Web – sahifaga ro’yhat joylashtirish’’ Mavzusida bir soatli


Download 487.13 Kb.
bet1/3
Sana19.11.2020
Hajmi487.13 Kb.
#147531
  1   2   3
Bog'liq
Web – sahifaga ro’yhat joylashtirish’’ Mavzusida bir soatli


O’zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati xalq ta’lim

Xalq ta’limi vazirligi boshqarmasi

Kitob davlat 1-ixtisoslashtirilgan maktab – internati


,, WEB – sahifaga ro’yhat joylashtirish’’
Mavzusida bir soatli


1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining

Informatika fan o’qituvchisi

Suyarova Dilso’z

Kitob 2016-yil

Informatika fanidan 9-sinf uchun

WEB-sahifaga ro‘yhat joylashtirish” mavzusi bo‘yicha



dars ishlanmasi
Sinf: 9

Darsning mavzusi: WEB-sahifaga ro‘yhat joylashtirish
Darsning umumiy maqsadi: O‘quvchilarga web-sahifada ro‘yxat hosil qilishning usullari, tartib raqamli ro‘yxat, markerli ro‘yxat, grafik tasvirli ro‘yxat, ta’riflar ro‘yxati hosil qilish haqida bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish.

  1. ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga web-sahifada ro‘yxat hosil qilishning usullari, tartib raqamli ro‘yxat, markerli ro‘yxat, grafik tasvirli ro‘yxat, ta’riflar ro‘yxati hosil qilish haqida bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish.

  2. tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni fikrlashi, dunyoqarashini o‘stirish, bilim olishga qiziqishlarini yanada yuqori darajada shakllantirish;

  3. rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarga web-sahifada ro‘yxat hosil qilishning usullari, tartib raqamli ro‘yxat, markerli ro‘yxat, grafik tasvirli ro‘yxat, ta’riflar ro‘yxatidan foydalanib web-sahifalar tuza olish ko‘nikmasini shakllantirish.

Darsning turi: Aralash dars

Darsning jihozi: Darslik, dars ishlanma, kompyuter, videoproektor, darsga oid taqdimotlar, kompyuterning dasturlari (Ms Word, Bloknot, Internet Explorer)

Darsning uslubi: Turli xil sport o‘yinlari qoidalariga asoslangan o‘yinlar tashkil etish

O‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar elementlari: kommunikativ kompetesiya elementlari:

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish; muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilish;

turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi elementlari:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish.

media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.



Darsning borishi:
Darsning blok sxemasi




Bajariladigan ishlar

Ajratilgan vaqt

1

Darsning tashkiliy qismi

3 daqiqa

2

Otilgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash

9 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayon etish

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O‘zimni o‘zim baholayman

3 daqiqa

6

O‘quvchilarni ballarini qo‘yish va e’lon qilish

3 daqiqa

7

Uyga vazifa

2 daqiqa




  1. Tashkiliy qism 3-daqiqa

  1. O‘quvchilar bilan salomlashish;

  2. O‘quvchilar davomatini aniqlash;

  3. O‘quvchilarni guruhlarga ajratish va dars o‘tish jarayoni haqida tushunchalar berish.




  1. O‘tilgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash 9-daqiqa:

Avval o‘quvchilar dars boshlashimizdan avval oldingi darsimizdagi inglizcha terminlarni bir eslab olaylik. Bunda o‘quvchilarga avvalgi darsdagi o‘rganilgan teglar va ularning mazmuni qayta eslatilib o‘tiladi. (taqdimotning 1-2 sahifalari namoyish etiladi)

Darsning bu bosqichida o‘quvchilar bilan sport turlaridan voleybol musobaqasi qoidalariga asoslangan o‘yin tarzida 2-ta guruh o‘rtasida savollar berish orqali musobaqa tarzida tashkillab olib boriladi.

Uning qoidalari birinchi savol beruvchi jamoa tanlab olingach, ular ikkinchi jamoaga to‘p sifatida savolni jo‘natishadi. Ikkinchi jamoada bu savolga bir kishi javob beradi, agar javobni shu jamoadan biror o‘quvchi to‘ldirmoqchi bo‘lsa, u to‘ldirishi mumkin, lekin 3-o‘quvchi albatta 1-jamoaga savol berishi kerak bo‘ladi. Agar berilgan savolga guruh javob bera olmaydigan bo‘lsa, bu jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri birinchi jamoaga savol bilan murojaat qiladi. Bunda birinchi jamoada imkoniyat yana ortadi, ya’ni bir o‘quvchi o‘z savollariga javob beradi, ikkinchi o‘quvchi ikkinchi jamoa savoliga javob beradi, uchinchi o‘quvchi savol beradi. Bu usulning yaxshiligi bir jamoa bilmay qolgan savol javoblari ham shu o‘rinda o‘z vaqtida to‘ldirib boriladi. (O‘yindagi barcha to‘g‘ri javoblar rag‘bat ballari bilan ballanib boriladi). O‘yin davomida o‘quvchilar tomonidan to‘la yoritib bera olinmagan savollar va o‘tilgan mavzuda e’tibor berilmay qolgan qismlar doskada belgilab boriladi va uni birgalikda o‘quvchilar bilan to‘ldiriladi.


  1. Yangi mavzuni bayon etish 15-daqiqa

Yangi mavzu bayonida jamoalar berilgan savollar mavzuga doir bergan fikrlariga ko‘ra jamoalariga rag‘bat ballarini olishga erishib boradilar. Aziz o‘quvchilar biz avval Word matn protsessorida ro‘yhat hosil qilganmiz qani bu ro‘yxat qanday tashkil etilardi?

Bu savolga javoblar olingach Word matn protsessori ishga tushirilib o‘quvchilarga amaliy holda ko‘rsatib beriladi.





Download 487.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling