X. Mo’minovaning “Ona tili”fanidan tayyorlagan taqdimoti qabul qildi: A. Dadajonov kirish


Download 168.75 Kb.
bet1/7
Sana13.12.2022
Hajmi168.75 Kb.
#999881
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
H.Mominova Fonetika


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI Boshlang’inch ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi X.Mo’minovaning “Ona tili”fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI
Qabul qildi: A.Dadajonov
KIRISH.
Qadim zamonlardan beri tilimizga bo`lgan talab va e’tibor davom etib kelmoqda. Ona tilimiz uzoq tarixga ega. Asrlar davomida uning taraqqiyotida ko`p o`zgarishlar yuz berdi. Mustaqillikdan so`ng “davlat tili to`g`risida”gi qonunga talablar asosida o`zgartirishlar kiritildi. Sababi, qonun sho`rolar hukmronligi davrida qabul qilingan edi. Shuningdek, yozuvimiz tarixida ham bunday o`zgarishlar mavjud. “1200 yil davomida ya’ni 1930-yilgacha arab yozuvi, 1930-yidan 1940-yilgacha lotin yozuvi, 1940-yildan krill alifbosiga o`tildi."1
1995-yil 24-avgust Vazirlar Mahkamasining “O`zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash to`g`risida” gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida” gi Qonunning bajarilishi doirasida amalga oshirildi.
N.I.
Bilamizki, kirill yozuviga asoslangan o`zbek alifbosida 35 ta harf bor. Ulardan 10 tasi unli harf, 23 tasi undosh harf, ayirish (ъ) va yumshatish (ь) belgilari bo`lgan. Shu alifbo ta’sirida yangi lotin alifbosiga asoslangan o`zbek alifbosi joriy etildi. Lotin alifbosiga asoslangan yangi o`zbek alifbomizda 29 ta harf, 1ta (‘) tutuq belgisi mavjud. Ulardan 6 tasi unli, 23 tasi undosh. Yangi alifboga o`tishda kirill alifbosidagi ё, ю, я, щ, ц, ы harflaridan va ъ, ь belgilaridan voz kechildi.
Quyidqgi tavsiya orqali fonetika bo`limini birga tasnif qilamiz. Unli va undosh harflarning hosil bo`lishi va ularning tahlili bo`yicha ijodiy yondashuvni amalga oshiramiz. Ditaktik usul bilan amaliy mashq olib boramiz.
N.I.
FONETIKA
Fonetika so`zi grekcha phone so`zidan olingan bo`lib, “tovush” degan ma’moni bildiradi. Fonetika - nutq tovushi haqidagi ta’limot.
Tabiatdagi tovush uch xil: fizik, biologik, va nutq tovushi. Fizik tovush jonli va jonsiz mavjudotning barchasiga xos bo`lib, havoning qisilishidan hosil bo`ladi. Biologik tovush jonli mavjudotga xos va tiriklik belgisidan biri. Hayvon va parrandaning ovozi, kishining gap hosil qimaydigan tovushi: qiyqiriq, xurrak, kulgi, yig`i ovozi. Nutq tovushi faqat insonga hos bo`lib, uning uch xil hususiysti bor:
  • ijtimoiy tabiatga ega;
  • ma’no farqlaydi;
  • nutq hosil qiladi.


N.I.

Download 168.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling