Viloyatimizdagi energiya resurslari


Download 13.96 Kb.
Sana21.07.2020
Hajmi13.96 Kb.
#124424
Bog'liq
Shoqiiii Energiya resurslari


Viloyatimizdagi energiya resurslari

Inson yaralgandan beri , tabiatga o’z ta’sirini o’tkazib kelgan . Buning samarasi o’laroq inson hayoti tubdan o’zgardi . Qo’l mehnati kamayib , ish unumdorligi oshdi .


Inson shunday asrga yetib keldiki , u o’z hayotini elektr energiyasiz tasavvur qila olmay qoldi . Jamiyatning har bir sohasida uning tutgan o’rni beqiyosdir .
Respublikamiz energiya mustaqilligiga erishgan davlatlardan biri hisoblanib , har bir viloyatlarida , shaxar va tumanlarida o’z energiya resurslariga ega . Shuning uchun bu soxani yanada rivojlantirish maqsadida respublikamizda keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda .

Shuningdek viloyatimiz ham ko’plab energiya resurslariga ega . Viloyatimizda suv inshootlari , biomassa , quyosh energiyalaridan foydalanib aholini sifatli elektr energiya bilan ta’minlab , energiya resurslariga bo’lgan talabini qondirishga hizmat qilib kelmoqda .


Olimlarimiz mazkur soxadagi ilmiy ishlari va amaliy tajribalari ushbu soxani rivojiga salmoqli ta’sir ko’rsatmoqda . Viloyatimizda ushbu soxani rivojlantirishda , muqobil energiya manbalaridan eng avvalo quyosh energiyasidan , suv resurslaridan , tabbiy biomassalardan foydalanish soxasida ilmiy va sinov tadqiqot ishlari olib borish borasida salmoqli tajriba to’plangan , ular yuzasidan bir qancha yillar davomida olimlarimiz tomonidan ilmiy ishlanmalar olib borilmoqda .
Xususan Andijon Davlat Universitetida xam ushbu soxada bir qator ilmiy ishlar amalga oshirish ko’zda tutilmoqda .
Bunday imkoniyatlarning mavjudligi viloyatimizda muqobil energiya manbalarini rivojlantirish orqali iqtisodiyotimiz tarmoqlarini , axolini va sanoatni uzluksiz energiya bilan ta’minlash , atrof – muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindilarni kamaytirish bilan bir qatorda qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish orqali iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga beqiyos xizmat ko’rsatadi .
Download 13.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling