Vazirligi samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi


II. Bob. Iqtisodiy madaniyatning tushunchalari


Download 380.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana06.11.2021
Hajmi380.65 Kb.
#171223
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
jamiyat taraqqiyotida iqtisodiy madaniyatning orni (1)
Ergashov Elyor, BTTL fani 1 ON biletlari 2020, KT Laboratoriya, 9-maruza, 9-maruza, yer va uning qobiqlari (3), I. Ilmiy tadqiqot ishining nomi va mavzusini shakllantirish Maqo, 5-maruza, inglish, hay, kali linux, kali linux, english-10, To`yingan uglevodorodlar. Alkanlar. Gomologik qatori. Nomlanishi
II. Bob. Iqtisodiy madaniyatning tushunchalari. 

Har bir sistema elementlardan iborat bo’lganiday, iqtisodiy madaniyat ham o’z 

elementlariga ega. Ammo ularning qaysilari tizimni tashkillashtiruvchi, qay birlari 

substansional  xarakterga  ega,  qaysilari  ikkinchi  darajali  ekanligini  aniqlash 

murakkab  masalaligini  ijtimoiy  sistemaning  o’zini  o’rganish  orqali  aniqlash 

mumkin.  Aristotel  insonni  «ijtimoiy  hayvon»  deb  ta’riflashi  bilan  bu  sohaga  ilk 

qadam qo’ydi. 

Forobiy  jamiyatning  asosini  ijtimoiy  munosabatlar  tashkil  qilishini  go’zal 

tarzda  izohlab  beradi.

14

  Ijtimoiy  fikrning  keyingi  evolyusiyasi  buni  tasdiqladi  va 



hozirgi  zamon  ilmida  ijtimoiy  munosabatlar  jamiyatning  integrativ  elementi 

ekanligi  aksiomaga  aylandi.  Jamiyatning  substansional  elementi,  ya’ni  uning 

mavjudlik  usulini  topishga  intilish  mutafakkirlarni  faoliyat  tomon  yetakladi. 

Hozirda  insonning  ongli,  maqsadga  yo’naltirilgan  faoliyati  ijtimoiy  sistemaning 

substansional elementi ekanligini barcha olimlar tan oladilar, ijtimoiy ong jamiyat 

sistemasining  funksional  elementi  ekanligi  Hech  kimda  shubha  uyg’otmaydi. 

Shunday  qilib,  ijtimoiy  sistemaning  uchta  asosiy  elementi  ayon  bo’ladi:  inson 

faoliyati,  ijtimoiy  munosabatlar,  ijtimoiy  ong.  Bu  elementlarni  kim  harakatga 

keltiradi  degan  mantiqqa  binoan,  yuqorida  ko’rsatilgan  uchlikka  subyekt,  inson 

qo’shib  qo’yildi.  Natijada,  ijtimoiy  sistema  elementlari  to’rttaga  yetdi:  inson 

faoliyati, 

ijtimoiy 

munosabatlar, 

ijtimoiiy 

ong 

va 


ijtimoiy 

subyekt. 

Aksiologiyaning sa’y-harakatlari natijasida qadriyatlar ham ushbu strukturadan joy 

oladi. 


Ana  shu  metodologik  tamoyillardan  kelib  chiqib,  iqtisodiy  madaniyat 

tuzilishini quyidagicha  tasniflash mumkin. 

-  iqtisodiy faoliyat (iqtisodiy madaniyatning substansional elementi); 

-  iqtisodiy ong (iqtisodiy madaniyatning funksional elementi); 

-  iqtisodiy  munosabatlar  (iqtisodiy  madaniyat  sistemasi  strukturasini 

                                                 

14

 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1993, 186-b. 




 

17 


tashkillashtiruvchi element); 

-  insonning iqtisodiy salohiyati (iqtisodiy madaniyatning subyekti). 

-  Iqtisodiy qadriyatlar (iqtisody madaniyatning ontologik unsuri). 

Savol tug’iladi, nega iqtisodiy madaniyat tuzilishi beshta, nega ko’p yoki kam 

emas?  Gap  shundaki,  iqtisodiy  madaniyatning  qolgan  elementlari  ushbu  beshta 

elementning  hosilalari  sifatida  namoyon  bo’ladi  yoki  aniq  funksiyani  bajaradi. 

Masalan,  kishilar  iqtisodiy  faoliyatlari  jarayonida  turli  tashkilot  va  sosial 

guruhlarga birlashadilar (iqtisodiy institutlar mehnat jamoalari, urug’, qabila, elat, 

millat)  yoki  iqtisodiy  normalar,  regulyativlar,  kishilar  o’rtasidagi  iqtisodiy 

munosabatlar  (ishlab  chiqarish,  ayirboshlash,  taqsimot  iste’mol  munosabatlar) 

hosilasi bo’lib, ularni tartibga solish va boshqarish vasifasini bajaradi va hokazo. 

Bundan tashqari, yuqorida ko’rsatilgan elementlar doimiy bo’lib, ular barcha davr 

va  ijtimoiy  tuzumda  amal  qiladilar,  boshqa  komponentlar  esa  o’zgarib,  ba’zilari 

paydo  bo’lib,  ayrimlari  yo’qolib  turadi  (Biz  bu  haqda  iqtisodiy  madaniyatning 

formasion evolyusiyasini tahlil qilganda fikr yuritgan edik). Umuman, har qanday 

tizim,  jumladan,  iqtisodiy  madaniyat  ham,  yaroqsiz  bo’lib  qolgan  yoki  o’z 

funksiyasini  ado  etaolmay  qolgan,  sistema  rivojlanishiga  to’sqinlik  qiladigan 

element va funksiyalarda xalos bo’lib boradi, yangi sharoitlarda yangi elementlar 

va funksiyalarni hosil qilish qobiliyatiga ega bo’ladi. Iqtisodiy madaniyatning ba’zi 

komponetnlari  yuqorida  ko’rsatilgan  asosiy  elementlar  tarkibiga  kiradi,  masalan, 

menejerlik 

ishlab 


chiqarish 

madaniyat 

tarkibidan, 

marketing 

iqtisodiy 

munosabatlar (ayirboshlash) sistemasidan joy oladi va hokazo. Iqtisodiy madaniyat  

sistemasidan  joy  olgan  asosiy  elementlarning  o’zlari  alohida  sistemani  tashkil 

qilib,  o’z  elementlari,  aloqalari,  funksiyalariga  ega  bo’ladi  (Bu  haqda  ushbu 

bobning ikkinchi faslida to’liqroq fikr yuritamiz). 

Har  qanday  sistema  umumiy  maqsadga  ega  bo’lganliki  kabi  iqtisodiy 

madaniyatning  ham  asosiy  maqsadi  mavjud.  Iqtisodiy  madaniyatning  bosh 

maqsadi,  insonning  mohiyatli  kuchlarini  ruyobga  chiqarishdan  iborat.  Bu  uning 

integrativ  sifati  bo’lib,  qolgan  barcha  qismlarni,  ularning  funksiyalarini  ana  shu 

bosh  maqsad  o’z  atrofiga  birlashtiradi.  Iqtisodiy  madaniyat  elementlarining  ham 




 

18 


o’z  maqsadlari  bor.  Masalan,  iqtisodiy  faoliyatning  asosiy  maqsadi  resurslarning 

chegaralanganligi  va  ehtiyojlarning  cheksizligi  sharoitida  maqsimal  foyda  olish, 

samaradorlikka  erishishdan  iborat.  To’g’ri,  uning  bu  xususiyati  iqtisodiy 

madaniyatning  bosh  maqsadiga  nisbattan  asosiy  funksiyadir,  ya’ni  iqtisodiy 

madaniyat  iqtisodiy  faoliyatni  insonning  barkamol  rivojlanishiga  bo’ysundiradi. 

Iqtisodiy  madaniyat  tarkibida  qolgan  boshqa  asosiy  elementlarning  maqsadlari 

ham  ana  shu  bosh  maqsadga  bo’ysundiriladi.  Agar  iqtisodiyotda  strukturaviy-

funksional bog’lanish to’g’risida aynan shunday qarash bo’lmasa, u holda iqtisodiy 

madaniyat haqida to’g’ri mulohaza yuritish mumkin emas.  

Iqtisodiy  madaniyat  gomeostazisini,  ya’ni  o’z  ichki  barqarorligi  va  tashqi 

sistemalar bilan muvozanatini saqlab turish uchun ular bilan murakkab aloqalarga 

kirishadi.  Eng  avvalo,  u  ijtimoiy  sistema  bilan  bog’lanib,  unga  o’z  ta’sirini 

o’tkazadi  va  uning  ta’sirini  qabul  qiladi.  Garchand  ijtimoiy  sistema,  uning 

elementlari  iqtisodiy  bazis  asosida  shakllanib  borsa-da,  o’z  navbatida  unga  faol 

ta’sir  o’tkazadi.  Ijtimoiy  sistemaning  ta’sir  kuchi  iqtisodiy  madaniyat  strukturasi 

energiyasi yig’indisidan oshib ketsa, iqtisodiy madaniyat sistemasi yemiriladi. Bu 

esa  mavjud  ijtimoiy  sistemaning  inqiroziga  olib  keladi.  Natijada  yangi  ijtimoiy 

tuzim va iqtisodiy sistema vujudga keladi. 

Iqtisodiy  madaniyat  strukturasi  uning  funksiyalarini  determinasiyalashtiradi. 

Struktura 

tarkibiga 

kirgan 


har 

bir 


komponent 

sistema 


tomonidan 

«programmalashtirilgan»  bir  yoki  bir  necha  funksiyalarni  bajaradi.  Xususan, 

iqtisodiy faoliyatning mag’zi hisoblangan ishlab chiqarish jamiyatning mavjudligi, 

barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlaydi, borliqni maqsadga muvofiq o’zgartiradi, 

kishilar uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni bunyod etadi, ularga 

sharoit  yaratadi,  muhitga  moslashish  va  himoya  vositalarini  ishlab  chiqadi, 

odamlar  faoliyat  orqali  murakkab  munosabatlar  doirasiga  tortiladi,  iqtisodiy 

faoliyat jarayonida insonning o’zi shakllanib, rivojlanib boradi. Iqtisodiy faoliyatda 

barcha iqtisodiy qonunlar amalga oshadi, iqtisodiy ong shakllanadi. Shuning uchun 

ham  iqtisodiy  faoliyat  nafaqat  iqtisodiy  madaniyat  strukturasining,  balki  butun 

ijtimoiy sistemaning substansiyanal elementi hisoblanadi. Uning normal funksional 



 

19 


ishlab  turishi  jamiyatning  barcha  sohalarining  mo’’tadil  rivojlanishiga  sharoit 

yaratadi. 

Iqtisodiy  ong  iqtisodiy  madaniyat  tarkibiga  voqealikni  bilish  (gnoseologik 

funksiya),  borliqni  baholash  (aksiologik  funksiya),  kishilar  xatti-harakatlarini 

tartibga  solish  (regulyativ  funksiya),  boshqarish  (kibernetik  funksiya)  va  hokazo 

funksiyalarni ado etadi. Aynan iqtisodiy taffakkur jarayonida maqsad va vositalar, 

usullar  va  texnologiyalar  tanlanadi, dastur  va  rejalar  tuziladi,  rasional  hisob-kitob 

va  nazorat  amalga  oshiriladi,  iqtisodiy  ong  iqtisodiy  faoliyatga  rasionallik  va 

maqsadga  yo’naltirganlik  kabi  muhim  sifatlar  bag’ishlaydi.  Funksional  jihatdan 

ijtimoiy 

munosabatlar 

iqtisodiy 

madaniyatda 

sistema 


va 

strukturani 

tashkillashtirish kabi muhim integrativ funksiyani bajaradi. Iqtisodiy munosabatlar 

deganda  aksariyat  ko’pchilik  iqtisodchilar,  sosiologlar  ishlab  chiqarish, 

ayirboshlash,  taqsimot  va  iste’mol  munosabatlarini  tushunadilar.  Madaniyat 

nazariyasi bu masalaga kengroq yondashadi va yuqoridagi iqtisodiy aloqalar bilan 

bir  qatorda  iqtisodiy  madaniyat  strukturasiga  kirgan  barcha  elementlar:  iqtisodiy 

faoliyat,  iqtisodiyn  ong,  iqtisodiy  subyektlar  o’rtasidagi  aloqalarni  ham  iqtisodiy 

munosabatlar tarkibiga kiritadi. 

Agar  iqtisodiy  munosabatlar  ushbu  integrativ  funksiyalarni  normal  bajarsa, 

jamiyat  barqaror  rivojlanadi.  Agar  iqtisodiy  munosabatlar  disfunksional  bo’lsa, 

jamiyatda fluktsasiya (elementlarning ajralishi), destruksiya (struktura inqirozi) va 

nihoyat  bifurkasiya  (butun  bir  ijtimoiy  sistemaning  ichidan  chirib,  ozgina  ichki 

yoki tashki turtkidan parchalanib ketishi) hodisalari yuz beradi. 

Iqtisodiy qadriyatlarni uch turga bo’lish mumkin: maqsad-qadriyatlar (o’y-joy, 

oziq-ovqat,  kiyim-kechak,  transport  va  hokazo);  vosita-qadriyatlar,  (mehnat 

qurollari, texnika, xom-ashyo, energetik  resurslar, asbob  uskunalar va  boshqalar); 

normativ,  qoida-qadriyatlar,  (texnik-texnolog  normativlar,  ishlab  chiqarish, 

ayirboshlash, taqsimot va iste’molni tartibga soluvchi norma va qoidalar). Ana shu 

strukturaga  mos  ravishda  ularning  vasifalari  turlicha  defferensiasiyalashgan 

bo’ladi.  Masalan,  maqsad  qadriyatlar  kishilarning  bevosita  ehtiyojlarini 

qondirishga xizmat qiladi yoki ularga sharoit yaratadi. Vosita qadriyatlar esa ishlab 




 

20 


chiqarish  ehtiyojlarini  qondirish  funksiyasini  bajaradi  yoki  maqsadni  amalga 

oshirishda  vosita  bo’lib  xizmat  qiladi.  Ammo  maqsad  va  vosita  qadriyatlarda 

funksional  o’rin  almashinuvi  bo’lishi  mumkin.  Masalan,  avtomobil  ishga  borish 

vositasi  yoki  uni  sotib  olishning  o’zi  maqsad  bo’lishi  mumkin.  Norma  qoida-

qadriyatlarning  asosiy  funksiyasi  iqtisodiy  munosabatlarni  tartibga  solishdan 

iborat, ular qanchalik mukammal bo’lsa,  strukturaviy aloqalar shunchalik optimal 

bo’ladi va aksincha. Ijtimoiy munosabatlarning aynan iqtisodiy qadriyatlar atrofida 

yuz berishini esdan chiqarmaslik kerak. 

Insonning  iqtisodiy  salohiyatiga  kelsak,  u  yuqorida  ko’rsatilgan  iqtisodiy 

madaniyat  strukturasi  tarkibiga  kirgan  barcha  element  va  komponentlarni 

harakatga keltiruvchi, hal qiluvchi bosh omildir. (Iqtisodiy madaniyat strukturasiga 

kirgan elementlar asosiy funksiyalarining aniq tahlili tadqiqotning uchinchi bobida 

beriladi). 

Bildirilgan  mulohazalardan  kelib  chiqib  quyidagi  xulosalarni  bayon  qilish 

mumkin: 


Download 380.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling