Xalq pеdagogikasi
Download 285.57 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «XALQ PЕDAGOGIKASI
- Xalq pedagogikasi fanining maqsadi, vazifalari
- Ta`lim - tarbiyada hadislarning mohiyati
O`zbekiсton Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti
«Pådagîgèka âà ïñèõîëîãèÿ»` kafedrasi
MA`RUZA MATNI
N U K U S
Xalq pedagogikasi fanining maqsadi, vazifalari
Ðåæà: 1.
Õàë3 ïåäàãîãèêàñè 8à3èäà òóøóí÷à. 2.
Õàë3 ïåäàãîãèêàñèíèíã àñîñèé òàðáèÿ âîñèòàëàðè. 3. Xal3 pådagîgèkasè fanènèng ma2sadè, vazèfalaðè
Xalq pedagogikani xalq ta`limi (tabiyiy, kundalik norasmiy, maktabdan tashqari, an`anaviy) tarixi va nazariyasi sifatida tasavvur etish mumkin. Etnopedagogika bolalar tarbiyasi va ta`limida etnik guruhlarning empirik tajribasi, oila, nasl, qabila, elat, milliy qadriyatlarga ahloqiy-estetik qarashlar haqidagi fandir. Etnopedagogika xalq ta`limining mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi va undan hozirgi zamon sharoitlarida qanday foidalanish yo`llarini taklif etadi, xalq an`analarini tabiyiy ravishda ko`p asrlik taraqqietiga asoslangan etnik (el-elatlik) guruhlari tajribalarini to`playdi va tadqiq qiladi. Etnopedagogikaning mavzu sohasi o`zgarmaydi: ijtimoyi o`z-o`zini anglash harakatiga taaluqli ijtimoyi shartlar o`zgarishiga bog`liq ravishda vazifalar shakllanadi va aniqlanadi. Xalq pedagogika ijtimoytsi o`zaro hamkorlik va ijtimoyi ta`sir jaraenini o`rganadi, bu jaraen asnosida ijtimoyi qoidalar, qadriyatlar, tajribalarni o`zlashtiruvchi shaxs rivojlanadi, bolalarni tarbiyalash va o`qitish haqidagi diniy ta`limotlar, ertaklar, dostonlar, maqol va matallar, o`yinchoqlarda, oilaviy va ommaviy turlarida, an`analarida aks etgan xalq tafakkuri hamda falsafiy-ahloqiy, tarbiyaviy fikr va qarashlar haqidagi xalq bilimlarini to`playdi va bir tizimga soladi. Qisqacha qilib aytganda, shaxsning tarixiy-madaniy shakllanish jaraeniga ta`sir ko`rsatuvchi butun tarbiyaviy (pedagogik) quvvatini jamlaydi. O`tmishdagi ko`plab mashhur xalq muallimlari xalqning ta`limiy duneqarashini va uning ta`lim sohasidagi tajribasini o`rganishga alohida e`tibor qaratganlar. Mumtoz olim- muallimlar xalq ta`limi haqidagi fanni boyitishi, unga asos va tayanch bo`lib xizmat qilishi haqida qayta-qayta ta`qidlaganlar. Buyuk mutafakkir Alisher navoyi hazratlari bola tarbiyasida onaning roli nechog`li ahamiyat kasb etishini uqtirganlar zero, ongli, o`qimishli, tarbiyali onagina jamiyat va xalq, din va yimon uchun yaroqli farzand ulg`aytiradi. Xalq pedagogikasida tarbiyaning jonli tarbiyasi ustuvorlik qiladi. Bashariyat ma`naviy jaraenida muayyan tarbiyaviy bilimlar muayyan tarixiy bosqichni aks etdirar ekan, xalq ta`limi tarbiya fani yuzaga kelgan va rivojlangan asos bo`lib xizmat qiladi. Badiiy adabietning yuzaga kelishi xalq og`zaki ijodiga barham bermagani kabi tarbiya fani uning tarbiyavaiy qarashlarini ham xalqning kundalik haetidan siqib chiqargani yo`q. Tarbiya fani va xalq tarbiyasi (ta`limi) bir-biri bilan o`zaro uzviy hamkorlikda rivojlanib bordi, yagona kenglik vujudga keltirgan holda bir biriga o`zaro qulaylik yaratdi. Bu kenglikni tarbiya madaniyati deb atash mumkin. Xalqda azaldan o`ziga xos ahloqiy turmush, ma`naviy madaniyat tarkib topgan. Har bir xalqning o`z urf-odatlari va an`analari mavjud ular oddiy mehnatkash xalq haetini farovonlashib kelgan. Ular tabiatta munosabatda ham, dehkon mehnati she`riyatida ham, xalq og`zaki ijodi hamda savobli va xayrli ishlarda ham o`z aksini topgan. Tarixiy sharoitlardan kelib chiquvchi ziddiyatlar xalq tarbiyaviy an`analariga ham o`zining salbiy ta`sirini o`tkazgan. Biroq, xalqning ma`naviy haetini har doim halol mehnat, ruxiy iste`dod va insoniylik belgilab kelgan, aynan shular chinakam xalq xususiyatini tarbiyalashda asosiy omil bo`lgan. Masalan, ming yillik o`zbekona an`analariga ko`ra, eqmaydigan ishni ham jon-dili bilan bajaradigan odamni mehnatsevar deb atashadi. Buning tagida olam olam ma`no etibdi. Xalq pedagogikasi (ta`limi)ning samaradorligi va xalq muallimlari faoliyatining samarali jihatlari nimada. Undagi intuitsiya (ichki tuyg`u), iste`dod, bilim o`zaro qanday munosabatda bo`ladi. Xalq ta`limi nazariyasi va amalieti o`zaro qanday aloqadorlikda. Xalq ta`limining bolalar ruhiyatiga ta`siri qanday bo`lmog`i lozim. Ta`lim jaraenida tarbiya ishini tushunuvchilar va uni yaxshilashni istovchilar qanchalik ko`p bo`lsa, uning esh avlodga ta`siri shunchalik samarali bo`ladi. Xalq ta`limi faqat mutaxassis muallimlar ta`limi emas, omma ta`limi, umumta`limdir. Shu bilan birga u muallimlar uchun, xususan, bolalar bog`chalari tarbiyachilari va boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun ayniqsa muhim. Tarbiyani butun mohiyati bilan o`zida mujassamlashtirgan, onaga sajdayu bolaga sig`inishni aks ettiradigan xalq ta`limi o`xida o`ziga xos ta`lim dinini namoen etadi. Ota-ona uyining o`zi ham oilaning ma`naviy ehromi bo`lib, unda ro`zg`or - mehrob, bolalar - farishtalar, ona - Momo Havo, ota - Odam Ota kabidir. Xalq pedagogika mehnatkashlarining ta`lim tajribasini tadqiq etadi. Hozirgi zamon fan va amalietda xalqning taraqqiyparvar ta`lim g`oyalarini amalga tadbiq etish imkoniyatlari va samarali yo`llarini aniqlaydi, xalq haetining u eki bu jihatlaridagi ta`lim ahamiyatini tahlil etadi va ularning zamonaviy tarbiya vazifalariga nechog`li muvofiqligini ajrim qiladi. Xalq an`analirini tadqiq etish vazifasi shundan iboratki, ularning qanday yuzaga kelganini, nima uchun saqlanib kelaetganini, bu an`analarni saqlab qolishgina emas, aytish mumkinki, doimiy tarzda qayta ishlashga qanday ehtiej bo`laetganini va ularning sharoitlarini kuzatishdir. Va nihoyat, muttasil mahvlik doimiy o`sib-unishdan ajralmagan holda ularning mavjudlik sirini bilishdir. Xalq pedagogika ko`hna urf-odatlarning yangicha sharoitlardagi imkoniyatlarini aniqlaydi va yangi urf-odatlarning shaxs tarbiyasidagi hamkorligini belgilaydi. U ko`pgina xalqlarning tarbiya tajribasini muallimlar bisotiga aylantiradi. Ta`lim yutuqlarining qiyesiy tahlili tarbiya nazariyasi va amalieti uchun eng samarador, eng xolisona va qimmatlilarini ajratib ko`rsatish imkonini beradi. Shunday qili, etnopedagogika amaliet bilan baqamti va unga amalietda xizmat qiladi, mualliflarni sinalgan ko`pasrlik tarbiya amalietining tarbiya vositalari bilan qurollantiradi. Etnopedagogika mazmuni quyidagi muammolarni o`z ichiga oladi: oilaviy turmush tarbiyasi, jahon xalqlarining maqol va matallari hamda ularning esh avlodga ahloqiy tajribani havola etishdagi ahamiyati: xalq qo`shiqlari va ularning bola hamda o`smirlarni adab tarbiyasidagi roli:qo`lbola o`yinchoqlar va bolalar ijodi: bolalar va o`smirlar muhiti, uning ta`limiy vazifalari: onalar maktabi, onalar ta`limi, onalik she`riyatining buyuk yutug`i
sifatidagi jahon
xalqlarining alla
qo`shiqlari: turli
xalqlar ta`lim
madaniyatlarining umumiyligi, ularning milliy o`ziga xosligi va hokazo. Etnopedagogika shuni ko`rsatadiki, barcha xalqlarda hattoki, yo`qolib ketish arafasida turgan xalqlarda ham jahon madaniyatini boyitishga qodir narsalar juda ko`p bo`ladi. Axir Amerika hindularining ta`lim an`analari hayratga loyiq emasmi. Ular asrlar davomida zamonaviy fan va texnika yutuqlari bilan tish-tirnog`igacha qurollangan zolim mustamlakachilarga qarshi kurash olib bordilar. Markaziy Osie xalqlari ham asrlar davomida ahil-inoq bo`lib yashab kelib, bir birlarini etnopedagogik yutuqlar bilan boyitishmoqdalar. Ularning barchasi buyukdir. Yagona maqsad yo`lida birlashgan xalqlar madaniyat va ahloqning yanada oliy cho`qqisiga ko`tariladilar. Alohida xalqlarning ulug`ligi do`st xalqlarning ham moddiy, ham ma`naviy, shu jumladan, ta`limiy munosabatlarning uzviy qismi bo`lib hisoblanadi. Demak, etnopedagogika quyidagilarni o`rganadi: 1) xalqning asosiy ta`lim tushunchasi (parvarish, tarbiya, o`z-o`zini tarbiya qilish, qayta tarbiya, nasihat, o`qish, o`rganish); 2) bola tarbiyasi ob`ekt va sub`ekti sifatida (o`zining bolasi, asrandi, tengdoshlar, do`stlar, begona bolalar, bolalar orasida); 3) tarbiya vazifalari (mehnatga tayergarlik, ahloqiy-irodaviy fazilatlarni shakllantirish, aqlni o`stirish, sog`liqni o`ylash, go`zallikka muhabbat ko`nikmasi hisol qilish); 4) tarbiya omillari (tabiat, o`yin, so`z, do`stlashuv, an`ana, ish, turmush, san`at, din, oliy namuna (shaxsiyatga oid ramzlar, hodisa-razmlar, g`oya-ramzlar)); 5) tarbiya uslubi (ishontirish, namuna bo`lish, buyrqu, tushuntirish, o`rgatish va mashq, niyat va duo, avrash, ont, iltimos, maslahat, sha`ma, rag`bat, gina, ta`na, yalinish, vasiyat, afsus, do`q, qarg`ish, jazo, kaltaklash, in`om va h.q.); 6) tarbiya vositalari (hazillar, sanoqlar, maqollar, matallar, doston, topishmoq, afsona, rivoyat va h.q.); 7) tarbiyani tashkil etish (bolalar va o`smirlar mehnat birlashmalari, eshlar bayramlari, umuxalq bayramlari). Bu muammolarning har biri zamirida ko`plab masalalar, muallimlarning sinchkovlik bilan e`tibor berishini talab etuvchi daqiqalar bo`lib, ularni o`rganish milliy ta`lim va madaniyat xususiyalarini chuqurroq bilishga erdam beradi. Masalan, bola parvarishini olaylik - bu xalq ta`lim talablari, tushunchalaridan biridir. U bolani ovqatlantirishni, yo`rgaklashni, kiyintirishni, beshikda allalashni, cho`miltirishni o`z ichiga oladi. Ko`p asrlar muqaddam xalq bola parvarishida alohida shaxslarni, enagani tasavvur qilardigina emas, ularga tayanardi ham. Qishloq joylarda momo, enaga, opa va singil alohida ahamiyatga ega edi, tabiat ham bebaho tarbiyachi sanalardi. Afsuski, bola tarbiyasida tabiat umumlashmasidan unumli foydalanilmas edi. Tabiat - bu nafaqat yashasha maskani, balki ota uyi hamdir, yulduzlar, paxta dalalari, mevali bog`lar, daraxtzorlar va h.q. bitmas-tuganmas tarbiya o`choqlari hisoblanardi. Binobarin, tarbiya omili sifatida ta`lim imkoniyatlarini o`rganish etnopedagogika faoliyati uchun cheksiz kenglik bo`lib xizmat qiladi. So`z ham tadqiqot uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tili - ulg`ayaetgan shaxsning asos-negizidir. O`z bolasini ona tilidan mahrum etgan ona undan ruhan ajralib qoladi, natijada boladan kelgusida insoniy fazilatlardan hamda tabiatdan ajralib qolgan odam etishib chiqadi. Bunday odam o`z xalqining eng yaxshi an`ana xususiyatlaridan mahrum bo`lib, o`rnini boshqa hech narsa bilan to`ldirolmaydi. Xalqda G`Bolani tuqqan emas, tarbiyalagan onaG` degan naql bor. O`z milati madaniyati doirasidan tashqiradiga tarbiya chala-yarim bo`ladi. Yangi tarixiy sharoitlar eski muammolarni hal etishni talab qiluvchi ko`plab yangi muammolarni ilgari suradi. Bu etnopedagogika tadqiqotlarining yana bir keng ko`lamli sohasi hisoblanadi. Xalq ta`limida shunday inkishoflar borki, ularning muqarrar tarbiyaviy qiymatiga qaramay, ta`lim fani hamon bunga etarlicha
e`tibor bergani yo`q. Etnopedagogika tadqiqotlari bu inkishoflarga muallimlar e`tiborini jalb etishi, ularni jonlantirishi, xalq ta`lim idrokiga, tabiiy tarbiyachilar sifatida ota-onalar faoliyatiga qaytishi maqsadga muvofiq bo`lur edi. Bugungi kunda ayrim qadimgi urf-odatlar umumdavlat an`analariga aylanib bormoqda: Navro`z, mustaqillik kuni, qovun, gul sayli (o`zbeklarda), sabantuy, akatuy - qo`shiq va mehnat bayramlari (tatar va chuvashlarda), gul sayli (marilarda) va hoqazo. Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, o`quv - tarbiya ishlari samaradorligi goho xalqning an`analiridan mohirona foydalanishiga bog`liq ekan. Ularda muhimi, o`qish va tarbiya mushtarak holda amalga oshiriladi.
Ta`lim - tarbiyada hadislarning mohiyati Ðåæà:
1. *àäèñëàðíèíã òàúëèì − òàðáèÿâèé à8àìèÿòè. 2. *àäèñ èëìèíèíã àñîñ÷èëàðè. 3. *àäèñëàðäàí ôîéäàëàíèø é5ëëàðè, óñóëëàðè.
qat`iy nazar shaxsni har tomonlama kamol toptirish muammosi hamisha etakchi o`rinda bo`lib kelgan. Islom o`z oldiga ko`ygan maqsadlaridan biri ham, vujudga kelgan kunidan boshlab sof fikrli, komil, yaratuvchi, beozor insonni tarbiyalash edi. Hadislar xalqni tarbiyalashga, ahloq-odobga, diniy e`tiqodga chaqirish bilan bir qatorda xalqning haetini, uning o`tmishdagi iqtisodiy, siesiy va madaniy turmush darajasini o`rganishda muhim manba hisoblanadi. U xalqning ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarini, ijtimoiy-maishiy turmush tarzini, orzu va intilishlarini o`zida ifoda etadi. Hadislarda ifodalangan xulq-atvor normalari eki inkor etiladi, eki keskin ma`qullanadi. Shuning uchun u o`quvchiga g`oyaviy yo`nalish beradi, ideallarning rivojlanishiga ta`sir etadi, insonparvarlik, hadollik, yimon, e`tiqod, tinchlik, do`stlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik hissietining shakllanishiga olib keladi. Hadislar tarixiy xarakterga ega bo`lib, yaratilgan davr xarakteriga mos holda ifodalangan. Badiiy asar yaratilgan davr tuzumi manfaatlarini aks ettiradi, shu davr kishilarining talab va ehtiejlarini nazarda tutadi. Hadislar feodalizm davrida yaratilgan bo`lib, shu tuzum tartiblari, qonun-qoidalari, O`rta Osie va Eron xalqlarining boy milliy an`analarini, turmush tarzini ifodalagan.
Hadislarda xalq tajribasida sinalgan ezgu ideallar kuchaytiriladi, nasihat va talab shakladi xalqqa etkaziladi, xalq idealiga zid xislatlar esa salbiy jihatdan bo`rttiriladi, emon oqibatlardan ogoh etadi. Bunday hollarda mubolag`a usuli orqali hadislarning tarbiyaviy ta`siri kuchaytiriladi. Xalq idealiga mos kelmaydigan noinsoniy hislatlar: ochko`zlik, ug`rilik, adolatsizlik, zino, tekinxo`rlik, yalqovlik, xienatkorlik, ota-onaga hurmatsizlik va boshqalar qoralanadi. Bu qoralash oddiy baendan iborat bo`lmasdan, balki xalqning izchil g`oyaviy estetik talabi va bahosi sifatida ifodalanadi. Xalqning ma`naviy fazilati sifatida qaror topmagan illatlar ijtimoiy haet taraqqieti va milliy qadriyatlarning takomiliga salbiy ta`sir etadi. Hadislardagi badiiy ifoda hamda tasviriy vositalar rang-barang bo`lib, ular har bir hadisning asl mazmunini reallashtirishga imkon beradi. Shu sababli hadislar kishilarni ezgulikka, olijanoblikka, mehr-oqibatli, iymonli, e`tiqodli bo`lishga undaydi. hadislar zaminida kishilarning e`tiqodi va tasavvurlari, odamni bila borish va idrok etish darajasi etadi. Hadislar mavzu jihatdan g`oyatda boy va rang-barangdir. Halqning ijtimoiy- maishiy turmushi, jamiyatning tabiati, jug`rofiyasi, ekologiyasi, nabotot va insonning diniy, ma`naviy-ruxiy olami, faoliyati qamrab olingan. Unda tarixiy voqealar, ijtimoiy-siesiy masalalar, sinfiy munosabatlar ham o`z ifodasini topgan. Hadislar (600000 hadis aytilgan) insonning o`limidan keyingi haeti, yaqin va olis kelajak haqidagi bashoratlar, ma`naviy-ahloqiy fazilatlar, tabobat va gigiena tug`risidagi bilimlar mujassam etilgan. Hadislar tuzilishi jihatdan nasriy shaklda bo`lib, kishi xotirasida uzoq saqlanishini ta`minlaydi. Muhammad alayhissalom hadislarida musulmon halqlarining eng muhim milliy qadriyatlari hisoblangan iymonli bo`lishga da`vat asosiy o`rinda turadi. Islom dini hukmronlik qilib kelgan davrlarda barcha eshdagi kishilarni tarbiyalash quroli bo`lib kelgan hadislarning paydo bo`lishi va uni ma`naviyat xazinasiga aylanib qolishiga kimlar mas`ul bo`lganlar. Hadis islom olamida payg`ambar Muxammad alayhissalomning hislatlari, hatti- harakatlari, diniy va ahloqiy ko`rsatmalari haqida ma`lumot beruvchi didaktik xarakterdagi ta`limot hisoblanadi. Hadislarni Muhammad alayhissalomning vafotlaridan bir necha o`n yillardan so`ng yig`ishga va ezishga kirishilgan, hadislarning haqqoniyligi har tomonlama tekshiruvdan o`tkazilgan bo`lib, hadislarni aytgan kishilarning xulq-atvorlari, ahloqi, shaxsi, hatto
avlod ajdodlari har tomonlama o`rganilgan. Chunki, Muhammad alayhissalom aytmagan fikrlar ham yanglish ravishda xalq o`rtasida tarqalmasligi lozim, deb hisoblanadi. Olmoniyalik islomshunos idoyatulloh Xobshning fikricha G`Hadisning haqiqiyligini bildiradigan quyidagilar: Birinchidan, hadis Qur`on oyatlarining birontasiga zid kelishi mumkin emas. Ikkinchidan, har bir hadis payg`ambarimiz sunnatiga mos kelishi kerak. Uchinchidan, hadislarda aytilgan gaplar qayriahloqiy eki Islom dinining aniq-ravshan ta`limotiga zid bo`lmasligi kerakG` Muhammad alayhissalomning fikricha, inson millati, irqi, davlatiga qaramasdan o`z tabiatiga ko`ra sahovatli bo`lishi, bir birlariga nisbatan mehribonlik ko`rsatishlari zarur. Mana shu fazilat uni boshqa mavjudotlardan ajratib turadi. Bunday sahovatli dune to`rt toifadagi insonlar guruhidan iboratdir: 1. Tangri tomonidan ham boylik, ham ilm ato etilgan bo`lib, bulardan faqat o`zi bahramand bo`lmasdan, balki qarindosh-urug`lar, do`stlar, qo`shnilar va boshqalarni ham bahramand etadilar. Bu toifadagi odamlar har tomonlama ulug` kishilardir. 2. Ikkinchi toifadagi odamlar borki, ilmli, aql-zakovat egalari, lekin boylik ato etilmagan. Bu toifadagilar boy kishilarga g`araz nazari bilan qaramaydilar, o`zlarida ham shunday boylik bo`lsa, ezgu natijalarga sarflashni orzu qiladilar. 3. Uchinchi toifadagi kishilar esa mol-dune ega bo`lib, ilmsizdir. Hech kimga muruvvat qilmaydi. Bu toifadagi kishilar eng emon kishilar hisoblanadilar. 4. To`rtinchi toifadagi kishilarda na mol-dune, na ilm bor. Ular ilmli, mol duneli bo`lish, ularni ezgu ishlarga sarflash orzusi bilan yashaydilar (247 hadis). Jamiyatning taraqqieti birinchi va ikkinchi toifadagi kishilarga ko`p jihatdan bog`liqdir. Hadislar orqali ijtimoiy masalalar ham o`z ifodasini topadi. Quldorlik, feodalizm jamiyatida qullarning, g`ulomlarning haq-huquqlari nihoyatda chegaralangan bo`lib, ularning moddiy va maishiy ahvollari hech qanday qonun va qoidalar bilan himoya etilmagan. Ularni inson sifatida hurmat qilish, jabr-zulm ko`rsatmaslik, moddiy va maishiy turmush darajasini yaxshilashga e`tibor diniy va badiiy manbalar orqaligina quldorlarga, feodallarga etkazilgan. Ijtimoiy turmush tartib qoidalarga rioya qilmaslik, jamiyatning ba`zi bir a`zolari tomonidan bunday qonun qoidalarni o`zgartirishga urinish emon natijaga olib kelishi tabiiy. Qur`oni Karim, Hadisi sharif, xalq og`zaki ijodi, boy mumtoz adabietimiz manbalarida oddiy, eziluvchi xalq ommasini boy, hukmdor doira vakillari bilan o`zaro adolatli kelishtirish asosida jamiyatni o`zgartirish, kishilarni bir-birlariga nisbatan mehr oqibatli, insonparvar bo`lib yashashlariga erishish mumkin, degan g`oya olg`a suriladi. Jamiyat a`zolarining turmush tarzlari turlicha bo`lishi Olloh taoloning hukmiga bog`liq. Shuning uchun uning hukmini o`zgartirishga hech kimning kuchi etmaydi. Faqat sabr, qanoatgina emon kun ketidan yaxshi kunlarni, azob-uqubat ketidan farovonlikni ishonmaydigan, sabrsizlik qilgan, qo`l ostidagilarga, ko`ni-qo`shnilarga, oila a`zolariga emonlik qilgan kishi do`zaxiy hisoblanadi. Hadislar mazmuniga singdirilgan bu g`oya kishilarni ijtimoyi turmushga ko`nikishga, ishonch bilan yashashga undab keldi. Hadislarda kishilarning barchasini teng, tinch-totuvlik bilan yashashlarini ta`minlash uchun bu toifadagi birovga qaram, faqir kishilarni qaramlikdan ozod etish, jamiyatni adolat asosida boshqarish lozim degan g`oya olg`a suriladi. Gunoh sifatida taqiqlangan ahloqiy kategoriyalar hadislar mazmunida ifodalangan bo`lib, ularning ko`pchiligi diniy g`oyalar va urf-odatlar bilan bog`liq, lekin ularning bir qismi inson ahloqiy haetiga aloqador. Insonning haetdagi o`rni uning jamiyat taraqqietiga ko`shgan hissasi hamda kelajak avlodga qoldirgan moddiy va ma`naviy merosi bilan belgilanadi. Islom dini manbalarida oxirat yaqinlashib, qiemat bo`lishi ma`lum bo`lgan taqdirda ham oliji boricha bo`lajaq jamiyatning taqdiri, turmush tarzini o`ylash, qo`ldan keladigan ishni bajarib qolish targ`ib etiladi. «Birortangiz ekish uchun qo`lingizda bir ko`chatni ushlab turgan vaqtingizda qiemat qoyim bo`lib qolsa-yu, qoyim bo`lishidan ilgariroq uni ekib olishga ko`zingiz etsa, albatta ekib quying» (479-hadis), «Sen bir ko`chatni ekaetganingda dajjol chiqib qolibdi, deb eshitsang ham, uni tazatib ekishga harakat qil, chunki undan keyin ham odamlar yashaydi».( 480 hadis) Bu hadislarning mazmunidan shunday xulosa kelib chiqadi: «Haetda qonli urushlar bo`lib o`taveradi, tarix ham soyqalaveradi, odamlar ham aynaydi, bo`ziladi va oqibatda kishi o`z qo`shnisini, aka ukasini, opa singilisini o`g`il otasini, hatto farzandini ham qatl etadi, ammo toki duneda e`tiqodlar, insoflilar, olijanoblar, vijdonlilar, andishalilar bor ekan, haet barqarordir, shuning uchun ham sen umidsizlikka tushma, agar imon va e`tiqodning salomat bo`lsa, albatta, yaxshilik va ezgulik otiga xizmat qilaver». Musulmon olamida iymon va e`tiqod musulmonning haqiqiy musulmonligini bildiruvchi yuksak ruhiy holatdir. Murod-iymon demakdir. Iymon so`zda ham, ishda ham bir hilda bo`lishi talab etiladi. Diniy nuqtai nazardan «iymonning ham o`z farz ham amallari, muayyan chegaralari, bajarilishi lozim bo`lgan sunnatlari mavjud bo`lib», ularga qat`iy rioya etgan insonning iymoni but, rioya qilmaganlarning esa iymoni yo`q hisoblanadi. Islom dinida ruhiy poklik bilan bir qatorda jisomniy poklik ham targ`ib qilinadi. Jismoniy poklikka erishishi besh vaqt namoz o`qishdan oldin tahorat qilish orqali amalga oshiriladi. Uning o`ziga xos qonun-qoidalariga rioya etish islom ta`limoti orqali targ`ib etiladi. Tahorat-islomga e`tiqodning natijasi, uning oqibati esa jismoniy sog`limlik, ruhiy tetiklik, haetga, yashashga mehr muhabbat, kuvonch va sog`lom turmush tarzidir. Tozalik, ozodalik tibbiy nuqtai nazardan ham, diniy nuqtai nazardan ham shaxsning yaxlit shakllanishini ta`minlovchi xususiyat hisoblanadi. Namoz o`qish oldidan tahorat olish, ko`chaga chiqish, mehmonga borish, uxlash oldidan, ertalab uyqudan turgach yuvinish Sharq xalqlarinineg qadimiy qadriyatlaridan hisoblanadi. Bunday qadriyatlar asrlar davomida ahloq-odob qoidalari doirasida jamiyat a`zolarining hulq-atvoriga singdirib kelinadi. Tana a`zolarini pokiza saqlash, mash tortish, g`usl qilish, erkaklar uchun, aellar uchun lozim bo`lgan pokizalik xususiyatlari odob, milliy ma`naviy xususiyatlar doirasida beriladi. Hadislardagi gigienik qoidalar Muhammad alayhissalomning «Subhonolloh, mo``min kishi hech vaqt nopok bo`lmag`aydir» degan g`oyasiga asoslangan holda talqin etiladi. Ma`naviy madaniyatlilikning oliy mezoni shaxsning ilmli, duneqarashi shakllangan, fikr doirasi keng, ob`ektiv borliq, uning taraqqiet qonunlari haqida chuqur bilimga ega bo`lishidan iboratdir. Hadislar jamiyatning har bir a`zosini bilimli bo`lishga chaqiradi. Ilmsiz jamiyatda nodonlik, jaholat, razolat hukmron bo`ladi. Bu ilm ikki hil bo`lib, birinchisi, musulmonlarga har qanday vaziyatda o`zini qanday tutishi lozimligi haqida ma`lumot beruvchi huquqiy-diniy yo`l-yo`riqlardan iborat (fiqh).
Ikkinchi esa, asrlar davomida vujudga kelgan fan, adabiet, madaniyat sohasidagi ilmlar majmuasi hisoblanadi. Har ikkala yo`nalishdagi bilimlar bilan qurollanish har bir musulmon uchun farz hisoblanadi. «Ilmga e`tiborsizlik, nodonlik, aroqxo`rlik va zinokorlikning ommaviy tus olmog`i qiemat alomatlaridandir». Diniy va duneviy bilim olish inson haetining barcha davrlarida intensiv amalga oshirilishi, «ilmga ilm olish yo`li» bilan erishilmog`i lozim. Ilmli inson hech vaqt xor bo`lmaydi. Har bir kishi eshlikdan puxta bilim olishga erishishi zarur. «eshlikda olingan bilim toshga o`yilgan naqsh kabidir» (383 hadis). Ilm olish har bir kishi uchun farzdir, hatto u ibodatdan ham afzaldir. Hadislarda olg`a surilgan ota-onaga nisbatan muhabbat, hurmat hissi xalq donishmandligi durdonalarida, mumtoz
adabietimizning didaktik xarakterdagi namunalaridan Yusuf Xos Xojibning «Qutadg`u bilig», Qaykovusning «Qobusnoma», Sa`diyning «Guliston», «Bo`ston», A.Jomiyning «Bahoriston», A.Navoyining «Hayratul abror», «Mahbubul qulub», Muhammad Sodiq Qoshg`ariyning «Odob as-solihin», Olimatul Banotning «Muosharat odobi», Rizouddin Ibn Faxruddinning «Oila» kabi asarlari, shuningdek o`zbek adib va shoiralari ijodi mazmuniga singdirilib yuborilgan. Ma`naviy madaniyatlilik mezonlaridan biri opa-singillar, aka-ukalar, qarindosh- urug`lar, do`stlar, o`rtoqlarga nisbatan mehr-muruvvat o`zaro hurmat, oqibatlilikdan iborat. Har qanday inson kelajak avlod uchun, jamiyat uchun foydali biron ish qilib qoldirmog`i lozim. Insonning haetdagi o`rni ham, dunega kelib-ketishdan maqsadi ham uning «tarqatgan ilmi, qobil farzandi, meros qoldirgan Qur`oni, qurgan masjidi, mehmonxonasi, chiqargan suvi, sog`lik va haetlik paytida qilgan sadaqasi» (159 hadis), odamlarga qilgan yaxshiligi, jamiyat taraqqietiga qo`shgan hissasi bilan belgilanadi. Haetda, mehnatda halollik, tejamkorlik farovon turmush-ning, vijdon sofligining, iymon butligining belgisidir. Hadislar qadimiy urf-odatlar, an`analar, marosimlar va udumlarni avloddan-avlodga etkazuvchi vosita hisoblanadi. To`y marosimlarni o`tkazish tartiblari va boshqalar haqida ma`lumot beradi. Bizning nazarimizda, hadislarning qimmati, inson ongi va faoliyatini shakllantirishdagi o`rni ularning mazmunini xalq og`zaki va ezma manbalar mazmuniga sngdirib borilganiligi bilan ham belgilanadi.
Katalog: lektions -> pedagogika%20ham%20psixologiya pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika%20ham%20psixologiya -> O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti Download 285.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling