Xalqaro jurnalistika


Download 4.1 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi4.1 Kb.
#308775
Dusiyarova 221jur.tizimi.topshiriq
Bog'liq
842, Hujjat (1), 8. Informatika va axborot texnologiyalari 120 soat(1), dars nagruzkasi - Giyasova, ПК 2 (1), Internship Announcement 2021 HR Updated, 1-маъруза, 5-keys, 1-keys, Amaliy-2, MAVZU-5, Amaliy-5

Xalqaro jurnalistika

221-guruh talabasi

Dusiyarova Barno

Topshiriq. Istalgan gazeta tahririyatining ichki tuzilishini o‘rganing. Uning afzal jihatlarini aniqlang, nimani o‘zgartirish kerakligini o‘ylab ko‘ring.

“O‘zbekiston ovozi” - “Golos Uzbekstana” – ijtimoiy-siyosiy gazeta. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi muassisligida chiqadi. “O‘zbekiston ovozi”-“Golos Uzbekstana” – ijtimoiy-siyosiy gazeta. Unda parlament hayoti va faoliyati , ijtimoiy va iqtisodiy bo‘lim, madaniyat va sport, jamoachilik bilan aloqalar va huquqiy targ‘ibot, reklama va e’lonlar bo‘limlari mavjud. Ruknlari: O‘zXDP hayoti, fraksiya faoliyati, parlament, siyosat, qaror va farmonlar, tanqid va tahlil iqtisodiyot, madaniyat va sport, huquq, ijtimoiy hayot. 1918 yil 21 iyundan chiqa boshlagan. Shiori: Shu aziz vatan- barchamizniki. O‘z sayti mavjud- http://uzbekistonovozi.uz/subscription/. Unda bosh sahifa, tahrirriyat, ruknlar, taklif va mulohazalar, aloqa, obuna, sana, soat, o‘zbekistonda ob-havo aks etgan. Ruknlari: O‘zXDP hayoti, fraksiya faoliyati, parlament, siyosat, qaror va farmonlar, tanqid va tahlil iqtisodiyot, madaniyat va sport, huquq va ijtimoiy hayot.



"Xalq so‘zi” gazetasi tahririyati faoliyatini o‘rganish, tahrir mahorati “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashi, Senati kengashi va Vazirlar Mahkamasi muassisligida chop etiladi. Gazetalar 1991 yil 1 yanvardan chiqa boshlagan, 4 sahifa, A2 formatda, haftaning dam olish kunlaridan tashqari har kuni chop etiladi. Uning shiori —“O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat”. Gazeta sahifalarida yangi qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning to‘liq matni birinchilardan bo‘lib e’lon qilinadi. Bundan tashqari gazetani o‘qib mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan muhim siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va sport yangiliklaridan xabardor bo‘lishmumkin. Tahririyat ishini bosh muharrir boshqaradi. Bosh muharrir: O‘tkir Rahmatov, bosh muharrir o‘rinbosari Shuhrat Jabborov. Gazetaning xs.uz veb-nashri 2017 yilning 22 sentyar kuni elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 1191. Unga gazetaning har kunlik yangi soni pdf formatda yuklanadi. Bu undan istalgan hududda foydalanish imkonini beradi.
Download 4.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling