Viloyati Oltinko’l tumani xtmfmt va teb ga qarashli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining


Download 17.69 Kb.
Sana28.04.2020
Hajmi17.69 Kb.
#101911
Bog'liq
aksonometrik proyeksiya


 Andilon  viloyati Oltinko’l     tumani      XTMFMT  va  TEB ga  qarashli  1-umumiy    o’rta ta’lim  maktabining 

tasviriy  san’at  va   chizmachilik  fani  o’qituvchisi  Asqarova   Gulbaxorning       “Yilning  eng  yaxshi  fan   o’qituvchisi”  ko’rik

  tanlovida  yaratgan  innovatsion  pedagogik     loyihasi 



Mavzu:  Aksonometrik  proyeksiyalar  haqida  umumiy     ma’lumot.  O’qlarning  joylashishi         

 Texnologik  xarita

Mavzu

  Aksonometrik  proyeksiyalar  haqida  umumiy  tushuncha.  O’qlarning  joylashishi.  

Maqsad  va  vazifalar

O’quvchilarga  aksonometruk  proyeksiyalar  bo’yicha  tushunchalar  berish,  ularning  turlari  bo’yicha  fazoviy  tasavvurlarini  oshirish.  Proyeksiyalash  qoyidalari  bilan  aksonometrik  proyeksiyalarni  farqlay  olishga  o’rgatish.

O’quv  jarayonining  mazmuni

Aksonometrik  proyeksiya  -  izometrik  proyeksiya  va  frontal  dimetrik  priyeksiyalar,  o’qlarning  joylashishi  bo’yicha  tushunchalar  berish

O’quv  jarayonini  amalga  oshirish  texnologiyasi

                            

 

 


Uslub:tushuntirish, grafik  ish  bajarish,  darslik  bilan  ishlash  va  hamkorlikda  o’qitish.

Shakl:aqliy  hujum,  guruhlarda  ishlash.

Vosita:tarqatma  materiallar,  texnik  vosita,  chizma  asboblari  rag’batlantiruvchi  kartochkalar.

Usul:  noan’anaviy.

Baholash:   rag’batlantirish,  5balli  tizim  asosida  baholash.


Kutiladigan  natijalar

O’qituvchi:  berilgan  vaqt  davomida  yangi  mavzuni  barcha  o’quvchilar  tomonidan  o’zlashtirilishiga  erishish,  o’quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  o’rgatish.

O’quvchi:  aksonometrik  proyeksiyalar  bo’yicha,    uni  chizilishi  bo’yicha  tasavvurga  ega  bo’lishi.



Kelgusi  rejalar

O’qituvchi:  yangi  pedagogik texnologiyalardan  foydalanish,  pedagogik  mahoratni  oshirish.

O’quvchi:mavzu  bo’yicha  mustaqil  ishlashni  o’rganadi.



 

 

Darsning  maqsadi:

  Ta’limiy: O’quvchilarga  aksonometruk  proyeksiyalar  bo’yicha  tushunchalar  berish,  ularning      turlari  bo’yicha  fazoviy  tasavvurlarini  oshirish.

Tarbiyaviy:  O’quvchilarga  aksonometrik  proyeksiyalardan  o’z  o’rnida  foydalanishga  o’rgatib     boorish.

Rivojlantiruvchi:o’quvchilarning  aksonomtrik    proyeksiyalar,  ularning  turlari, o’qlarning    joylashishi  bo’yicha  tasavvirlarini  oshirish.

Darsning  shiori: Biz  barkamol,  o’ktam  avlodmiz,  kelajagi  buyuk  davlatmiz”.

Darsning  uslubi: :tushuntirish, grafik  ish  bajarish,  darslik  bilan  ishlash  va  hamkorlikda  o’qitish.

Darsning  jihozi:  Ko’rgazmalar,  slaydlar,  chizma  asboblari,  elektron  darslik .

Darsning  blok  sistemasi:


1

Tashkiliy  qism:

A)   Salomlashish

B)    Davomatni  aniqlash

C)    O’quvchilarni  darsga  jalb  qilish

D)   O’quvchilarni  guruhlarga  bo’lish

E)    Ma’naviy, siyosiy  daqiqa



 

3


2

Otgan  mavzuni  takrorlash:

O’tgan  mavzu  asosida  aqliy  hujum  tashkil  etish,  tezkor savol  javob, guruhlarda  chizmalar  bilan  ishlash. 

 


12

3

Yangi  mavzuni  tushuntirish:

Aksonometrik  proyeksiyalar  bo’yicha  tushunchalar  berish.

 


15

4

Darsni  mustahkamlash:

Savol    javob  va  chizmalarni  chizish  asosida.



10

5

O’quvchilarni  baholash:  o’quvchilarning  darsdagi  ishturoklari  va uy  vazifalari  asosida

3

6

Uyga  vazifa:  Mavzuni  o’qib  o’rganish,  aksonometrik  o’qlarni  chizish  va  chizmani  davom  ettirish.

2

                                                      

                          Darsning  borishi     

Tashkiliy  qism:  Salomlashib,  navbatchi  axboroti  tinglanadi  va  davomat  belgilanadi.  O’quvchilarni  darsga  tayyorlab,  darsga  tayyorgarligi  tekshiriladi. 

    Siyosiy,  ma’naviy  daqiqa  o’tkazish:

1.Hurmatli  o’quvchilar  bu  oyda  biz  qanday  bayramlarni  nishonladik?

2.”Navro’z”  qanday  bayram  va  bu  bayramning  o’ziga  xos  tomonlari  nimalardan  iborat?

3.  Muhtaram  prezidentimiz  I.A.Karimovning  so’nggi  asarining  nomini  ayting.

4. Aprel  oyida  maktabimizda  qaysi  fan  oyligi  o’tkaziladi?



O’quvchilarni  guruhlarga  bo’lish:       

        1. Aksonometriya.

 2. Izometriya.

          3.Dimetriya.

   Hurmatli  o’quvchilar,  guruhlarga  qo’yilgan  nomlarning  ma’nosini  bilasizmi?

     –yo’q.

   Hozircha  bu narsa  biz  uchun  muammo  bo’lib  tursinda,  o’tgan  mavzuni  takrorlab  olamiz.  So’ngra  yangi  mavzu  asosida  muammoni  hal  qilib  olamiz.  –Keling  guruhlar  o’rtasida  tezkor  savol-javob  orqali  tezkorligingizni  sinab  ko’ramiz.(Savollarga  javob  bergan  o’quvchilar  rag’bat  kartochkasi  bilan  rag’batlantirib  boriladi)   

Otgan  mavzuni  takrorlash:

               I.Tezkor  savol  javob  o’tkazish,

1. Chizma  qog’ozi  ya’ni  A4  formatning  o’lchami  qancha?

2. Qalamlar  necha  turga  bo’linadi?

3. Qattiq  qalam  qaysi  harf  bilan  belgilanadi?

4. Sirkulning  vazifasi  nima?

5. Qalamning  ochilgan  qismi  qancha  bo;lishi  kerak?

6.  Chizmachilik  kitobining  muallifi  kim?

7. O’zbekiston  prezidenti  I.A.Karimov  nechanchi  yili  tavallud  topgan?

8. Masshtab  qaysi  harf  bilan  belgilanadi?

9.  proyeksiya  so’zining  ma’nosi  nima?

10.Proyeksiya  necha  turga  bo’linadi?             

                  II.Qadam  va  qadam  o’yini:

Guruhlardan ikki  nafardan  o’quvchilar  doskaga  taklif  etiladi  va  ularga  aqliy  hujum  tarzida  savollar  beriladi.  Savollarga  javob  bergan  o’quvchi  bir  qadam  oldinga  yuraveradi.  Eng oldinga  chiqqan  o’quvchi  g’olib  hisoblanadi:

1.Kubning  nechta  tomoni  bor?

2. Kubning  nechta  qirrasi  bor?

3. Uning  uchlari  nechta?

4 . Uchburchakli  piramidaning  nechta  uchlari  bor?

5. Uchburchakli  piramidaning  nechta  qirrasi  bor?

6.Uchburchakli  piramidaning  neshta  yoqlari  bor?

7. Olti  burchakli  prizmaning  nechta  qirrasi  bor?

8.olti  burchakli  prizmaning  nechta  uchlari  bor? 

9.  olti  burchakli  prizmaning  yoqlari  bor?

         III.  Chizma  bilan  ishlash:

      O’quvchilarga  kalka  qog’oziga  chizilgan  chizmalar  beriladi,  bu  chizmalarda  bittadan  chiziq  chizilmagan  bo’ladi.  O’quvchilar  ana  shu  yetishmagan  chiziqni  topishlari  kerak  va  chizmani  o’ziga  chizib  chizmani  to’ldiradilar. O’quvchilar  rag’batlantirib  boriladi.



Yangi  mavzu  bayoni.   

Bunda  ekranda  “Aksonometrik  proyeksiyalar  haqida  ma’lumot  va  o’qlarning  joylashishi”  mavzusidagi  multimediya  darsligi  namoyish  etiladi.  So’ng  darslik  asosida  yangi  mavzu  tushuntiriladi:  

           Qadimgi  miniatyira  asarlaridagi  perspektiv  yasashlar  zamonaviy  aksonometriya  qonun-qoidalariga  to’g’ri  keladi.  Bunda  dunyo  madaniyati  tarixida  o’ziga  xos  iz  qoldirgan  Kamoliddin  behzodning  miniatyuralari  misol  bo’la  oladi.

Umumiy  tushuncha.Mashina  detallarini  yasashda  asosan,  ularning  ish  chimalaridan  foydalaniladi.  Lekin bu  tasvirlarning  asosiy  kamchiligi  shundaki,  detal  ko’rinishi  turli  tekislikda  bajariladi.  Bunday  hol  chizmaning  o’qilishini  qiyinlashtiradi.  Shuning  uchin  amalda  detalning  ish  chizmasi  bilan  birgalikda  uning  yaqqol  tasviri  ham  qo’shib  beriladi.  Detalning  yaqqol  tasviri, ya’ni  aksonometrik  proyeksiyasi  qo’shib  berilgan  ish  chizmalarini  tez  va  oson  o’qish  mumkin  bo’ladi.

      “Aksonometriya”   yunoncha  so’z  bo’lib,  akson-o’q  va  metreo -  o’lchash   degan  ma’noga  to’g’ri  kelib,  o’qlar  bo’yicha  o’lchash  deganidir.

  Aksonometrik  proyeksiyalar  uch  o’lchamli  yaqqol  tasvir  hisoblanadi.  Ular   x,  y , z, koordinata o’qlari  tizimida  hosil  o’lishiga  qarab  to’g’ri  va  qiyshiq  burchakli  turlarga  ajraladi.  Agar  koordinata  o’qlari  orasidagi  burchaklar  o’zaro  teng  bo’lsa,  ya’ni  jism  o’lchamlari  ushbu  x,y,z  o’qlarga  o’zgarmasdan  bir  xilda  tasvirlansa,  to’g’ri  burchakli  aksonometriya  deyiladi.  Mobodo  x,y,z  o’qlari  orasidagi  burchaklardan  bittasi  qolgan  ikkitasiga  nisbatan  o’zgarib  tasvirlangan  bo’lsa  ya’ni  jism  o’lchamlari  x,y,z  lardan  bittasiga  o’zgarib  proyeksiyalansa,  qiyshiq  burchakli  aksonometriya  deyiladi.

  Aksonometriyada  koordina ta  o’qlari  x,y,z  larga  bir xilda  tasvirlanadigan  jism  sifatida  kub  olinib  uni  qiyshiq ,  so’hgra  to’g’ri  burchak ostida  aksonometrik  proyeksiyalar  tekisligi  Pga  proyeksiyalash jarayonini  ko’rib   chiqamiz.

     Kubning  bir  tomonini  frontal  proyeksiyalar  tekisligi  V ga  parallal  joylashtirib,    aksonometrik  proyeksiya  tekisligi  P ga  proyeksiyalaymiz.  Bu  yerda,  proyeksiyalsh  nurlarini  Oyoq  uchun  P  tekisligiga  perpendikulyar  olinsa,  Oy  o’q  P ga  nuqta  ko’rinishida  proyeksiyalanadi.  Shunga  ko’ra  proyeksiyalash  nurlarini  Oy  uchun  P ga  ikki  marta  qisqartirib  proyeksiyalanadigan  45’  burchak  ostida  qiyshiq  olinadi.Shuning  uchun  ham  bu  proyeksiya  qiyshiq  burchakli  frontal  dimetrik  proyeksiya  deyiladi. Bu  proyeksiyani  qiyshiq  burchakli  dimetriya  yoki  frontal  dimetriya  deyish  ham  mumkin.  Dimetriya   -  Yunoncha,  ikki  marta  kam  o’lchash  degan  ma’noni  beradi.

Jism  bir  tomoni  bilan  V ga  parallel  joylashgani  uchun  ham  frontal  dimetriya  deyiladi.

   To’g’ri  burchakli  izometrik  proyeksiya   qisqacha  izometriya  ham  deyiladi. Izometriya  - yunoncha  so’z  bo’lib,  isos  -  bir  xil  degan  ma’noni  anglatadi.

  Izometriyada  Ox,  Oy,  Oz  o’qlar  orasidagi  burchaklar  o’zaro  teng  bolib,  ular  120’  ni  tashkil  qiladi.  Chunki  ular  P  tekisligiga  nisbatan  bir  xil  qiyalikda  proyeksiyalanadi.  Shunda,  masalan,  kub  o’zining  haqiqiy  kattaligiga  nisbatan  ma’lim  miqdorda  o’zgarib,  ya’ni  qisqarib,  proyeksiyalanadi.  Bu  o’zgarish  izometriyada  uchala  o’qlar  bo’yicha  bir  xil  bo’lib,  0,82  ga  teng.  Lekin  detal  o’lchamlarini  izometrik  o’qlarga  0,82  marta  ko’paytirib  o’lchab  qo’yish  ancha  noqulay.O’z  DSt  2.305:2003  ning tavsiyasiga  binoan,  barcha  o’qlarga  detaldan  o’lchab  qo’yiladigan  qiymatni  0,82  marta  kichik  olmasdan,  uning  haqiqiy  kattaligidagi  olchamlari  qo’yiladi.  Shunda  detalning  izometriyasi  1,22  marta  katta  tasvirlanadi.

Mustahkamlash:

          I. Savol         javob

1. Aksonometriya  so’zi  qanday  ma’noni  anglatadi?

2.Aksonometriya  necha  turga  bo’linadi?

3.Izometriya  so’zining  ma’nosi  nima?

4.Dimetriya  deb  nimaga  aytiladi?

5.Izometrik  o’qlar  necha  gradusda  bo’ladi?

          II.Kubning  izometrik  va  dimetrik  proyeksiyalarini  chizish. 

    O’quvchilarni  baholash:  o’quvchilarning  darsdagi  ishturoklari  va uy  vazifalari  asosida  kartochkalar  hisoblanib  5 ballik  baholash  tizimida  baholanadi.

       Uyga  vazifa:  Mavzuni  o’qib  o’rganish,  aksonometrik  o’qlarni  chizish  va  chizmani  davom  ettiririb  kelish.



  
Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling