Vazirligi ajiniyoz nomindaki nukus davlat pedagogika instituti


Download 339.82 Kb.
bet1/10
Sana04.10.2022
Hajmi339.82 Kb.
#830956
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1.ij
konveroll universal mchzh sharoitlari uchun 400.03.02 val detalini tajyorlash texnologik zharayonini va operatsiyalarining texnologik taminot vositalari konstruktsiyalarini ishlab chiqish., 3-курс социология сиртқи ўзбек, тадқиқот дастури (2), мехнат социологияси УМК Аликариева А , Asrayev mqd, Bolalar adabiyoti Shomirzayeva Laziza mustaqil ta‘lim uchun , 011111, test , 14 Silindr va konus, Building a REST API with Spring, O`rta Osiyo daryolar va ko’llar, Kvant haqida qisqacha, 1651906761, 1651906761, Suhan qissasi yoxud sevgim yo\'lida


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
Ajiniyoz nomindaki nukus davlat pedagogika instituti

"Pedagogika va Psixalogiya" fakulteti
"Pedagogika va Psixalogiya" kafedrasi
"Pedagogika va Psixalogiya" yo'nalishi
"Ijtimoiy pedgogika" fanidan tayyorlagan

KURS ISHI

Mavzu:Davlatgacha bo'lgan jamiyatlarda:ijtimoiy normalar va ijtimoiy hokimiyat.


Bajardi:Sirtqi bOʻlim 2 -D guruh
Talabasi Hayitboyeva Charrosxon
Tekshirdi:__________________________


Toshkent-2022
Mavzu: Ijtimoiy pedagogika integrallashgan bilim sohasi sifatida


Mundarija:


I.BOB.IJTIMOIY PЕDAGOGIKA VA PЕDAGOGIK SOTSIOLOGIYAGA EHTIYOJ VA ZAMONAVIY JAMIYAT RIVOJINING ZARURIY SHARTLARI.
1.1 Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti.
1.2 Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
II.BOB.IJTIMOIY PEDAGOGIKA FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
2.1.Ta’lim samaradorligini oshirishda ijtimoiy pedagogikaning integrallashuvi.
2.2 Ijtimoiy ta’limni integratsiyalashning ahamiyati.
2.3.Talim jarayonini integratsiyalash pedagogik muammo sifatida.
XULOSA VA TAVSIYALAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.Ijtimoiy pedagogikagarchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim sohasi va fan sifatida mavjud bo’lgan bo’lsa ham, O’zbekiston uchun yangi xodisa va tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va amaliy tajribalari tizimlashtirilmaganligining sabablari O’zbekiston tarixiy rivojlanishining murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga salbiy ta’sir ko’rsatgan hodisalarga XX asrning 30 yillarida boshlangan ijtimoiy tarbiyaning diskreditatsiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi va chet ellik hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning tushirilishi, umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida jim turish siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat an’analarining yo’q qilinishi kiradi.
Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimizning “Islohot-islohot uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini ko`tarishga qaratilganligidadir” - degan fikrlaridan ham ko`rishimiz mumkin.
Hayot, bozor iqtisodiyotiga o`tish, isloqotlar jarayonida ya'ni jamiyat a'zolarining, fuqarolarning ongida qanday o`zgarishlar ro`y bermoqda, fuqarolik jamiyati qayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo`lda o`z yo`lini topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va qanday ta'sir o`tkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday ta'sir ko`rsatmoqda.
Muhtojlarga ijtimoiy-pedagogik yordamni amalga oshirish, jamiyatda insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini amalga oshirishga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo bo’lgani bilan ham izohlanadi. Bu masalaning ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq anglangan. Quyidagilar bundan dalolat beradi:

  1. kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor yo’nalishi sifatida e’lon qilinishi;

  2. aholining kam taminlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan bir qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi;

  3. sobiq ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy texnik bazasining yaxshilanishi va yangilarining tasis etilishi;

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy pedagogik choralari majmuasi sifatida joriy qilinishi.
Ozbekiston fuqarolari hayotida ijtimoiy barqarorlikni taminlash masalasi prezident SH.M.Mirziyoyev yigʻilishlar va chiqishlarida ham muhim orin tutmoqda. Ularda insoniylik, mehribonlik ozbek xalqining ajralmas xususiyati ekanligi takidlanadi va ijtimoiy xarakterdagi kopgina muammolar- sogliqni saqlashni, maktab va shifoxonalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yashash va sport majmualarini qurish, kop bolali oilalarga yordam berish muhokama qilinadi.
Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lini belgilab oldi. Bu yo`l jamiyatimizning kelajagini o`z qo`llariga oluvchi - yoshlarga beriladigan ta'lim-tarbiya asosida belgilandi. Shu nuqtai nazardan 1997 yili 29 avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to`g`risidagi qonun qabul qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda ShAXS bosh va markaziy o`rinni egallab, modelning qolgan qismlari shaxs manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimi individ dunyoga kelgandan boshlab to maktabdan tashqari ta'lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi.
Ta'lim-tarbiya muassalari o`z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin, ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa jamiyatning barcha a'zolari ushbu ziddiyatlarni yengib, ulardan to`g`ri xulosa chiqara oladilarmi! Demak, ta'lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta'sirlar, ya'ni kundalikli ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko`rsatayotgan ta'siri, ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o`rganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e'tibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga keltirmoqda. Kursning nomidan ham ko`rinib turganidek, ijtimoiy qayotning turli jabqalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o`z ta'sirini ko`rsatadi. Bunga misol tariqasida quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:
Ommaviy axborot vositalari
Iqtisodiyot
Ko`cha-kuy, mahalladagi voqe'liklar
O ta-ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi munosbatlar ShAXS
Ishlab chiqarish jarayoni
Ilm-fanning turli sohalari
Kurs ishining nazariy asoslari: Ma’lumki har bir tadqiqot uchun tanlangan mavzu bo‘yicha olib boriladigan ishlarda uning maqsadi, vazifasi, dolzarbligini nazariy jihatdan asoslab o‘tishni taqazo qiladi. SHu talabni hisobga olib bizning izlanishimiz ham ilmiy nazariy jihatdan o‘zining tayanch manbalariga ega bo‘lgan holda yuritiladi.Xozirgi kunda “Ijtimoiy pedagogika integrallashgan bilim sohasi sifatida” kabi mavzular pedagogika va psixalogiya fanlarida Oliy ta’lim muassasalarida alohida katta mavzu qilib qo’yib kelimoqda.Shulardan kelib chiqib ishimizni nazariy asoslar asosida yaratib berdik
Kurs ishi obyekti:Ijtimoiy pedagogika integrallashgan bilim sohasi sifatida aniqlash va ularni rivojlantirish metodikalar.
Kurs ishining predmeti:Ijtimoiy pedagogika integrallashgan bilim sohasi sifatida aniqlash ularni kelajag avlodga yetkazib berish.Bolalar va o’quvchilar orasida iqtidorli bolalarni tanlab olish va ko’paytirishdan iborat
Kurs ishining vazifalari:
1.Kurs ishi uchun tanlangan mavzu bo‘yicha pedagogik – psixologik ilmiy va o‘quv adabiyot materiallarni o‘rganib chiqish va umumlashtirish;
2.Ijtimoiy pedagogika integrallashgan bilim sohasini rivojlantirish
3.Ijtimoiy pedagogika integrallashgan bilim sohasi sifatida zamonaviy metodlar asosida o’rgatish
4.Ijtimoiy pedagogika integrallashgan bilim sohasi sifatida iqtidorli o’quvchilarni tanlab olish va kelajakka yo’naltirish
Bu metodlar:
1.Tarbiya metodlari;
2.Iqtidorli bolalarni kuzatish
3.Suhbat metodi;
4.Ko’rsatmali metodlar
Kurs ishimizning ilmiy farazi(gipotezasi).Agar biz tanlagan mavzu bo’yicha hamma davlatlarda Iqtidorli boalalr soni 100% tashkil etsa butun dunyo rivojlanishiga olib keladi.Kurs ishimizning mazmuni uning rejasida ko‘rsatilgan tizimga ega. U kirish, ikki bob, to‘rt bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I.BOB.IJTIMOIY PЕDAGOGIKA VA PЕDAGOGIK SOTSIOLOGIYAGA EHTIYOJ VA ZAMONAVIY JAMIYAT RIVOJINING ZARURIY SHARTLARI.
1.1 Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o‘rni, mohiyati haqida fikr yuritishdan ilgari «Ijtimoiy pedagogika» atamasiga e’tiborni qaratish zarur. Zero unda mustaqil “Ijtimoiy”, “Pedagogika” yo‘nalishdan iborat bo‘lgan mustaqil fan mujassamlashgandir. Bir necha fanlarning bunday birlashuvi tasodifiy xol bo‘lmasdan balki, u ixtisoslashuv jarayonlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat fan olamida keyingi yillarda ixtisoslashuv jarayoni bir muncha rivojlandi. Buni birgina pedagogika fani misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, «Maktabgacha pedagogika», «Maktab pedagogikasi», «Maxsus pedagogika», «Kasb-xunar pedagogikasi», «Oila pedagogikasi», kabilar. Fanlarni bu taxlitdagi o’zaro birlashuvining asosida ma’lum bir maqsadga qaratilganlik yotadi. Bu xolni «Ijtimoiy pedagogika» dan ham aniq ko‘rish mumkin. Darxaqiqat ijtimoiy pedagogika ham pedagogika kabi ta’lim tarbiya jarayoni va xodisalarini o‘rganadi Ammo shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, u ularni muayyan o‘ziga xos yo‘nalishda o‘rganadi. Chunki, mazkur fanning o‘ziga xos bo‘lgan tomoni “Ijtimoiy” iborasida mujassamlashtirilganligidir. “Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agarda pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq qonuniyat va xodisalarni o‘rganadi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) bilan bog‘liqdir. Buni ijtimoiylashuv deyiladi. Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir. Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi.
Ijtimoiy pedagogika o`z nomiga ko`ra sotsium, ya'ni jamiyat bilan shug`ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya'ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta'sir, shuningdek ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg`armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta'siri nazarda tutiladi.
Ijtimoiy “autsayderlar”, ya'ni qariyalar, nogironlar, yolg`iz yashovchilar, iqtisodiy nochor aqvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta'sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish mumkinki, ushbu jarayonda oila, maktab va boshqa o`quv muassasalari yordamchilar sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Ijtimoiy pedagogika (lat.socium-jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o`rganishdan iborat. Demakki, uning ob'ekti ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning, jamqarmalarning tarbiyaviy ta'siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy pedagogikaning predmeti -bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, “og`ir guruq”larga aloqida e'tibor qaratadi. Bu guruqga taqdir taqozasi bilan og`ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi. Bular: narkomanlar, ishsizlar, fohishalar, jinoyatchilar, qamoqda o`tirib chiqqan kasallar, jinoiy guruqlarga va man etilgan diniy sektalarga o`zlari bilmagan qolda kirib qolgan shaxslar va h.k kiradi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagi va qariyalarni; ishlab chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning o`aro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaganlik, qolaversa dam olishga, ruhyi kasallangan, ta'lim olishdagi muommalar, tarbiyasi oqir bolalar kabi muammolarni ham nazardan chetga qoldirmaydi.
Ijtimoiy qayotning turli javhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik yordamga muxtojdirlar.



Download 339.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling