Xalq ta’limi sohasidagi menejerlik ko‘nikmalarini shakllantirish kursi


Download 174.13 Kb.
bet1/3
Sana21.09.2020
Hajmi174.13 Kb.
#130548
  1   2   3
Bog'liq
Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumani 8 maktab direktori Quryozov Bekzod


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI TIZIMI RAHBAR VA MUTAXASSIS XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

XALQ TA’LIMI SOHASIDAGI MENEJERLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH KURSI
MALAKA ISHI



Mavzu

Boshlangich sinflarda chet tilida sinfdan tashkari ishlarni tashkil etish metodikasi


Malaka yo‘nalishi va guruhi


Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari”

17-guruhi


Ish joyi

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani 8-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi

Tinglovchi FISH




Quryazov Bekzod G‘ayratovich



2020 yil, avgust


Mavzu rejasi (mundarija)





Kirish ........................................................................................................

3

Asosiy qism




1 Boshlangich sinflarda chet tilini o`qitish xususida

5

2 Boshlangich sinf o`quvchilarining chet tiliga bo`lgan motivatsiyasi

8

3 Sinfdan tash`ari ishlarda boshlang`ich sinflarda o'quvchilarining tinglab tushunish va gapirish ko'nikma va malaklarini shakillantirish

15


4 Sinfdan tash`ari ishlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining tinglab tushunish va gapirish ko'nikma va malaklarini shakillantiruvchi ta'limiy o'yinlardan na`munalar

21


Xulosa va tavsiyalar ……………………………………….……………

30

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati............................................................

34

So‘ngi marta o‘qigan badiiy kitob yuzasidan “Esse” ...............................

36

Ilovalar: ta’lim muassasasi faoliyatiga oid 1-8 jadvallar……………..…

37

Rahbarning ta’lim muassasasini rivojlantirishdagi maqsadi

“Missiyasi” ................................................................................................



50

Umumta’lim maktabini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”............................................................................................

51


Kirish
Malaka ishida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tinglab tushunish va gapirish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda taʼlimiy o‘yinlardan foydalanish o`rganilgan.

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda yer yuzida istiqomat qilayotgan barcha insonlar ko‘p qutbli, serqirra dunyoning juda tez o‘zgarib borayotganini nafaqat guvohlari, balki jaxon madaniyati fan va texnikasining rivojlanib, taraqqiy etib borishi kabi murakkab va uzluksiz jarayonlarning ham bevosita ishtirokchilaridirlar.

Qayd etib o‘tilsinki, mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya'ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi.

Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o‘qituvchilari tayyorlandi, umumta'lim maktablarining 5 — 9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha mul'timedia darsliklari, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta'lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik liseylarda 5 mingdan ko‘proq lingafon kabinetlari jihozlandi. Shu bilan birga, chet tillarni o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta'lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayapti. Ta'lim asosan an'anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi.

Malaka ishning maqsadi Boshlangich sinflarda chet tilida sinfdan tashkari ishlarni tashkil etishni tahlil qilish.

Yuqoridagi maqsadga ko‘ra ushbu malaka ish quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi:

- Boshlang‘ich sinflarda chet tillarni o`qitishni tahlil qilish;

- Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tinglab tushunish va gapirish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni tahlil qilish.

Malaka ishi tuzilishi. Mazkur malaka ish kirish, 4 qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va Yo‘l xaritadan iborat. Malaka ishining kirish qismida malaka ishning dolzarbligi, maqsad va vazifalari to‘g‘risida umumiy ma'lumot berilgan. Malaka ishning 1-qismida boshlangich sinflarda chet tilini o`qitish xususida, 2-qismida boshlangich sinf o`quvchilarining chet tiliga bo`lgan motivatsiyasi, 3-qismida sinfdan tash`ari ishlarda boshlang`ich sinflarda o'quvchilarining tinglab tushunish va gapirish ko'nikma va malaklarini shakillantirish, 4-qismda sinfdan tash`ari ishlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining tinglab tushunish va gapirish ko'nikma va malaklarini shakillantiruvchi ta'limiy o'yinlardan na`munalar bayon qilingan. Malaka ishning nazariy va amaliy natijalari malaka ishi xulosasida umumlashtirilgan. Malaka ish yozish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatida keltirilgan. COVID-19 pandemiyasi davrida o`qigan badiiy asar essesi va boshqa talab qilingan shakllar ilova qilinadi.

Asosiy qism
1 Boshlangich sinflarda chet tilini o`qitish xususida
Respublikamizda jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuvga yo‘naltirilgan tizim yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PK-1875-sonli qarori tasdiqlandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida halqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir, deb alohida ta'kidlanadi.

Darhaqiqat, bugungi taraqqiyot har bir o‘qituvchidan o‘ziga xos ijodkorlik, malaka va tajribani taqozo etmoqda. Bu o‘z navbatida xorijiy tillar fani o‘qituvchilari zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PK-1875-sonli qarorini tizimli amalga oshirish maqsadida boshlang‘ich sinflarda xorijiy tilni o‘quvchilarga o‘rgatishdan maqsad ularning shu tilda so‘zlash, yozish, tinglab va o‘qib tushunish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish bilan bir qatorda bolalarning tafakkuri, muloqot madaniyati, bilim olishga qiziqishi, faollik, mustaqillik, mahnatsevarlik, qiziquvchanlikni uyg‘otishga qaratiladi. Bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatini muvaffaqiyatli o‘stirish kelgusida fanlarni puxta o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi. O‘quvchilarda chet tili orqali mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda o‘qituvchiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ham ilg‘or pedagogic texnologiyalar bilan tanishish, amalda qo‘llash va shular orqali bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdan iborat.

Uzluksiz ta'lim tizimining hamma bo‘g‘inlarida ham o‘qituvchi dars jarayonida noan'anaviy darslarda pedagogik texnologiyalardan foydalanadi, lekin boshlang‘ich sinflarda xorijiy tillarni o‘quvchilarga o‘rgatishda xorijiy til o‘qituvchisi o‘quvchilarning psixologik, pedagogik va fiziologik rivojlanish qoidalarini bilib, o‘rganib darsning maqsad va mazmunidan kelib chiqib, pedagogik texnologiyalarni darsda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

O‘qituvchi dars jarayonida pedagogik texnologiyalarni ishlatishda quyidagilarga e'tibor berishi lozim:

– o‘quvchilar ongida muayyan mavzu asosida yangi tushunchalarni hosil qilish;

– yangi mavzuga oid qoida, atamalar mohiyatini ochib berish;

– yangi mavzuni o‘tilgan mavzular bilan izchillikda yetkazish;

– o‘quvchilarning fikrlash darajasini rivojlantirib borish;

– ta'limiy o‘yinlarning izchilligi, xilmaxilligi va qiziqarli bo‘lishiga erishish;

– shu mashg‘ulotning o‘zida yangi bilim asosida shakllangan ko‘nikmalarini tekshirib borish;

– o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish;

– dars jarayonida o‘quvchilar ishtirokini kuchaytirib borish.

Demak, shuni ta'kidlash kerakki, kelajagamiz bo‘lgan yoshlarning erkin fikrlovchi, barkamol shaxs bo‘lib shakllanishi uchun ularni har tomonlama rivojlantirish zarur. Jumladan, xorijiy tillarni o‘rganish darajalari mazkur maqsadni amalga oshirishda o‘quvchilarning psixologik, jismoniy va ijtimoiy jihatlarini o‘rganib, o‘zlarini erkin tutishi va fikrini mustaqil ifodalashda to‘siq bo‘ladigan salbiy psixologik holatlarni aniqlash va bartaraf etishda qo‘llanilishi lozim. Demak, boshlang‘ich sinflarda ta'lim oladigan o‘quvchilarning o‘ziga xos bir qator muammolari mavjud. O‘qituvchi ham pedagog, ham psixolog bo‘lib qolmasdan, ular bilan ishlash texnikasini ham bilishi lozim.

Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib, bugungi kunda xorijiy tillarni o‘qitish DTSda ko‘rsatilgan «A» bosqich, ya'ni boshlang‘ich sinflarni o‘z ichiga oladi. Demak, xorijiy til o‘qituvchisi 1-2-3-sinflarda ta'lim jarayonida qanchalik ustalik bilan pedagogic texnologiyalardan o‘z o‘rnida, maqsadli foydalansa, dars samaradorligi yuqori bo‘ladi.

Bugungi har bir fan o‘qituvchisi o‘z fanining xususiyatidan kelib chiqib, ta'lim jarayonida turli interfaol usullardan foydalanmoqda. Bizning yo‘nalishimizning maqsadi boshqa fanlardan farqli ravishda noan'anaviy darslarda pedagogik texnologiyalarning turli interaktiv usullaridan foydalanib, kichik yoshdagi o‘quvchilarni erkin fikrlashga tayyorlashdir. Davlat ta'lim standartida har bir sinf uchun, masalan, 1-sinf uchun 200 ta, 2-sinf uchun 250 ta so‘z va iboralarni o‘rgatish maqsadi qo‘yiladi, demak, xorijiy til o‘qituvchisi pedagogik texnologiyalar asosida yuqorida ta'kidlangan maqsadlarni amalga oshirishi ko‘zda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi «Uzluksiz ta'lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta'lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 124-sonli qarori boshlang‘ich sinflar uchun xorijiy til o‘rgatishning A-1 boshlang‘ich darajasi qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimida xorijiy tillarni o‘rgatish mazkur DTSga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

A-1 daraja: boshlang‘ich ta'lim (1–4-sinflar);

A-2 daraja: umumiy o‘rta ta'lim (5–9-sinflar).

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga xorijiy til o‘qituvchilari nimalarni o‘rgatishi, qaysi pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarga eng qulay usullar va uslublar yordamida tilni o‘rgatish kerakligini ko‘rsatish ta'limning innovasion yo‘nalishlarni tatbiq etishga undaydi. Tilni o‘rgatishda o‘qituvchi innovasiya – pedagogik texnologiyalarni ta'lim tizimiga kiritish, ta'lim tizimida eng ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta'minlash, bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishish ta'lim jarayonida bolaga do‘stona munosabatlarni shaklllantirishga urinish natijasida vujudga keladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari darslarining to‘g‘ri, aniq, izchil samarali bo‘lishi uchun bugungi kunda o‘qituvchi quyidagilarga e'tibor berishi lozim.

Birinchidan, pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirishi, ta'limning tushunarlilik, izchillik va kirishimlilik, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, ko‘rgazmalilik, bugungi kunning yangi yondashuvlari, mul'timedia o‘quvchilarning ongliligini amalga oshirish orqali ta'minlanadi.

Ikkinchidan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga faqatgina xorijiy tilni o‘rgatishgina emas, balki o‘z do‘stlari bilan muloqotni tashkil qilish ham muhim ahamiyat kasb etishi lozim.

Uchinchidan, har bir o‘qituvchi pedagogic texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishda interfaol usullardan o‘z o‘rnida foydalanishi zarur.

To‘rtinchidan, o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini shakllantirish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarning fiziologik rivojlanishini hisobga olib, turli didaktik va rolli o‘yinlar tashkil etishi lozim.

Beshinchidan, o‘qituvchi interfaol usullardan – o‘qituvchi va o‘quvchi hamda o‘quvchilararo birgalikdagi harakatdan foydalanishi kerak.

Oltinchidan, o‘quvchilar o‘tilgan mavzuni esdan chiqarmasliklarining oldini olish maqsadida takrorlash passiv amalga oshirilmasligi kerak.


2 Boshlangich sinf o`quvchilarining chet tiliga bo`lgan motivatsiyasi
Boshlang‘ich sinflarda «Dars – muqaddas» kontekstida pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish bugungi kunda muhim, dolzarb hisoblanadi.

Ma'lumki, bugungi kunda ilm-fan, texnika, axborot tizimi shiddatli rivojlanmoqda.

O‘qish va o‘qitishda kundalik faoliyatga qatnashish uchun har tomonlama mukammal bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishni davrning o‘zi talab qilmoqda. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan o‘sib keqay darajada saqlab qolishini asosan uning ishga bo‘lgan qiziqishi belgilab beradi. O‘quv materialini tushunish, eslab qolishning asosiy sharti hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar ta'lim olish munosabati bilan mantiqiy, ya'ni ma'nosini tushunib, esda qoldirish qobiliyati o‘sib boradi. Esda qoladigan materialning hajmi kengayib boradi, materialning mazmunini tushunish ham chuqurlashadi va murakkablashadi. Ba'zan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hatto mazmuni tushunarli bo‘lgan materialni ham ma'nosiga e'tibor bermasdan, mexanik ravishda o‘rganib oladilar. Psixolog olim E.G‘. G‘ozievning fikricha, buning sabablari quyidagilar:

1) kichik maktab yoshidagi bolalarda mexanik xotira boshqa xotira turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun ham u ma'lumotlarni aynan, o‘zgarishsiz eslab qolish imkonini beradi;

2) o‘quvchilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab yetmaydilar, natijada uning «to‘g‘ri tushuntirib ber» degan talabini so‘zma-so‘z takrorlash deb biladilar;

3) ularda nutq boyligining yetishmasligi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy to‘ldirish, unga qo‘shimcha qilish imkoniyati yo‘qligi uni so‘zma-so‘z qaytarishni osonlashtiradi;

4) o‘quvchilar matnni to‘g‘ri, samarali usullar bilan eslab qolish yo‘llarini bilmaydilar.

Ta'lim jarayonida o‘quv materialining ma'nosi, mohiyati, turli mulohazalar, dalillar, ilmiy asoslarini eslab qolish va esga tushirish orqali o‘quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. Birinchi sinfdan boshlab ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati tez rivojlana boshlaydi. O‘qish jarayoni uchun ixtiyoriy esda qoldirish ham, ixtiyoriy esga tushirish ham barobar talab etiladi. Busiz o‘qish jarayonining normal bo‘lishi mumkin emas.

O‘quvchilardan faqat o‘rganib, bilib olishgina emas, balki o‘rganib bilib olganini xotirlay olish ham talab etiladi. O‘quv materialini muayyan tizim bilan xotirlash faqat ixtiyoriy esga tushirish yo‘li bilangina bo‘lishi mumkin.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning bilishga nisbatan qiziqishlarining ortishida o‘yin mashg‘ulotlari muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yin orqali o‘quvchilarda bilishga nisbatan qiziqish, ehtiyoj va ularning negizida o‘qish motivlari tarkib topadi. Bolalar bilan tashkil qilinadigan o‘yin va mashg‘ulotlar ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi va bilish jarayonlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim.

Bu yosh davriga kelib bolalarda o‘yin faoliyati ham o‘ziga xos xarakter kasb etib boradi. Ular ancha takomillashib, rivojlantiruvchi o‘yinlarga aylanadi2. Ularning mazmuni yangi o‘zlashtirilayotgan hayotiy tajriba, bilimlar hisobiga o‘zgarib boradi. Bolaning individual o‘yinchoqlari konstruktiv xarakter kasb etib, endi bola ular bilan o‘ynash jarayonida maktabda o‘zlashtirgan yangi, ayniqsa tabiiy fanlar, atrofimizdagi olam, mehnat darslarida olgan bilimlaridan keng foydalana boshlaydi. Bolalarning guruh, jamoa bo‘lib o‘ynaydigan o‘yinlari ham intellektuallashib boradi. Shuning uchun ham bu davrda kichik maktab yoshidagi bolalar, maktabda ham uyda, ham yetarlicha rivojlantiruvchi o‘yinlarni o‘ynash uchun yetarlicha vaqtga ega bo‘lishlari o‘ta muhim ahamiyatga ega. Bu davrda o‘yin faoliyati yetakchi faoliyat sifatida bola uchun o‘qish faoliyatidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘ladi va uning rivojlanishida hal qiluvchi rol' o‘ynaydi. Boshlang‘ich sinflarda bolalarni o‘qitish jarayonida ham o‘yinlardan foydalaniladi, bu o‘yinlar o‘qish-o‘qitish vazifalari bilan bog‘lagan holda olib boriladi.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o‘qituvchi shaxsiga ishonch hissi va yuksak ehtiromdir.

Mazkur yosh davrida o‘qituvchining har bir gapi, har bir xatti-harakati, ta'sir ko‘rsatish uslubi bola uchun haqiqat mezoni vazifasini bajaradi. Chunki bola o‘qituvchiga qattiq isho nadi, uning fikr-mulohazalariga quloq soladi, uning talablariga hamisha amal qiladi, u bergan topshiriqlarni bekamu-ko‘st bajarishga intiladi.
Bola o‘qituvchini aql-idrok sohibi, mehribon, hatto donishmand inson deb biladi. O‘qituvchi siymosida o‘zining ezgu niyati, orzu-istagi, ajoyib his-tuyg‘ularini ro‘yobga chiqaruvchi mo‘'tabar shaxsni ko‘radi.

O‘qituvchining obro‘si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a'zolari, qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlarining nufuzi keskin pasayadi. Shuning uchun ham o‘qituvchining bolaga tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish imkoniyati juda katta.

Ana shu davrda o‘qituvchi uchun:

a) o‘quvchilarning ma'naviyatiga ta'sir ko‘rsatish, ijobiy his-tuyg‘ulari va ezgu niyatlarini qo‘llab-quvvatlash;

b) ularni atrofdagi kishilarga yordam berishga undash, to‘g‘ri mulohaza yuritishga o‘rgatish, nomaqbul odatlardan tiyilish, tabiat manzaralarini kuzatish va musiqa tinglashga odatlantirish;

v) ularga nimalar bilan shug‘ullanish kerakligi, burch hissini tushuntirish;

g) ular bilan o‘qilgan kitoblarni muhokama qilish imkoniyati tug‘iladi.

Birinchi sinf o‘quvchilariga maktabda o‘qituvchi turli vazifalar berib, ularni o‘ylashga majbur qiladi, uyda ota-onalar ham uy vazifasini bajartirishda aynan shuni talab qilishadi. Maktabda o‘qishning boshlanishidagi aqliy mehnat bolani toliqtirib qo‘yadi, bolaning bunday toliqishi albatta aqliy mehnatning og‘irligi tufayli emas, balki uning o‘z xatti-harakatini jismonan boshqara olmasligi tufayli yuzaga keladi.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining muhim xususiyatlaridan biri unda o‘ziga xos ehtiyojlar mavjudligidir. Mazkur ehtiyojlar o‘z mohiyati bilan muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zlashtirishga qaratilmay, balki faqat o‘quvchining shaxsiy istagini o‘zida aks ettiradi. Bu ehtiyojlar o‘z dars tayyorlash burchagi, sumkasi, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish istagi, kattalardek har kuni maktabga qatnash tuyg‘usini his etish kabilarni o‘z ichiga oladi.

O‘rtoqlari bilan birgalashib o‘ynash, birgalikda oshxonaga borish, o‘qituvchining o‘gitlari ham o‘quvchini o‘ziga rom etadi. Umuman, kichik maktab yoshidagi o‘quvchi o‘qishning tub mohiyati va vazifasini tushunib yetmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak deb tushunadi. Oradan ma'lum muddat o‘tgach, shodiyona lahzalar taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi va ichki belgilari o‘z ahamiyatini yo‘qota boradi va o‘qishning kundalik aqliy mehnat ekanligini o‘quvchi anglab yetadi.


Agar bola shunga o‘xshash aqliy mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa, u holda o‘qishdan ko‘ngli soviydi.

Maktabga borishi bilan bolaning oiladagi mavqei o‘zgaradi, unda o‘qish va mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan oiladagi dastlabki jiddiy majburiyatlari yuzaga keladi. Endi kattalar unga yuqoriroq talab qo‘ya boshlaydilar.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bola nimani bilsa, nimaga qiziqsa va nimadan manfaatdor bo‘lsa, shuni bajarishni yoqtiradi. Shunday ekan, o‘qishning dastlabki kunlarida bola oldidagi o‘qish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni bartaraf etishda ular uchun qiziqarli bo‘lgan mashg‘ulotlar, o‘yin va mashqlardan foydalanish lozim.

Ma'lumki, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari har xil bo‘lib, bir o‘quvchiga muvaffaqiyat bilan qo‘llangan tarbiyaviy ta'sir vositasi boshqa biriga qo‘llanilganda kutilgan natijani bermasligi mumkin. Tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarga yakkama-yakka yondashganholda amalga oshirilsa, yaxshiroq samaraga erishilishi shubhasizdir.

Mana shunday yondashishda o‘quvchi shaxsining xususiyatlariga va uning muayyan davrdagi psixologik holatiga mos tarbiyaviy vositalarni tanlash va yangi usullarni topishni talab qiladi. Bunda o‘qituvchining o‘quvchilarga g‘amxo‘rligi, pedagogik odobi, o‘z xatti harakatining natijasini oldindan ko‘ra olishi muhim rol' o‘ynaydi.

Shuning uchun o‘qituvchi ta'lim jarayonini tashkil etishda har bir bolaning o‘ziga xos individual xususiyatlarini hisobga olishi lozim. Agar bola berilgan topshiriqlarni bajarishga qiynalmasa, unga birmuncha murakkabroq topshiriq berish, agar qiynalsa, soddaroq topshiriq berish lozim. Topshiriqni bajara olmagani uchun uni koyish kerak emas.

Bolalarga u yoki bu narsalarni o‘rgatibgina qolmay, ularda o‘ziga ishonch, dadillik, fikrni himoya qila olish, qarorida qat'iy turish kabi hislatlarni ham tarbiyalash zarur. Bu ayniqsa, ijodiy topshiriqlarni bajarish tegishli. Bola tanqidni to‘g‘ri tushunishi, o‘zining yangi g‘oyalarini dadillik bilan ilgari sura olishi kerak. Bu holda ham bolaning individual xususiyatlari albatta hisobga olinishi muhimdir. Agar u dadil, o‘ziga ishongan bo‘lsa, o‘z javoblarini tanqidiy baholashga o‘rgata boshlash mumkin. Agar tortinchoq, uyatchan bo‘lsa, uni qo‘llab-quvvatlash, har qanday tashabbusini ma'qullash lozim. Agarbola o‘ziga berilgan topshiriqni bajarishda qiynalsa, uni o‘yin elementlari bilan bog‘lagan holda qiziqtirib, topshiriqning yangi jihatlarini topishga undash lozim.

O‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o‘qishda ma'lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirish, tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Aynan ana shu o‘z o‘rni va mavqeiga erishish uchun ham bola yaxshi o‘qishga harakat qiladi. Bu yoshdagi bolalar doimiy ravishda o‘zlari erishgan muvaffaqiyatlarini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyatlari bilan solishtiradilar. Buyoshdagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bergan baholariga qarab o‘zlariga baho beradilar. Shuning uchun o‘quvchining o‘z-o‘ziga beradigan bahosi turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchilarda o‘z mehnatidan xursandbo‘lish hissini iloji boricha ko‘proq yuzaga keltirish va uni bola xarakterining emosional jihatiga aylantirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir.

Ayrim o‘quvchilar doskaga chiqishga qo‘rqadilar.

Bunday o‘quvchilarni tez-tez doskaga chiqaraverish ularni shu hisni yengishlariga yordam beradi. Qayta-qayta doskaga chaqiraverish natijasida bolada qo‘rquv hissi susaya boshlaydi. Ayrim emosional kechinmalarning so‘nishida boshqa qonuniyatlar ham bor. Masalan, qarama-qarshi hislar ba'zi nisbatlarda bir-birini yo‘qotib yuborishi mumkin. Salbiy his paydo bo‘lib turganida kuchliroq ijobiy hisni yuzaga keltiradigan sabab paydo bo‘lib qolsa, u holda salbiy his so‘nishi mumkin. Masalan, bola yiqilib yig‘lab turgan vaqtda onasi kelib uni yupatib erkalaydi. Bu erkalash ijobiy hislarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, shuning uchun bolada ko‘z yosh o‘rniga xursandchilik paydo bo‘ladi.

O‘quvchidagi qo‘rquv hissini qayta-qayta doskaga chiqarish yo‘li bilangina yo‘q qilib qolmasdan, balki bolada qarama-qarshimhislarni tug‘dirish yo‘li bilan ham qo‘rqish hissining oldini olish mumkin. Birinchi sinf o‘quvchisi xavotirining sababi uni o‘z kuchiga ishonmaganligida bo‘lsa, oson bajariladigan vazifalarni berish kerak va bu vazifani bajara olgani uchun kattalar tomonidan rag‘batlantirilishi bolada ijobiy hislarning yuzaga kelishiga yordam beradi, qo‘rquv hissi esa yo‘qoladi1.

Kichik maktab yoshidagi bolaning dastlabki muvaffaqiyati uni yanada yaxshiroq natijalarni egallashga undaydi. Shuning uchun o‘quv faoliyati jarayonida boladagi har qanday yutuqlarni ta'kidlab ko‘rsatish va rag‘batlantirib borish, o‘zidagi xulq-atvor va o‘zi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyatini rivojlantirishga, o‘z faoliyatini uyushtirishga erishish samarali natijalar beradi. O‘qituvchining bolaga nisbatan ijobiy munosabati,

e'tibori, rag‘bat va maqtovlari bolada shodlik va quvonch his-tuyg‘ularini paydo qiladi, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi.

Afsuski, ko‘p hollarda o‘qituvchilar, ota-onalar bola shaxsi rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan yuqorida keltirilgan omillarga yetarlicha e'tibor bermaydilar. Ular bilan kerakli rivojlantiruvchi o‘yinlar, mashg‘ulotlar o‘tkazilmaydi. Natijada bola rivojlanishida boy berilgan imkoniyatlarning o‘rnini qoplash uchun keyinchalik haddan tashqari ko‘p vaqt, kuch, quvvat, mablag‘kerak bo‘ladi.

Shuning uchun ta'lim jarayonini har bir bolaning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish bolaga maktabda ola boshlagan bilimlarining uning uchun zarur, foydali bo‘lgan jihatlarini ko‘rsatib, ulardan kundalik faoliyatida foydalana bilish imkoniyatlarini yaratib berish lozim.

To‘g‘ri tashkil etilgan o‘quv jarayoni – kichik maktab yoshidagi o‘quvchida bilim egallashga yo‘nalganlik motivlari tarkib topishining asosiy shartidir. Ushbu motiv o‘zlashtirish bilan bevosita bog‘liq. Umuman, o‘qish ishtiyoqi, muvaffaqiyatga erishish bolaning o‘qituvchiga bo‘lgan ijobiy munosabati bilan belgilanadi. Ta'lim jarayonida kattalarning e'tibori, yordami bolaning o‘ziga nisbatan ishonchini ortishiga olib kelish bilan bir qatorda ularni mavjud qiyinchiliklarni yengish va faol harakat qilishlariga turtkibo‘ladi.


3 Sinfdan tashqari ishlarda boshlang`ich sinflarda o'quvchilarining tinglab tushunish va gapirish ko'nikma va malaklarini shakillantirish
O‘quv rejasidagi soatlarning hammasi ushbu kursga ajratiladi. O‘qituvchi birgina shu kursga qatnaydi, xolos. Mazkur kurs chet tilni yaxshi bilishni taqozo etadigan amaliy faoliyatga xayotini bag‘ishlamoqchi bo‘lgan o‘qituvchilarni biriktiradi.

Mazkur ixtiyoriy kursning vazifasi doirasiga quyidagilar kiritilgan: o‘qituvchilarga mamlakatimiz va tili o‘rganilayotgan mamlakatning madaniy, sport va ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid mavzularda suhbat qurish va unchalik katta bo‘lmagan og‘zaki axborot va ma'ruzalar qilishni o‘rgatish hamda qisqa ma'ruza va axborotlarni tinglab tushunishni o‘rgatish; yozma nuqni o‘rgatish bo‘yicha o‘qituvchilarga o‘z fikrlarini bayon qilish, xat va email yozish va o‘qigan/eshitganlariga doir referat tuzish vazifasi yuklatiladi.

Og‘zaki nutq va o‘qishni chukurroq o‘rgana olgan o‘qituvchi xizmat jabhalarida (mas. pochta, transport, savdoda) nutq malakalarini qo‘llay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Og‘zaki nutqni o‘rgatishda tayyorlanib va tayyorlanmay gapirishga farqli yondashiladi. Sheriklari fikr bayon etganda, audiomatnni tinglaganda, autentik videofil'mni tomosha qilganda o‘qituvchi o‘z munosabatini bildirishni o‘rganadi. Bu tayyorlanmay gapirish va tinglab tushunish mashqlariga daxldor ish usulidir. Tayyorlanib gapirishda ona tili va chet tildagi manbalarga suyanib, turli ma'ruzalar qilish va siyosiy axborot berish mashq qilinadi.__ sharoitida gapirishning quyidagi asosiy usullaridan foydalaniladi.

Yakka nutqda gapirish.

1. Tinglangan va o‘qilgan matnning mazmunini aytib berish. Tanish material asosidagi matnning hajmi 1,5 betgacha bo‘ladi, undan ko‘p sahifali matn berilganda, reja asosida gapiriladi.

2. O‘qilgan va ko‘rilgan narsa yoki hodisaning qisqacha mazmunini bayon etish. O‘qilgan kitob, ko‘rilgan fil'm yoki teatr tomoshasi haqida avvaldan tayyorlangan rejaga binoan gapirib berishadi. O‘qituvchilar shaxsiy munosabat bildiradilar va tinglovchnlar e'tiborini eng qiziqarli masalalarga tortadilar.

3. Ko‘rgan va o‘qiganni tanqidiy tahlil qilish. O‘qituvchilar tayyorlanib, fikr yuritadilar. Bazi o‘qituvchilar esa ko‘rganlarini darhol muhokama qilishga kirishadilar.

4. Shaxsiy hayotidan axborot berish. Maktab, oila, qishloqb shahar haqida so‘z yuritiladi. Gapirish chog‘ida sheriklari uchun sizilarli informativ ma'lumot bayon etilishi ahamiyatlidir.

5. Matbuot materiali bo‘yicha siyosiy voqealarni so‘zlash. Qisqa xabarlar bo‘yicha siyosiy axborot beriladi yoki gazetalarb internet nashrlaridan ham qo‘shib ma'lumot aytish mumkin.

6. Ma'ruzalar qilish. O‘qituvchilar konferensiyalari va tantanali kechalarga o‘qituvchi ma'ruza tayyorlaydi.

7. Sport haqida axborot berish. Tili o‘rganilayotgan mamlakat va vatanimiz yoshlarining sportga oid hayoti va jahon sportining yutuqlari to‘g‘risida o‘qituvchilar yakka nutq bajaradi.

Juft nutqda gapirish:

1. Hyotiy muloqot maqomidagi suhbat. O‘qituvchilar trener va hamkasblari bilan tayyorlanmagan suhbat quradilar. Keyingi bosqichlarda asosan sheriklari bilan juft nutqda ishtirok etadilar. Qayratlanish, ajablanish, afsuslanish kabilarni ifodalovchi replikalardan foydalannb, suhbat qiladilar. Ayrim hollarda davra suhbati ko‘rinishida bo‘ladi.

2. Munozaralar o‘tkazish. Juft bo‘lib va guruhlarga bo‘linib, maktabga oid siyosiy, sport, ilmiy masalalarga bag‘ishlan mavzularda fikr almashish yo‘lga qo‘yiladi. Matbuot konferensiyasn o‘tkaziladi. BDK yig‘ilishlari olib boriladi.

3. O‘qilgan matnning mazmunini rollarga kirib aytish (ingl.role playing). Matndagi voqeani va qahramonlar fikrini bayon etishdan tanqari o‘z fikr-mulohazalarini ham suhbat mazmuniga qo‘shib yuborishadi.

Tinglab tushunishga o‘rgatuvchi darsning texnologik xaritasi

Dars mavzusi: Unit II Lesson 6 “My family”

Darsning maqsadi.

Amaliy maqsad:

a) leksik material: father, mother, brother, sister, grandmother grandfather, uncle, aunt, cousin, relation.

b) fonetik material: th [ ] tovushni talaffuz qildirish.

v) grammatik material: “to have”

Ta'limiy maqsad: Mavzu yuzasidan o‘quvchilarga umumta'lim berish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni ota – ona va oilaga xurmat ruxida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning tinglab tushunish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.

Dars jixozi: “Fly High 5” “O‘qituvchi kitobi” tarqatma materiallar, magnitofon.

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism:

a) Salomlashish: “Good afternoon pupils”

“Let’s begin our lesson”

“Are you ready” “Come on”

b) Navbatchi axboroti: So pupils. Who is on duty today?

Who? Abror can you tell us,

What day is it today? Thanks.

What date is it today? Good.

Who is absent? Ok. Sit down.

v) Davomatning jurnalga qayd etish.

II. Uy vazifasini tekshirish.

“Ok, pupils what was your homework for today?”

a) O‘tgan darsda berilgan yangi so‘zlarni so‘rayman. Yangi so‘zlarni rasmini ko‘rsataman va bolalardan inglizchasini so‘rayman.

b) 10 – betdagi 7 – mashqni so‘rayman.

Asosiy qism.

Fonetik mashg‘ulot.

a) [ ] tovushni talaffuz qilib beraman.

b) Xo‘r va individual talaffuz qildiraman.

v) Doskaga yozib beraman.

g) bu tovush ishtirokidagi so‘zlarni talaffuz qilib beraman.

This [ ] them [ ]

That [ ] then [ ]

d) individual, xo‘r bo‘lib talaffuz qildiraman.

Yangi so‘zlar taqdimoti.

a) Yangi so‘zlarni talaffuz qilib beraman.

b) Individual va xo‘r bo‘lib talaffuz qildirish.

v) Yangi so‘zlarni doskaga yozib berman.

Father [ ] grandfather [ ]

Mother [ ] uncle [ ]

Brother [ ] aunt [ ]

Sister [ ] cousin [ ]

g) So‘zlarni ma'nosini ko‘rgazmali kurollar yordamida tarjimasiz metod orqali aytib berish.

ye) So‘zlarni tarjimasi bilan yozdirish.

Mashq qilish bosqichi

a) “Mary’s family” mini tekctini magnitofonda eshittirib beraman. “Mary is a schollgirel in England. There are seven people in her family. They live in London. They have a big house. Mary has a mother, a father and sister. Mary is 15, her sister is 9. They have a grandmother and a grandfather. Mary’s father is a businessman. Her mother is a doctor. Her sister is a pupil”.

b) Bolalarni yuzida tushunmaganlik alomatlari sezilsa yana bir marta eshittiraman.

Nutqiy vaziyatlarda qo‘llash

a) Matn mazmunini o‘zbekcha gapirib bering.

b) Matn mazmunini “Jiglo” usuli yordamida o‘quvchilardan so‘rash. Matn mazmunini tarqatma materiallarga bo‘lib yoziladi va o‘quvchilar mazmuniga qarab matnni ketma ketlikda yig‘adilar.

Mustahkamlash

a) Passiv qatnashayotgan o‘quvchilardan doskaga chiqarib, yangi so‘zlar so‘raladi.

Rasmlarga karab kim tez va to‘g‘ri inglizchasini ayta olsa o‘sha o‘quvchi g‘olib chiqadi.

Baxolash

a) Faollarni baxolayman va izoxlayman.

b) Passivlarni baxolayman va izoxlayman.

Uy vazifasi

a) “My family” mavzusida mini tekst yozib kelish.

Dars tugashi. “Our lesson is over” “Good bye, pupils”

Mavzu: Animals.

I Darsning maqsadi.

1. Amaliy maqsad.

Leksik. O‘quvchilarga sheep, hen, rabbit, horse, cow, dog so‘zlarini o‘rgatish va ularning tarjimasi.

2. Ta'limiy maqsad.

Mavzu yuzasidan o‘quvchilarga umumta'lim berish, o‘quvchilarning so‘z boyligini rivojlantirish.

3. Bolalar bilimlarini turli o‘yinlar orqali yanada mustaxkamlash. Masalan “My favorite animals” mavzusida kichik – kichik gaplar tuzish va bu gaplarda xayvonlardan foydalanib, ularni gaplarda ishtirok yettirish.

Ularni to‘g‘ri yozilishiga e'tibor berish. Masalan: My frovourite animal is rabbit. I like horse and cow. My dog is Timosha.

II. Dars jixozlari.

Darslik mavzusiga oid ko‘rgazmali qo‘rollar, xar – xil xayvonlarning rasmi, o‘quvchilar uchun metodik qo‘llanma.

Dars rejasi.

I. Tashkiliy qism

Maqsad: Ingliz tili muxitini yaratish.

1. O‘quvchilar bilan salomlashish.

2. Davomatni aniqlash

3. Navbatchi bilan suxbat.

a) Who is on duty today ?

What is the date today ?

What is the day today ?

kabi savollar bilar murojaat qilish.

II. Uy vazifasini so‘rash.

Maqsad: O‘tgan darsda o‘tilgan mavzuni takrorlash va mustaxkamlash.

1. O‘tilgan so‘zlarni yod olish va ular ishtirokida gaplar tuzish.

2. O‘tilgan mashqlarni so‘rash.


III. Asosiy qism

Maqsad: Yangi bilim ko‘nikmalarni shakllantirish.

Eng avvalo xayvonlar nomini talaffuz qilib berib, yaxshilab tushuntirgandan so‘ng biror bir o‘quvchidan individual so‘rash:

What animal is a hen. qaysi o‘quvchi birinchi javob bersa, o‘sha o‘quvchi rag‘batlantiriladi va qolgan o‘quvchilar xam javob berishga xarakat qiladilar. Undan keyin xayvon nomlarini birma – bir doskada yoziladi. O‘quvchilar ularni xo‘r bo‘lib qaytaradilar. Keyin xar bir so‘zlar ishtirokida gaplar tuziladi.

Sheep – qo‘y

Hen – tovuq

Rabbit – quyon

G‘ox – tulki

Wolf – bo‘ri

Dog – it

Cow – sigir

Darsni yanada mustaxkamlash uchun r 61 yex 3a listen and repeat mashqini bajarish mumkin.

IV. Uyga vazifa berish.

1. Berilgan so‘zlarni yod olish va ular ishtirokida gaplar tuzish.

My favourite animals mavzusida qisqa matn tuzish va uni retell qilish.


4 Sinfdan tash`ari ishlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining tinglab tushunish va gapirish ko'nikma va malaklarini shakillantiruvchi ta'limiy o'yinlardan na`munalar
Chet tillarni boshlang'ich sinf o'quvchilariga o`rgatishda til o`rganuvchilarning tinglab tushunish va gapirish ko'nikma va malaklarini shakillantirishda o`yin elementi mavjud bo`lgan ta`lim texnologuyalaridan keng foydalaniladi. Quyida ayrimlarini ko`rib o`tamiz.

1. «Bumerang» o`yini

“Bumerang» plastmassa yoki temirdan yasalgan o‘roqsimon predmet bo‘lib,


uloqtirilganida otgan kishining o‘ziga qaytib keladi. Jismning bunday xususiyati juft yoki guruh bo‘lib ishlashan holda muloqotga o‘rgatish jarayonida va darsning yakunlovchi bosqichida yangi leksik materialni mustahkamlash maqsadida namoyon bo‘ladi.

Ushbu usul o`quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodda saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrni erkin bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda mashg‘ulot jarayonida barcha o`quvchilarning bilimlarini tekshirish va baholash maqsadida tashkil qilinadi. Texnologiya amaliy mashg‘ulotlar, seminar yoki laboratoriya mashg‘ulotlarida hamda suhbat-munozara shaklidagi mashg‘ulotlarda yakka tartibda, juft va guruh bo‘lib ishlashda qo‘llanilishi mumkin. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi yuqorida bayon qilingan juft bo‘lib ishlash texnologiyasi asosida tashkil qilinadi. Muloqotga o‘rgatishning bu texnologiyasi birinchi o`quvchi aytgan jumlani ikkinchi o`quvchi tomonidan eshitib va bir so‘z qo‘shib yana birinchi o`quvchiga qaytarishiga asoslanadi. Birinchi o`quvchi ikkinchi o`quvchining so‘z qo‘shib aytgan jumlasini yana takrorlaydi va ikkinchi o`quvchi jumlaga yana bir so‘z qo‘shib unga qaytaradi. O‘yin shu tariqa jumlani iloji boricha ko‘proq kengaytirib borilishigacha davom ettiriladi. Texnologiya muloqotga o‘rgatishda eshitilgan jumlani ko‘p martalik takror tamoyiliga asoslanib tashkil qilinadi. Ta’lim texnologiyasining maqsadi avval o‘rganilgan leksik birliklarni, grammatik materialni og‘zaki nutqda to‘g‘ri ishlatib mustahkamlash. Bunda eshitilgan jumlaga so‘z qo‘sha olmay qolgan o`quvchi yutqazgan hisoblanadi. G‘olib va yengilgan o`quvchilar navbati bilan boshqa juftliklarning g‘oliblari va mag‘lublari bilan kuch sinashadi. Har bir o`quvchi necha marta g‘olib yoki mag‘lub bo‘lganligi hisoblab boriladi.

Namuna:

1-o`quvchi: Hier je suis allé au cinéma(Kecha men kinoga bordim).

2-o`quvchi: Hier je suis allé au cinéma avec mon ami.(Kecha men do‘stim bilan kinoga bordim).

1-o`quvchi: Hier je suis allé au cinéma avec mon ami français. (Kecha men fransuz do‘stim bilan kinoga bordim).

2-o`quvchi: Hier je suis allé au cinéma avec mon ami français qui s’appelle Serge. (Kecha men kinoga Serj ismli fransuz do‘stim bilan bordim)

1-o`quvchi: Hier je suis allé au cinéma avec mon ami français qui s’appelle Serge et qui est très intelligent. (Kecha men kinoga fransuz do‘stim bilan bordim. U juda ham aqlli.)

2-o`quvchi: Hier je suis allé au cinéma avec mon ami français Serge qui s’appelle Serge qui est très intelligent et gai. (Kecha men kinoga Serj ismli fransuz do‘stim bilan bordim.U juda ham aqlli va quvnoq).

1-o`quvchi: Hier je suis allé au cinéma avec mon ami français Serge qui est venu de Paris. Il est très intelligent et gai. (Kecha men kinogaParijdan kelgan Serj ismli fransuz do‘stim bilan bordim.U juda aqlli va quvnoq).

2-o`quvchi: Hier je suis allé au cinéma avec mon ami français Serge qui est venu de Paris. Il est très intelligent et gai.Il est mon meilleur ami/ (Kecha men juda ham aqilliva quvnoq Parijdan kelgan fransuz do‘stim Serj bilan kinoga bordim).

Bunday tashkil qilinadigan mashg‘ulotda o‘rganilgan leksikani mustahkamlashda quyidagi variantlarda foydalanish mumkin:



  1. Birinchi juftlik a’zosi (guruh a’zosi) birorta ot,sifat yoki fe’l ishlatib jumla aytadi, ikkinchi guruh yoki juftlik a’zosi belgilangan so‘zning sinonimini yoki antonimini qo‘llab jumlani takrorlaydi.

  2. Birinchi juftlik a’zosi (guruh a’zosi) birorta ot, sifat yoki fe’l aytadi, ikkinchi juftlik a’zosi shu so‘zni qo‘llab jumla yasab aytadi.

  3. Birinchi juftlik a’zosi (guruh a’zosi) ona tilida (chet tilida) aytilgan jumla yoki so‘zni, ikkinchi guruh yoki juftlik a’zosi chet tilida (ona tilida) tarjimasini aytadi.

  4. Birinchi juftlik muloqot mavzusi bo‘yicha biror jumla aytadi, ikkinchi juftlik a’zosi uni boshqa shaxsda, boshqa zamonda, so‘roq yoki inkor formalarda aytadi. Bunday faoliyat juftlikning (guruhning) ikkinchi o`quvchisi javob ayta olmay qolganicha davom ettiriladi, natijalar hisoblangach, o‘yin o`quvchilarning vazifalarini almashtirib davom ettiriladi.

2. «3 x 4» o`yini

Bu usul o`quvchilarni muayyan bir muammoni yakka(yoki guruh bo‘lib)muhokama qilish, yechimini topish, turli fikrlar ichidan keragini topib olish, fikrlarni umumlashtirish va ular asosida muammo yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilish, shuningdek,o‘z fikrini boshqalarga isbotlab berishga o‘rgatish maqsadida tashkil qilinadi. Bunday faoliyat


o`quvchilar bilan dastlab yakka holda, keyin guruh ichida yozma ravishda uyushtiriladi.

Usuldan seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda (yoki guruhlarda) qo‘yilgan muammoni barcha guruh a’zolari tomonidan bir necha bor navbatma-navbat almashtirib yozma axborotlar tayyorlashda foydalanish mumkin.

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi yuqorida keltirilgan juft (guruh) bo‘lib ishlash texnologiyasi asosida uyushtiriladi. Bunda quyidagi tashkiliy ishlarga asosiy e’tibor qaratiladi:


  • guruh a’zolariga tarqatma materialda yozilgan fikrni faqat uchta so‘z yoki so‘zlar birikmasi, yoki uchta jumla bilan davom ettirishlari tushuntiriladi va bu uchun aniq vaqt belgilanadi;

  • guruh a’zolari hamkorlikda ishlab tarqatma materialda berilgan topshiriqqa yozma javob tayyorlaydilar;

  • vazifa bajarilgach, guruh a’zolari o‘rinlaridan turib, soat mili yunalishi buyicha joylarini o‘zgartiradilar, ya’ni 1-o‘quvchi 2-o‘quvchining, 2 -o‘quvchi 3-o‘quvchining, 3- o‘quvchi esa 4 -o‘quvchining o‘rniga o‘tadilar;

  • yangi joyga kelgan guruh a’zolari shu yerda qoldirilgan tarqatma materialdagi fikrlar bilan tanishib, unga yana yangi uchtadan o‘z fikrlarini yozib qo‘yadilar;

  • guruh a’zolari yana yuqoridagi tartibda joylarini o‘zgartiradilar, ish dastlabki guruh a’zolari o‘z joylariga qaytib kelgunlariga qadar davom ettiriladi;

  • o‘z joylariga qaytib kelgan kichik guruhlar tarqatma materialda to‘plangan barcha fikrlarni diqqat bilan o‘qib, ularni umumlashtirgan holda bitta yaxlit ta’rif yoki qoida holatiga keltiradilar;

  • har bir kichik guruhning mualliflik ta’riflari yoki qoidalarini a’zolaridan biri taqdimot qiladi;

  • o‘qituvchi taqdimot qiluvchi o‘quvchi tomonidan berilgan ta’riflar yoki qoidalarga izoh berib, ularni baholaydi, so‘ngra mashg‘ulotni yakunlaydi.

Kichik guruhlar soni 4 ta bo‘lgani maqsadga muvofiq. Bunday holda kichik guruhlar o‘z joylarini faqat 3 marta almashtiradilar va bu bilan jarayonini zerikarli o‘tishining oldi olinadi. Agar kichik guruhlar soni 4 tadan ko‘p bo‘lsa, u holda ularni ikki potokka bo‘lib, kichik guruh a’zolarining almashinuvini har bir potok o‘rtasida alohida, taqdimotni esa birgachikda o‘tkazish mumkin.

Agar auditoriya (yoki sinf) kichik guruhlarning joylarini almashtirishga moslanmagan (yoki almashtirishga noqulayliklar) bo‘lsa, u holda o`quvchi (yoki o‘quvchi)larni joylarini almashtirish o‘rniga guruhlarga tarqatilgan materiallarni almashtirish orqali, ular dastlabki guruhlarga qaytib kelgunga almashtirilib, o`quvchilar (yoki o‘quvchi) fikrlari to‘planadi, ulardan umumiy ta’rif (yoki qoida) chiqariladi va taqdimot uyushtiriladi.

Quyida, «Yil fasllari» mavzusi bo‘yicha uyushtiriladigan «3x4» usulining qullanishi namunasini keltiramiz:

O‘quvchilarga quyidagi mummoli savollarni guruh ichida muhokama qilib, o‘z fikrlarini yozish topshiriladi:

1. Bir yil nima uchun 365 yoki 366 kundan iborat?

2. Bir yil 365 yoki 366 kundan tashkil topishining sababi nima?

3. Bir kun nima uchun 24 soatdan iborat? Undan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkinmi?

4. Kunlar yozda uzun, qishda qisqa bo‘lishligining sababi nima?

5. Bir yil nima uchun 4 faslga bo‘lingan?

6. Nima uchun bizda qish sovuq, bahor va yoz fasllari issiq keladi?

7. Fevral oyi nega har 4 yilda 29 kundan iborat bo‘ladi?

8. Yil fasllarini ifodalovchi quyidagi manzaralarni yozma bayon qiling.

Mashg‘ulotni tashkil qilishda guruhlarga muammoni yechishga yordam beradigan, ona tilida yozilgan turli audio-vizual vositalar, spravochnik va bukletlar, kulgili karikaturali rasmlar tarqatiladi. Masalan, birinchi muammo yozilgan varaqqa guruhlar tomonidan quyidagi javoblar yozilishi mumkin:

Pourquoi une année se compose de 365 ou 366 jours? (Bir yil nima uchun 365 yoki 366 kundan iborat?)

1-guruh javobi: La terre tourne autour de son axe pendant 365 ou 366 jours. (Yer bir yilda o‘z o‘qi atrofida 365 yoki 366 marta aylanadi).

2-guruh javobi: La terre tourne une fois autour du soleiy pendant 365 ou 366 jours. (Yer quyosh atrofidan bir yilda 365 yoki 366 kunda bir marta aylanib chiqadi)

3-guruh javobi: Cela signifie le temps que notre planéte fait un tours autour du soleiy. (Bu planetaning quyosh atrofidagi o‘z orbitasida bir marta aylanib chiqqan vaqtni bildiradi.)

4-guruh javobi: C’est une conformité phisik basée par les lois de la nature. (Bu fizik qonuniyatlarga asoslangan tabiat qonuni.)

Shu tariqa o‘quvchilar guruhlari navbatma-navbat o‘z joylarini almashtirib har bir varaqda yozilgan muammoli topshiriqni, boshqa guruhlar yozgan fikrlarni o‘rganib, o‘z xulosalarini xorijiy tilda yozma bayon qiladilar. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi har bir guruh yozgan fikrlarni umumlashtiradi va eng to‘g‘ri javoblarni izohlab beradi va guruhlarni baholaydi

3.«O‘jar» o‘yini.

«O‘jar» o‘yini bo‘yicha mashqlar o`quvchilar juftliklari yoki guruhlari orqali tashkil qilinadi. Juft bo‘lib o‘ynashda 1-o`quvchi vazifasiga nisbatan yaxshi o‘zlashtiruvchi, 2-o`quvchi vazifasiga nisbatan past o‘zlashtiruvchi o`quvchi tanlanadi. Mashg‘ulot birinchi o`quvchi aytgan jumlani ikkinchisi tomonidan albatta rad qilinishi orqali tashkil qilinadi. Bunda birinchi o`quvchiga u jumlasida ishlatishi lozim bo‘lgan so‘zlar ro‘yxatini berish ham mumkin. Keyingi bosqichlarda esa ular bunday ro‘yxatlardan foydalanmay gapirishni o‘rganadilar.

Mashg‘ulotni guruh orqali tashkil qilishda birinchi guruhdagi o`quvchilar tartib bilan jumla aytadilar, ikkinchi guruhdagilar ham navbat bilan javob berishadi. Bunda savol bera olmagan yoki javob bera olmagan o`quvchi o‘yindan chiqarilishi belgilab qo‘yiladi. Bu guruhlar ichidagi motivni, qiziqishni, musobaqa ruhini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, butun guruh juftliklarga bo‘linadi va o‘yin o‘qituvchining quyidagi ko‘rsatmasi bilan boshlanadi:

Birinchi o`quvchilar berilgan so‘zlar yordamida jumlalar yasaydilar, ikkinchi o`quvchilar bu jumlani inkor formada aytib takrorlaydilar. (Birinchi o`quvchilar qo‘liga masalan, quyidagi fe’llar yozilgan kartochka beriladi: aimer, aller, lire, s’interesser, écouter, se laver, se lever, prendre, avoir, trouver.

1-o`quvchi: J’aime écouter le radio.

2-o`quvchi: Je n’aime pas écouter le radio.

1-o`quvchi: Demain, je vais au cinéma.

2-o`quvchi: Demain, je ne vais pas au cinéma.

1-o`quvchi: Hier, j’ai acheté un livre trés intéressant 2-o`quvchi: Hier, je n’ai pas acheté un livre trés intéressant.

1-o`quvchi: Veus-tu lire ce livre intéressant?

2-o`quvchi: Non, je ne veus pas lire ce livre intéressant.

1-o`quvchi: Chaque matin je me lave à l’eau froid.

2-o`quvchi: Chaque matin je ne me lave pas à l’eau froid.

Shu tariqa birinchi o`quvchilar ro‘yxatda berilgan barcha so‘zlardan foydalanib, jumlalar aytadi, ikkinchi o`quvchilar ularni inkor formalarda aytadilar. Keyin bunday musobaqa-o‘yin so‘zlar yozilgan ro‘yxatsiz amalga oshiriladi. Keyingi bosqichda ikkinchi o`quvchilarga eshitilgan jumlalarni transformatsiya, reproduksiya, qoldirib ketilgan so‘zlarni to‘ldirib, inkor formada gapirish orqali tashkil qilish mumkin.



4.«Xato qilma!» o‘yini

Bu texnologiya birinchi guruh a’zolaridan biri biror jumladagi biror fe’lni noaniq formada aytishi bilan boshlanadi. Ikkinchi guruh o`quvchilari esa bu jumlani birinchi guruh a’zolari ko‘rsatgan shaxsda gapirishlari kerak. Masalan, birinchi guruh a’zolaridan biri bitta yoki ikkita yoki uchta barmog‘ini ko‘rsatadi, keyin ko‘rsatkich barmoqni ko‘rsatadi. Bu eshitilgan jumlani ikkinchi guruh a’zolaridan biri 1, 2, 3 shaxsda birlikda aytishni, 1 yoki 2, 3, barmoqlarni ko‘rsatib, keyin bosh barmoqni ko‘rsatishi - eshitilgan jumlani 1 yoki 2, 3 shaxslarda ko‘plikda aytilishi lozimligini ifodalaydi. Har bir guruhga 10 tadan jumla aytish va unga javob berish vazifasi yuklatiladi. Ushbu texnologiya bo‘yicha mashg‘ulot yakunida natijalar hisoblanib, g‘olib guruh aniqlanadi. Ushbu texnologiya bo‘yicha mashg‘ulot fe’llarni ko‘rsatilgan zamonda og‘zaki nutq jarayonida tasdiq inkor va so‘roq formalarda qo‘llanilishini mustahkamlash uchun tashkil qilinadi. O‘yin o‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan boshlanadi.

Masalan, «Birinchi guruh a’zolaridan biri aytgan jumlani ular ko‘rsatgan shaxsda hozirgi zamonda inkor (so‘roq) formada tuslang”

Birinchi guruh azolaridan biri (qolganlari navbati bilan) quyidagi jumlani aytadi va oldin bitta barmog‘ini, keyin beshta barmog‘ini ko‘rsatadi. Bu jumlani 1 shaxs ko‘plikda aytilishini ifodalaydi. Masalan:

Chaque matin Karim ( se lever) à 7 heures (Karim har kuni ertalab soat 7 da (turmoq).

Ikkinchi guruh a’zolaridan biri o‘z navbatiga ko‘ra jumlani 1 shaxs ko‘plikda aytishi kerak. Masalan:

Chaque matin nous nous levons à 7 heures (Biz har kun ertalab soat 7 da turamiz).

Birinchi guruh a’zolari navbati bilan jumla aytishadi, ikkinchi guruh a’zolari ularning ko‘rsatmalariga binoan, navbati bilan javob aytishadi. Shu tariqa jumlalarning barcha shaxslarda gapirilishiga, o‘rganilgan grammatik materialning o‘zlashtirilishiga erishiladi. Ikkinchi guruh a’zolaridan biri o‘z javobida xatoga yo‘l qo‘ysa, birinchi guruh a’zolaridan biri sekingina «faute!”(“xato!”) deydi va jumlaning to‘g‘ri variantini aytadi. Mashg‘ulotning musobaqa ruhida tashkil qilinishi va guruhlar yo‘l qo‘ygan xatolar sonining hisoblanib borilishi uning qiziqarliligini, bu jarayonda o`quvchilarning barcha sezgilariga ijobiy ta’sir qiluvchi audiovizual va ekstralingvistik vositalardan foydalanish esa uning emotsional ta’sirini belgilaydi.



5.«Charxpalak» o`yini

Ushbu texnologiya o`quvchi (yoki o‘quvchi)larni o‘rganilgan muloqot mavzularni yodga olish, mantiqan fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zini-o‘zi baholash, yakka va guruh bo‘lib ishlash, boshqalar fikriga xurmat bilan qarash, ko‘p fikrlar ichidan keraklisini tanlab olishga o‘rgatish, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berish, hamda qisqa vaqt ichida barcha o`quvchi (yoki o‘quvchi)larning egallagan bilimlarini tekshirish va baholashga qaratilgan.



O`yinni qo‘llanishi: texnologiya mashg‘ulotlarining barcha turlarida darsning boshlanishi yoki oxirida, mavzuning biror bir bo‘limi tugallanganda o‘rganilgan mavzularni takrorlash, mustahkamlash, o‘zlashtirilganlik darajasini baholash uchun qo‘llaniladi. Ushbu texnologiyani mashg‘ulot jarayonida yoki uning bir qismida yakka, kichik va guruh ichida tashkil etish mumkin. Mashg‘ulotda o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzu bo‘yicha bittadan topshiriqlar yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi.

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:



  • o`quvchilar guruhlarga ajratiladi;

  • o`quvchilar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtiriladi;

  • tarqatma materiallar tarqatiladi;

  • guruh a’zolari vazifalarni bo‘lib olishadi va mustaqil ravishda o‘z vazifalarini bajaradilar. Keyin birgalashib uni muhokama qiladi va eng to‘g‘ri hisoblanuvchi variantni javob varag‘iga yozadilar;

  • har bir guruh o‘zlari to‘plagan axborot varag‘ining o‘ng burchagiga o‘qituvchi




  • tomonidan belgilangan o‘z raqamini yozadi;

  • vazifa bajarilgach, javob varaqalari boshqa guruhlarga «charxpalak aylanmasi» yo‘nalishida almashtiriladi;

  • almashtirilgan topshiriq yana har bir guruh a’zolari tomonidan o‘rganiladi va lozim bo‘lsa, o‘zgartirishlar kiritiladi;

  • jamoalar tomonidan o‘rganilgan va o‘zgartirishlar kiritilgan topshiriq varaqlari yana yuqoridagi tartibda guruhlararo almashtiriladi (ushbu jarayon guruhlar soniga karab davom ettiriladi);

  • topshiriqlarni oxirgi almashuvidan so‘ng har bir guruh o‘zlari ilk bor to‘ldirgan topshiriqlarni (guruh raqami va o‘zlari qo‘ygan belgilari asosida) tanib oladilar;

  • har bir guruh o‘zlari belgilagan javoblarni boshqa guruh, a’zolarining tuzatishlari bilan taqqoslaydilar va xatolarni tahlil qiladilar;

  • o‘qituvchi har bir guruh tayyorlagan to‘g‘ri javoblarni belgilaydi;

  • har bir guruh to‘g‘ri javob bilan o‘zlari belgilangan javoblar o‘rtasidagi farqlarni aniqlaydilar, kerakli ballni to‘playdilar va o‘zo‘zlarini baholaydilar.

  • o`quvchi (yoki o‘quvchi)lar o‘z baholari yoki ballarini belgilab olishgach, o‘qituvchi topshiriq bajarilgan qog‘ozlarni yig‘ib oladi va baho(ballar)ni jurnaliga ko‘chirib qo‘yadi.

Bu texnologiyadan kommunikativ topshiriqni yoki loyihani guruh bo‘lib ishlashda muloqot materialini mustahkamlashda, muhokama qilishda, yoki o‘rganilgan grammatik materallarni mustahkamlash, hamda bilimlarini yozma va og‘zaki ravishda tekshirish va baholash maqsadida foydalanish mumkin.

Xulosa

Xozirgi kunda Respublikamizda chet tillarini mukammal egallagan mutaxassislarga talab ortib borayotgani uchun ingliz tili darsliklarini va qo‘llanmal arini qaytadan ko‘rib chiqishni ilmiy jixatdan kengaytiri, o‘rta maktablardan tashqari boshqarish akademik lisey, kollejlarda va oliy o‘quv yurtlarida xam ingliz tilini o‘rgatishmetodikasi bilan tanishtirishni davrimiz taqazo qilmoqda.

O‘rta maktablar uchun chet tillari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari sistemasi, darslik, qo‘shimcha o‘qish uchun magnitofon lentalari diktantlar to‘plami, shuningdek o‘qituvchi uchun batafsil metodik ko‘rsatmalarni yoki o‘qituvchi uchun chiqarilgan kitobni o‘z ichiga oladi.

Aytib o‘tilgan qo‘llanmalarni xammasi o‘quv ja rayonida kerak bo‘lsa -da asosiy rolni darslik o‘ynaydi. O‘quv jarayonida darslikni ro‘li juda katta. Darslik ingliz tilini o‘rgatishda asosiy qurol xisoblanadi. Chunki, u faqat material bo‘lib qolmay ishlash metodikasini belgilab, barcha o‘quv jarayonining yo‘nalishini ko‘r satib beradi. Darslikni maxsus nazariyasi yo‘q balki metodikasi bor.

Darsliklar esa shu metodikani amaliyotga tadbiq etilganidir, degan tushuncha paydo bo‘lgach buni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi.darslikni asosiy yo‘nalishi ko‘pincha ikki faktlar bilanJ o‘qitilishning maqsadi va avtorining metodik konsepsiyasi bilan belgilanadi.

Ba'zi o‘qituvchilar mavjud doimiy darslikardan kamchiliklarni oqilona ko‘rsatib o‘ti, o‘qitishni ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy rolni o‘ynaydigon 9- sinf bosqichida o‘quvchilar uchun darslik kerak emas degan xulosa ga keladilar, ularning fikricha o‘qituvchi to‘la ravishda darslik o‘rnini bosish mumkin deyiladi. Lekin bu noto‘g‘ri fikr. Boshlang‘ich ya'ni 9 - sinf o‘quvchilari uchun darslik zarur ekanligini inkor etish bilan bir vaqtda, batafsil metodik ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan o‘qit uvchi uchun kitob tuzishni talab qiluvchi metodistlarni fikri asosidir. Demak darslik o‘quvchi uchun asosiy qo‘llanma va o‘qituvchi uchun ko‘rsatma uchun xizmat qiladi.

O‘qitishni boshlangich bosqichida uy topshiriqlarini o‘quvchilarga nima qilish kerakligi to‘g‘risida biror shub xa yoki tushunmovchilik paydo bo‘lmasligi uchun ona tilida berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi deb o‘ylayman. Mashqlarni ifoda qilinii juda oddiy va bu topshiriq faqat yangi o‘rganilgan materialdan iborat bo‘lganda, ularni chet tilida berish mumkin.

Boshlang‘ich bosqichda da rslikning bo‘lmasligi o‘qish sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarni ingliz tiliga o‘rgatish bilan bir qatorda yetakchi o‘rnini egallasa xam uning roli xamma vaqt bir xil bo‘lmaydi. Bu o‘qitishni maqsadiga va uning bosqichlariga bog‘liq bo‘ladi.

Og‘zaki nutq va o‘qishda mashqlarning izchilligi masalasi katta axamiyatga ega 9- sinf darsliklarida matn materiali xam, og‘zaki nutq ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qiladigan mashqlar xam barobar o‘rinni egallaydi. O‘quvchilar o‘qitilishini bu bosqichida ya'ni boshlang‘ich boshqacha xisobl angan. 9- sinfda bilim beradigan bog‘lanishli matnlarni o‘qiy olish uchun til materialini yetarli miqdorda egallab olishlari kerak.

Xulosa qilib aytganda, kichik maktab Yoshi davri shaxs shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur davrning xarakterli belgilari shundan iboratki, bunda shaxs sifatlari, xarakter xislatlari, bilishga qiziqish, shaxslararo munosabatlarning tarkib topishiga tayanch nuqta vazifasini o‘taydi.

Bu davrda bolani ortiqcha jismoniy zo‘riqishsiz o‘qishga, diqqat-e'tiborli bo‘lishga o‘rgatib borish lozim. Buning uchun oilada ham, maktabda ham bola bilan olib boriladigan ta'lim jarayonining imkon qadar qiziqarli bo‘lishiga erishish lozim.

Bu borada o‘qituvchilar, psixolog va ota-onalarning birgalikdagi sa'y-harakati bolaning o‘ziga nisbatan ishonchini ortishiga olib kelish bilan bir qatorda, uni maktabda muvaffaqiyatli o‘qishini ta'minlashi va ta'lim jarayonidagi qiyinchiliklarni yengishda yordam berishi mumkin.

Shu bilan birga quyidagi tavsiyalarga amal qilish ta'lim jarayoni samaradorligini ta'minlaydi:

● kichik maktab yoshidagi o‘quvchi dastlabki yillar davomida ko‘proq qo‘llab-quvvatlanishga muhtoj bo‘ladi. Shuning uchun uni doimo qo‘llab-quvvatlash, bola yetuk, o‘ziga ishonganva xotirjam bo‘lib yetishishi uchun uni doimo erishgan yutuqlari uchun rag‘batlantirib borish;

● o‘quvchilarning ruhiyati va yosh xususiyatlariga mos ravishda munosabatda bo‘lishi;

● baholash, rag‘batlantirish va jazolashda har bir o‘quvchiga xos ruhiy holatni hisobga olish;

● har bir bolaning imkoniyati, qobiliyati, o‘zlashtirish darajasini inobatga olish;

● uning savollariga sabr-toqat bilan javob berish;

● bolani xato qilishga haqqi borligini unutmaslik;

● bola bilan samimiy va yaxshi munosabatda bo‘lish.



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori // https://lex.uz/docs/3893416?query=investitsiya%20dasturi

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni // https://lex.uz/ru/docs/3893445?otherlang=1

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori // https://lex.uz/ru/docs/3864155?twolang=true

  4. 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakat strategiyasi. 7 yanvar' 2017 yil.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori // https://www.hasanboy.uz/pq-1875/

  6. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariiga bag‘ishlangan majlisdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi // Xalq so‘zi. 2017 yil 16 yanvar, №11

  7. Daminova M., Adambekova T. O‘yin mashg‘ulotlari. – T.: O‘qituvchi, 1993.– 96 b.

  8. Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi: Chet tillar oliy o‘quv yurtlari (fakul'tetlari) o‘quvchilari uchun darslik. –T.: O‘qituvchi, 1996. -368 b.

  9. Hoshimov O‘. H., Yoqubov I.Ya. Ingliz tili o‘qitish metodikasi. -T.: Sharq, 2003. -302 b.

  10. Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment: Language Policy Unit// Council of Europe. -Strasbourg.-2001.

  11. Heath Sh.B. Bilingual Education and a National Language Policy // Perspectives on Bilingualism and Bilingual Education. –Washington, 2008.

  12. Lado R. Language Teaching. –New York, San Francisco, Toronto, London, 2010.

  13. Davletshin M.G., To‘ychieva S.M. YOsh davrlar va pedagogik psixologiya. O‘quv qo‘llanma. – T., 2002.

  14. Grishanova I.A. Aktualizatsiya situatsii uspexa pri obechenii inostrannomu yazыku mladshix shkolnikov. // Jurnal «Inoctrannыy yazыk v shkole», 2007, №8. –S. 28–29.

  15. Grishanova I.A. Programma formirovaniya kommunikativnoy uspeshnosti u mladshix shkolnikov. – Ijevsk, 2000. –S. 34.

  16. Trofimov G.S. Pedagogicheskie osnovы obucheniya inostrannыm yazыkam. – Ijevsk: Izd-vo “Udmurtiya”, 1999. –S. 7.

So‘ngi marta o‘qigan badiiy kitob yuzasidan “Esse”
«G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q» Erix Mariya Remarkning 1929 yilda nashr etilgan romani. Kirish so‘zida muallifning «Bu kitob aybnoma ham, afvnoma ham emas. Bu shunchaki urush dastidan juvonmarg bo‘lgan avlod haqidagi, garchi zambarak o‘qidan omon qolsa-da, shu urushning qurboniga aylanganlar to‘g‘risidagi ko‘ngil izhoridir», degan so‘zlaridan-da sizni qanday qiyin asar kutib turganini his etasiz. Urushga qarshi ruhda yozilgan romanda Birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar obrazi orqali urush dahshatlarini boshidan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu-umidlari chilparchin bo‘lgan butun bir «yo‘qotilgan avlod»ning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan. Asar yosh askar Paul' Boymerning boshidan kechirgan voqealar, shuningdek, uning Birinchi jahon urushidagi frontdoshlari haqida hikoya qiladi.

Ernest Xeminguey singari, Remark ham «yo‘qotilgan avlod» tushunchasini urushda olgan jarohatlari tufayli tinch hayotga kira olmagan yoshlarni tasvirlash uchun ishlatgan. Remarkning ishi shu tariqa Veymar respublikasi davrida hukmronlik qilgan o‘ng qanot konservativ harbiy adabiyotga nisbatan keskin qarama-qarshi edi; ular qoida tariqasida Germaniya yutqazgan urushni oqlashga va o‘z askarlarini qahramonlashtirishga harakat qilar edi. Remark esa oddiy bir askar nomidan urush voqealarini haqqoniy tasvirlaydi.

Remarkning ushbu romanida urushga qarshi o‘ta kuchli protest bo‘lib, u insoniyat tabiatidagi buzg‘unchilikka urg‘u beradi. Hikoya qiluvchi orqali urush haqidagi romantik g‘oyalar, vatanparvarlik va sharaf haqidagi balandparvoz nutqlar xandaqdagi dahshatli voqeliklar orasida yo‘qolib ketishini juda katta mahorat bilan yoritib beradi.

Remark aslida askarlar vatanparvarlik ruhidagi abstrakt g‘oyalar uchun kurashmayotganini, ular shunchaki tirik qolishga harakat qilayotganini ta'kidlaydi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana topish muammolari ham, dushman olovi va bomba portlashining oldini olish bilan bir qatorda, askarlarning asosiy muammolaridir. Romandagi hech narsa urush tajribasini ulug‘vor va romantik qilib ko‘rsatmaydi. Hatto Paul' va uning hamrohlari o‘rtasidagi samimiy do‘stlik ham. Chunki buning uchun siz dahshat va doimiy azob-uqubatlar ko‘rinishidagi yuqori narxni to‘lashingiz kerakligi ta'kidlanadi.

Romanning muvaffaqiyatini tushuntirish juda oson: Remark romanda nimani o‘ylagan bo‘lsa, shuni yozgan. Nafaqat romanni yozayotganda, balki dushman askarlari safidagi undan faqatgina kiyimlarini rangi bilan ajralib turadigan halol odamlarni ko‘rganida ham ularga nimani o‘ylasa, shuni aytgan. Qanday qilib hayot deb atalmish biz biladigan noaniq faoliyatda ba'zi bir aqlga sig‘maydigan o‘simliklar qutblarning muzli yuzasiga moslashgani kabi, insoniyat urushga ham moslasha olganini ro‘y-rost aytib bergan edi. Romanning katta muvaffaqiyatiga qaramay, Germaniyada hokimiyat tepasiga nasistlar kelgach, Remarkni o‘z mamlakatida shunchalik yomon ko‘ra boshlashdiki, u avval Shveysariyaga, keyinchalik AQShga ko‘chishga majbur bo‘ldi.

Birinchi jahon urushidan keyingi Germaniyada hech kim urushni eslashni istamas edi. Remark odamlarni urush haqida yana bir jahon urushi boshlanishidan oldin o‘ylashga majbur qildi. Ammo u natijaga erisha olmadi. Erix Mariya Remark o‘zining eng katta yutug‘iga erisha olmadi. Gitler hokimiyat tepasiga kelgach, Remark quvg‘inga uchradi, uning kitoblari namoyishkorona yoqildi. Uning asarlarida urushning qoralanishi Vermaxt uchun zarar edi. Aslida o‘sha paytdagi nemis xalqi ayni shu asardan xulosa qilganlarida edi, asardagi kabi Paullar ikkinchi jahon urushida ham millionlab jonlarini qurbon qilmasmidi...




Download 174.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling