Xalqlarining musiqa adabiyoti


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana15.09.2020
Hajmi0.61 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8

 



 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO’STLIGI 

XALQLARINING MUSIQA ADABIYOTI 

 

 



 

 



XVIII asr musiqasi 



 

XVIII-asr  Rossiya  tarixida  rivojlanishni  o’zgartirishida  rol 

o’ynaydigan  voqealar  sodir  bo’ladi.  Pyotr  I  ni  farmonlari  Rus  davlati  va 

uning madaniyatiga tubdan o’zgartirish kiritdi. Bu esa milliy madaniyatni  

har  tomonlama  rivojlanishiga  olib  keldi. 

Lekin bu o’zgartirishlar faqat jamiyatni boy qatlamlariga foyda keltiradi. 

Jamiyatni past qatlamlarida yashovchi aholi qullarga aylandi. 

XVIII asr davomida rus musiqa madaniyati juda tez rivojlandi. Rossiyada 

musiqa  san’atining  yangi  turlari:  opera,  fortepiano  va  simfonik    asarlar 

paydo  bo’ldi.  XVIII-    asr  oxirida  rus  musiqa  madaniyatida  esdaqolarli 

voqea- milliy kompozitorlik musiqa maktabi tashkil  topdi. 

Pyotr  I  musiqani  dvoryan  oilalariga  kirib  borishiga  diqqatini  qaratdi. 

Musiqa  faqat  bayramlarda  emas,  balki  ochiq  kechalar  ishtirokchisiga 

aylandi.  Ansambllarda  chet  eldan  kelgan  menuet,  allemanda,  gavоt  va 

boshqa raqslar   ijro etilardi. Chet el musiqasi bilan tanishish uchun Pyotr 

I  har  hafta  chet  el  kompozitorlari-  Korelli,  Vivaldi  va  boshqa 

kompozitorlarning  asarlari  ijro  etiladigan  konsertlar  uyushtirardi  va  bu 

konsertlarga  kelish  majburiy  edi.  Musiqa  bilan  tanishish  majburiy 

bo’lsada,  bu  holat  dvoryanlarni  musiqaga  qiziqishiga  olib  keldi.  Ular 

zerikishganlarida har xil musiqiy asarlarni yozishar va bolalarini musiqaga 

o’rgatishardi. 

Pyotr  I  o’tkazgan  hamma  bayramlarda  ijrochi  va  ashulachilar  ishtirok 

etardi. Bu bayramlarda “kant” shaklida asarlar ijro etilardi. Kantlar asosan 

Rus  davlatni  va  Pyotr  I  ni  sharaflash  mazmunida  bo’lardi.  Bu  kantlar 

“kant-vivat” deb ham atalardi. Kant-vivatlarning musiqasi marsh shaklida 

bo’lib, ko’tarinkilik, tantanavor  va bayramona kayfiyatda  ijro etilardi. 

Kantlarning  ba’zi    jihatlar  ta’siri  rus  klassiklarining  asarlarida  bilinadi. 

Glinkaning “Ivan Susanin”operasining  “Slavsya”  xori  bunga  misol  bo’la 

oladi. 

Moskvada  1702-yilda  ochilgan  teatr  (Kunst  teatri)  musiqa  va  teatr 



hayotini rivojida katta ahamiyatga ega. 

1733-yili  imperatritsa  Anna  Ioanovna  tomonidan  Peterburgga  gastrol 

uchun  italyan  drama  truppasi  taklif  qilindi.  Ko’p  o’tmay  kompozitor 

Franchesko Arayi boshchiligida opera truppasi tashkil etildi. 1736-yil shu 

truppa  tomonidan  Arayi  musiqasi  bilan  1-marta  “Sevgi  va  nafrat  kuchi” 


 

nomli 



Italiya 

operasi  qo’yildi.  Truppada  italyan  va  fransuz 

kompozitorlarining operalari doimo qo’yilardi. 

XVIII- asr ning 50-yillarida operalar rus tilida ijro etila boshladi. Birinchi 

shunday opera Arayi tomonidan yozilib, Sumarokov so’zi bilan qo’yilgan 

bo’lib,  nomi  “Tsefal  va  Prokris”edi.  U  1755-yilda    namoyish  etilgan. 

Yangi san’at uchun hayotdan olingan rus  milliy  turmush tarzi   manbasi 

bo’ldi. 


Rossiyada  yangi  kompozitorlar  guruhi  paydo  bo’ldi.  Bulardan  Ye. 

I.Fomin, 

D.S.Bortnyanskiy, 

V.A.Pashkeyevich, 

M.Matinskiy 

I.Y.Xandoshkin,  M.S.Berezovskiy,  O.A.Kozlovskiy  va  boshqalarning 

ismlarini aytish joiz. Ularning ko’pi chet elda ta’lim olgandi. Shu davrda 

rus  musiqasi  umumyevropa  madaniyatiga  qo’shildi.  Rus  kompozitorlari 

Yevropa  kompozitorlaridan  musiqa  qoliplari,  garmoniya  va  orkestrovka 

sirlarini o’zlashtirishadi. Lekin bu ularga rus bo’lishlariga halal bermasdi. 

Ular o’z  ijodlarida rus hayoti, harakteri va qo’shiqlaridan foydalanib, ilk 

milliy asarlarni yaratishga muvaffaq bo’lishgan. 

Kompozitorlar  guruhi  katta  tarixiy  ahamiyatga  ega.  Ular  milliy 

kompozitorlik maktabiga asos solishgan. Ular ijodida opera, vokal lirikasi, 

moslashtirilgan  musiqa  rivojlanib,  XIX-  asrda  o’zining  ravnaq  topgan  

davriga olib keldi. 



 

 

XVIII- va  XIX -asrning birinchi yarmidagi rus musiqasi 

 

Rus  musiqasi  o’z  rivojida  katta  va  sharafli  yo’lni  kezib  o’tdi.  Glinka, 

Dargomijskiy,  Borodin,  Musorgskiy,  Rimskiy-  Korsakov,  Chaykovskiy, 

Skryabin,  Raxmaninov,  Glazunov  va  boshqa  buyuk,  buyuk  kompozitorlar! 

Ularning san’ati Rossiyani butun dunyoga sharaf va shuxrat bilan tanitdi. Ular 

musiqasi yer sharining ko’pgina mamlakatlarida yangrab, odamlar qalblarida 

eng ezgu, ravshan va sof tuyg’ularni uyg’otmoqda. 

  XIX  -asrdagi  rus  musiqa  madaniyatining  gullashi  Rossiyadagi  rivojlanish 

yo’llari  bilan  tayyorlangan.  XVIII-  asrda  shahar  maishiy  qo’shig’i  paydo 

bo’ladi.  Xarakteri  ifodali,  garmonik  jo’r  ovozi  bilan.  Shahar  qo’shig’ining 

rivojlanishiga rus shoirlarning ijodi kuchli ta’sir ko’rsatgan. XVIII- asrda rus 

xalq  qo’shiqlarining  birinchi  nota  yozmalari  paydo  bo’ladi.  Xalq  qo’shiqlar 

to’plamini birinchi bo’lib gusli chaluvchi qo’shiqchi  V.Trutovskiy chiqargan. 

Undan keyin shoir N.L’vov va kompozitor, pianinochi I.Prach hamkorligida 



 

ancha  kengaytirilgan  xalq  qo’shiqlar  to’plami  chiqarilgan.  XVIII-  asr 



davomida  xalq  qo’shiqlarning  ohanglari  turli    xil  cholg’u  pyesalarida,  teatr 

uchun yozilgan musiqada va operalarda yangraydi. Albatta, xalq qo’shig’iga 

qiziqish  birdaniga  paydo  bo’lmagan.  Uzoq  vaqt  mobaynida  ikkala  rus 

poytaxtlar  aholisi  chet  el  kompozitorlar  tomonidan  yaratilgan  asarlarni 

tinglashardi.  Peterburg  saroyida  soni  kam  tomoshabinlar  davrasi  uchun 

spektakllar qo’yilardi. 30 -yillardan boshlab Peterburg va Moskvaga turli xil 

opera  truppalari  xorijdan  tashrif  buyuradi.  Spektakllarning  narhi  arzon 

bo’lgan.  Spektakllar  italyan  va  fransuz  komik  operalari  tarzida  qo’yilib, 

mazmunlari  turmush  tarzidan  olingan  edi.  Ushbu  tomoshalarda  kuylash 

gapiruv,  ya’ni  dialoglar  bilan    aralash  o’tardi.  Birinchi  rus  operalar  ham 

gapiruv operalar namunasi bo’yicha yaratilardi. 

 

Ye.  I  Fomin(  1761-1800)-  Birinchi rus  operalar  yaratuvchilaridan  biri. 

Yevstigney  Ipatyevich  Fomin  1761-  yili  Peterburgda  askar  –  artillerist 

oilasida tug’ilgan. 6 yoshida uni Badiiy Akademiyasining musiqiy sinflariga 

o’qishga  kirgizib  qo’yishgan.  Akademiyani  a’lo  bitirgandan  so’ng  Italiyaga 

malaka  oshirib  kelish  uchun  jo’natib  yuborishadi.  Bolonyada    Fomin  padre  

Martini    (  avliyo  ota  Martini)-  taniqli  kompozitor  va  nazariyotchi  qo’lida 

o’qigan.  Yaxshi  natijalar  ko’rsatgani  uchun  uni  Bolonya  filarmonik 

Akademiyasining  fahriy  a’zosi  qilib  saylashdi.  Italiyada  uch  yil  yashab, 

Fomin  Rossiyaga  qaytib  keladi  va  o’zining  tinimsiz  ijodiy  faoliyatini 

boshlaydi.  U  operalar,  dramatik  spektakllar  uchun  musiqa  yaratadi.  1787- 

yilda  «Yamshiki  na  podstave»  nomli  operasining  premyerasi  bo’lib  o’tadi. 

Fominning  eng  yaxshi  asari-  «Orfey  va  Evridika»  melodramasidir.  Fomin 

yaratgan asarlarning muvaffaqiyati unga boylik keltirmadi. U xususiy darslar 

berib,  va  jo’rovoz  (akkompanement)  chalib  o’z  tirikchiligini  topib  yurgan. 

1800- yilda 39 yoshida bemahal vafot etgan. 

 

Dm.St.Bortnaynskiy  (1751-1825)  -  XVIII  asrning  boshqa  iqtidorli 

kompozitori.  Ijodining asosiy sohasi- xor musiqasidir. 



 

Dmitriy Stepanovich Bortnyanskiy  1751- yili Ukrainadagi Gluxovo joyida 

tug’ilgan.  Ushbu  shaharchada  1739-  yili  rus  saroyi  uchun  qo’shiqchilik 

maktabi  ochilgan  edi.  7  yoshida  Bortnyanskiyni  Peterburg  Saroyi  qoshidagi 

qo’shiqchilik  kapellasiga  o’qishga    berishgan.  Chiroyli  ovozi  va  musiqiy 

qobiliyati  bilan  darrov    mutaxassislarning  e’tiborini    o’ziga  qaratgan. 


 

Bolaligidanoq saroy spektakllarida qatnashgan. 1769- yilda Italiyaga borib, u 



yerda  10  yil  davomida  yashagan.  Italiyadan  qaytgach,  saroy  kapelmeysteri 

lavozimini  egallaydi.  Shu  paytdan  boshlab  o’zini  to’laligicha  faqat  xor 

musiqasiga bag’ishlaydi. Xor kapellasiga Bortnyanskiy bor shijoatini sarflab, 

rus  qo’shiqchilar  (ashulachilar)  tayyorgarligini  yanada  oshirishga    harakat 

qilgan.Kapellada  Bortnyanskiy  30-  yildan  ortiq  ishladi.  U  1825-  yilda 

Peterburg  shahrida  vafot  etgan.  Bortnyanskiy  operalar,  xor  uchun  yirik 

asarlar,  undan  tashqari  uvertyuralar,  fortepiano  uchun  sonata  va  pyesalar, 

kamer asarlar va boshqa turdagi cholg’u musiqasining muallifi bo’lgan. 



Ivan Yevstafyevich Xandoshkin (1747-1804) Xandoshkin -a’lo skripach va 

gitarachi, rus va xorijdagi shaharlarda ko’plab kontsertlar bergan. Xandoshkin 

skripka  uchun    jo’rsiz  sonataning  asoschisi  deb  hisoblanadi.  Shuningdek,  u 

skripkali  kontsertlarni  ham  yaratgan.    Bitta,  yohud  ikkita  skripka  uchun  rus 

xalq  qo’shiqlar  mavzulariga  yaratilgan  variatsiyalar    va  fortepiano  uchun 

variatsiyalar hozirgacha ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Bortnyanskiy va 

Xandoshkin  yaratgan  orkestr  uchun  va  kamer  pyesalari,  shuningdek,  Fomin  

va  boshqa  kompozitorlar  tomonidan  yaratilgan  opera  uvertyuralari  XIX  asr 

rus cholg’u musiqasining gullab -yashnashiga zamin yaratgan.  

 

Qo’shiq va romans 

 

XIX  asr  paytdagi  romanslarning  ko’pi  shahar  maishiy  qo’shiq  bilan  tor 



bog’langan  edi.  O’z  tuzilishiga  ko’ra  ular  xalq  qo’shiqlaridan  deyarli  farq 

qilmas, ko’proq bandli (kuplet) shaklini saqlab kelardi. 

XIX  asr  birinchi  yarmidagi  rus  romansining  rivojlanishida  Alyabyev, 

Varlamov,  Gurilyov,  Verstovskiy,  Bulaxov  kabi  kompozitorlar  katta  hissa 

qo’shib,  muhim  rol  o’ynagan.  Romans  va  kamer  qo’shig’i  janri  Glinka  va 

Dargomijskiy ijodlarida   ham salmoqli o’rin egallaydi.  



Kamer-vokal  musiqasi . 

 

Kamer  musiqasi  tushunchasi  italyancha  “kamera”  so’zidan  olingan 



bo’lib, xona ma’nosini bildiradi. 

Qadim  zamonlarda  konsert  zallari,  filarmoniyalar  hali  ochilmagan  paytda, 

shinamgina bir xonadonlarda musiqa xavaskorlari yig’ilib, ishtirokchilar soni 

ko’p  bo’lmagan,  hajmi  ihcham,  uzoq  davom  etmaydigan  asarlarni  ozchilik 

tinglovchilar  uchun  ijro  etib  berardilar.  Bu  turdagi  musiqa,  cherkov 


 

musiqasiga  muqobil  bo’lib,  dunyoviy  musiqaning  shakllanishiga  zamin 



yaratgan. 

Kamer  musiqasi  ikki  turga  bo’linadi.  Bir  yoki  bir  necha  cholg’u 

asboblar  uchun  yozilgan    kamer  cholg’u  musiqasi  va  yakka  ovoz,yoki  bir-

necha ovozlar uchun yozilgan kamer-vokal musiqasi. 

Vokal musiqasida  romans, qo’shiq, serenada kabi janrlar mavjud. Ular 

odatda mayda shaklda- oddiy ikki-uch qismli yoki bandli shaklda yoziladi. 

 Romans  so’zining  o’zagi    “romance”  degan  lotin    so’zidan  olingan  bo’lib, 

“roman tillar guruhiga mansub” ma’nosini anglatadi. Aniqrog’i, roman tilida, 

ya’ni    “ispan  tilida  ijro  etiladigan”  ma’nosida  ishlatiladi.  Xakiqatdan  ham, 

ushbu  atama  Ispaniyada  dunyoviy  qo’shiqlar  keng  tarqalib  ketgan 

zamonlarda  paydo  bo’lgan.  Katolik  davlatlarda  cherkovda  aytiladigan 

qo’shiqlar doimo lotin tilida  ijro etilgan bo’lsada, dunyoviy qo’shiqlar faqat 

ispan  tilida  ijro  etilardi.  Romansalr-  cholg’u    jo’rligidagi  ovoz  uchun  

pyesalar-  Ispaniyadan  chiqib,  butun  Yevropaga  tarqalib  ketgan.  Rossiyaga 

yetib  kelganda,  ispan  tilida  ijro  aytilmasa  ham,  atamaning  o’zi  saqlanib 

qolgan.  Aksariyat  hollarda  fransuz  so’zalarga  aytiladigan  asarlar  shunday 

nom bilan yuritila boshlagan. Ayni shu paytda rus so’zlar bilan aytiladigan 

pyesalar-  “rossiyskiye  pesni”,  ya’ni  Rossiya  qo’shiqlari  deb  nomlanardi. 

Keyinchalik  kompozitorlar  rus  shoirlarning  so’zlariga  romanslarni  yarata 

boshlaganlar. 

Borgan  sari  shahar  turmush  tarzida  ijro  etiladigan  shahar  maishiy  qo’shig’i 

va romans kabi mayda vokal janrlar shakllanadi. 

 

Qo`shiq  -  bandli  shaklda  yozilgan,  band  va  naqoratdan  iborat  asar. 



Bandi  asosan  davriya  shaklida    tuzilib,  so’z  matniga    to’g’ri  kelgan  va 

mazmun – mohiyatiga  mos tushadigan holda yoziladi. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aleksandr Aleksandrovich Alyabyev (1787-1851) 

 

A.A.Alyabyev  1787-  Tobolsk  shahrida  tavallud  topgan.  Ko’plab 



aslzodalar farzandlari qatori, u maktabga bormasdan, uy sharoitida tahsil olib, 

keyinchalik Moskva Universitetida o’qigan. Tog’li sanoat vazirligida  xizmat 

qilib ishlagan. 1812- yil Vatan urushida o’z ixtiyori bilan rus qo’shini safida 

qatnashib, jangovor yo’llarni Parijgacha bosib o’tgan. Peterburgga qaytgach, 

rus  ziyolilarining  ilg’or  vakillari  bilan  yaqinlashib  olgan.  Uning  do’stlari 

orasida  Griboyedov,  Odoyevskiy,  bo’lajak  dekabristlar-Muxanov  va 

Besstujev-Marlinskiy. 

Dekabristlar  g’oyalari  kompozitorning  nazari 

shakllanishiga  katta  ta’sir  ko’rsatgan.  Kompozitor  musiqa  bastalash  bilan 

Peterburgda  jiddiy  shug’ullana  boshlagan.  Teatr  uchun  musiqa,  opera  va 

romanslar  muallifiga  aylanib,  u  tez  orada  mashhur  bo’lib  ketadi.  Kvartet  va 

triolarni yozadi. 20- yillar o’rtasida A.Delvig so’zlariga yozilgan  «Solovey» 

(Bulbul) romansi keng tanilib ketadi. Bu asar bugungi kunlarda ham kontsert 

estradasida tez-tez yangrab turadi.  

  Alyabyevning  hayoti  oson  kechmagan.  1825-  yilda  u  qimor  o’yini  paytida 

sodir bo’lgan qotillikda adolatsiz ayblanib, qamalib ketgan. Uch yil qamoqda 

o’tirib  chiqqanidan  keyin,  nihoyat  uni  barcha  unvonlaridan  mahrum  etib, 

Sibirga surgun qilishgan. Sibirda u ko’p va tinimsiz ishlab, ijod qiladi. Harbiy 

damli orkestrni tashkil etib, kontsertlarda qatnashadi: romans va qo’shiqlarni 

yaratadi. Shuningdek, orkestr uchun va kamer asarlarni bastalaydi. Bir necha 

yildan  so’ng,    Alyabyev  hukumatga  murojaat  qilib,  Kavkazda  davolanib 

kelish uchun ruhsat oladi. Kavkaz safari taassurotlaridan  «Gruzin qo’shig’i», 

«Kabardin  qo’shig’i»,    «Ammalat-  Bek»  operasi  va  «Kavkaz  asiri»  nomli 

melodramasi  paydo  bo’ladi.  Keyinchalik  Alyabyev  Orenburgda  ham 

yashagan. U yerda  boshqir halq qo’shiqlarini yig’ib, qayta ishlagan.Umrining 

so’nggi  yillari  Moskvada  yashirinib,  maxfiy  yashagan.  A.A.Alyabyev  1851 

yili Moskvada vafot etgan. 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



Aleksandr Yegorovich Varlamov (1801-1848) 



 

Aleksandr  Yegorovich  Varlamov  1801-  yili  Moskva  shahrida  kichik 

mutaxassis,  ist’efoga  chiqqan  poruchik  oilasida  tug’ilgan.  Bolaligidanoq 

skripka  va gitara chalishni eshitib o’rgangan, ya’ni nota savodini bilmasdan 

turib,  quloq  solib  chalardi.10  yoshida  Peterburg  Saroyi  qoshidagi  kapellaga 

o’qishga  beriladi.  U  paytda  kapellaning  direktori  Dm.St.  Bortnyasnskiy 

bo’lgan. Jajjigina  Aleksandrning ovozi unga yo’qib qolib, u bilan  alohida, 

yakka tarzda shug’ullana boshlaydi. Keyinchalik Varlamov  o’z ustozini katta 

minnatdorchilik    bilan  eslab  yuradi.  Kapelladagi  o’qishini  tamomlab, 

Varlamov  Gollandiyadagi  Gaaga  shahrida  elchixona  qaramog’idagi  rus 

cherkovida  qo’shiqchilik  o’qituvchisi  bo’lib,  ish  faoliyatini  boshlagan.  Tez 

orada  vataniga  qaytadi.  1829-  yildan  boshlab  Peterburgda  yashaydi.  Glinka  

bilan  tanishib,  uning  uyida  uyushtiriladigan    musiqiy  oqshomlarida    aziz 

mehmon  bo’lib  o’tiradi.  Bir  ozdan  keyin  Moskva  Imperator  teatrlarida  

kapelmeysterning  yordamchisi lavozimini egallaydi. Ba’zida xonanda (ya’ni 

qo’shiqchi- ijrochi) sifatida ham sahnaga chiqib turadi. 

   30-  yillarda  Varalamovning  qo’shiq  va  romanslari  keng  tanilib  ketadi. 

Ularning mazmun-mohiyati  rang- barangdir: 

«Ax ti vremya , vremechko» 

«Gorniyr vershi’ni’» 

«Tyajelo , ne stalo sili’» 

«Vdol po ulitse metelitsa metyot» 

«Pesnya razboynika» 

«Vverx po Volge»  

«  Beleyet  parus  odinokiy»  romansi  M.Yu.  Lermontov  so’zlariga  yo’zilgan. 

Umuman olganda  Varlamov 200 taga yaqin romans va qo’shiqlar yaratgan. 

Rus  xalq  qo’shiqlarining  kontsertli  qayta  ishlanmalarini  va  kuylash  sirlarini 

o’rganish  uchun «Maktab» kitobini ham chiqargan. 



 

Aleksandr Lvovich Gurilyov (1803-1858) 

 

Aleksandr  Lvovish  Gurilyov  1803-  yili  Moskvada  tavallud  topgan. 

Uning    otasi  graf    Orlovning  krepostnoy  san’atkori  bo’lib,  krepostnoy 

orkestrga   rahbarlik qilgan. Gurilyovning birinchi ustozi otasi  bo’lgan. Bola 

yoshligidanoq  krepostnoy  orkestrda  skripka  chalib  o’tirardi.  Graf  Orlovning  

farzandlari  bilan  birga    mashhur  irland    pianinochisi  va  kompozitori  Djon 



 

Filddan  fortepiano  ijrosi  darslarini  olgan.  Djon  Fild  ko’p  yillar  davomida  



Rossiyada  yashagan.  Undan  tashqari  kompozitor  Genishta  qo’lida  ham 

o’qigan.  Krepostnoy  bo’lib  yashashning  o’ksinarli  holati  va  o’g’ir,  mushkul 

yoshlik  chog’lari  Gurilyovning  fe’liga  katta  ta’sir  ko’rsatib,  uni  huddi 

tamg’alab qo’ygan. 1831- yildagina ota-o’g’ilga  «volnaya », ya’ni erkinlik , 

ozodlik kog’oz xujjati berilgan. Shu paytdan boshlab u o’ziga xon, o’ziga bek  

bo’lib  yashashi  mumkin.  Yosh  san’atkor  ko’p  asarlar  yaratib,  darslar  berib, 

kontsertlarda    qatnashadi.  Gurilyovning  Varlamov    bilan  bo’lgan  qalin 

do’stligi  katta  ahamiyatga  ega  edi.  Varlamov    unga  ko’p  maslaxatlar  berib, 

ko’pgina yaxshiliklar qilgan inson edi. «Na zare ti’yeyo  ne budi» Varlamov  

yaratgan  qo’shig’i  ustidan    Gurilyov  fortepiano  uchun  a’lo    variatsiyalar  

yozgan. 

Gurilyovning 

hayoti 

og’ir, 


mushkul 

kechgan. 

Hayot 

qiyinchiliklaridan  og’ir  ruhiy  kasallikka  duchor    bo’lib,  kompozitor    1858- 



yilda  vafot etgan. Romanslari:  

«Matushka, golubushka», 

«Vyotsya lastochka sizokri’laya», 

«Razluka», 

«Kolokolchik». Gurilyovning ko’plab romanslari mazurka, pol’ka, val’s kabi 

raqslar  usuliga  moslanib  yaratilgan.  Masalan,  «Domik-  kroshechka»  -val’s 

janrida yozilgan romansdir. 

 

Rus klassik musiqasi 



 

Rus  musiqasi    rus  xalq  musiqa  ijodiga  asoslangan  holda  tarkib  topdi. 

Uning xususiyati va milliy xarakteri sekin-asta yuzaga kela boshladi. 

     XIX asr boshida Glinkadan oldin yashagan kompozitorlar: A.A.Gurilyov, 

A.Ye.Varlamov, A.A Alyabyev, A.P.Verstovskiy va boshqalar ajoyib asarlar 

yaratgan  edilar.  Ularning  qo’shiqlari,  cholg’u  kuylari  hozirgacha  sevib 

aytiladi, kuylanadi va tinglanadi. 

     Qo’shiq va romanslar ularning ijodida asosiy o’rin egallaydi. Ular orasida 

Gurilyovning  «Shivirlama,  sen  poyalar»,    «Qo’ng’iroqchalar  bir  hilda 

eshitiladi»,  Varlamovning  «Tong  saharda  uni  uyg’otma»,  «Oqarib  ko’rinar 

bir yelkan», Alyabyevning «Bulbul» singari asarlari eng mashhurdir. 

   Bu  kompozitorlarning  ijodi  asosan  rus  mavzusiga  bag’ishlangan  bo’lib, 

ularda  rus  xalq  qo’shiqlarining  unsurlari  keng  qo’llaniladi.  Mana  shu 

sababdan  ham  bu  kompozitorlarning  asarlari  ko’p  yillar  davomida  rus  xalq 

ijodi  deb qaralardi. 


 

10 


   Mana  shu  davrda  Verstovskiyning  «Askoldova  mogila»  va  boshqa  asarlari 

yaratildi.  Verstovskiy  operasiga  yorqin  so’z  dialoglari  kiritilgan,  operada 

musiqa  dramaturgiyasi  yetarli  darajada  mukammal  bo’lmasa  ham,  unda 

ko’pgina ajoyib xor, ariya  va qo’shiqlar  bor edi. 

     Mana  shu  opera  rus  milliy  musiqa  maktabining  yaratilishi  uchun  asos 

bo’ldi.  Shu  davrda  hukmron  sinflar  faqat  g’arb  musiqasi,  chunonchi  italyan 

va  fransuz  musiqa  madaniyatini  joriy  qilishga  intilardilar,  ammo  yuqorida 

bayon  qilingan  asarlarning  yaratilishi  bu  g’oyaga  qarshi  kurash  shakllaridan 

biri bo’ldi. 

    Rus klassik musiqasi   M.I.Glinka ijodida uzil-kesil shakllandi. 

    Pushkin  rus  adabiyoti  tarixida  xalq  ijodi    va  xalq      ozodlik  kurashi  bilan 

chambarchas bog’langan yangi realistik uslub davrini ochgani singari, Glinka 

ham  rus  musiqasida  xalq  qahramonlik  g’oyalarini  ifodalaydigan  va  xalq 

qo’shiq ijodiga asoslangan davr yaratishga muvaffaq bo’ldi. 

    Glinka xalq-qahramonlik operalarining  yaratilishiga asos bo’lgan birinchi 

rus  tarixiy  –realistik  opera  «Ivan  Susanin»ni  yozdi,  uning  «Ruslan  va 

Lyudmila»  operasi  epik-ertak  operalariga  yo’l  ochib  berdi.  Dargomijskiy 

«Rusalka»  operasi  orqali  birinchi  xalq  maishiy  musiqali  dramani  yaratdi,  

«Keksa  kapral»,  «Titulyar  maslahatchi»,  «Chuvolchang»,  qo’shiqlarida  esa 

hajviy va realizm namunalarini boshlab berdi. 

    XIX asrning 50-60-  rus ijtimoiy hayotida katta yuksalishlar ro’y berdi. Bu 

yuksalish    adabiyotda  (Chernishevskiy,  Belinskiy,  Dobrolyubov,  Nekrasov), 

rassomchilikda  («Peredvijnik»-  rassomlar  guruhi,  Kramskoy,  Perov  va 

boshqalar) o’z ifodasini topdi. 

    1862  yilda  Peterburgda,  1866  yilda  esa  Moskvada  konservatoriyalar 

ochildi, professional  musiqa ta’limi  rivojlandi. Aka-uka Anton   va Nikolay 

Rubinshteynlar konservatoriyalarning tashkilotchilari edilar. 

   Shu davrda «Yangi rus musiqa maktabi» deb ataladigan kompozitorlarning 

ijodiy  birlashmasi  yuzaga  keldi,  bu  birlashmada  M.P.Musorgskiy 

A.P.Borodin,  N.A.Rimskiy-Korsakov,  S.A.Kyuilar  bor  edilar,  unga 

M.A.Balakirev rahbarlik qilardi. 

    Bu to’da o’z oldiga Glinka boshlab bergan yo’lni davom ettirish va uning 

asarlarini targ’ib qilish vazifasini qo’ygan edi. 

  «Yangi  rus  musiqa  maktabi»  musiqa  ijodlarida  rus  musiqa  folklori  bilan 

birga  boshqa  xalqlar  musiqasi,    jumladan,  sharq  musiqasidan  ham  keng 

foydalandi. 

   Rus kompozitori P.I. Chaykovskiy ijodi ham shu davrda ravnaq topdi. 


 

11 


  Glinka, 

Borodin, 

Musorgskiy, 

Rimskiy-Korsakov, 

Chaykovskiy, 

Raxmaninov,  Glazunov,  Skryabin  va  boshqalarning  asarlari  rus  klassik 

musiqasining nodir namunalaridan hisoblanadi.  

 


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling