Vazirligi samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi


Download 380.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana06.11.2021
Hajmi380.65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Uchinchidan,  iqtisodiy  madaniyat  tizim  sifatida  o’z  qismlarini  yaxlitlikka 

birlashtirib  turuvchi  integrativ  xossalarga  ega.  U  o’z  strukturasi  va  funksiyalari 

o’rtasidagi  aloqalarning  barqarorligini  ta’minlashi  bilan  birga  tashqi  muhit  bilan 

gomeostazis, ya’ni muvozanatni saqlab turadi. 



To’rtinchidan, iqtisodiy madaniyat o’zining substansional (iqtisodiy faoliyat), 

funksional  (iqtisodiy  ong),  tizimni  tashkillashtirish  (iqtisodiy  munosabatlar), 

ontologik  (iqtisodiy  qadriyatlar)  elementlariga  va  ularni  harakatga  keltiruvchi 

subyektga ega. 




 

21 


Ishlab  chiqarish  munosabatlari  1)  texnika  –  texnologik;  2)  funksional;  3) 

iqtisodiy munosabatlarga bo’linadi. 

Texnika  –  texnologik  munosabatlar  texnika  va  texnologiyadan  foydalanish, 

mehnat jarayonidagi munosabatlardir. 

Funksional  munosabatlar  ishlab  chiqarishda  har  bir  subyektning  vazifasini 

bajarishi bo’yicha aloqalarni tasniflaydi. 

Iqtisodiy  munosabatlar  esa  yaratilgan  ne’matlarga  egalik  qilish,  taqsimlash, 

ayriboshlash, iste’mol qilish atrofida yuz beradi. 

Moddiy munosabatlarda mulkiy munosabatlar dominant xarakterga ega. Mulkiy 

munosabatlar  qolgan  iqtisodiy  munosabatlar,  taqsimot  va  iste’mol  xarakterini 

belgilab beradi. 

Mulk turlarining tarixiy klassifikasiyasi uncha ko’p qirrali emas. Ibtidoiy mulk 

urg’  jamiasi  mulki  va  tong  maqsimchimis,  xususiy  mulk  (kuldorlik,  feodalizm; 

kapitalizm),  aralash  mulk  (davlat,  xususiy,  kooperativ  sektorlar)  turlari  mavjud

1



O’zbekistonda  mulkchilikning  turli  xillari:  davlat,  xususiy,  aksionerlik,  qo’shma. 



Fermer tipidagi turlari tashkil topmoqda. 

Taqsimot  sohasidagi  kishilar  o’rtasidagi  munosabatlar  moddiy  borliqdagi  eng 

ziddiyatli  sohadir.  Ko’pchilik  nizolar  aynan  taqsimot  negizidan  kelib  chiqadi. 

Taqsimotning  tarixiy  uch  yirik  turi  mavjud:  tong  taqsimotchilik  (urug’lilik  va 

sosializmda),  noiqtisodiy  zo’ravonlikka  asoslangan  taqsimot  (quldorlik  va 

feodalizm),  mehnatning  miqdori  va  sifatiga  qarab  taqsimlash  (industrial  va 

postindustrial  jamiyatlarda).  Taqsimot  richachi  davlat  qulida  bo’lganligi  uchun, 

taqsimot uning xarakteriga bog’liq. Avtoritar va totolitar rejimlarda hokimiyatdagi 

guruh  bevosita  xazinaga  yo’llari  ochiq,  ular  milliy  boyliklarni  o’zlashtirish  va 

adolatsiz  taqsimotni  zo’ravonlik  bilan  o’rnatishlari  mumkin  va  bu  ularning 

o’lishini  tayyorlovchimanbadir.  Demokratik  rejim  va  bozor  iqtisodiyotiga 

asoslangan jamiyatlarda uchinchi tip taqsimot o’rnatilgan.  

Ayriboshlash  deganda  faqat  tovarlar  almashinishi  va  aylanishini  tushunmaslik 

kerak.  Keng  ma’noda  ayriboshlash  faoliyat,  va  faoliyat  natijalari  (tovar,  tuye, 

                                                 

1

 1. Экономическая теория. М.: Владос, 1999. – с. 11.  




 

22 


informasiya, buyumlar va hokazo) almashinuvi jarayonidir. Tor ma’noda tovarlar 

almashinishi ayriboshlash deb tushuniladi. Bozor – bu tovarlar ayriboshlanadigan, 

oldi – sotti qilinadigan joy. 

Ayriboshlash  mehnat  taqsimoti  natijasida  yuzaga  keladi.  Bu  hodisa  neolit 

davrida  natural  ayriboshlash  shaklida  paydo  bo’ldi.  Bozorlar  esa  eneolit  davrida 

dastlab  Misrda  juda  kelganligini  piramidalardagi  tasvirlardan  bili  bolsa  bo’ladi. 

Dastlabki  birjalar  Niderlandiyaning  Bryugge  shahrida  1609  yilda  paydo  bo’ldi. 

Hozirda  fond  birgalari  (xam  –  osiyo  ishlab  chiqarish  vositalari  sotiladi).  Tovar 

birjalari,  mehnat  birjalari  (ish  kuchi  sotiladi  va  sotib  olinadi).  Dastlabki  banklar 

XVII asrda paydo bo’lib, hozirda kuchli tarmoqlangan tizimga ega. 

Iste’mol  munosabatlari  taqsimotga  bog’liq.  Iste’mol  vositalari  ikki  qismga 

bo’linadi: a) ishlab chiqarishiste’moli uchun zarur bo’lgan narsalar (ham   - osiyo, 

texnika, asbob uskunlar, binolar); b) shaxsiy iste’mol uchun zarur bo’lgan narsalar 

(oziq – ovqat, kiyim – kechak, uy – joy, transport va aloqa vositalari, ust: ro’zg’or 

buyumlari  va  hokazo).  Iste’mol  darajasi  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar,  taqsimot 

xarakteri,  mehnat  unumdorligi  bilan  bog’liq.  Mamlakat  boy  bo’lishi  mumkin, 

ammo  taqsimot  adolatsiz  bo’lsa,  bir  qism  kishilar  boy,  kupchilik  kismi  shaklida 

yashashi. Mumkin. Shuningdek ishlab chiqaruvchi kuchlar zaif bo’lsa ham kishilar 

qilimoq yashaydilar. Xususan, 25 industrial mamlakat boy yashayotgan bir paytda 

Osiyo va Afrika mamlakatlarida  yiliga 3 mln. kishi ochlikdan o’lmoqda 300 mln. 

kishi och, 1,5 mlrd. kishi  kun kechirmoqda

1



Ijtimoiy  borliq  tushunchasi  ijtimoiy  subyektlar,  ya’ni  insonlarning  o’zini  ham 

qamrab  oladi.  Kishilar  yakka  –  yakka  holda  amal  qilmaydilar  ular  birgalashib 

harakat  qiladilar.  Natijada  jamiyatning  sosial  borlig’i  sosial  strukturasi 

tashkillashadi. 

Jamiyatning sosial strukturasini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:

2

 



 

 

                                                 



1

 1. Интернет. – Экономика развивающейся страны. 

2

 2. Крапивенский С.Э. Социальная философия. М.: Владос, 1998. – с. 114. 




 

23 


 

 

 



  

         

 

 

 



Ijtimoiy  borliq  faqat jamiyatning  moddiy  borlig’ini  emas  balki  sosial borliq, 

ma’naviy  borlig’ini  ham  qamrab  oladi  va  bu  omillar  kishilarning  ongini 

shakllantirish  va  rivojlantirishiga  ta’sir  qilib,  tafakkur  tarzi,  strukturasi,  va 

yo’nalishini belgilaydi. Ayni zamonda ijtimoiy ong ijtimoiy borliqda ta’sir qiladi, 

uni o’zgartiradi, nazorat qiladi, baholaydi, boshqaradi. Shuning uchun ham ijtimoiy 

borliq  birlamchi  ong  ikkilamchi  degan  eski  postulat  noo’rindir.  Zamonaviy 

falsafada ko’p omililik hartomonlama yondashuv qaror topdi. Unga ko’ra ijtimoiy 

borliq  birlamchi  ijtimoiy  ong  ikkilamchi  degan  fikr  faqat  gnoseologik  nuqtai 

nazardan to’g’ri xolos. Sosiologik, kreativ, aksiologik, praksiologik yondashuvlar 

uchun  esa  nokorrektdir.  Masalan,  kreativ  yondashuvga  ko’ra  ong  borliqni  aks 

ettirib  qolmay  ijod  ham  qiladi.  Praksiologik  yondashuvga  binoan  ong  borliqni 

o’zgartiradi.  Aksiologik  nuqtai  nazardan  ong  jamiyatni  baholaydi.  Kibernetik 

yondashuv  bo’yicha  ong  jamiyatni  boshqaradi.  Sosiologik  nuqtai  nazardan  ong 

muayyan ijtimoiy guruhlar (jamoi millat, tabaqalar) manfaatlarini. 

Ijtimoiy borliq va ong jamiyat va shaxs, ijtimoiy  – iqtisodiy  tuzum va sosial 

struktura, ijtimoiy tuzum va madaniyat tipi, ijtimoiy tizim qismlarining notekisligi 

aloqalari dinamik qonunlar tizimini tashkil qiladi. 

Dinamik  qonunlar  barqaror  va  takrorlanish  amplitudasi  troyektoriyasi  uncha 

katta  bo’lmaganligi  uchun  ularning  kelgusida  qanday  amal  qilishini  adekvatroq 

bashorat  qilsa  bo’ladi.  Ularni  yaxshi  o’rganish  asosida  uzoq  muddatli  strategik 

dastur va rejalar ishlab chiqish mumkin. Bu qonunlarning aksariyati aktual holatda 

amal  qiladi.  Shuning  uchun  ularni  bilib  olish  unchak  murakkab  emas.  Dinamik 




Download 380.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling