Xalqaro aloqalar bo’yicha talaba-izlanuvchilar
Download 26.49 Kb.
|
diplomatiya
Xalqaro istiqbollar. “Xalqaro aloqalar bo’yicha talaba-izlanuvchilar” jurnali. 2012-yil yanvar-mart. Xalqaro aloqalarning siri. Yashirin diplomatiya va yangi xalqaro aloqalarning ishtirokchilari: Vetnamda Pensilvaniya operatsiyasining voqeasi. Muallif: Elie Duprey. Xalqaro aloqalarda maxfiylik qanchalik muhim bo’lishi mumkin? Pugwash harakatining hodimi bo’lgan 2 fransuz tomonidan olib borib, norasmiy va yashirin diplomatik tahlil yuborgan. Shimoliy Vetnam hukumati va Jonson ma’muriyati o’rtasidagi bu xabar qanday qilib yashirin va norasmiy tarmoqlardan foydalanish tinchlikka olib kelgan bo’lishi mumkin. Tinchlikka erishish uchun ikki urush olib boruvchi o’rtasida muzokaralar davom ettirilishi kerak. Yashirin diplomatiya, buyuk jahon urushining sababidir. Bu tashxisni birinchi jahon urushi oxirida Millatlar ittifoqining keng ruhlantirishi natijasida 14 ta davlatga o’xshab urushdan chiqqan president V.Vilson qo’ygan. Shunday qilib, 18 modda diplomatik muzokaralar va olingan shartnomalarning oshkoraligini tasdiqladi. Aslida bu choralar hech qanday haqiqiy qo’llanmaga ega bo’lmasa va hatto prezident Vilsonning o’zi harakatlarida bir xil idealizmga ega bo’lmasa, diplomatiyaning maxfiy o’lchovi uning mohiyatiga ko’ra zararli edi. Shunday qilib, Wikileaksning yondashuvi xalqaro muzokaralar siri bu salbiy g’oyaning ko’ngilsiz talabi kabi paydo bo’ladi: u diplomatik davlatlarning barcha razilliklarni oshkor etishni taklif qiladi. U diplomatik sirdan saqlanish orqali fuqarolik jamiyatining demokratik hokimiyatidan himoya qilgan. Xalqaro munosabatlarda oshkoralik yangi g’oya emas edi. Shunday bo’lsada, xalqlar o’rtasidagi tinchlik uchun bir vosita sifatida demokratik oshkoralikning utopik g’oyasi nozik tomoni ifodalashning zarurligini ko’rsatdi. Biz Pennsilvania bosqichi Shimoliy Vetnam va Amerika hukumatlari orasidagi muzokara tashkil etish 1967-yilda, Vetnam urushi davri, fuqarolik jamiyatidan kelib chiqqan transmilliy harakati orqali yashirin diplomatik missiyaga turtki berishi, bu maqolada ko’rsatishga harakat qilingan. Pugwash harakati Vetnam urushi xalqaro sahnada yangi nodavlat ishtirokchilarning o’sib borayotganligi ahamiyati bilan qiziqqanlar uchun hal qiluvchi rol o’ynaydi. Agar Amerika jamoatchiligining roli, ta’siri,haqida manba bo’lsa, amerikalik qaror qabul qiladigan shaxslar alohida qatlamalar yoki muayyan transmilliy harakatlarga qo’shiladi. Pennsilvania misolida, unga AQSH hukumati beradigan nom bu harakatning muhimligini ko’rsatadi. Bunday paytda ulardan biri Pugwash harakatidir. 1955-yil AQSH va Sovet davlatlari o’rtasidagi yadroviy qurol poygasidan qo’rqib, britaniyalik fizik Bertrand Russel Albert Enshteynga “ Russel- Enshteyn ma’nifesti “ nomi ostida bir ma’nifest taqdim etadi. Bu matn yadroli qurollanishdan saqlash uchun butun dunyo bo’ylab olimlarni bir safarbarlikka chaqiradi. Yadro masalasini oldini olish uchun olim tomonidan matn imzolandi. 1957-yilda bu ma’nifest masalasi Yangi Ekoss, Pugwash shaharlarida bo’lib o’tadi. Manhettin loyihasida ishtirok etgan ko’pchilikning chaqirig’iga binoan olimlarning Xalqaro Kongresi bo’lib o’tadi. Bu kongresda Pugwash harakati tuzildi. Uning markaziy g’oyasi yadroviy qurolsizlanish masalalari bilan bog’liq masalalarni muhokama qilish maqsadida birgalikda olimlar va barcha mamlakat ziyolilari ish olib bordi. (Fan va jahon ishlari haqida Pugwash konfirensiyalari). Pugwash qirg’in qurollarini nazorat qilish , shuningdek rivojlanish va jamoaviy xavfsizlikni ta’minladi. Bu harakatning asosiy kuchi o’z davlatlarining vakili sifatida emas,balki faqat oddiy odamlar sifatida xizmatda yoki butun dunyodan olimlar va tadqiqotchilarni birlashtirishga intilish edi.Ular o’z davlatlarining hukumatlari yoki ma’muriyatlarida rasmiy pazitsiyani egallamadilar. Bu tamoyil tashkilotning munozaralarida umumiy ovoz erkinligini ta’minlashi kerak edi, bu fikr Pugwash uchrashuvida bayon qilingan har qanday bayonatni faqat uni e’lon qiladigan shaxs bilan bog’lash deganidir. Faqatgina o’zlarining o’z davlatlarining ifodalovchi shaxslarning mustaqillik g’oyasi (ayniqsa, agar Sovet ittifoqining sovuq urushi davrida sovet olimlari fikri) aslida norasmiy sharoitda suhbat qurishda ruxsat berdi va aslida bu sovet, amerikalik, ingliz, fransuz shuningdek hind va misrlik fuqarolarning kelib chiqishi bilan bog’liq edi. Birinchi kongresdan so’ng 1967-yil butun dunyodan olimlarni jalb qilgan yirik xalqaro konferensiyalar bo’lib o’tadi. Vetnamda yashirin diplomatik missiyasining g’oyasi. Fransuz aloqasining va harakatining tashabbusi bilan Pennsilvania bosqichining yaratilishi tugallandi. 1967-yil 16-iyunda Parijda biolog Herbert Marcovichning tashabbusi bilan 6 kunlik urushga e’tibor qaratish kerak bo’lgan uchrashuv bo’lib o’tadi. Shunga qaramay uchrashuv bo’lib o’tayotganda, urush yakun topdi va az’olarning diqqatini Vetnamdagi vaziyatga qaratdi. Bu uchrashuv Sovet ittifoqi, amerikalik, fransuz va ingliz olimlar bilan birga , Vetnam muammosini juda yaxshi bilgan universitet o’qituvchisi Henri Kissinger, Oq Uy va shtat departamenti uchun siyosiy masalalar bo’yicha maslahatchi sifatida amerikalik qaror qabul qiluvchilar ta’siri qaror topdi. Vetnamdagi vaziyat bu paytda butunlay to’siq qo’yilgan AQSH ning urush harakatlarini sezilarli darajada oshirgan Jonson ma’muriyatining siyosati meva bermayotgandi. Janubiy Vetnamda partizanlar harakati bo’lib amerikaliklar ozodlik frontini qo’llab quvvatladi. Amerikaliklar bir necha yillar VDRni bombardimon qildi. Xanoy hukumati AQSHning agressiyasini janubdagi urush kabi noqonuniy deb bildi. Amerikalar, ayniqsa talabalar norozilik ko’taradi. President tarafdorlari juda past obro’ga tushib ketdi. Hech qanday chora ko’ra olmadi. Munozara chog’ida Kissinjer, Qo’shma SHtatlar VDR ni bombardimon qilishni to’xtatishga tayyor ekanligini ta’kidlab janubdagi ozodlik jabhasining pozitsiyasini mustahkamlash uchun undan foydalanishni istamasligini bildirdi. Pugwash olimlari uni ruhlantirish belgisi sifatida bildi va Kissinjerdan Xanoyda shu ma’noda va’z qilish foydali bo’lishini aytishadi. Kissinjer , bu vazifa qiziqarli tuyulganini , bu taklifga qiziqishi paydo bo’lganini aytdi. Marcovich bu vazifani Pugwash harakati olimlari uchun taklif qildi. Balogardon shaxslar savol berishadi. Kim bu xabarni Shimoliy Vetnam hukumatiga olib borishi mumkin? Mojaroda ikki tomon o’rtasidagi aloqalarni o’rnatish yoki yangilash uchun vakolatli vakil uchun zarur bo’lgan fazilatlar ko’p edi. Eng muhimi imkon qadar ikki tomon ham xolislik va betaraflikda bo’lishi kerak edi. Nihoyat ikki tomonning qaror qabul qiluvchilari bilan aloqalarning sifati uning missiyasining samaradorligi va ildamligini ta’minlashi uchun muhim bo’lgan. Pyer Jornud hayratda qoldirganidek, balogardon shaxslar munosabatlarining salmog’i ko’proq narsalar , xususan , xabarni qabul qiluvchiga yetkazish tezligi bilan o’lchanadigan aloqalar sifati edi. Pugwash tashkilotining xususiyati aslida a’zolariga tinchlikka sadoqat yoki ilmiy jihatdan to’g’ri yondashuv kabi ba’zi fazilatlarni beradi. Shunga qaramay, tashlikotning transmilliy harakati uning a’zolarining fuqaroligi bilan bog’liq betaraflik masalalarini boshlash uchun yetarli emas edi. Shimoliy Vetnam vakolatxonalari amerikalik fuqarolar bilan har qanday aloqani , hatto yashirin va norasmiy ravishda rad etmoqda edi. Xuddi shunday inglizlar ham rad javobini oladi, chunki britaniyaliklar siyosati amerikaliklardan qabul qilingan edi. Sovet davlatini ham qabul qilmadi. Bu bir tomondan Vashington nuqtai nazarini shubha ostiga qo’yishga sabab bo’ldi. Shuningdek Vetnam hukumati Pekin va Moskva o’rtasidagi uzulishdan foydalanib, sovetlar bilan yaqin aloqani bog’lab, Xitoy bilan ittifoqni chetga surishi xavfi vujudga keldi. Bu sabablarga ko’ra yig’ilishda ishtirok etgan olimlar (Markovichdan tashqari 2 ta amerikalik, 2 ta sovet, bir ingliz va bir fransuz) fransuz olimlar bu vazifalarni bajarishga loyiq degan xulosaga kelishdi. Fransiyalik Pugwash a’zolaridan biri Frensis Perrin, keyinchalik De Gollga ushbu loyiha haqida xabar qildi. U shuningdek, unga Markovichni missiyaga boshliq qilishini iltimos qildi. Agar De Goll qiziqish bildirsa , u holda davlat hech qanday tarzda aralashmasligi kerak edi. Shu bilan birga u taklifni Xo Shi Min (1946-yilda Fransiyada bo’lgan vaqtida boshpana bergandi) va o’zining shaxsiy do’sti bo’lishni xohlagan sobiq buyuk qarshilik jangchisi Raymond Aubracga taklif qilishni tavsiya qildi, va Vetnamdagi vaziyatdan juda yaxshi xabardor edi. 1967-yil 29-iyunda Pugwash ijroiya qo’mitasi a’zolari Aubrac bilan uchrashib unga g’oyalarni taqdim etadi. U ikkilanmay hindixitoy mojarosini boshdan kechirgan bir necha vakolatli missiyalarni qabul qiladi. 2 fransuz elchisi Herbert Marcovich va Raymond Aubrac zimmasiga bor vazifalar yuklandi. Vetnam avantyurasi. Kissinjer o’zining xotiralarida ushbu loyihani Shimoliy Vetnam hukumatini tekshirish istagi sifatida taqdim etadi,bu uning istiqbolini tushunishdir. U bu amaliyotdan oldin vaziyatni ochish va amerikaliklarga sharafli chiqish uchun muzokaralar o’tkazish zarurligiga ishonch hosil qilgan bo’lsa, u “muzokaralar uchun mos bo’lgan narsa haqida aniq tasavvurga ega“ emasligini ta’kidlaydi. SHunday bo’lsada u Pugwash harakati Xanoy va Vashington o’rtasidagi muloqot uchun norasmiy diplomatik yo’l ochish g’oyasini ishlab chiqqan. U Xanoyga Markovich va Aubracning sayohatini kafolatlaydi. 1967-yil iyuldan frans-vetnam tibbiy va ilmiy aloqalar va Pasteur instituti ham kafolatladi. Keyinchalik viza muammosi paydo bo’ldi. Pugwash ijroiya qo’mitasining a’zosi va SSSR FA ning vitse-prezidenti sovet Mixail Dmitriovich Milionschikovning yordami bilan Xanoy uchun vizalarni ularga sayohatning maqsadini aniqlamaguncha taqdim etish rad etildi. Biroq ular VDR ning eng yaqin poytaxt ichiga borishga qaror qilib , Kombodjadagi Pnom Pen diplomatik postiga keldi. Ular keyinchalik Vetnam elchixonasiga borishadi, lekin vizalar qaytib kurib chiqiladi, ularning safari bahonasi (Pasteur instituti tarkibiga Xanoy mikrobiologiya va gegiyena instituti kirgan) Aubracning qatnashi o’zini oqlamadi. Keyinchalik o’zini Xo Shi Minning shaxsiy do’sti deb ta’kidlaydi. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra Pnom Pendagi vakolatli diplomat Vetnam prezdentiga xabar jo’natishga rozi bo’ladi. Ular bir necha kundan keyin viza olishadi. Ular xavfsiz samolyotlarda Xanoyga uchib keladi. Keyinchalik Aubrac Xo Shi Min bilan birinchi intervyuni amalga oshirishga ega bo’ldi. U xabarni og’zaki tarzda Vetnam prezidentiga yetkazishga imkon beradi. Ushbu uchrashuv Vetnam niyatlarini tushunish imkonini beradi. Xanoyda bir necha kun bosh vazir Pham Van Dong ularning asosiy suhbatdoshi bo’ldi. Aubrac va Markovich Parijdan yuborilgan Kissinjer xabarini uzatadi. Ular yashirincha Jonson ma’muriyati mudofaa kotibi Robert McNamara va OqUy dan tasdiqlangan edi. Bir shart bilan ya’ni janubiy tomonlarga kirib borishni to’xtatish, shimoliy Vetnam ochilishini inobatga olib, AQSHning portlashlarni sodir etmasligini so’zsiz belgilash talabi bilan muzokaralar o’tkazdi. Boshqa tomondan, Pan Van Dong Xanoy amerikalikning rasmiy bayonotisoz aslida portlatishlarni to’xtatishga tayyor ekanini ta’kidlaydi. Bu muzokaralarda ikki bosqichni nazarda tutadi: birinchi bosqich, Shimoliy Vetnam va AQSh o’rtasida bombardimon qilishni so’zsiz to’xtatib qo’yish, so’ngra ikkinchi navbatda Janubiy ozodlikning milliy jabhasini Amerika qo’shinlarini olib chiqqandan so’ng muzokaralarga qo’shilishi edi. Xanoyda 4 kundan keyin ikki fransuz Parijga qaytib ketadi. Fransiyaga qaytish va aldov. Ularning samalyoti 28-iyul kuni ertalab Burjet aeroportiga qo’ndi. Pugwashning yana bir fransiyalik a’zosi Etien Bouer ularni De Gollga topshirish uchun Elezeyga olib borishi kerak edi. Shunga qaramay, matbuot 24-iyul kuni Monrealda generalning rasmiy tashrifini yozmadi. Aubrac va Markovich Vetnam sarguzashtlarining tafsilotlarini Elezey tomonidan diqqatni jalb qilish uchun ishlatishidan qo’rqishadi. Shuning uchun ularni o’z hisobotini Respublika Prezidentiga qoldirishga qaror qilishdi. Aubrac va Markovich bundan keyin Kissenjer bilan uchrashuvlari, ular Vetnam bilan bo’lgan suhbat haqida gaplashishadi. Jonson ma’muriyati ushbu dastlabki intervyularni dalda beruvchi deb hisoblaydi va aloqani saqlab qolishga qaror qilishadi. Piyer Jurnud kabi bu birinchi missiya prezident Jonsonning 1967-yil 27-sentabrida San – Antoniyadagi ma’ruzasida hal qiluvchi ro’l o’ynagandi. AQSh prezidenti Xanoy bilan muzokaralari boshlanishiga imkon berishi mumkin edi. Chunki, Demokratik Respublika janubga kirib bormaslikka rozilik beradi. Jonson ma’muriyati tomonidan ba’zi sharoitlarni bekor qilishni nazarda tutadi, ayniqsa, janubdagi partizanlarning tark etilishi. Biroq, Pennsilvania sektori orqali muloqot almashinuvlar Fransiyada May Van Bo (3 oy davomida Parijdagi Xanoy vakili) orqali davom etadi. Ushbu almashinuvlar Aubracning xabar berishicha, fransuzlar ham juda asabiylashmoqda edi. Chunki bu davrda mamlakatda Amerika bombardimonlarining kuchayib borayotgani kuzatiladi. Xanoy uchun viza Vetnam hukumati AQSh harbiy harakatlarini muzokaralar taklifiga qarama- qarshilik sifatida qabul qilayotgan Aubrac va Marcovichga rad etadi. Xanoy tomonidan Pennsilvania bosqichi orqali 1967-yil 17-oktabrda yuborilgan so’nggi xabarida quyidagicha: “faqat AQSH muhokamalari sodir bo’lishi mumkin bo’lgan portlashlarga mutlaqo chek qo’ygan”. Marcovich va Aubrac orqali Kissenjer Man Van Bo bilan maxfiy intervyu olish uchun har qanday vaziyatda harakat qiladi, lekin bu so’nggisi mustahkam bo’ldi. U portlashlarning sodir etilishidan oldin Amerika va Vetnam o’rtasida shartnoma bo’lmagan: “AQSH jadallashuv siyosatini olib borayotgan paytda biz Kissenjerni qabul qila olmaymiz, yoki bu aloqa orqali olingan Amerika takliflariga izoh bera olmaymiz” deydi May Van Bo. Shunisi qiziqki, Vetnamning pozitsiyasi butun davr mobaynida Amerika bomba hujumlari to’xtatilishining sharti bilan mutlaqo bardosh bera olmaydi. 1968-yil 4-yanvarda Qui d’Orsayda Osiyo-Okeaniya idorasi direktori Etien Manak bilan suhbatda May Van Bo Vetnamning amerikaliklar bilan har qanday aloqani rad etish haqidagi pozitsiyasini tasvirlaydi. Vashington portlashlarni mutlaqo to’xtatishi haqida e’lon qilmaydi. Oxir oqibat Aubrac Pennsilvania missiyasining yakunini belgilaydigan AQSh hukumati oldida bir eslatmani yozadi: “Portlash va urush harakatlari mazmunli muzokaralar uchun yagona to’siqdir. Portlashlar to’xtatilgach muzokaralar boshlanishi mumkin”. Natija: Pennsilvania missiyasi muvaffaqiyati. Pennsilvania missiyasining natijasi nima bo’ldi? E’tiborli jihati shundaki Vetnamda zo’rovonliklar kuchayib borayotganidan darak yo’q. 1968-yil yanvarda Xanoy tomonidan norozilik zarurati bo’lgani uchun Vashington portlashlar uyushtirishning to’xtatilishi, barcha holatlarni tark etishi zarur edi. Aubrac va Marcovich tomonidan Xanoyga jo’natilgan birinchi xabari “San-Antonioning formulasi” xabari tomonidan keskin o’zgarishni amalga oshirdi. 1968-yil 31-martda Jonson Shimoliy Vetnam bombardimonlarini mutlaqo tark etishini e’lon qiladi. Shunga qaramasdan, tinchlik tarafdori bo’lgan bu birinchi harakat Pennsilvania missiyasiga kiritilmasada, Shimoliy Vetnam tomoniga qaraganda Xanoyning avvalgi talablari nima ekanini tushunish uchun ham, Amerika tarafida ham qatiy qarorga keldi. Bu Vashingtonning muzokaralar olib borishga tayyorgarligini tasdiqlovchi dalil edi. Vetnamda Amerika siyosatining o’tmishga nazar solingan tahliliy ocherklari ichida Robert McNamara , VDR sobiq mulozimi Ngugen Xos Xuenning so’zlarini keltiradi: “Pensilvaniya nashri juda muhim hisoblanadi, chunki biz u orqali xabardor bo’ldik. Biz aynan bu orqali AQSH bilan bir stolga o’tirib muzokara o’tkazishga birinchi marotaba ishondik. Pensilvaniya muzokaralar olib borishi mumkin edi.” Shunday qilib, Xanoy va Vashington o’rtasidagi muloqot boshlanishiga imkon beradigan Pugwash harakati kabi nodavlat transmilliy va mustaqil tashkilotning o’ziga xos xususiyati edi. Haqiqatdan ham Aubrac va Marcovich Shimoliy Vetnam hukumati bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotga kirishishi mumkin bo’lgan xususiy shaxslar sifatida Qo’shma shtatlarning emas, aksincha edi. Bombardimon davom etayotgan paytda Kissenjerni qabul qilishdan qaysar May Van Boning rad qilishi ranjiganini bildiradi. Pennsilvanianing sirli norasmiy xarakteri bu muvaffaqiyatga erishdi. Bundan tashqari Pugwashning transmilliy va nodavlat harakati ko’p to’siqlarni olib tashladi. Shunday qilib, Xanoy bilan aloqa bog’lash uchun hal qiluvchi rol o’ynagan epchil shaxs Aubrac xotiralari ichida tashkilotning holati uni qabul qilishga undagani : “men hindixitoy fransuz urushi vaqtida Xanoyga 2 marta missiyani rad etdim. Meni o’zini reklama qiladigan siyosatchilarning bo’lmagani emas, balki shu sohada ishlaydigan hurmatli olimlar e’tiborimni jalb etdi”. Shunday qilib, ananaviy diplomatik yo’l rasmiy shaxs bo’lganligi sababli ushbu missiyani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moslashuvchanlikni ta’minladi. Ushbu an’anaviy diplomatiyani o’zlarining tashqi sifatlari bilan tashqi tarmoqlar boshlagan norasmiy diplomatiya bilan almashtirish tinchlikka erishish uchun imkon yaratdi va yakunda bu missiyaning muvaffaqiyati kafolati bo’ldi. Download 26.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling