Umarov Fahriddin - Xalqaro munosabatlar davlatlararo munosabatlar bilan cheklanib qolmaydi. Turli davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari o‘rtasida, xalqaro nohukumat tashkilotlari o‘rtasida doimiy ravishda aloqalar bo‘lib turadi. Bunday aloqalar tegishli davlatning milliy huquq me’yorlari yoki xalqaro xususiy huquq me’yorlari bilan tartibga solinadi.
Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq o‘rtasida yaqin o‘zaro aloqadorligi. - Har ikkisi ham keng ma’noda xalqaro munosabatlarni tartibga soladi. Xalqaro xususiy huquq xalqaro xarakterdagi fuqarolik-huquqiy me’yorlar majmui sifatida xalqaro ommaviy huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillariga zid bo‘lmasligi kerak.
Farqlanishi - Xalqaro xususiy huquq, xalqaro ommaviy huquq bilan aynan bir xil emas va uning sohalaridan biri hisoblanmaydi. Xalqaro xususiy huquq tartibga soladigan o‘zining mustaqil predmetiga ega.
Xalqaro ommaviy huquq - davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik me’yorlarning mustaqil tizimidir
- Xalqaro huquqiy tizimi me’yorlarini yaratishning o‘ziga hos tomoni shundaki, bu jarayonda subyektlarning o‘zi ixtiyoriy ravishda, hohish-irodasini bildirish yo‘li bilan ishtirok etadilar. Binobarin, xalqaro huquq, uyg‘unlashtiruvchi hamda muvofiqlashtiruvchi xarakterga ega.
Xususiy-huquqiy munosabatlaming murakkablashishida ba’zi xalqaro shartnomalar - 1928-yildagi Bustamante Kodeksi (xalqaro xususiy huquq Kodeksi),
- 1980-yildagi Xalqaro oldi-sotdi shartnomalar to‘g‘risidagi BMTning Konvensiyasi,
- 1988-yildagi Xalqaro moliyaviy lizing to‘g‘risidagi Konvensiya, Xalqaro havo yo'llariga tegishli ba'zi qoidalami birxillashtirish to‘g‘risidagi
- 1929-yildagi Varshava Konvensiyasi va boshqalar kiradi.
«Xalqaro huquq», «xalqaro xususiy huquq» - «Xalqaro huquq» davlatlar, hokimiyat organlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ya'ni ommaviy-huquqiy manfaatlar bilan bog‘liq munosabatlami tartibga solishga qaratilgan huquqiy me'yorlar majmuyidan iborat.
Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq - Boshlang‘ich yagona asos xalqaro shartnomalar kabi umumiy manbalar bilan ifodalanadi.
O`zbekiston Xalqaro huquq sub`yekti - Zamonaviy Xalqaro huquqning asosiy tamoyillari "Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida"gi (1996 y. 26 dek.) qonunda mustahkamlab qoʻyilgan.
- Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi shu kungacha o‘zida 83 ishtirokchini jamlagan bo‘lib (82 davlat va Yevropa ittifoqi), endilikda unga Dominikan va O‘zbekistonning ham a’zo bo‘lishdi va a’zolar soni 85 taga yetdi.
- O‘zbekiston shu kungacha uchta Gaaga konvensiyasiga a’zo bo‘lgan. Xususan, Fuqarolik jarayoni masalalari bo‘yicha konvensiya (1954), Chet el rasmiy hujjatlarini legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (1961), Xalqaro bolalarni o‘g‘irlashning fuqarolik jihatlari bo‘yicha konvensiya (1980).
- E`tiboringiz uchun rahmat
- Umarov F.
Do'stlaringiz bilan baham: |