Xalqaro standartlar bo‘yicha ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yaratish


Download 77.3 Kb.
bet1/5
Sana04.10.2022
Hajmi77.3 Kb.
#830716
  1   2   3   4   5
Bog'liq
english topics, 30, Strategiyadan mus ish, тест саволлари (1), 1-Ma'ruza, Me'yor, Тестовые задания по ТОЭ, Sample-Listening-Test, tribotexnika asoslari, ТЕ СТсаволлар ЕОКПО 2017, 2 maqola, tola sifatini aniqlash, Дон ва дон махсулотлари биокимёси маъруза, Gulbog' Quyoshi -inglizcha tarjima, Кафолат хати

Kirish
Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy xalqaro normalar va talablarga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek xalqaro standartlardan foydalanish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (“O‘zdavstandart”) O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga aylantirilsin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha jismoniy shaxslar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi boshqa qonun hujjatlari va normativ hujjatlar amalga oshirilishi va ularga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish;
o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
xalqaro standartlar bo‘yicha ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yaratish;
majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar va xizmatlarning yangi ro‘yxatini, ularni har yili yangidan paydo bo‘lgan mahsulotlar xizmatlar turlarini, shuningdek joriy etilayotgan yangi texnologiyalar va materiallarni hisobga olgan holda, tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash;
mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirishning yangi tartibini ishlab chiqish va unga rioya etilishini nazorat qilish;
zamonaviy davlat standartlari va etalonlarini ishlab chiqish va ularni xalqaro tizimlar bilan uyg‘unlashtirish;
turdosh mahsulotlar standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga ko‘maklashish, ular faoliyatiga ilmiy-metodik rahbarlikni va nazoratni ta’minlash;
mahsulotlar va xizmatlar sinovini o‘tkazish va sertifikatlashtirishning zamonaviy tizimini tashkil etish.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huquq va majburiyatlar bo‘yicha “O‘zdavstandart” markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tashkiliy tuzilmasi va uning markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari apparatining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni 54 kishi (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining cheklangan soni 170 kishi etib belgilansin.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktoriga xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida boshqaruv tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
6. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga bosh direktorning ikki nafar o‘rinbosari va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 7 kishidan iborat hay’at bo‘lishiga ruxsat etilsin.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktori maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga, bosh direktor o‘rinbosarlari esa tegishli ravishda vazir o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
8. Quyidagilar:
qayta tashkil etilayotgan “O‘zdavstandart” markazi markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarida akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari negizida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 5-ilovaga muvofiq xo‘jalik hisobidagi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi;
qayta tashkil etilayotgan “O‘zdavstandart” markazi markaziy apparatining xo‘jalik hisobidagi o‘lchov va kalibrlash bo‘limlari negizida xo‘jalik hisobidagi Respublika metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi tashkil etilsin.
9. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ikki hafta muddatda Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda Respublika metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
10. Belgilab qo‘yilsinki, sinov va sertifikatlar berish masalalari Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va uning hududiy organlariga, shuningdek tegishli sinov laboratoriyalariga ega bo‘lgan va belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiya qilingan turdosh mahsulotlarni sertifikatlashtirish boshqa organlariga yuklanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Etalon” zavodlari qiymatini baholasin hamda ularni xususiylashtirish jadvalini tasdiqlasin, ularning ustav fondlarida davlat ulushi 25 foiz bo‘lishini nazarda tutsin.
12. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha 6-ilovaga* muvofiq tarkibda Idoralararo kengash tashkil etilsin.
*6-ilova berilmaydi.
Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash hamda qonun hujjatlari va normativ hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
standartlashtirish, sertifikatlashtirishni rivojlantirish, takomillashtirish va uning yagona tizimini yaratish kompleks dasturlarini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish;
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari texnik qo‘mitalarining standartlashtirish va sertifikatlashtirish faoliyatini muvofiqlashtirish.
13. “O‘zstandart” agentligi huzurida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasi tashkil etilsin.
Quyidagilar maxsus jamg‘armani shakllantirish manbalari etib belgilansin:
standartlar, metrologiya va sertifikatlashtirishning majburiy talablarini buzganlik uchun jarimalar;
davlat inspektorlarining mahsulot sotilishi (yetkazib berilishi, sotilishi)ni taqiqlash to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmalarining xo‘jalik faoliyati yurituvchi subyektlar tomonidan buzilganligi uchun jarimalar;
sertifikatlashtirish organlarini va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilganlik uchun to‘lov;
Respublika metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va uning tarkibiga kiruvchi akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari hamda sinov laboratoriyalarining daromadlaridan 20 foiz mablag‘lar.
Belgilab qo‘yilsinki, maxsus jamg‘arma mablag‘lari ilmiy-texnika ishlanmalarini, qonun hujjatlarini va normativ hujjatlarni ishlab chiqishni, Standartlar va etalonlar davlat reyestrlari yuritishni, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasi moddiy-texnika bazasini rivojlantirishni mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan birgalikda Maxsus jamg‘armani shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
14. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar va xizmatlarning yangi ro‘yxatini o‘n kun muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda 2003—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasining milliy etalon bazasini yanada rivojlantirish uchun zarur etalonlar va yuqori aniqlikka ega bo‘lgan o‘lchov vositalarining barcha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan ro‘yxatini tuzsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalarini tartibga soluvchi umumiy ravishda foydalaniladigan zarur normativ hujjatlar ro‘yxatini belgilasin hamda joriy yil oxirigacha ularning ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasini joriy yil oxirigacha ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zstandart” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.


Download 77.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling