Web dasturlashga kirish


Download 0.89 Mb.
bet1/7
Sana10.11.2021
Hajmi0.89 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“WEB DASTURLASHGA KIRISH” fanidan



ORALIQ NAZORAT ISH

Guruh: 214-19

Bajardi: Shahnoza Xoldorova

Tekshirdi: Ural Raimkulov

TOSHKENT 2021

ORALIQ NAZORAT ISHI



2-variant

  1. WWW ning rivojlanish bosqichlari;

  2. JavaScriptda doimiy ifodalar, JavaScriptda matnlar bilan ishlash;

  3. JQuery selektorlari, JQUERY UI da effektlar.

WWW ning rivojlanish bosqichlari

World Wide Web ( WWW , The Web(Internet) degan nomlari ham mavjud) ingliz tilidan butunjahon o`rgimchak to`ri deb tarjima qilinadi. WWWni Internetning e-mail, File Transfer Protocol (FTP), Internet Relay Chat (IRC), Telnet ,Usenet kabilarni o`z ichiga oluvchi yordamchi dasturi deyishimiz mumkin. 1989 yilda Tim Berners-Li taklifiga binoan Evropa yadro tadqiqotlari markazida ishlab chiqilgan. Internetning markazida ko'plab veb-serverlar tizimi - kompyuterlar yoki dasturiy ta'minot dasturlari mavjud bo'lib, ular foydalanuvchilarga veb-sahifalarni ,ayniqsa HTML da yozilgan hujjatlarni ko'rish yoki teleportatsiya qilish imkoniyatini beradi.

WWW ning rivojlanish bosqichlari turli manbalarda turlicha keltirilgan. Ularni umumlashtirgan holda quyidagi bosqichlarga bo`lib o`rganib chiqamiz:


  1. Internet tarixidan avvalgi bosqich(prehistory)

Ko`pchilik Internetni 1990-yillarda paydo bo`la boshlagan deb o`ylaydi, ammo asli 1960-yillarga borib taqaladi, 1962-yilda Massachusets Texnologiya Institutidan Licklider butundunyo bo`ylab kompyuterlarni ma`lumotlarni va dasturlarni tarqatishda foydalanish uchun bog`laydigan “Galactic Network” haqidagi fikrlarini yoritib bergan. U mudofaa boyicha ilgor tadqiqot loyihalari agentligi(DARPA) ning birinchi prezidenti bolgan. U hamkasblari bilan internet arxitekturasi rivojlanishiga qaratilgan poydevorni yaratdi. DARPA ga yangi qoshilgan Roberts 1967-yilda Internetning ARPANET nomi bilan tanilgan asl versiyasi haqidagi tasavvurlarini bayon etdi.

  1. Internetning paydo bolishi

ARPANET namoyishidan keyingi 10 yil mobaynida unga qoshimchalar kiritib borildi, masalan electron pochta. Bu paytda ARPANET bn boglanish uchun kompyuterlarga maxsus dasturiy taminot ornatish kerak bolgan. Ochiq arxitekturali tarmoq 1972-yilda kiritilgan va “Internetting” deb nomlana boshlangan. Keying yillarda AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan 3ta mobil qurilmalar uchun tarmoq sarmoyalashtirilgan, masalan SARNET. 1974-yilga kelib ARPANET to`liq ishlashni boshlagan.

  1. 1980-1991-yillar

1980-yillarda Shvetsariyadagi Yevropa Yadro tadqiqot markazida(CERN) Tim Barners tomonidan odamlarning shaxsiy malumotlari bazasini va dasturiy ta`minot modellashtirish maqsadida ENQUIRE ni ishlab chiqdi, TCP/IP protokoli ishlab chiqilganidan song u bir necha yilgacha eng yirik internet-sayt bolib qoldi.

  1. 1991-1995-yillar

Ushbu vaqt oraligida Berners-Li HTML haqidagi malumotlar haqida qisqacha xulosa bilan bolishdi. Bu vaqt oraligida serverlar soni oshdi, xususan, 1993-yil oxirlarida 500ga yaqin server mavjud edi. 1993-yil ortalarida Birinchi Microsoft Windows brouzeri Cello ishga tushurildi. 1994-yilda Yahoo ishga tushurildi.

  1. 1995-2004-yillar

1995-yilga kelib Windows 95 va ommabop Internet Explorer brauzeri ishlab chiqila boshlandi.

1996-1997-yillarda P.Larri, S.Brin, S.Xasan tomonidan Google Search ishlab chiqilgan.

Shu vaqt ichida bir nechta kompaniyalar World Wide Webni yanada mukammallashtiruvchi biznes modellarini ishlab chiqishda muvaffaqiyat qozonishdi. Ular orasida aviakompaniyalarni bron qilish saytlari, Google qidiruv tizimi va kalit so'zlarga asoslangan reklama uchun foydali yondashuv, shuningdek eBay kim oshdi savdosi sayti va Amazon.com onlayn-do'koni mavjud.


  1. 2005-2010-yillar

2004-yilga kelib Web 2.0(1999-yilda ishlab chiqilgan,axborot almashishning yangi modeli, asosan, foydalanuvchi tomonidan yaratilgan va foydalanuvchi tomonidan tahrir qilingan veb-saytlarni o'z ichiga olgan) ommalasha boshladi. Ushbu yangi davrda MySpace va Facebook kabi ijtimoiy tarmoq veb-saytlari paydo bo'ldi

  1. 2010-yildan hozirgacha

Internetni yangi darajaga ko`targan web 3.0 ommalashdi. Va uning natijasida qidiruv yanada samaraliroq korinishga keldi, aloqaning samaradorligi oshdi, marketing yanada rivojlandi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling