X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov o'zbekiston tuproqlari va ularning


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana09.01.2020
Hajmi6.38 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

X.Q.  NOMOZOV,  SH.M. TURDIMETOV
O'ZBEKISTON 
TUPROQLARI 
VA ULARNING 
EVOLUTSIYASI
wm
TOSHKENT

0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI 
OLIY VA Q‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
X.Q.NOMOZOV,  SH.M. TURDIMETOV
0 ‘ZBEKXST0N TUPROQLARI 
VA ULARNING EVOLUTSIYASI
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi 
tonumidaii 514110000 «Tuproqshunoslik» ta ’lim y o ‘nalishi 
talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT -  2016

UO‘K: 631.4 (575.1) (075.8) 
КВК 40.3 (5 0 ‘)
N-77
N-77 
X.Q.Nomozov,  Sh.M.Turdimetov.  Ozbekiston 
tuproqlari va ularning evolutsiyasi.  Darslik. -Т.: 
«Fan va texnologiya», 2016, 256 bet.
ISBN 978-9943-11-384-8
Darslik  « 0 ‘zbekiston  tuproqlari  va  ularning  evolutsiyasi»  fani 
dasturiga muvofiq tuzilgan bolib,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy va 
o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  2016-yil  22  yanvardagi  26-sonli 
buyrug‘iga  asosan  5141000-Tuproqshunoslik  ta’lim  yonalishi 
talabalari usun darslik sifatida tavsiya etilgan.
Darslikda  0 ‘zbekiston  Respublikasining  tabiiy-tarixiy  sharoit- 
lari,  tuproqlarning  o‘rganilish  tarixi,  sistematikasi  va  tasnifi,  choi, 
bo‘ z .va tog‘  mintaqasi asosiy tuproq tiplarining xossalari,  genezisi, 
tarqalishi  va  ularning  evolutsiyasi,  Respublika  Yer  jamg'armasi, 
ulardan  foydalanish  va  muhofaza  qilish  bo‘yicha  ma’lumotlar 
berilgan.
UO‘K: 631.4 (575.1) (075.8) 
KBK 40.3 (5 0 ‘)
Mas ’ul muharrir:
S.Abdullayev -  q.x.f.d.,  professor
Taqrizchilar:
X.T.Tursunov -  q.x.f.d., professor; 
R.Qurvontoyev -  q.x.f.d.,  professor.
-384-8
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2016.

KIRISH
0 ‘zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  Islom  Kari- 
movning  mamlakatimizni  2015-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanti- 
rish yakunlari  va 2016-yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning eng 
muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkama- 
sining  ma’ruzasida  mamlakatimiz  qishloq  xo‘jaligida  chuqur  tar- 
kibiy  o‘zgarishlar  amalga  oshirilayotganligi,  murakkab  ob-havo 
sharoitiga  qaramasdan,  fermer  va  dehqonlarimizning  g‘alla  va 
paxtadan mo‘l hosil yetishtirilayotganligi ta’kidlangan.
Qishloq xo‘jaligi  sohasida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  va 
tarkibiy  o‘zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish,  yer  va  suv 
resurslaridan  samarali  foydalanish  2016-yil  va  yaqin  istiqbolga 
mo'ljallangan  iqtisodiy dasturiinizning muhim yo‘nalishidir.
Xo‘jalik  yuritishtiing  ferinerlik  tizimiga  o‘tilishi  munosabati 
bilan  fermerlar  uchun  ijara  mulki  huquqi  asosida  ajratiladigan  yer 
maydonlarini optimallashtirish masalasi  dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Ekin  maydonlarining  optimallashtirilishi  va  zamonaviy  agro- 
texnologiyalarning joriy  etilishi  natijasida  2020-yilda  boshoqli  don 
ekinlari  yetishtirishni  16,4  foizga  oshirib,  uning  hajmini  8  million 
500 ming tonnaga yetkazish,  kartoshka yetishtirishni 35 foizga, sab- 
zavotni  30  foizga,  meva  va  uzumni  21,5  foiz,  go‘sht yetishtirishni 
26,2  foizga,  sutni  47,3  foiz,  tuxumni  -   74,5  foizga  ko‘paytirish, 
baliq yetishtirishni 2,5 martaga oshirish ko‘zda tutilmoqda,
Jonajon Vatanimiz 0 ‘zbekiston hududi qariyb 45 mln. ga may- 
donni  egallagan.  Shundan  sug‘oriladigan  yerlar  7,50;  haydaladigan 
lalmi  yerlar  1,85;  ko‘p-yillik  daraxtzorlar  0,85;  yaylov  va  pichan- 
zorlar 50,95; tomorqa yerlari  1,32; meliorativ holati yaxshilanadigan 
yerlar  0,18;  o‘rmonlar  2,99  %  ni  tashkil  qiladi.  Respublikamiz 
o'zining ajoyib tabiati,  takrorlanmas  manzarasi,  qazilma  boyliklari, 
xilma-xil  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosiga  boy  bo‘lgan  va  nihoyat 
saxovatli, unumdor tuproq qoplamiga ega bo‘lgan oMkadir.

Respublikamiz  mustaqillikka  erishganidan  so‘ng,  oikamizning 
tabiatini  o‘rganish,  milliy  qadriyatlarimizni  tiklash  kabi  ko‘pgina 
ezgu  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Tarixiy  manbalardan  ma’lumki, 
ilk  o‘rta  asrlarda  yurtimizda  vohalar  bo‘ylab,  ayniqsa,  azim  daiyo 
adoqlarida  qator  yirik  sug‘orish  tarmoqlari  qazilib,  sug‘orma 
dehqonchilik  maydonlari  kengaygan.  Oqar  suv  sathidan  birmuncha 
balandlikda  joylashgan  maydonlarga  suv  chiqarib  obod  etilgan. 
Ziroatchilikda g‘allakorlik va polizchilik maydonlari kengaygan.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2015-yil  3- 
noyabrdagi  311-son  qarorida  qishloq  va  suv xo‘jaligi  tarmoqlarida 
talab yuqori bo‘lgan oliy ma'lumotli  kadrlar tayyorlash  sifatini tub- 
dan  oshirish,  ta’lim  jarayoniga  zamonaviy  yuqori  samarali 
pedagogika  va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foyda- 
langan holda o‘qitishning ilg'or usullarini faol joriy etish, qishloq va 
suv  xo‘jaligi  tarmoqlari  pedagog  kadrlari  va  mutaxassislari 
malakasini  oshirish  hamda  ulami  qayta  tayyorlash  masalalariga 
katta e’tibor qaratilgan.
Yoshlarga  Ona  Yemi  sevish,  uning  har  bir  qarichini  muqaddas 
deb bilish bo‘yicha tarbiya berilmoqda.  Shu sababdan,  « 0 ‘zbekiston 
tuproqlari  va  ularning  evolutsiyasi»  maxsus  kursi  o‘quv  dasturiga 
kiritilib,  asosiy  fanlardan  biri  sifatida  o‘ qitilib  kelinmoqda. 
Yuqoridagilarni  hisobga  olgan  holda,  mualliflar  ushbu  fandan 
darslikning yangi nashrini tayyorladi.  Ushbu darslikni 2004 va 2014 
-yillarda mualliflar tomonidan nashr etilgan « 0 ‘zbekiston tuproqlari 
va  ularning  evolutsiyasi»  nomli  o‘quv  qo‘llanmalari  asos  sifatida 
foydalanildi.  Darslikda keyingi-yillarda  respublikamizda tuproqshu- 
noslik  sohasida  olib  borilgan  ilmiy  ishlarning  natijalari  ham 
kiritilgan.
Darslikda  0 ‘zbekiston  Respublikasining  tabiiy-tarixiy  sha- 
roitlari,  tuproqlaming  o‘rganilish  tarixi,  tuproqlar  sistematikasi  va 
tasnifi  haqida  ma’lumotlar  berilgan.  0 ‘zbekiston  Respublikasida 
tarqalgan  asosiy  tuproq tiplarining  xossa  va  xususiyatlari,  genezisi, 
tarqalishi  va  ularning  evolutsiyasi  yoritilgan.  Shuningdek,  Res- 
publika Yer jamg‘armasi,  ulardan foydalanish  va muhofaza  qilishga 
doir ma’lumotlar ham berilgan.

0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASINING TABIIY-TARIXIY
SHAROITLARI
Geografik joylashishi.  0 ‘zbekiston  shimol  va  shimoli-g‘arbda 
Qozog‘iston,  janubi-g‘arbda  Turkmaniston,  janubi-sharqda  Toji- 
kiston,  shimoli-sharqda Qirg‘iziston, janubda Afg‘oniston  davlatlari 
bilan chegaralanadi.
Geologiyasi.  Tuproq  paydo  qiluvchi  jinslarni  o‘rganishda 
hududning geologik tuzilishiga katta e’tibor berish lozim.
0 ‘zbekiston hududidagi tog‘lar,  tog‘  oldi va tekisliklar geologik 
jihatdan  qaralganda  ancha  yosh  hisoblanadi.  Tog‘laming  paydo 
bo‘lishi,  uchlamchi  davrning  oxiri-to‘rtlamchi  davrning  boshla- 
nishidagi  Alp  orogenezining  kuchli  tektonik  harakatlari  bilan 
bog'liq.  Uchlamchi  davrda  barcha  hududni  egallagan  dengizning 
chekinishi  ro'y  bergan.ToTtlainchi  yotqiziqlar tuproq  paydo  qiluv­
chi jinslarning  asosi  bo‘lib,  tuproq ning  mayda  qatlam  (melkozyom) 
qalinligi, mexamk  va tnineralogik tarkibiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Yer yuzasining quruqlik va asosan tekislik qismida tarqalgan va 
tuproq paydo qila oladigan g‘ovak holdagi tog‘ jinslariga tuproq ona 
jinslari  deyiladi.  Yer  yuzida  tarqalgan  tuproqlaming  ona  jinslari 
asosan  kaynozoy  (yangi  hayot)  erasining  to‘tlamchi  davrida  suv, 
shamol,  muzliklar  harakati  natijasida  hosil  bo‘lgan  har  xil 
qalinlikdagi  turli  yotqiziqlardan  iborat  bo‘lib,  ular  kelib  chiqishiga 
ko‘ra quyidagi tiplarga bo‘linadi.
Elyuviy  nurash  mahsullarining  nurash  qobig‘ida  o‘z  o‘mida 
to‘planishi  natijasida  hosil  boigan  yotqiziqlardir.  Elyuviylar 
shamol,  suv  va  muzlikiar  ta’sirida  bir  joydan  ikkinchi  joyga 
qo‘zg‘almagan  bu  g‘ovak  holdagi jinslar  har xil  qalinlikda,  asosan 
Ickisliklarda  uchraydi.  Kimvoviy  va  mineralogik  tarkibi  hamda 
xossasiga  ko‘ra  ular  dastlabki  boshlang‘ich  jinslardan  uncha  ko‘p 
farq  qilmaydi.  Elyuviy  tog‘  yon  bag‘irlari  va  qiyaliklarda  deyarli 
larqalmagan.  Tarkibida har xil zarra va minerallar bor.
Delyuvial  yoki  delyuviy  nurash  mahsullarining  yomg‘ir 
va 
origan  qor  suvlari  harakati  ta’sirida  qiyaliklarning  quyi  qismlarida

to‘planishidan  vujudga  keladi.  Delyuviy  yotqiziqlar  ma’lum 
qalinlikda  qat-qat joylashgan  bo‘lsa-da,  biroq  qiyalikning  yuqori 
qismida ko‘pincha yirik zarralar va quyi  qismida esa mayda zarralar 
uchraydi.
Delyuviylar mexanikaviy tarkibiga  ko'ra  bar xil:  qum,  qumloq, 
qumoq va  soz  tarkibli  bo‘lishi  mumkin.  Reiyefning  yon  bag'ir  va 
qiyaliklar  xarakteriga  va  atmosfera  yog‘inlari  miqdoriga  ko‘ra 
delyuviylar qatlamining qalinligi  va mexanikaviy tarkibi turlichadir. 
Umuman  yer  yuzasining  notekis  relyefli  joylarida  har  xil  tarkibli 
delyuviy  uchraydi.  Delyuviy  kimyoviy  va  mineralogik  tarkibi 
jihatidan  dastlabki  boshlang‘ich  jinsga  nisbatan  biroz  o‘zgargan 
bo‘ladi.
Prolyuvial yotqiziqlar yoki prolyuviy  tog'  etaklari  va  adirlarda 
sel  suvlari  to'plangan  tosh,  shag‘al,  qum  singari  har  xil  mexanik 
aralashmasidan  tashkil  topgan.  Prolyuviylar  asosan  sel  ta’sirida 
yuzaga  kelganligidan  ular  sel  yotqiziqlari  ham  deb  yuritiladi. 
Prolyuvial  yotqiziqlar  har  xil  tog‘  jinslaridan  iborat  bo'lib,  ular 
asosan  tog‘  etaklari  va  tog'  oralig'idagi  vodiylaming  adir  qismida 
«konus  yoyilmasi»ga  o'xshash  maydonlarni  hosil  qiladi.  Bu 
yotqiziqlar  asosan  yirik  zarrachalardan  iborat  bo'lganligi  uchun 
ularning  fizikaviy  xossalari  va  suv-havo  rejimlari  noqulay  hamda 
kimyoviy  tarkibi  jihatidan  uncha  boy  emas.  Prolyuviylar  har  xil 
tuproqlar, kd'proq taqir tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi.
Allyuvial  yotqiziqlari  yoki  alfyuviy  oqar  daryo  suvlari  oqizib 
keltirgan  va  daryo  toshqinlari  vaqtida  hosil  bo'lgan  har  xil 
qalinlikdagi  gorizontal  qatlamdan  iborat  bo'lib.  daiyo  o'zanlari, 
vodiylari  va  deltalarida  ma’lum  hududni  egallagan  bu  allyuvial 
yotqiziqlar  har  xil  mexanik  tarkibli  va  o'zining  qat-qatligi  bilan 
boshqa yotqiziqlardan keskin farq qiladi.  Daryo suvining ko'p-ozligi 
va  oqimning  tezligiga  ko'ra  har  qaysi  qatlamda  o'ziga  xos 
mexanikaviy  elementlar  guruhidan  iborat  xilma-xil  qalinlikdagi 
gorizontal qatlamlar bo'ladi.
Allyuviy  qatlamlari  orasida  o'simlik  va  hayvon  organizm- 
larining  qoldiqlari,  qadimgi  allyuvial  yotqiziqlari  qatlamlarida  esa 
ba’zan torf ham uchrab qoladi.  Bundan tashqari, allyuviylarda suvda 
oson  eriydigari  tuzlar  va  har  xil  oksidlar  guruhidan  iborat  gleyli 
qavatchalar ham bo'ladi.

Allyuvial  yotqiziqlar  o‘ziga  xos  gidrologik  sharoitga  va 
kimyoviy  tarkibga  ega  bo‘lgan  daryo  sohili,  vodiylar  va  deltalarda 
tarqalgan  uriumdor  tuproqlarning  ona  jinsi  hisoblanadi.  Allyuvial 
yotqiziqlar  0 ‘zbekistonning  Amudaryo,  Sirdaiyo,  Surxondaryo, 
Qashqadaryo,  Zarafshon,  Chirchiq,  Ohangaron singari  daryo  vodiy- 
larida  ancha  katta  maydonni  egallaydi.  Allyuvial  yotqiziqlaming 
o‘ziga  xos  belgisi,  bu  ulaming  qatlamliligining  yuqoriligidir. 
Mexanik  tarkibining  joylashishishida  ma’lum  bir  qat'iy  qonuniyat 
kuzatilmaydi.
Qadimdan 
sug‘orilib 
dehqonchilik 
qilinadigan  allyuvial 
tekisliklarda  1-3 metr qalinlikda agroirrigatsion keltirilmalar mavjud 
bo‘lib,  u  sug‘orish  suvlarming  cho‘kmasi,  tuproqdan  yuvilgan 
organik  moddalar  va  boshqa  qoldiqlardan  hosil  bo‘lgan  U 
allyuviydan  qatlamligining  yo‘qligi,  gumusga  boyligi  va  bir  xil 
mexanik tarkibdan tashkil topganligi bilan farq qiladi.
Dengiz yotqiziqlari  dengiz tagida  va  qirg‘oqlanda  uchraydigan 
har  xil  mexanikaviy  tarkibidagi  to‘plam  qoldiqlardan  iboratdir. 
Dengiz qirg'oqlarida  asosan  mayda shag'al,  yirik  qum  va  qum kabi 
yirik  mexanikaviy  elementlar  yig'ilgan  bolib,  qirg‘oqlardan 
uzoqlashgan  sayin  fizikaviy  loy  va  loyqalarga  o‘xshash  mayda 
zarralar ko‘payadi. Dengiz yotqiziqlari tarkibida ko‘p miqdorda turli 
kimyoviy  birikmalar,  jumladan  xlorid  va  sulfatlardan  iborat  suvda 
tez eruvchan tuzlar ko‘p, ular ma’lum darajada sho‘rlangandir.
Ко 7  yotqiziqlari  qadimiy  va  hozirgi  zamon  ko‘l  havzalarida 
tarqalgan  bo‘lib,  ma’lum  qalinlikdagi  qatlamlar  holida  to‘plangan 
og‘ir  mexanikaviy  tarkibli  jinslardir.  Tarkibida  xlorid  va  sulfat 
singari har xil tuzlar ko‘p boiganda sho‘rlangan, tarkibida kalsiy va 
dolomit  singari  karbonatli  tuzlar  to‘planganda  esa  yotqiziqlari 
sho‘rlanmagan  bo‘ladi.  Ko‘l  yotqiziqlarining  qatlamlari  orasida 
mergel  va  organik  qoldiqlar  ham  uchraydi.  Ko‘l  yotqiziqlarining 
tarkibi  va  turli  xususiyatlari  shu  zonaning  tabiiy,  fizik-geografik 
sharoitlariga ko‘ra xilma-xildir.  Shuning  uchun ko‘l yotqiziqlarining 
tarkibi va boshqa xususiyatlari ham bir xil emas.
Eol (shamol) yotqiziqlari.  Quruq iqlimli sahro zonalarida har xil 
tezlikda  yig‘indisiga  eol  (shamol)  yotqiziqlari  deyiladi.  Eol 
yotqiziqlari  dengiz  va  daryo  qirg‘oqlariga  yaqin  boigan  joylarda 
ham bo‘ladi  Eol yotqiziqlari Qizilqum sahrosi, Orol bo  yi, Farg‘ona

vodiysida  uchraydi.  Bu  yotqiziqlar  mineralogik  tarkibini  asosan 
kvars  tashkil  etadi.  Mexanikaviy  tarkibida  ayniqsa  mayda  qum 
zarralari (0,05-0,25 mm) ko'pdir.
Sahrolardagi  eol  yotqiziqlari  joining  relyefi  va  shamol  esish 
tezligiga  ko‘ra  har  xil  barxanlar,  do'ngchalar  va  qum  tizma 
tepachalari kabi shakllar uchraydi.
Eol  yotqiziqlari yengil  mexanikaviy  tarkibli  bo‘lganligi  sababli 
ularning  fizik  va  suv  xossalari  uncha  yaxshi  emas.  Tarkibida 
mineral  va  organik  moddalar  juda  kam.  Bu  yotqiziqlar  sahro 
zonasiga xos cho‘l tuproqlarining ona jinslari hisoblanadi.
Lyoss yotqiziqlari.  0 ‘zbekistonda  ko‘p  tarqalgan  tuproqlarning 
eng  yaxshi  sifatli  ona jinsi  hisoblanadi.  Lyossni  ko‘pchilik  «Sog‘ 
tuproq»  deb  ham  atashadi.  «Lyoss»  («Sog‘  tuproq»)  to‘rtlamchi 
geologikaviy  davrda  vujudga  kelgan  sarg‘ish  va  sarg‘ish  sur  tusli 
yumshoq  va  g'ovak  holdagi  serkarbonat  tog‘  jinsidir.  Mexanikaviy 
tarkibiga  ko'ra  chang-qumoqli  bo'lib,  yirik  chang  (0,05-0,01) 
miqdori  50  foizni,  ba’zan  undan  ham  ko'p  miqdorni  tashkil  etadi. 
Loyqa  (0,001mm)  juda  oz  va  qum  (0,25  mm)  zarralari  deyarli 
uchramaydi.
Lyossning  mineralogik  tarkibida  kvars  zarrachalari  ko'p,  tog‘ 
shpatlari  va  slyuda  zarrachalari  unga  nisbatan  oz.  Bundan  tashqari 
lyoss  tarkibida  kaolinit  va  montomorillonit  singari  gilli  minerallar 
ham bo'lishi mumkin.
Akademik  G'.Mavlonov  tortlamchi  davr  geologiyasini  uzoq- 
yillar  davomida  o'rgangan  bo'lib,  O'rta  Osiyodagi  mayin  tuproqlar 
onajinsini lyoss va lyossimon jinslarga bo'ladi.
O'rta  Osiyoda  tarqalgan  lyossning  tarkibi,  xossasi  va 
xusiyatlarini  quyidagicha  bo'lishini  aniqlaydi:  1)  lyossning  tusi 
sarg'ish  va  och  sariq  (och  sur)  rangda  bo'ladi;  2)  lyoss  serg'ovak 
(45-60 %),  kovaklari  diametri 3  mm gacha bo'ladi;  3)  serkarbonatli 
lyossning  tarkibida,  ayniqsa  kalsiy  va  magniy  karbonatlari  ko'p 
bo'ladi;  4)  lyossning  mexanikaviy  tarkibida  tosh,  shag'al  va  yirik 
qum bo'lmaydi. Balki yirik chang zarrachalari (0,05-0,01 mm)  50-60 
foizni  tashkil  etadi,  loyqa  gil  (0,005  mm)  zarrachalari  esa  10% 
atorofida;  5)  lyosslar  tikkasiga  yorilish  xususiyatiga  ega  va  suv 
ta’sirida  cho'kadi;  6)  tarkibida  suvda  tez  eriydigan  tuzlar  ko'p 
miqdorda  bo'ladi;  7)  lyossning  suv  o'tkazuvchanlik  xossasi  juda
8

yaxshi.  Tashqi ko‘rinishi lyossga o‘xshamasa ham yuqorida aytilgan 
xossalarga ega boimaganlariga lyossimon jinslar deyiladi.
Tog‘  oldi va tog‘  yon bag‘ri tekisligi  lyossimon qumoqlar bilan 
to‘shalgan.  Adabiyotlarda  lyoss-qatlamliligi  ko‘zga  tashlanmay- 
digan,  bir xil  qatlamli  yotqiziqlar,  lyossimon  qumoqlar  esa  qatlam- 
liligi  yaqqol  ajralib  turadigan jinslar,  deb  ta’rif  berilgan.  Lyosslar 
tog‘  yaqinida,  tog‘  oldi  past-balandliklarda  tarqalgan  bo‘lsa, 
lyossimon  qumoqlar  esa,  tog‘  oldi  past  tekisliklar  mintaqalarida 
tarqalgan.
Quyida  0 ‘zbekistonda  tuproqlaming  hosil  bo‘lishida  tuprpq 
hosil  qiluvchi  jinslar  va  geologik  tuzilishining  ahamiyati  haqida 
ma’lumotlar  berilgan.  0 ‘zbekistonning  tekisliklari,  tog‘oldi  va tog‘ 
massivlari geologik nuqtayi nazardan yosh bo‘lib, tog‘lar uchlamchi 
davrning 
oxiri 
va 
to‘rtlamchi 
davrning 
boshlaridagi 
alp 
burmalanishi  fazasida  pay do  bo‘la  boshladi.  Shu  munosabat  bilan 
Paleogen  dengizi  nomi  bilan yuritilgan ulkan suvlik chekinib uning 
o'rniga  tog'lardan  yemirilib  kelgan  kontinental  jinslar  bilan 
qoplandi.
Alp  tog*  hosil  bo'lish  fazasi  kembriygacha  boigan  davrdan 
davom  etib  kelayotgan  va  qator  ko‘tarilish  va  cho‘kishlar  bilan 
almashinib turgan.  0 ‘zbekiston hududida yangi kontinental yaratma 
sifatida  hozirgi  relyefni  hosil  qildi.  Kaledon  va  gersin  fazalarining 
yotqiziqlari  tog‘larning  yuqori  qismlarida  yer  yuziga  yaqinlashib 
ustini tuproq  hosil  qiluvchi  yupqa  elyuviy  va  delyuviylar  qoplaydi. 
Bu  joylarda  qadimgi  cho'kindi  jinslar  ohaktosh,  qumtosh  va 
slanetslar  bilan  bir  qatorda  otqindi  jinslar  -  porfirlar,  granitlar, 
granodioritlar  yer  yuziga  chiqib  yotadi  va  murakkab  tuproq 
struktura qoplami (TSK) ni hosil qiladi.
Eotsendan  boshlab  uchlamchi  davr  oxirigacha  davom  etgan 
dengiz  transgressiyasi  Ustyurt,  Janubi-G‘arbiy  Qizilqum,  Devxona 
platolarida,  Sultonuvaystog‘,  Bo‘kantov,  Tomditov,  Quljuktov  kabi 
qoldiq-tog‘larining yonbag‘irlarida cho‘kindi jinslar qoplamini hosil 
qildi
Uchlamchi  davr  jinslari  o‘rtacha  yuksaklikdagi  tog‘laming 
yonbag'irlarini  egallaydi.  Pomir  va  Tyan-Shan  tog‘  sistemalarini 
ko‘tarilishi  bilan 
Orol-Kaspiy  orasidagi 
qoldiq  dengizning 
chekinishiga  va  ularning  o‘mida  kontinental  cho‘kindi-jinslarning
9

to‘planishiga  olib  keldi.  Tog‘  burmalanishi  to'rtlamchi  davrda 
nihoyatda avj  olib yuksak tog‘lar  hosil  boidi.  Tog‘lardan  yemirilib 
kelgan  qalin  elyuvial-prolyuvial  jinslar  Amudaryo,  Sirdaryo, 
Zarafshon,  Qashqadaryo  kabi  daryolaming  allyuvial  tekislik- 
larigacha  yetib  bordi.  Tektonik  jarayonlar  past  tog‘lar,  adirlar, 
pastqamliklar  va  tekisliklarni  ham  kontinental  jinslar  bilan 
qoplanishiga  olib  keldi.  Natijada  daryo  to‘ri  terrasalarni  hosil  qildi 
va bu terrasalarda cho'kindi mahsulotlari to‘plana bordi.
0 ‘zbekistonning  katta  qismini  egallab  yotgan  to‘rtlamchi 
davrning  kontinental  jinslari  turli  litologik  tarkibga  ega  bo‘lib, 
tog‘lardan  tekisliklarga  tomon  tabaqalanib,  o‘zgarib,  nurab  boradi. 
V.N.Veber  o‘zining  mashhur  «Farg‘ona  quruq  deltalarining 
migratsiyasi»  (1932)  nomli  asarida  Farg‘ona  vodiysida  dastlab 
paydo  bo'lgan  tog‘  tizmalaridagi  yoyilmalarning  o‘mi  o‘zgarib 
turganligini  ilmiy  asosda  tushuntirib  berdi.  Yotqiziqlar  yoyilma- 
larining yuqorisidan pastga tomon tartib bilan:  xarsangtosh,  shag‘al, 
qum va  soz jinslaridan  iborat tabaqalashib joylanishi  sodir bo‘ladi. 
Bu jarayon birinchi  marta Kopetdog‘  yoni  qiya tekisliklari misolida 
A.P.Pavlov  (1903)  tomonidan tasvirlangan  edi.  Tog‘oldi  qiyaliklari 
va  konussimon  yoyilmalarning  o‘rta  qismlari  dag‘al  va  quyi 
qismlari mayin jinslardan tashkil topgan.
Tog‘oldi  lyoss  va  lyossimon  jinslardan  iborat  to‘lqinsimon 
relyef  shakllarining  tuzilishi  yanada  murakkab.  Yu.ASkvorsov 
Chirchiq-Angren  va  Qashqadaryo  tog‘oldi  qiya  yuksakliklarini 
«Toshkent»,  Mirzacho‘l  va  Qarshi  cho‘li  kabi  qiyaliklarni 
«Mirzacho‘l»  yarusi  yaratmalariga  kiritadi,  «Toshkent»  sikli 
yaratmasi  tog‘oldida  tektonik  ko‘tarilishga  ko‘proq  tortilgan  va 
o‘yilib  ketgan,  quyi  qismlari  eroziya  natijasida  turli  darajada 
yemirilgan.  Usti  qalin  lyoss  va  lyossimon jinslar  bilan  qoplangan, 
ayrim joylarida bu jinslar yupqa,  shu joylarda  ba’zan  uchlamchi  va 
bo‘r  davri  qumtosh va konglomeratlari  chiqib yotadi.  «Mirzacho‘l» 
sikli  nisbatan  pastroq  joylarda  yaratilgan  boMib,  yuzasi  uncha 
o‘yilmagan va yuzaki  qaraganda  lyossimon  tekisliklarga  o‘xshaydi. 
M.A.Pankov (1962) «mirzacho‘l» yarusi jinslarining genezisi g‘oyat 
xilma-xil  ekanligini  aytadi.  Yu.A.Skvorsov  (1949),  N.A.Kogay 
(1969),  G.F.Tetyuxin,  O.I.Islomov  (1966),  O.Yu.Poslovskaya 
(1961)  «Toshkent»  va  «Mirzacho‘l»  yotqiziqlari  orasida  prinsipial
10

I'arqni  ajratmaganlar,  V.B.Gussak  va  A.Nosirovlar  (1961)  esa 
«Toshkent»  sikli  lyoss,  «Mirzacho‘l»  sikli  lyossimon  sozlardan 
tashkil topgan deb ta’rif qiladilar.  MA.Pankov (1962) va A.Rasulov 
(1969)  lar bo‘yicha  lyossimon jinslar lyosslar singari  yirik changga 
boy,  lyossga  o‘xshasa-da  lyoss  emas.  Ba’zan  esa qayta  yotqizilgan 
lyoss  uchraydi.  B.A.Fedorovich  (1950),  N.V.Kimberg  (1968), 
A.S.Kess  (1959)  va  boshqalar  choidan  changsimon  jinslarning 
uchib  tog‘oldida  to‘planishini  maxsus  tadqiqotlar  bidan  isbotla- 
ganlar.  Lyoss  cho‘lda  uchramaydi.  Tog‘  etaklarida  yupqa,  tog‘lari- 
ning yuqorisiga tomon ma’lum balandlikkacha qalinlashib boradi.
Tog‘oldi  tekisliklarida  to‘rtlamchi  davr jinslari juda  murakkab 
bo‘lib,  suv-eroziya-akkumulyativ,  eol-akkumulyativ  va  tektonik 
jarayonlarni  boshidan  kechirgan.  S.A.Kushnarp  (1937),  N.V.Vasil­
kovskiy (1935)  va boshqalaming fikrlariga ko‘ra adirlar to‘rtlamchi 
davr dislokatsiyasi natijasida yaratilgan. Ba’zi holatlarda to‘rtlamchi 
davr  tektonikasi  natijasida  ba’zan  to'rtlamchi  davr  jinslari  siqilib 
ko‘tarilgan  bo‘lsa,  (Farg‘ona  adirlari)  boshqa  hollar  (Hisor  tog‘ 
etaklarida)da  uchlamchi  davr  jinslari  bunday  o‘zgarishlarga 
uchragan.
Adirlar  bir  joyda  qalin  lyosslar  bilan  qoplangan  (Sharqiy 
Farg‘ona),  boshqa  joylarda  ular  yupqa  yoki  umuman  uchramaydi 
(G‘arbiy  Farg‘ona).  Buning  sababi,  sodir  bo‘lib  turadigan  kuchli 
shamollar nurandi mahsulotlarning to‘planishiga imkon bermaydi.
To‘rtlamchi  davr  mahsulotlari  0 ‘zbekistonning  tog‘oldi  qiya 
tekisliklarida,  daryo  vodiylari  va  deltalarida  hosil  bo‘lgan.  Tog‘- 
oldining  daryo  o‘zanlarida  shag‘al-qum,  I  va  П  o‘zanusti  terra- 
salarida  2-3  m  qalinlikdagi  soz-qumloq  jinslardan  tashkil  topgan. 
Yuqori  terrasalar  esa  lyoss  va  lyossimon jinslar  bilan  qoplangan. 
Daryo  vodiylarida qumloq-soz jinslar hosil  bo‘lgan.  Tekisliklaming 
ko‘p  qismida  daryolar  tub jinslarni  kesib  o‘tgan.  Deltalarda  o‘zan- 
yoni  qum-qumloq,  o‘zanlararo  pastliklar  qumloq-soz  jinslardan 
tashkil topgan boiib, qalinligi  5-10 m (Zarafshon,  Qashqadaryo)  va 
undan ham ko‘p (Amudaryo deltasi).
Allyuvial  vodiylar  1-3  m  qalinlikda  agroirrigatsion  yotqiziqlar 
bilan  qoplangan,  kesmasi  bir  xil  granulometrik  tarkibli  (qatlam- 
lashniagan),  chirindili,  g‘ovak  tuzilishga  ega  ekanligi  bilan  ona 
jinsdan ajralib turadi.

Qizilqum  va  Markaziy  Farg‘onadagi  qumlar  to‘rtlamchi  davr 
akkumulyativ yaratmalari hisoblanadi.  Harorat va namlikning fasllar 
va  sutka  davomida  keskin  o‘zgarib  turishi,  mayin  jinslaming  olib 
ketib  turilishi  qumda  nurashni  kuchaytiradi,  donalar  bir-biriga 
bog‘lana olmaydi va kuchli shamollarda ко‘chib yuradi

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. ramazonov, S. Buriyev tuproqshunoslik va dehqonchilik
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> J. S. Sattorovning umumiy tahriri ostida
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r s it e t I s. A. Azimboyev dehqonchilik, tuproqshunoslik ya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> Ipakchilik va tutchilik o'krkuston
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> U sm o n norqulov, h a m id u L l a sheraliyev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. Q. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> M u o ‘K: 638. 21 (075) kbk 46. 92 I 70 a 90 Taqrizchilar
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> Tuproqshunoslik

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling