.  Ya’ni,  biron-bir  shaxsga  ashyoni  yoki  mulk  huquqini  tekinga 

berish  yoki  biron-bir  shaxsni  majburiyatdan  ozod  etishni  va’da  qilish  (hadya 

etishni  va’da qilish), agar  va’da tegishli shaklda berilgan bo’lsa  va kelajakda aniq 

shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan 

ozod qilish maqsadi aniq ko’rinib turgan bo’lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi 

(FK, 502-modda, 3-qismi). 

Hadya bir tomonlama, real, tekinga tuziladigan shartnoma hisoblanadi. 

SHubhasiz,  hadya  bir  tomonlama  bitim  bo’lib,  taraflarning  o’zaro 

kelishuviga asoslanadi. U hadya oluvchining taklif qilingan mulkiy huquqni qabul 

qilishga  rozilik  berishida  ifodalanadi,  aynan  shu  belgisi  bilan  hadya  qarz 

shartnomasidan farq qiladi. 

Fuqarolik  qonunchiligida  hadyani  hadya  oluvchiga  hadya  qiluvchining 

vafotidan keyin topshirilishini  nazarda tutuvchi shartnoma  tan olinmaydi.  Bunday 

hadyaga  nisbatan  vasiyatnoma  to’g’risidagi  qoidalar  qo’llaniladi.  Hadyaning 

vasiyatnomadan  farqi  shundaki,  mulk  hadya  qiluvchining  tirikligida  topshiriladi, 

bu  uning  mulki  kamayishiga  olib  keladi,  vasiyatnoma  esa  insonning  hayotligida 

uning mulkiy huquqlarida aks etmaydi. Vasiyatnoma bekor qilinishi, o’zgartirilishi 

mumkin,  hadya  esa  qoida  tariqasida  ortga  qaytmaydi.  Hadyani  shartnoma  deyish 

mumkin, vasiyatnoma esa odatda, bir tomonlama bitim bo’lib ko’riladi. 

Hadya  shartnomasining  predmeti  fuqarolik  muomalasidagi  ob’ektlar: 

ashyolar, mulkiy huquqlar, ko’char va ko’chmas mol-mulklar bo’lishi mumkin. 

Ba’zi  hollarda  shartnoma  hadya  qiluvchining  o’zi  yoki  uchinchi  shaxs 

oldidagi  mulkiy  majburiyatdan  ozod  qilish  yoki  ozod  qilish  majburiyatini  olish 

orqali  amalga  oshiriladi.  Bunday  holda  shartnomaning  tuzilish  vaqti  mulk 

huquqining  o’tish davri bilan  mos kelmasligi  mumkin.  Bunda  majburiyat  huquqiy 

munosabatlari  vujudga  keladi,  uning  mazmunida  hadya  qiluvchining  o’z  mulkini 

kamaytirish  hisobidan  hadya  oluvchini  boyitish  yotadi.  SHartnomada  hadya 

predmeti  aniq  ko’rsatilgan  bo’lishi  kerak.  Noma’lum  ashyoni  hadya  qilishga  yo’l 

qo’yilmaydi,  binobarin,  ular  hech  qanday  huquqiy  ahamiyatga  ega  emas.  Hadya 

oluvchini qarzdan ozod qilish haqida qilingan va’dada ham ushbu qarz summasini 

aniq ko’rsatish lozim bo’ladi. 

Hadya  shartnomasining  shakli  uning  mazmunidan  kelib  chiqadi.  Umumiy 

holda hadya qilish, ya’ni hadyani hadya oluvchiga topshirish og’zaki tarzda amalga 

oshirilishi  mumkin.  Ko’pincha,  hadyani  topshirish,  uni  taqdim  qilish  ramziy 


topshirish  (masalan,  yangi  kvartirani  yoki  avtomobilь  kalitini  topshirish)  yoki 

mulkiy huquqni guvohlantiruvchi biron-bir hujjatni taqdim etish yo’li bilan amalga 

oshiriladi. 

Ko’char  mulklar  bo’yicha  quyidagi  hollarda  hadya  shartnomasi  yozma 

shaklda tuziladi:  

hadya qiluvchi yuridik shaxs bo’lganida; 

fuqarolar  o’rtasida  eng  kam  ish  haqining  o’n  baravaridan  ortiq  summaga 

shartnoma tuzilayotganida; 

shartnoma bo’yicha kelajakda hadya qilish va’da qilingan hollarda. 

Ko’chmas  mulkni  hadya  qilish  shartnomasi  notarial  tasdiqlanishi  va  davlat 

ro’yxatidan o’tkazilishi lozim. 

SHuningdek,  FKning  504-moddasining  2001  yil  7  dekabrdagi  tahririda 

qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilishi  lozim 

bo’lgan  avtomototransport  vositalarini  hadya  qilish  shartnomasi  notarial 

tasdiqlangan bo’lishi kerakligi belgilandi. 

Hadya  shartnomasi  odatdagi  shartnomalardan  ba’zi  huquqiy  belgilariga 

ko’ra  farq  qiladi.  Aytaylik,  buni  mazkur  turdagi  shartnomaning  haqiqiy 

sanalmasligi  hollarida  ham  ko’rish  mumkin.  Bitimlarning  haqiqiy sanalishi  uchun 

odatdagi  qo’yiladigan  shartlardan  tashqari,  hadyada,  birinchidan,  ashyo,  mulk 

huquqi  yoki  mulkiy  majburiyatdan  ozod  qilish  shaklidagi  hadya  ashyosini 

(predmetini)  aniq  ko’rsatish  kerak;  ikkinchidan,  hadya  predmeti  hadya  oluvchiga 

hadya  qiluvchining  tirikligida  topshirilishi  kerak.  SHuningdek,  yuqoridagi  uchta 

holat  bo’yicha  tuzilgan  shartnomalar,  albatga,  oddiy  yozma  shaklda  tuzilishi, 

ko’chmas  mulklarni  hadya  qilish  esa,  ayni  paytda,  notarial  tasdiqlanishi  va  davlat 

ro’yxatidan o’tkazilishi ham kerak. 

Haqiqiy  sanalmaslik  holati  hadya  oluvchining  nomi  va  narsasi 

ko’rsatilmagan  hadyani  vakil  tomonidan  amalga  oshiriluvchi  ishonchnomalarga 

ham taalluqli. 



 

 

SHartnomada qatnashuvchi taraflar, 

ularning huquq va burchlari 

SHartnomada  qatnashuvchi  taraflar  hadya  qiluvchi  va  hadya  oluvchi  deb 

atalib,  o’z  navbatida  ular  fuqarolar,  yuridik  shaxslar  va  davlat  bo’lishi  mumkin. 

Hadya fuqarolik-huquqiy xarakteridagi shartnoma bo’lganligi bois, hadya qiluvchi 

va  hadya  oluvchi  muomala  layoqatiga  ega  bo’lishi  lozim.  Ba’zan  muomala 

layoqatiga  ega  bo’lmagan  shaxslar  nomidan  shartnomalarni  ularyaing  qonuniy 

vakillari tuzadilar. 

Ayni  paytda  qonunchilikda  istisno  holat  ham  mavjud  bo’lib,  ya’ni  FKning 

29-moddasi,  ikkinchi  qism,  ikkinchi  bandiga  asosan  olti  yoshdan  o’n  to’rt 

yoshgacha  bo’lgan  kichik  yoshdagi  bolalar  tekin  manfaat  ko’rishga  qaratilgan, 

notarial  tasdiqlashni  yoki  davlat  ro’yxatidan  o’tkazishni  talab  qilmaydigan 

bitimlarni  mustaqil  ravishda  amalga  oshirishga  haqlidirlar.  O’n  to’rt  yoshdan  o’n 

sakkiz  yoshgacha  bo’lgan  voyaga  yetmaganlar  o’zlari  mustaqil  ravishda  hadya 


qiluvchi  va  hadya  oluvchi  sifatida  qatnashib,  shartnomani  o’z  stipendiyalari,  ish 

haqlari  va  qonunda  ko’zda  tutilgan  boshqa  daromaddari  miqdorida  tuzishlari 

mumkin. Lekin ular mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan ashyolarni tasarruf qilish 

huquqiga  ega  emaslar.  Bunday  bitimlarni  amalga  oshirish  uchun  u  qonuniy 

vakillarining  roziligini  blishi  kerak.  CHunki  hadya  ularning  soishg’iga  zarar 

yetkazishi,  yashirin daromadlarga ega bo’lishiga olib kelishi, pirovardida  ularning 

huquklariga  salbiy  ta’sir  qilishi  mumkin.  Ayrim  shaxslarga  hadya  shartnomasini 

tuzishda rad qilish va chegaralash qo’yilgan (FKning 505-moddasi tartibida). 

Qonun  er  va  xotinlar  o’rtasida  hadya  shartnomasi  tuzilishini  cheklamaydi. 

Hadya  qilingan  mol-mulk,  ashyo  yoki  mulkiy  xuquq  hadya  oluvchining  shaxsan 

o’zigagina  tegishli  bo’ladi.  Aytaylik,  er-xotinning  nikoh  davomida  (yoki  nikohga 

qadar)  hadya  hisobiga  ortgirgan  mol-mulklari  ulardan  har  birining  o’z  mulki 

hisoblanadi.  Binobarin,  undan  haq  undirishga  yoki  boshqacha  tarzda 

o’zlashtirishga faqat mulkdorning roziligi bilangina yo’l qo’yiladi. 

SHartnoma yuzasidan taraflarning huquq va burchlari uni ba-jarishdan bosh 

tortib,  hadyani  bekor  qilish  jarayonlari  Bilan  uzviy  bog’liq.  Eng  umumiy  hodda, 

hadya bo’yicha hadya qiluvchi mulkni yoki unga nisbatan bo’lgan mulkiy huquqni 

hadya  oluvchiga  topshirishga,  hadya  oluvchi  esa  uni  qabul  qilib  olishga  majbur 

hisoblanadilar. Biroq, ayni paytda, quyidagi hollarda:  

birinchidan,  hadya  qiluvchining  moddiy  ahvoli  jvdtsiy  yomonlashganligi 

tufayli,  u  kelgusida  hadya  oluvchiga  ashyoni  yoki  mulkiy  huquqni  yoxud  mulkiy 

majburiyatdan  ozod  etish  va’da  qilingan  shartnomani  bajarishdan  bosh  tortishga 

haqli.  Lekin  hadya  qiluvchining  bunday  ahvolga  tushib  qolishi  oldindan  ma’lum 

bo’lmasligi lozim. 

ikkinchidan, hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolarining yoki 

yaqin  qarindoshlarining  hayoti  yoki  sog’lig’iga  qarshi  ataylab  jinoyat  sodir 

qilingan  hollarda  hadya  qiluvchi  shartnomani  bajarishdan  bosh  tortishga  haqlidir 

(bunday hollarda shartnomani bekor qilishga sud tartibida yo’l qo’yiladi). 

SHuni eslatish kerakki, yuqoridagi asoslar hadya qiluvchining aybini istisno 

etganligi  sababli,  uning  hadya  shartnomasini  bajarishdan  bosh  tortishi  hadya 

oluvchiga bu bilan bog’liq zararni qoplashni talab qilish huquqini bermaydi. 

Yuqorida  aytganimizdek,  hadya  bo’yicha  taraflarning  sub’ektiv  huquq  va 

burchlari hadyani bekor qilish va undan voz kechish bilan uzviy bog’liq. Masalan, 

hadya oluvchi hadyadan quyidagi hollarda voz kechishi mumkin: 

birinchidan, ashyoning nobud bo’lishi tufayli; 

ikkinchidan,  ashyo  fuqarolik  muomalasida  bo’lmaganligi  tufayli  (FK,  82-

moddasi); 

uchinchidan,  va’da  qilingan  harakatlarni  sodir  etish  uchun  cheklashlar 

mavjud bo’lsa. 

Bunday majburiyatlar, odatda, bajarish mumkin bo’lmaganliga tufayli bekor 

qilinadi. Biroq, ashyo hadya qiluvchining qasddan yoki ehtiyotsizlidan sodir etgan 

harakatlari oqibatida nobud bo’lsa, u hadya oluvchiga yetkazgan zararlarni qoplash 

majburiyatini oladi. 

Hadya  qiluvchining  sub’ektiv  huquqlari  hal  qiluvchi  rolь  o’ynaganligi  va 

shaxsga  tekinga  o’tkazilganligi  bois,  ushbu  munosabatlarda  qonunchilik  hadya 


qiluvchiga  bir  qator  ustuvorliklar  beradi.  CHunonchi,  agar  hadya  oluvchining 

hadya  qiluvchi  uchun  katta  nomulkiy  qiymatga  ega  bo’lgan  hadya  buyumga 

nisbatan  muomalasi  uning  butunlay  yo’q  bo’lib  ketishi  xavfini  solsa,  hadya 

qiluvchi  hadyani sud tartibida bekor qilishga  haqli. Demak, bu  hadya oluvchining 

hadyaga  nisbatan  vijdonan  munosabatda  bo’lishini  va  uni  saqlash  majburiyatini 

yuklaydi. SHuningdek, manfaatdor shaxsning talabiga binoan sud yakka tadbirkor 

yoki  yuridik  shaxsning  bankrotlik  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari  qoidalarini  buzib, 

bankrot  deb  e’lon  qilinishdan  oldinga  bir  yil  ichida  tadbirkorlik  faoliyati  bilan 

bog’liq  mablag’lar  hisobidan  qilgan  hadyasini  bekor  qilishi  mumkin.  Bu  holat, 

shubhasiz, kreditorlarning manfaatlarini ko’zlab amalga oshiriladi. 

Hadya  shartnomasvda  hadya  oluvchi  hadya  qiluvchidan  oldin  vafot  etgan 

taqdirda  hadya  qiluvchining  hadyani  bekor  qilish  huquqi  shart  qilib  qo’yilishi 

mumkin.  Bu  jihatdan  hadyani  shartli  bitimlar  sirasiga  kiritish  mumkin  (FK,  104-

moddasi). 

Hadya  bekor  qilingan  hollarda  ashyo  hadya  qiluvchiga,  agar  u  hadya  bekor 

qiyaingan  paytda  asl  holatida  saqlanib  qolgan  bo’lsa,  qaytarilishi  lozim.  Hadya 

oluvchining hadyadan olgan daromadlari uning o’z tasarrufida qoladi. Dgar ashyo 

uchinni shaxslarga o’tkazilgan bo’lsa, uni qaytarishning imkoni bo’lmaydi. Bordi-

yu,  hadya  qiluvchi  hadya  oluvchining  hadyani  qaytarib  bermaslik  uchun  uchinchi 

shaxslarga o’tkazganligini isbotlasa, u hadya oluvchiga nisbatan da’vo qo’zg’atish 

huquqiga  ega  bo’ladi.  Agar  ashyo  taraflarning  o’zaro  kelishuvi  asosida  hadya 

qiluvchiga  qaytarilgudek  bo’lsa,  bunday  kelishuvni  yangidan  tuzilgan  hadya  deb 

tushunish mumkin. 

Hadya  tekinga  tuziladigan  shartnoma  bo’lgashshgi  bois  hadya  oluvchi 

topshirilayotgan  mulkning  sifatsizligi  haqidagi  talablarni  qo’yishga  haqli  emas. 

Albatga,  topshirilayotgan  ashyo  sifatsiz,  butsiz,  uning  kamchiliklari  bo’lishi 

mumkin,  biroq  bu  hadya  oluvchining  hayoti,  sog’lig’i  yoki  mol-mulkiga  zarar 

yetkazmasligi  kerak.  Bunday  hollarda  hadya  qiluvchining  bu  haqda  hadya 

oluvchini ogohlantirganligi isbot qilinishi talab etiladi. 

Mazkur  shartnomaning  o’ziga  xos  jihatlaridan  biri  bu  hadya  va’da 

qilinganda  huquqiy  vorislik  masalasidir.  FK  510-moddasining  mazmuniga  ko’ra, 

hadya shartnomasiga muvofiq hadya va’da qilinganda hadya oluvchining huquqlari 

uning  merosxo’rlari  (huquqiy  vorislari)  ga  o’tmaydi,  hadya  berishni  va’da  qilgan 

shaxsning  majburiyatlari  esa  uning  merosxo’rlari  (huquqiy  vorislari)ga  o’tadi. 

Demak,  hadya  qilishda  hadya  beruvchining  va’dasi  muayyan  huquqiy ahamiyatga 

ega, ya’ni u kelgusida fuqarolik xuquq va burchlarini keltirib chiqaradi. 



 

Xayr-ehson 

 

Rivojlanib  borayotgan  bozor  iqgisodiyoti  munosabatlarida.  turli-tuman 



shartnomalar  vujudga  kelmoqda.  Ikki  yoki  undan  ortiq  shaxslarning  fuqarolik 

huquqlari  va  burchlarini  vujudga  keltirish,  o’zgartirish  yoki  bekor  qilish  haqidagi 

kelishuvlarning  huquqiy  ifodasi,  shakli  sifatida  shartnomalar  fuqarolik  huquqiy 


munosabatlar  tizimida  muhim  o’rin  tutmoqda.  Ana  shunday  shartnomalardan  biri 

xayr-ehsondir.  Xayr-ehson  hadyaning  bir  ko’rinishi  bo’lib,  bunda  qilinadigan 

hadya  umumfoydali  maqsadlarga  xizmat  qilishi  bilan  xarakterlidir.  Demak,  xayr-

ehson keng ommaning umumfoydali maqsadlarini amalga oshirish uchun qilinadi. 

Qonunchilik xayr-ehson, asosan, notijorat sub’ektlariga (davolash, tarbiya, ijtimoiy 

himoya  muassasalariga,  xayriya,  ilmiy  muassasalariga,  fonddarga,  muzeylarga, 

jamoat  birlashmalari,  diniy,  tashkilotlarga  va  boshqa  shunga  o’xshash 

sub’ektlarga),  shuningdek  fuqarolarga  va  davlatga  qilinishi  mumkinligini 

normalaydi.  Xayr-ehson  qilingan  mol-mulk  kelgusida  uni  qabul  qilib  olgan 

shaxsning  mablag’lari  jumlasiga  kiradi,  uning  otserativ  boshqaruviga  o’tadi. 

Jumladan, amaldagi “Fuqarolarning  o’zini  o’zi boshqarish organlari  to’g’risida”gi 

qonunning  24-moddasi,  “Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to’g’risida”gi 

qonunning  15-moddasi  mazmuniga  ko’ra,  fuqarolar  va  mehnat  jamoalarining 

ixtiyoriy  xayr-ehsonlari  mazkur  yuridik  shaxslar  mol-mulkining  tashkil  topish 

manbalaridan  hisoblanadi  va  ular  tomonidan  tegishli  tartibda  mustaqil  tasarruf 

etiladi. 

Xayr-ehsonning  predmeti  fuqarolik  muomalasida  bo’lgan  ob’ektlar,  ya’ni 

pullar, qimmatli qog’ozlar, mol-mulklar, ashyolar, binolar, inshootlar (ularning bir 

qismi),  avtomobillar  va  hokazolar  bo’lishi  mumkin.  Xayr-ehsonni  qabul  qilishga 

biror kimsaning (ya’ni, uchinchi shaxsning) ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi. 

Xayr-ehson  qilingan  mol-mulk  bir  qator  shartlar  asosida  amalga  oshiriladi. 

CHunonchi: 

birinchidan,  xayr-ehson  qiluvchilar  mol-mulkni  topshirayotganda  undan 

ma’lum  bir  maqsadda  foydalanishni  shart  qilib  qo’yishi  lozim.  Masalan,  “hadya 

qilingan  uy-joydan  faqat  bolalar  yaslisi  uchun  foydalanish  lozimligini  shart 

qilishlari  mumkin”.  Bunday  shart  qo’yilmasa,  u  odtsiy  hadya  deb  hisoblanadi  va 

undan hadya oluvchi mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanadi; 

ikkinchidan, aniq maqsadda foydalanishga mo’ljallangan xayr-ehsonni qabul 

qilib  olayotgan  yuridik  shaxs  xayr-ehson  qilingan  mol-mulqdan  foydalanish 

bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning alohida ro’yxatini yuritishi lozim; 

uchinchidan,  vaziyat  jiddiy  o’zgarganligi  bois  bunday  mol-mulkdan 

ko’rsatilgan  maqsadlarda  foydalanish  mumkin  bo’lmasa,  undan  boshqa  maqsadda 

faqat  xayr-ehson  qiluvchining  roziligi  bilan,  agar  mol-mulkni  xayr-ehson  qilgan 

fuqaro vafot etgan bo’lsa yoki xayr-ehson qilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan 

yoxud  tugatilgan  bo’lsa,  bunday  hollarda  sudning  qaroriga  muvofiq  foydalanish 

mumkin. 


FKning  511-moddasi  mazmuniga  ko’ra,  xayr-ehson  qilingan  mulkdan 

ko’rsatilgan  maqsadda  foydalanmaslik  kelgusida  xayr-ehson  qiluvchiga,  uning 

merosxo’rlariga  yoki  boshqa  huquqiy  vorisiga  xayr-ehsonni  bekor  kilishni  talab 

qilish huquqini beradi. 



 

Download 182.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling