Vpn ning Maqsadi Va Turlari

Download 12.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi12.5 Kb.
#1574448
Bog'liq
Mavzu

Mavzu:

VPN ning Maqsadi Va Turlari

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, foydalanuvchilar VPNni ko‘pincha ko‘ngilochar saytlarga kirish uchun bloklashni chetlab o‘tish imkoniyati deb hisoblaydilar. Aslini olganda, shu kabi VPN-xizmatlar korporativ ish yuritishning ajralmas qismi bo‘lishi, ma’lumotlarni himoya qilishi, yoki foydadan ko‘ra hatto zarar keltirishi ham mumkin. VPN-xizmatlardan nima uchun tez-tez foydalaniladi va ular internet tezligini qanday sekinlashtirishi mumkin? Bularning barchasini quyida taqdim etilgan ma’lumotlar orqali bilib olishingiz mumkin.

VPN yoki Virtual Private Network atamasi ingliz tilidan – virtual xususiy tarmoq ma’nosini anglatadi.

Oddiy so‘zlar bilan ifodalanganda, bu – mavjud aloqa ustidan tonnel ko‘rinishidagi alohida shifrlangan tarmoqni yaratuvchi texnologiya. Masalan, internet tarmog‘i ustidan.
VPN, faqatgina ma’lum foydalanuvchilar kirishi mumkin bo‘lgan izolyatsiyalangan tarmoq bo‘lishi ham mumkin.

VPN nima uchun kerak?
2020-yildagi koronavirus pandemiyasi tufayli deyarli butun dunyoda insonlar masofadan turib o‘qish va ishlashga majbur bo‘ldilar. Kompaniya, korxona va xodimlar, shuningdek korxona xodimlari o‘rtasida``` ma’lumot almashuvining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, VPN orqali majburiy tartibda aloqa o‘rnatishni boshladi.
VPN kompyuterdan serverga va aksincha o‘tadigan ma’lumotlarni shifrlaydi. Ushbu texnologiyadan, ma’lumotlarga kirishni nazorat qilish, shuningdek, ma’lumotlarni qabul qilish va jo‘natish paytida himoyalash uchun tashkilotlarda foydalaniladi. VPNsiz, ma’lumotlar yovuz niyatli insonlar qo‘liga tushib qolishi xavfi mavjud. Maksimal darajadagi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, yirik korxonalar aloqa xavfsizligi uchun o‘zining shaxsiy VPN-xizmatlaridan foydalanadi.
Bundan tashqari, jamoat tarmoqlari – kafe, savdo markazlari, metro va vokzallarda o‘rnatilgan Wi-Fi orqali internetga kirishda o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun ham VPN’dan foydalanadilar. Ma’lumotlar shifrlanmagan taqdirda ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta manzili parollari, hattoki bank kartasining ma’lumotlari ham yo‘qolishi mumkin.
VPN tarmoqda anonimlikni saqlab qolish imkonini beradi. VPN orqali siz kiradigan saytlarga ulanishda, sizning joylashgan joyingiz, brauzer ma’lumotlari va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni kuzatish imkoni bo‘lmaydi. Masalan, siz ta’tilga “N” nomli mamlakatga dam olishga borishingiz mumkin. Bu davlatda Telegram va YouTube taqiq ostida bloklangan bo‘lishi mumkin. VPNdan foydalangan holda, N mamlakatida ekanligingizni yashirishingiz va sevimli ilovalaringizdan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, anonimlik funksiyasidan online-xaridlar uchun foydalanishadi, chunki bir xil tovar yoki xizmatning narxi turli mamlakatlar uchun narxi xar xil bo‘lishi mumkin.
Bu qanday ishlaydi?
Foydalanuvchi avval internetga, so‘ng VPN-servisga ulanadi. VPN-servis o‘rnatilgan serverdan foydalanuvchiga, uning barcha ma’lumotlari shifrlangan ko‘rinishda o‘tishi uchun “tonnel” ochiladi. So‘ngra, VPN-xizmati foydalanuvchiga, uning shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilmagan holda internet tarmog‘iga kirish huquqini beradi.
Soddalashtirilgan sxemada internetga kirish uchun zanjirda qo‘shimcha halqa paydo bo‘lishini ko‘rish mumkin. Ushbu oraliqdagi halqa (VPN-server) boshqa qit’ada joylashgan bo‘lishi, hamda bir vaqtning o‘zida bir nechta so‘rovlarni ishlashi va internetga ulanish uchun o‘zining shaxsiy sozlamalarini o‘rnatishi mumkin. Buning natijasida, internetga ulanish nostabil, sekin va hattoki xavfsizligi ta’minlanmagan bo‘lishi ham mumkin. Eng ayanchli holatlar ko‘pincha bepul yoki shartli ravishda bepul xizmatlar bilan kelib chiqishi mumkin.
Download 12.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling