Virtual reallik texnologiyasi


Download 295.84 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi295.84 Kb.
#238866
  1   2   3
Bog'liq
Virtual reallik texnologiyasi


VIRTUAL REALLIK TEXNOLOGIYASI

Reja:


  1. Virtual reallik yechimlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sohalar

  2. Virtual rеallikka asoslangan ta’limiy rеsurslar

  3. Germaniyada ishlab chiqarilgan virtual reallik loyihalari

  4. Xulosa

  5. Foydalangan adabiyotlar ro’yxati


Amerikalik investor va startaplar asoschisi Jorj Bill Huffingon Post nashrida virtual reallik sohasini AQShda shiddat bilan rivojlanayotgan sohalar qatoriga qo‘shgan. Umuman olganda uning fikriga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q, sababi virtual reallik innovatsiyalari qay darajada kuchli ta’sirga egaligiga o‘zimiz guvoh bo‘lib turibmiz. Hatto Toshkentning ba’zi istirohat parklarida VR garnituralar attraksionlarning biriga aylanganini ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu texnologiya bundan bir necha yil ilgari paydo bo‘lgan. 2012 yilda Kickstarter platformasida Oculus startapi virtual reallik garniturasini ishlab chiqarish uchun mablag‘ yig‘ishni boshlab yubordi. Loyihaga zarur 250 ming dollar to‘rt soat ichida yig‘ildi. Shundan keyin kompaniya bir qator ko‘rgazmalarda ishtirok etdi, loyihani ko‘plab kompyuter sanoati vakillari qo‘llab-quvvatladilar.  Oradan uch yil o‘tib, 2015 yilning yanvar oyida ilk virtual reallik garniturasi Oculus Rift CV1 sotuvga chiqariladi. Qizig‘i shundaki, ushbu garnituralarning barcha partiyalari 14 daqiqada sotib yuboriladi. Bu esa virtual reallik innovatsiyalariga naqadar kuchli talab mavjud bo‘lganini isbotladi. Shundan keyin bunday loyihalarga millionlab dollar sarmoya ajratiladi, ko‘plab texnologik gigantlar uni ishlab chiqarish bilan qiziqib qoladilar.

Virtual reallik yechimlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sohalar:



  1. Kompyuter va mobil o‘yinlar

  2. Kino

  3. Sport translatsiyalari va shoular

  4. Ijtimoiy tarmoqlar

  5. Ta’lim

  6. Tibbiyot

  7. Savdo va ko‘chmas mulk

  8. Sanoatning turli tarmoqlari

Albatta, boshqa sohalar ham istisno emas, ularning safi vaqt o‘tgan sari kengayib boraveradi.

SonyPlaystation VR, HTC Vive va Valve gadjetlari hozirda Oculus Rift garniturasining kompyuter o‘yinlari sohasidagi eng asosiy raqiblari hisoblanadi.Ularning orasida HTC Vive boshqa garnituralarga qaraganda ancha qimmatroq narxda sotiladi. Mazkur sohada virtual reallik imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkin. Ayni paytda ushbu segmentni ommalashtirish maqsadida HTC Xitoyda o‘nlab VR kafelarni ishga tushirmoqda.



Virtual reallik formatida ishlangan filmlarning bozori hozirda 44 mlrd dollarga teng va bu son kundan-kunga ortaveradi. Mutaxassislarning fikricha, kelajakda virtual reallik tufayli kinoteatrlar butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. Odamlar garniturani boshiga taqqan holda uyidan turib istalgan yangi filmni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Google 2016 yilda hatto birinchi virtual musiqiy konsertni ham tashkil qilishga ulgurdi. Xuddi shunday sport sohasida ham barcha musobaqalarni virtual tarzda translatsiya qilish mumkin bo‘ladi, ya’ni odamlar barcha turnirlarni uydan turib bevosita VR shlem orqali kuzatadilar. AQSh basketbol ligasining 2016 yildagi ba’zi o‘yinlari virtual reallik rejimida ham efirga uzatildi.



Shuningdek, virtual reallik innovatsiyalaridan tibbiyot va ta’lim yo‘nalishlarida ham samarali foydalansa bo‘ladi. Prognozlarga qaraganda, virtual reallikka mo‘ljallangan tibbiyot uskunalari bozorining hajmi 2025 yilga borib 5,1 mlrd dollarga teng bo‘larkan. Bunday qurilmalar bemorni masofadan turib davolash, tekshirish, tashxis qo‘yishga yordam beradi. Shu bilan birga o‘ta murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishga zamin yaratadi.  Ta’limda ushbu innovatsiyalardan aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida foydalanish mumkin.

Ko‘chmas mulk va savdo sohalarida esa virtual reallik iste’molchilarga katta qulayliklar yaratadi. Masalan,uy sotib olmoqchi bo‘lgan xaridorlar biror uyni borib ko‘rish o‘rniga virtual reallik shlemi orqali uni ko‘zdan kechirishlari mumkin bo‘ladi. Hozirda aynan mana shunday texnologiya ustida ishlayotgan Tayvanning iStaging startapi jami 5 mln dollar investitsiya jalb qilgan.

Sanoat va ishlab chiqarish sohalarida virtual reallik loyihalashtirish, tadqiqot  va trening maqsadlari uchun xizmat qilishi mumkin. SDK Lab, IrisVR, Inreal Technologies kabi startaplar hozirda neft va gaz, arxitektura va dizayn sohasi vakillari uchun virtual reallik asosidagi turli yechimlarni ishlab chiqmoqda.

Virtual reallik texnologiyalari turmushning turli jabhalariga shiddat bilan kirib kelmoqda. Hozircha barcha uning faqat ijobiy tomonlarini ko‘rmoqda. Mazkur innovatsiya ilm-fandagi o‘ta ahamiyatli yangilik bo‘lganiga hech kim shubha bildirmayapti.




Download 295.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling