Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar
Download 12.21 Kb.
|
1 2
Bog'liqmedia h. oraliq - Sadoqat
tendensiyalar oraliq Sadoqat, Kurs ishim, Kurs ishim, Kurs ishim, University-of-Waikato-GEMS-Scholarship-2020, University-of-Waikato-GEMS-Scholarship-2020, Matematika, obespechenie-natsionalnoy-bezopasnosti-ponyatie-tsel-i-osnovnye-metody, 1, 2, 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar: 1. Axborot olishdan tashqari jurnalistining yana qanday huquqlari bor
O'zJOKU "Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar" fakulteti 222-guruh talabasi Jalolova Sadoqatning media huquqi fanidan yozgan
1. Axborot olishdan tashqari jurnalistining yana qanday huquqlari bor? 2. Jurnalistlar amaliy faoliyatida huquqlarning buzilishi bilan bog‘liq qanday holatlarni bilasiz? Misollar keltiring. Javoblar: 1. Axborot olishdan tashqari jurnalistining yana qanday huquqlari bor? Mamlakatimizda jurnalistlarning faoliyati konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. 1997-yilda "Axborot olish kafolatlari va erkinligi togrisida", "Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to’grisida", "Ommaviy axborot vositalari to’grisida" qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26 fevralida "Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ti-zimini takomillashtirish to’g’risida" gi qarori e’lon qilindi. Mazkur hujjatlar respublikamizda jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda dunyo andozalari darajasiga ko’tarish yo’lida g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Shundan beri o’tgan vaqt mobaynida bu qonunlar va qarorni amalga oshirish yo’lida ancha ishlar qilindi. Istiqlol tufayli respublika jurnalistlarining ijtimoiy hayot voqea va hodisalarini taxlil qilish va yoritishga yondashuvi ham tubdan o’zgardi. Endilikda jurnalistlar ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish va yoritishda ilmiy bilimlarga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan umumdemokratik qoidalarga tayanmoqda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risidagi qonuning 5-moddasiga muvofiq jurnalist o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida: axborotni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash va tarqatish; axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish; davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish; jurnalist tekshiruvi o‘tkazish; o‘zi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali imzosini yoki taxallusini qo‘yib tarqatish, ularda o‘z fikr-mulohazasini ifodalash; davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir bo‘lish; jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida bo‘lish; ma’lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish; sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir bo‘lish; e’lon qilishga tayyorlangan ma’lumotlarni tekshirish uchun mutaxassislarga murojaat qilish; basharti qonunni buzishga olib keladigan bo‘lsa, ommaviy axborot vositasi tomonidan berilgan topshiriqni bajarishni rad etish; o‘zi tayyorlagan xabar yoki materialning mazmuni tahrir jarayonida buzilgan degan fikrga kelsa, unga imzo qo‘ymaslik yoxud uni nashrdan olib qolishni (efirga bermaslikni) talab etish; axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilish; taqdim etgan xabarining mazmunini ommaviy axborot vositasi buzib e’lon qilishi oqibatida o‘ziga yetkazilgan ma’naviy zarar va moddiy ziyon qoplanishini sud orqali talab qilish; jamoat birlashmalariga, shu jumladan jurnalistlarning xalqaro tashkilotlariga kirish huquqlariga ega. Jurnalist o‘ziga qonun hujjatlari bilan berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi. Shuningdek, xuddi shu qonunning 8-moddasida jurnalistning daxlsizlik huquqi haqida ham alohida to'xtalgan. Jurnalist jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi. Tanqidiy materiallar e’lon qilganligi uchun jurnalistni ta’qib qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 9-moddaga muvofiq jurnalist axborot to‘plash va tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega. Jurnalist o‘z tekshiruvlarining natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishga, ularni davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Jurnalist tekshiruvi davrida u qo‘lga kiritgan materiallar va hujjatlar olib qo‘yilishi yoki ko‘zdan kechirilishi mumkin emas. Download 12.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling