Xalqaro Munosabatlar (obyekti, subyekti va tizimi)


Download 14.67 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi14.67 Kb.
#1711995
Bog'liq
Safoyev Raxmatillo Xalqaro Munosabatlarobyekti, subyekti va tiziimi


Xalqaro Munosabatlar (obyekti, subyekti va tizimi)
Xalqaro munosabatlar bu juda keng tushuncha bo’lib, u o’z ichiga ko’p narsani qamrab oladi. Misol uchun, uning izlanish, o’rganish obyektlari bular: xalqaro davlatlar o’rtasidagi munosabatlar, turli xil iqtisodiy, siyosiy kelishuvlar, hamkorliklar, ma’lum bir ma’noda urush va sulh harakatlari ham bu sohaga aloqador hisooblanadi. Xalqaro munosabatlarning subyektlari deb, uni boshqaradigan va yo’naltiradigan organ va shaxslarga aytiladi. Masalan, turli xil xalqaro tashkilotlar, davlat prezidentlari, kuchli iqtisodiy salohiyatga ega davlatlar uning subyektlari hisoblanadi. Xalqaro munosabatlar har bir davlat uchun turlicha ko’rinishda bo’ladi. Misol uchun, uni shakllantiruvchi narsalar bular: tarix, turli xil manfaatlar va geosiyosiy joylashuvlarga ham bog’liqdir. Tarixiy omiliga to’xtaladigan bo’lsak, qaysidir davlat avvalda kuchli va kech hududlarni egallagan bo’lsa, ya’ni mustamlakalarga ega bo’lgan bo’lsa ularni keyinchalik mustaqil bo’lganlaridan keyin ham ma’lum bir ma’noda bir-biriga bog’liqligi saqlanib qoladi. Masalan, Buyuk Britaniya Janubiy Afrikadan oltin va olmoslarni olib ketar edi. Hozirda esa ulardan bularni faqat sotib olish yo’li bilan qabul qilyapti.
Turli xil xalqaro tashkilotlar xalqaro munosabatlar tizimini birlashtirib, saqlab turishda asosiy jihat bo’lib xizmat qiladi. Eng yirik xalqaro tashkilot bo’lmish Birlashgan Millatlar Tashkiloti o’z ichiga 193 ta davlatni qamrab oladi. Bu tashkilotning eng yirik tarmog’i bu Umumiy Assambleya deb ataladi. Xalqaro mu osabatlar tizimida oldingi ikki qutb yoki bir qutblilikdan faqrqli o’laroq hozirda hamma davlatlar birdek ishtirok etishmoqda. Xalqaro munosabatlarning tizimi shakllanishiguncha o’tgan davr bu nihoyatda uzoq va davomli bo’lgandir. Avvalo bu tizim shakllanishida Gretsiyadagi kichkina davlatchalar sabab bo’lgan desak xato bo’lmaydi. Chunki bilamizki u davrlarda Gretsiyada har bir shahar o’zini alohida bir davlatdek his qilardi. Lekin ular bir-birlari bilan ko’p jihatdan umumiylikka va yaqinlikka ega edilar. Shunung uchun ular o’rtasida murosa hamda birdamlik kerak edi. O’shanda ular bir-birlariga Savdogarlardan bo’lmish elchilarni yuborishgan. Bu esa hozirgi zamonaviy Diplomatiyaga asos bo’lgan. O’rta asrlarda Yirik davlatlar bir birlari bilan harbiy yoki iqtisodiy kelishuvga erishishda ham diplomatik missiya hamda turli xil elchilik ishlarian foydalanishgan. Bu ham Xalqaro Munosabatlar tizimini o’zgartirib osonlashtirishga xizmat qilgan. Xalqaro munosabatlar tizimidagidagi davlatlarning o’rni ularning harbiy, iqtisodiy va mafkuraviy jihatlarga ko’p tomonlama bog’liq.
Xalqaro munosabatlar tizimi shu tarzda dunyoga yuz ochdi va davlatlar o’rtasidagi aloqalarda yengillik va qulaylik olib kirdi.
Download 14.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling