Xalqlarining musiqa adabiyoti


IV  Qism.  «Bog’dod  bozori  va  qoyaga  urilgan  mis  chavandozli


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana15.09.2020
Hajmi0.61 Mb.
#129905
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MDH


IV  Qism.  «Bog’dod  bozori  va  qoyaga  urilgan  mis  chavandozli  kema» 

Shohriyorning  jahldor  ovozi  eshitilar,  unga  Shahrizodaning  mayin,  muloyim 

ovozi  javob  beradi.  U  o’zining  so’nggi  ertagini  boshlamoqda.  Sharqona 

shahardagi bayram shovqini eshitilar. IV qism asosiy mavzusi lezginka ritmida, 

sharq raqsi fe’lida yangrab o’tadi. Bir talay o’tib ketgan obrazlar o’rtasida III 

qismdan  Malikaning  mavzusi  va  II  qism  o’rtasidan  marsh  mavzusini  eshitish 

mumkin.  Borgan  sari  musiqa  dramatiklashib  ketadi.  Dengiz  mavzusi  hamma 

yoqni  to‘ldirib  tashlaydi.  Dengiz  bo’ronlashadi.  Dengiz  mavzusi  marsh 

mavzusi  bilan  bog’lanib  ketadi.  Kulminatsiya  (avj)  paydo  bo’ladi.  Yana 

tinchlanib,  to’lqinlar  yupanib,  Sindbod  kemasi  yo’qoladi.  Kemasi  bo’ron  

paytida  qoyaga  urilib,  parchalanib    ketgan.  Shahrizodaning  g’amgin  mavzusi 

yangramoqda.  Va  yana  bitta  mavzu    -yengilgan  Shohriyor  mavzusi.  U  dono 

ertakchi Shahrizodaga  hayot ato etadi.  

*   *   * 

 

Syuitaning  barcha  qismlari  kontrastdir.  Barcha  qismlar  Shohriyor  va 



Shahrizoda  mavzulari  bilan  birlashtirilgan.  Shahrizoda  mavzusi  barcha 

qismlarda yangrab o’tadi, bu bilan final xullosaviy qism darajasiga ko’tariladi. 



Asosiy asarlar ro’yxati 

15  ta  opera:  “Boyari’nya  Vera  Sheloga”,  “Pskovityanka”,  “May  tuni”, 

“Rojdestvo  arafasidagi  tun”,“Snegurochka”,  “Sadko”,“Shoh  qaylig’i”,  “Shoh 

sulton  haqida  ertak”,  “Mlada”,  “PanVoyevoda”,  “Ko’rinmas  Kitej  shaxri  va 

Fevroniya  qizi  haqida  ertak”,  “Serviliya”,  “Motsart  va  Salyeri”,“Oltin 

xo’rozcha”, “O’lmas Kashey”. 

Simfonik syuitalar: “Antar”,“Shaxrizoda”,“Ispancha kaprichchio” 

Simfonik manzaralar: “Sadko”,  “Ertak”, “Yorug’ bayram” 

Simfoniyalar, simfonietta 


 

49 


Fortepiano va orkestr uchun kontsert 

80ta ga yaqin romanslar 

Ovoz va fortepiano uchun ( 100ta  va 40 ta qo’shiq), xorlar 

  “Garmoniya darsligi”, “Orkestrovka darsligi”, maqolalar 



  “Musiqiy xayotimning yilnomasi” (xotiralar) 

 

 



 

 

           Pyotr   Ilyich  Chaykovskiy 



 

     Pyotr  Ilyich  Chaykovskiy  Kamsk-Votkinsk  shahri  zavod  boshqarmasining 

boshlig`i oilasida  tug`ildi. Kompozitorning yoshlik yillari dastlab Votkinsk va 

Alapayevsk  shaxarlarida  o`tdi.  Bolaning  muzikaga  bo`lgan  xavasi  juda  erta 

uyg`ondi. Ammo uni o`n yasharligida Peterburg Xuquq bilim yurtiga o`qishga 

berdilar.  Chaykovskiy  1859  yilda  o`qishni  tugatgach,  Yustitsiya  (Adliya) 

departamentida  chinovnik  lavozimida  ishlaydi,  shu  davrda  unda  muzika  va 

teatrga  bo`lgan  xavasi  zo`raya  boshladi.  1861  yilda  Chaykovskiy  A. 

Rubinshteyin  tomonidan  tashkil  qilingan  muzika  sinflarida  qatnasha  boshladi, 

1862  yilda  esa  Peterburg  konservatoriyasiga  o`qishga  kirdi,  oradan  bir  yil 

o`tgandan  keyin  Yustitsiya  departamentidagi  ishidan  iste’foga  chiqdi. 

Chaykovskiy  

A.Rubinshteyn  kompozitsiya  sinfida  o`qigan  chog`ida  A.  N.  Ostrovskiyning 

“Momaqaldiroq”  dramasi  asosida  orkestr  uchun  uvertyura,  simfonik  orkestr 

uchun  xarakterli  raqslar,  fortepiano  uchun  sonata  va  variatsiyalar  xamda 

Shillerning  «Shodlik»  qasidasiga  kantata  yozdi.  1865  yilda  Chaykovskiyning 

Peterburg  konservatoriyasini  muvaffaqiyat  bilan  tugatdi.  1866  yilda  Moskva 

bo`limiga  qarashli    musiqa  sinflarida  dars  bera  boshladi.  Kompozitor 

pedagoglik  faoliyatini  ijodiy  ishlari  bilan  birga  olib  bordi.  Mana  shu  yillarda 

uning  «Qish  xayollari»    nomli  birinchi  simfoniyasi  (1866  yilda)  A.N 

Ostrovskiyning  “Volgada  ko`rgan  tush”  piyesasi  asosida  “Voyevoda”  operasi 

(1868  yilda  ,  bu  asar  partiturasi  keyinchalik  kompozitor  tomonidan  yirtib 

tashlangan  edi)  va  «Taqdir»  deb  atalgan  simfonik  poemasi  yozilgan  edi. 

Chaykovskiyning 1866-1868 yillarda kompozitorlar-  «Qudratli to`da» a`zolari 

bilan tanishdi. Ular bilan yaqindan aloqada bo`ldi, rus milliy muzika san`atini 

rivojlantirishda ularga ko`maklashdi. Kompozitor 1869 yilda o`zining mashxur 

asarlaridan  biri  –  «Romeo  va  Juliyetta»  poemasi  asosida  uvertyura-


 

50 


fantaziyasini  yaratdi,  Jukovskiyning    «Undina»  poemasi  asosida  opera  yozdi 

(bu  opera  ham  «Voyevoda»  operasining  qo’l  yozmasi  singari  yo’q  qilib 

tashlangan edi). 

Yetmishinchi  yillarda  Chaykovskiyning  ijodi  yanada  rivoj  topdi;  u  uchta  torli 

kvartet,  ikkinchi,  uchinchi,  va  to’rtinchi  simfoniyalar,  A.N.Ostrovskiyning 

«Dovul» va «Francheska da Rimini» nomli simfonik asarlar, foprtepiano bilan 

orkestr uchun ikkita kontsert, skripka bilan orkestr uchun bitta kontsert, orkestr 

uchun  syuita,  fortepiano  p’yesalari,    «Oprichnik»,  «Temirchi  Vakula», 

«Yevgeniy  Onegin»  va  «Orlean  qizi»  nomli  operalar    yaratdi.  Bu  asarlarni 

yozish  davrida  kompozitorning  g’oyat  kuchli  mahorati,  ijodkorlik  qobiliyati 

yuzaga chiqdi, ijodiy uslubi shakllandi.  

     Chaykovskiyning  pedagoglik  faoliyati  uning  yangi-yangi  ijodiy  rejalarini 

amalga  oshishga  halaqit  bera  boshladi.  Nihoyat,  kompozitor  1877  yilning 

kuzida  pedagogik  faoliyatini  to’htatib,  Peterburgga  ketadi,  so’ngra  1885 

yilgacha  chet  ellarda  Shveytsariya,  Italiya  va  Frantsiyada  yashaydi.  Bu  vaqt 

ichida  kompozitor  o’z  ijodiy  rejalarini  amalga  oshira  boshladi  .  Torli  orkestr 

uchun  «Serenada»,  «Italyan  Kaprichchiosi»,  “Fortepiano  triosi,  romanslar, 

orkestr  uchun  uchta  syuita,  Beshinchi  simfoniya,  «Uyqudagi  Go’zal»  baleti,   

«Cherevichki», va «Charodeyka» operalarini yozishga muvaffaq bo’ldi. 

        Chaykovskiy  «Charodeyka»  operasini  tamomlagan  yili,  ya’ni  1887  yilda 

jahonning ko’pchilik mamlakatlarida shuxrat qozondi va Yevropa shaharlariga 

borib, kontsertlar berdi. Bunday sayohatlar yana bir necha bor takrorlanib turdi. 

Keyingi sayohatlaridan  birida Angliya va Germaniyada bo’ldi, unga Kembridj 

universiteti tomonidan «Huquq doktori» faxriy unvoni berildi. 

     Rossiyada  ham    Chaykovskiy  nomi  hurmat  bilan  tilga  olinadigan 

bo’ldi.U1885  yilda  Rus  musiqa  jamiyati  Moskva  bo’limlaridan  birining 

direktori lavozimiga saylandi.  Yuqorida ko’rsatib o’tilgan asarlar nomidan shu 

narsa ma’lumki, Chaykovskiy musiqaning barcha janrlarda ijod qilgan hamda 

yuksak badiiylikka erishgan. Ammo san’atning barcha janr va shakllar orasida 

kompozitor  opera  san’atini  juda  yaxshi  ko’rgan.  Ijodkor  o’zining  maqolalari, 

kundaligi  va  xatlarida  opera  janrning  juda  muhimligi  va  eng  demokratik  janr 

ekanligini  aytadi.  U    N.Fon  Mekka  yozgan  xatida    «Sizni  kishilarga  opera, 

faqatgina  opera  yaqinlashtiradi.    Sizning  musiqangizni  haqiqiy  shinavandaga 

yetkazadi…»  deydi.  Chaykovskiy    butun  ijodiy  faoliyati  davomida  opera 

janriga  qayta  –qayta  murojaat  qildi.  Kompozitorning  operalari  mazmun,  janr 

hajmi  jihatidan  xilma  hildir.  Chaykovskiy  operalarida  orkestr  muhim  rol 



 

51 


o’ynaydi,  u  dramaturgiya  bilan  organik  tarzda  bog’lanib  ketadi  va  opera 

simfonizmiga aylanadi. 

  Kompozitorning  birinchi  operasi  «Oprichnik»  bir-  biri  bilan  bog’langan  bir 

necha  dramatik  yo’nalmaga  ega.  «Temirchi  Vakula»  operasi  esa  xajviy  –

fantastik mazmunda yozilgan. 

     Chaykovskiyning  o’ziga  xos  uslubi  uning  «Yevgeniy  Onegin»  operasida 

yaqqol ko’rinadi. Bu operada ijodkorning butun e’tibori qahramonlarning ichki 

dunyosini ochishga qaratilgan. 

 

«Yevgeniy Onegin operasi» 

    

A.S.Pushkin  qalamiga  mansub  «Yevgeniy  Onegin»  asarining  asosida 

opera  bastalashni  P.I.  Chaykovskiyga  o’z  davrining  taniqli  qo’shiqchisi 

Ye.A.Lavrovskaya  maslaxat  bergan.  Libretto  K.S.Shilovskiy  bilan  birgalikda 

tuzilgan.  Opera  1879  yilining  mart  oyida  Moskva  Konservatoriyasi  talabalari 

ishtiroqida  birinchi  marta  saxna  yuzini  ko’rgan.  Operaga    N.G.Rubinshteyn 

dirijorlik qilgan.  

    Misiqa. Operaning  janr  yonalishi- lirik saxnalar. 

Opera III parda va 7ta ko’rinishdan iborat.  

3  manzaradan  iborat  birinchi  pardasida    bosh  qahramonlar  bilan  tanishuv 

bo’lib o’tadi. Tatyana va Ol’ga  « Slixali l’ vi?»  degan duetni kuylashadi. Duet 

rus  shahar  maishiy  romansga  yaqin.  Qizlar  ovozlariga  Larina  ona  va  enaga  

Fillipyevna  dialogi  qo’shiladi.  Duet  kvartetga  aylanadi.  Dehqonlar  saxnasida   

«Bolyat moi skori nojenki» va  «Uj kak po mostu mostochku» qo’shiqlari xor 

tomondan ijro  etiladi. Ol’ga «Ya ne sposobna k grusti tomnoy» nomli ariyasini 

kuylaydi.  Vladimir  Lenskiy  «Ya  lyublyu  vas,  Ol’ga»  ariozosini  ijro  etadi.  

manzara markazida Tatyana qiyofasi. Enagasi o’z yoshligini eslab o’tadi. Xat 

yozish  saxnasi.  3  manzarada  Onegin    «Kogda  bi  jizn  domashnim  krugom» 

deb  nomlangan  ariyasini  ijro  etib  beradi.  Ariya  qizlar  aytgan      «Devitsi-

krasavitsi» xori fonida yangrab o’tadi. II parda, 4 manzara quvnoq vals bilan 

ochiladi.  Msye  Trike  o’zining  «Kakoy  prekrasniy  etot  den’»  kupletlarini 

kuylab beradi va undan boshqa  maishiy lavhalar asta sekin janjal (tortishuvga 

)olib  keladi.Yevgeniy    va  Vladimir  mazurka  fonida  dialog  tarzida  aytishib 

qolishadi.  Larinaga  Murojaat  qilib  Lenskiy  «V  vashem  dome»  («Sizning 

uyingizda»)  ariozosini  kuylaydi.  Bu  ariozoga  Onegin,  Tatyana  ,  Olga  va 

Larina, so’ngroq esa mehmonlar xori ham qo’shiladi. 



 

52 


II  parda,  5  manzara  boshida  Lenskiy  «Kuda,  kuda  vi’  udalilis’?»  elegik 

ariyasini  ijro  etadi.  Ariyada  xotiralar  va  ertani  fojiaviy  kunga  aylanishni  xis 

etish tasvirlab beriladi. 

    To’qnashuv. Lenskiy va Onegin  «Vragi,vragi…» duetni aytishadi.Orkestrda 

Lenskiyning o’limidan oldin ariyasi  kuyi  yangraydi. 

III  parda,  6  manzara  Knyaz  Gremin  ijro  etgan    «Lyubvi  vse  vozrasti 

pokorni»  ariyasi  va  Onegin  kuylab  o’tgan  ariozosidan    iborat.  Ariozoda 

Tatyana yozgan  «Xat saxnasi»dan  mavzu yangrab o’tadi. 

7 manzara. Tatyana va Onegin dueti. 

Opera xarakati 1820 yillarda sodir  bo’lib  ko’rsatiladi. 

 

***************************************************** 



       «Orlean  qizi»  va  «Mazepa»  operalarida  esa  vatanparvarlik  g’oyasining 

tantanasi asosiy o’rin tutadi.Ayniqsa «Orlean qizi» operasida fransuz xalqining 

qahramoni Janna D’Arqning fojiali obrazi markaziy rol o’ynaydi. 

     1890 yilda yozilgan «Pikovaya  dama»  operasi kompozitor opera ijodining 

eng yuqori cho’qqisi bo’ldi. Chaykovskiyning o’zi ham bu to’g’rida «Yo men 

adashyapman, yoki «Pikovaya dama» hakiqatdan ham bebaho, nodir asar», deb 

yozgan edi. 

 

«Pikovaya dama» 



«Pikovaya dama» operasining qisqacha mazmuni 

 

Voqea XIII asr oxirida Peterburgda bo’lib o’tadi. 



 Petrburgda  erta  bahor.  Bog’da  ofitserlar  –Chekalinskiy  va  Surin  sayr  qilib 

yurishibdi.Ular  kecha  qimorxonada  Germanning  kayfiyatidan  taajjublanib 

gapiradilar. 

     Germanning o’zi ham keladi.  U  hamrohi graf Tomskiyga noma’lum  qizni-

keksa grafinyaning  nevarasi sevib qolganligini aytadi. Knyaz Yeletskiy keladi, 

o’tib  ketayotgan  Grafinya  va  uning  nevarasi  –Lizani  ko’rsatib,  shu  qizga 

uylanmoqchi  bo’lganligini  aytadi.  German  hayajonda,  Grafinya  Germanga 

qo’rquv bilan qaraydi va tezda yurib ketadi. 

      Tomskiy  o’rtoqlariga  sakson  yashar  grafinyaning  doim  yutadigan  uchta 

karta sirining ma’lumligini, bu sirni u birinchi bor eriga, ikkinchi bor bir yosh 

yigitga  aytganligini  va  arvoh    kellib,    Grafinyaga  «Shu  sirni  bilgani  kelgan 

uchinchi kishi dastidan haloq bo’lasan», -deb aytganligini gapirib beradi. Buni 



 

53 


German  eshitadi,  songra  Yeletskiyning  Liza  bilan  bo’ladigan  aloqasini 

buzishga qasam yod qiladi. 

    Lizani  Yeletskiy  bilan  unashtirish  taraddudi  boshlanadi.  Ammo  Liza 

noma’lum  sevimli  kishi  –German  haqida  o’ylaydi.  Balkonda  German  paydo 

bo’ladi, u xayrlashgani kelgan, Lizaga hayajonlanib sevgi izhor qiladi, qiz ham 

uni sevib qolganligini  aytadi. 

     Bal.Grafinya,  Liza  va  boshqalar  bor.  Do’stlari  unga  Grafinyani 

ko’rsatishadi.  Ikkalasida  ham  qo’rquv  alomati.  Liza  Germanga  Grafinyaning 

yotoqxonasiga  kiradigan  yashirin  yol  eshigi  kalitini  beradi.  Endi  German  uch 

karta sirini bilishi mumkin. Keyin u boy bo’ladi,  Lizaga uylanadi. 

     German  Grafinya xonasiga kiradi. Grafinya  mudrab, yoshlik yillarini  eslab 

o’tirar edi. Parda orqasida yashirinib turgan German grafinyadan yolvorib uch 

karta  sirini  so’raydi,  kampir  indamaydi,  German  to’pponcha  o’qtalaydi. 

Kampir o’ladi. Liza keladi. German unga uchta karta sirini bilolmaganligidan 

afsuslanib gapirganda, Liza uni haydab chiqaradi. 

    German  harbiy  kazarmada  Lizadan  kelgan  xatni  o’qiydi.  Liza  uni  suv 

bo’yida  kutishni  yozadi.  Ammo  Germanning  ko’z  o’ngida  Grafinya  murdasi, 

tobut… To’satdan  Grafiyna sharpasi paydo bo’ladi, u «Lizaga uylan, esingda 

bo’lsin, uchta karta bu uchlik, yettilik va tuz» deydida  g’oyib bo’ladi. 

Liza suv bo’yida Germanni kutmoqda. U keladi, ammo Lizani taniy olmaydi; 

uning xayolida qimorxona oltinlari… Liza o’zini suvga tashlab g’arq bo’ladi. 

   Qimorxona.German  keladi,  ikki  marta  yutadi,  ushinchi  galdagi  o’yinga 

Yeletskiy qo’shiladi. Germanga tuz o’rniga dama kartyasi tushadi. U Grafinya 

suratini ko’rganday bo’ladi va hanjar bilan o’zini haloq qiladi.   

******* 

      Chaykovskiyning  eng  so’nggi    yozgan  operasi    «Iolantasi»dir.  Bu  opera 

ham «Charodeyka» singari qator lirik sahnalarni o’z ichiga oladi. G.Gertsning  

«Qirol Renening qizi» dramasi asosida yozilgan bu opera muhabbat o’limdan 

ustun  turishi  qorong’ulikdan  keyin  yorug’likni  qaror  topishi      g’oyalarini 

ifodalaydi.  Bu  opera  musiqasi  hozirgacha  shinavandalarni  maftun  qilib 

kelmoqda. 

 

 

 

 

 

 


 

54 


 

«Iolanta» operasi 

«Iolanta» - bir pardali lirik opera. 

 Libretto   muallifi- Modest Ilyich Chaykovskiy.  

Bugungi  kunda  ush  bu  opera  ba’zi  teatrlarda  ikki  pardali  bo’lib  namoyish 

etiladi 

Qatnashuvchi shaxslar : 

 

Rene- Provans qiroli-…………………………………………….bas. 

Robert- Burgundiya Gertsogi…………………………………bariton. 

Vodemon, Burgundiya Grafi……………………………………tenor.  

Ibn Xakiya, arab shifokori…………………………………….bariton. 

Almerik,qirol Renening quroltashuvchisi (soqchi)……………..tenor. 

Bertran, saroy xizmatkori…………………………………………bas. 

Iolanta, qirol Renening ko’zi ojiz qizi……………………….soprano. 

Marta, Bertran rafiqasi,  Iolantaning sut bergan onasi……….soprano. 

Brigitta, Iolantaning dugonasi ……………………………... soprano. 

Laura, Iolantaning  dugonasi………………………. metstso-soprano. 

Oqsoch  qizlar  va  Iolantaning  dugonalari,  qirolga  yaqinlashganlar,  Burgund 

gertsogining qo’shini va quroltashuvchilar (soqchilar).  

Operaning  xarakati  janubiy  Frantsiyaning  tog’li  xududida  XV  asrda  sodir 

bo’lib o’tadi. 

   


   Yaratilish  tarixi:  «Iolanta»  Chaykovskiyning  ohirgi  operasi.  1884  yilda 

kompozitor Daniya yozuvchisi   Genrih Gertsning (1798-1870)  

«  Qirol  Renening  qizi  »  (1845)  nomli  she’riy  bir  pardali  dramasining  ruscha 

tarjimasini  o’qib  chiqib,  uning  originalligi  va  syujetnig  shoironaligiga  qoyil 

qolgan.1891 yilda «Iolanta»ni yarata boshlaydi. Kompozitorning ukasi Modest 

Ilyich  Chaykovskiyga  (1850-1916)  libretto  yozish  buyurtmasini  beradi.  10 

iyulda  ish  boshlab,  4  chi  sentyabrga    kelganda  butun  musiqasi  tayor  bo’lib, 

dekabr  oyi  ichida    orkestrovkasi  ham  bitgan.  Operaning  birinchi  namoyishi 

«Shelkunchik»    baleti  bilan  birga    Mariin  teatri  sahnasida  1892  yilning  6(18)  

dekabrda Peterburgda  bo’lib o’tgan. 



    Syujet  (Operaning qisqacha mazmuni) 

    Frantsiya  janubida  Vogeziya    tog’lari  vodiysida  Provans  qiroli  Renening 

qasri  joylashgan.  Bu  yerda  qirolning  qizi  –  yosh  Iolanta  yashaydi.  U  tug’ma 

ojiz,  lekin bu haqda bilmaydi. Qirolning talabiga ko’ra atrofdagilar undan bu 


 

55 


sirni yashirib yuradi, begonalardan xech kim qasr ichiga ruhsatsiz tashqaridan 

kirolmaydi. Iolantaning kunlari dugonalar orasida baxtli behabarlikda o’tadi. 

   Yaqin  oradan  boshlab  qandaydir  notanish,  yangi  xis-tuyg’ular,  yangi 

izlanishlar    va  intilishlar  uning  bezovta  qila  boshlaydi.  Iolanta  yig’laydi, 

zerikadi,  sog’inch  xisi  uni  tinchini  buzadi.  O’rtoqlari  uni  g’amgin  o’ylardan 

chalg’itmoqchi bo’lishadi, lekin barisi befoyda. Qirol mashxur arab tabibi Ibn-

Xakiaga qizini ko’rsatadi. Tabib shifosi bor, faqat uning uchun Iolanta   ko’zi 

ojizligi  haqida  bilishi    va  ko’rishni    bor  vujudi  bilan  hohlashi  darkorligini  

aytadi. Qirolning qarori qat’iy, bu taklifga u unamaydi. 

Yolidan adashib qolgan ikki ritsar Robert va Vodemon boqqa tushib qolishadi. 

Robert  bolaligida    Iolanta  bilan  unashtirilgan  edi.U  uni    xech  qachon 

ko’rmagan, va uni ojizligini bilmaydi. Bor o’y- xayollari Lotaringiya grafinyasi 

Matilda  tomon  intiladi  va  u    qirol  Rene  oldiga  borib,  unashtiruvni  bekor 

qilmoqchi.Vodemon  ajoyib  bog’  ayvoniga  chiqib,  u  uhlayotgan    Iolantani 

ko’rib  qoladi.  Qizning  go’zalligi    yigitni  hayratda  qoldiradi.  Ajablanib  ovoz 

chiqarganidan qiz o’yg’onib ketadi. Yosh yigitning hayajoni Iolantaga o’tib, u 

ham  talpinib,  uyalib  ketadi.  Go’zal  notanish    qiz  bilan  hayrlashar  ekan  , 

Vodemon  undan  esdalik  uchun  qizil  atirgulni  uzib  berishni  so’raydi.  Qizil 

atirgul  o’rniga    Iolanta    oq  atirgulni    uzib  beradi.  Dahshatga    tushgan    yigit 

qizning    ko’zi  ojizligini  payqab  qoladi.  Unga  rahmi  kelib,  bu  dunyo  naqadar 

go’zalligini,  betakrorligini  tushuntirib  beradi.  Iolanta  diqqat  bilan  uning 

gaplariga  quloq  soladi.  Qirol  paydo  bo’ladi.  Betayin  kelgindi  Iolantaga  sirni 

ochib  berganligini  bilib  qolib,  jahli  chiqadi,  lekin,  tabib,  ana  endi  dardi 

shifosini  topadi  deb,  qirolni  ishontiradi;  bir-birini  sevib  qolganligini    sezib, 

davolanish    foyda  bermagan  taqdirda,  qirol  Vodemonni  qatl  bilan 

yolg’ontakamdan qo’rqitadi. 

    Iolanta  esa  sevikli  yorini  qutqarish  uchun  har  qiyinchiliklarga  chidashga 

tayyor. Ko’zi ochilib, u yo’rug’ dunyoni, o’z otasini, Vodemonni, dugonalarini  

ko’rib qoyil qoladi.Vodemon  endi uning xaloskori. Hamma tantanali ravishda 

xayot va bilim manbai- yorug’likni madh etishadi. 



 

«Iolanta» operasining  musiqasi haqida 

 

 «Iolanta»-  lirik  operasi.  Operaning  boshlanishidayoq  korong’u  va 

yorug’lik  keskinligi  (qarama-qarshiligi)  –operaning  asosiy  g’oyasi  aks 

ettiriladi.  Orkestr    tarkibidan  torli  asboblar  chiqarib  tashlangan  . 

Introduksiyadan  keyingi  sahnasi  kontrast  tarzida  skripkalar  kuyi  arfa 


 

56 


akkompanementi  bilan  birga  quyosh  nuri  yog’ilganday    qabul  qilinadi. 

Iolantaning  g’amgin,  mayus  ariozosi  «Otchego  eto  prejde  ne  znala»  -  oldin 

o’ylanuvchan, keyin shijoat , talpinish bilan ijro etiladi. 

Qizlar  aytgan    «Vot  tebe  lyutiki,  vot  vasilki»  xori  quvnoq  va  xushchaqchaq. 

Ayollar tertseti va xor tomonidan ijro etiladigan «alla»  nozik , tiniq, va latofat 

bilan ijro etiladi.Qirol Rene kuylagan «Ujeli  rokom osujden» ariyasining kuyi 

mehribon  otaning  dil  iztiroblarini  aks  attiradi.  Ibn-Xakiya    monologi      «Dva 

mira» (ikki dunyo) sharq taronalar ruhida yozilgan. Robert aytgan  «Kto mojet 

sravnit’sya  s  Matildoy  moyey»  nomli  ariyasi  xayotsevarlik  va  ishq  mehriga 

to’la. 


    Vodemon  operada  boshqacha    ko’rsatilgan.  Uning  obrazi  orzumand  va 

shoironadir.  U  «Net!  Chari  lask  krasi  myatejnoy»  degan  romansni    ijro  etadi. 

Operaning    markaziy  saxnasi  qator    ariozoli  lavhalarning  birin-ketin  o’tishiga 

asoslangan  bo’lib  xayajonlanib,  to’lqinlanib  ketgan  olijanob  ritsar  va  iboli  , 

qalbi  zilol    Iolanta    rasmlarini  tasvirlaydi  ;  katta  duet    sahnasi  Vodemon  ijro 

etadigan  «Chudniy pervenets tvorenya» nomli ariozoning shodlik, quvonchga 

to’la  kuyi  bilan  yakunlanadi.  Bu  kuy  keyingi  duetda  ham  yana  takrorlanadi. 

Qirol  Rene  va  tabib  Ibn-Xakialarning    paydo  bo’lishi    musiqa  ichiga 

mardanovor    kat’iy  bo’yoqlar  qo’shadi.  Iolanta  «Net,  nazovi  mucheenya, 

stradanya,  bol’»-  ariozosi  bu  saxnada  o’z  shijoatligi  dil  talpinishi,  qizg’in  

tuyg’u va ishqiy  intilish bilan ajralib turadi. «O kupol neba luchezarniy» degan 

murojaatida  Iolanta tantanali  va ruhiy to’lqinlanish bilan ijro etilib, so’ng bu 

kuyga ansambl va xor qo’shilib, madhiyaga aylanib ketadi. 

 

******* 



     «Iolanta»  operasini  yozish  jarayonida  kompozitor  musiqaning  boshqa 

janrlarda  ham  ijod  qilishni  davom  ettirdi.  Torli  asboblar  uchun  «Florentsiya» 

xotiralari 

nomli 


sekstet, 

Shekspirning 

 

«Gamlet» 



tragediyasiga  

musiqa,«Voyevoda»    nomli  simfonik  poema,hayotining  so’nggi  yilida  esa  

«Shelkunchik»  baletini,  uchinchi  fortepiano  kontsertini  va  ohirgi  oltinchi 

simfoniyasini yozdi. 

    Chaykovskiy  vafotidan  bir  necha  yil  oldin  –  1885  yildan  boshlab  Moskva 

yaqinidagi  Klin  shahri  atrofidagi  o’rmonzor,  hushmanzara  joyda  yashay 

boshlaydi, shu yerda o’zining o’lmas asralarini yaratadi. 

    Kompozitor  1893 yil oktyabr oyida Petrburgga bordi. Oltinchi simfoniyasini 

birinchi  bor  ijro  qilganda  unga  o’zi  dirijorlik  qildi  va  oradan  bir  necha  kun 

o’tgach, 1893yil 6 noyabrda Peterburg shahrida vafot etdi. 



 

57 


     Chaykovskiyning ijodiy merosi o’nta opera, uchta balet, to’rtta kantata, oltita 

simfoniya  to’rtta  syuita,  simfonik  uvertyuralar,  poemalar,  uchta  marsh, 

fortepiano  uchun  uchta  kontsert,  uchta  torli  kvartet,  fortepiano  uchun  yuzdan 

ortiq pyesa, ikkita sonata, xorlar, yuzta romans va boshqa asarlardan iborat . 

   

« Oq  qush  ko’li » 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling