103
7-MAVZU. TALAB VA TAKLIF NAZARIYaSI. BOZOR
MUVOZANATI
Reja:
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni.
2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni.
3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi.
Bozor
muvozanati.
Bozor iqtisodiyotining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o‘rin
tutadi. Talab va
taklif narxni shakllantiradi, shu bilan
birga narx talab va taklif
o‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Bu mavzuda avvalo
talab va taklifning har
qaysisiga narx ta’sirini alohida-alohida qarab chiqamiz.
Keyin talab va taklif
ta’sirida muvozanatli narxning o‘rnatilishi tushuntirib beriladi.
Bu yerda talab va
taklif
qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir
etuvchi omillarni, ular o‘rtasidagi
mutanosiblikni tushuntirishga alohida e’tibor beriladi.
Shuningdek, mavzuning yakunida talabning shakllanishi va amal qilishi, unga
ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishda iqtisodiyot
nazariyasida muhim
yo‘nalishlardan biriga aylangan iste’molchi hatti-harakati nazariyasi bilan tanishib
chiqamiz.