Xakerlar haqida umumiy malumot


Download 34.87 Kb.
bet1/3
Sana25.06.2023
Hajmi34.87 Kb.
#1654667
  1   2   3
Bog'liq
xaker


Xakerlar haqida umumiy malumot
Pinhoniy xavf kundalik turmushimizga kirib kelgan kompyuter texnologiyalari bugun hayotimizning muhim jihatlaridan biriga aylanishi bilan birga bizni o'z yo'rig'iga ham boshlayapti. Hozir shaxsiy kompyuterga ega bo'lmagan odam yo'q hisobi. Ammo ular orasida asr mo'jizasi imkoniyatlaridan g'arazli maqsadlarda foydalanuvchilar ham topiladi. Shu bois, kompyuterlarga kirishni qulf(parol)lash va begonalardan asrashga ehtiyoj tug'ildi. Qarangki, ehtiyotkorlik oshgani sari ularga qarshi xurujlarning turi ham ko'pa­yib borayapti. Bu faoliyat keng jamoatchilik tomonidan xakkerlik deb yuritiladi. Hozir xakerlar puldor shaxslar, tashkilotlar, banklar va hatto davlatlar manfaati uchun ham jiddiy xavf tug'dira boshladi. "Xakker" atamasi dastlab matematik masalalarni "aylanma yo'llar" bilan hal qiluvchilarga nisbatan haqorat sifatida ishlatilgan. Xakkerlik tufayli kompyuter ishqibozlari obro'li va xavfli bo'lib kelmoqdalar.
Xakkerlar dast­avval mualliflik dasturlariga o'z dasturlari bilan suqilib kirgan. Keyinchalik esa dastur qoidalarini o'z manfaatlari uchun o'zgartirishga «bel bog'lashgan». Oqibatda dasturlar mualliflari va foydalanuvchilar o'rtasida mojarolar va noroziliklar paydo bo'ldi. Yillar o'tib, «xakker» so'zi tamoman o'zgacha talqin qilina boshlandi. Endilikda bu atama kompyuterlarga zarar yetkazuvchi, ularga yashirincha kiradigan, viruslarni o'rnatadigan, tarqatadigan jinoyatchilarga nisbatan qo'llanila boshlandi. Binobarin, bugun xakerlik g'araz maqsadli kimsalarning boshini qovushtirib, terroristik harakatlarni amalga oshirish, davlat sirlari va katta miqdordagi pullarni o'g'irlashga qaratilgan.
1) 1972 - yilda 1- texnologik xakkerlik sodir etilgan. Hushtak chalish orqali tekin qo'ng'iroqlar qilina boshlandi. Buning uchun kishilar Cap'nCruch – bodrog'i qutisidan chiqadigan hushtakdan foydalanishardi. Hushtak tovushining chastotasi telefon kompaniyasining ichki avtorizatsiya tizimiga kirish imkoniyatini berardi.

Download 34.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling