Xalqlarining musiqa adabiyoti


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana15.09.2020
Hajmi0.61 Mb.
#129905
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MDH


Uch pardali balet 

 

Libretto mualliflari : V.Begichev, V. Geltser. 

Sahnalashtiruv : M.Petipa, L.Ivanov. 

Rassomlar : I.Andreyev, M.Bocharov, G.Levot, Ye. Ponomaryov. 

I  chi  namoyish  :  Peterburg,  Mariin  teatri  1895  yil,  15  yanvar  kuni. 

Qatnashuvchilar: 

Odetta–oq qushlar qirolichasi.  

Odilliya- Rotbardning qizi. 

Rotbard ritsari- yovuz daho. 

Malika. 

Zigfrid, malikaning o’g’li,shohzoda. 

Benno-shohzodaning murabbiysi. 

Tserimoniymeyster.  Gerold.  Saroyqoshidagilar,  mehmonlar,  pajlar  (soqchilar), 

dehqonlar, hizmatkorlar. Oq qushlar va oq qushchalar. 

   Qasr    oldidagi  bog’.  Benno  oshnalari  bilan  birga  shahzoda  Zigfridga  qarab 

turishibdi. Ular  uni voyaga yetganligini    nishonlamoqchi. Volfgang jo’rligida  

Zigfrid  kirib keladi. Bazm boshlanadi. Dehqonlar ham Zigfridni tabriklamoqda. 

Hamma  raqsga  tushadi.  Yug’urib  kelgan    xizmatkorlar  Malika-  onaning 

kelganini habar berishadi. Zigfrid onasini qarshi oladi. Onasi o’g’li bilan  mehr 

bilan ko’rishib, ertaga balda  u o’ziga  kelin tanlab olish kerakligi  haqida  yana 

bir  bor  eslatib  o’tadi.  Malika  ketadi.  Zigfrid    hayron,  u  ham  hech  kimni  

sevmaydi, o’z erkinligini  yo’qotishdan cho’chib turadi. 

  Kech  kiryapti.  Osmonda    oq  qushlar  to’dasi  parvoz    qilmoqda.  Yigitlar  ovga  

chiqib  kunni  tugatmoqchilar.  Yovoi  joy.  Uzoqroqda  ko’l  yaltirab  turibdi. 

Cherkov  ko’rinmoqda.  Oydin    kecha.  Ko’lda    mag’rur  oq-qushlar  to’dasi 

suzmoqda.  Boshida  –  toj  toqqan  oq  qush.  Zigfrid  va  Benno    ovchilar  bilan  

paydo bo’lishadi. Oq qushlarni  ko’ribla, ularga  kamon otmoqchi. Oq qushlar 

uchib  ketishadi.  Cherkov    atrofi  nurga  to’lib    ketadi.  Oq    qushlar  qizlarga  

aylanib,  Zigfrid  va  Benolardan  ularni  o’ldirmaslikni  iltimos  qilishadi.  Zigfrid  

oq  qushlarni  ko’rib,  go’zalligidan  hayratda  qoladi.  Qiz  yovuz  daho  ularni 


 

58 


sehrlab  qo’ygani, ular jodugarning bahtsiz qurbonlari, quyosh chiqsa oq qushga 

aylanib,  uchadi,    quyosh  botgandagina  qizlar  qiyofasida  yurishadi.  Qachonki  , 

kimki  Odettani    chindan  sevib  qolsa  ,  o’shandagina    hamma  jodular  yo’qolib 

ketadi  va  u  o’z  xolatiga  qaytadi.  Zigfrid    har  dakiqa  bilan  Odettani  qattiq 

sevishni  boshlaydi.U  uni  sodiq  va  mangu  sevishga    qasam  beradi.  Tong  otib, 

Odetta    Zigfrid    bilan  hayrlashadi,  ko’lda  yana  oq  qushlar  paydo  bo’lib,  ular  

ustida esa qora qush – Rotbard-jodugar uchib turadi. 

   Saroydagi  bal.  Malika  va  Zigfrid  tantanali  chiqishadi.  Mexmonlar  ta’zim 

qilmoqda.  Birin-ketin  Zigfrid    va  uning  onasi  oldidan  qizlar  o’tib  ketmoqda. 

Xech  qaysi  biri    yigit  yigitning  yuragini  jiz  etmaydi.  Xayoli  faqat  sehrlangan 

qizda. Qarnaylar yangi mexmonlar kelgani haqida darak bermoqda. Zolda ritsar 

Rotbard  baydo bo’ladi. Aslida bu yovuz daho,  jodugar. U Rotbard  kiyofasiga 

kirib olgan bo’ladi. U bilan birga-Qizi Odilliya. Zigfrid o’zini yo’qotib qo’yadi, 

chunki Odilliya  Odettaga juda o’hshab ketadi. Lekin nimadir yovuz, qo’pol va 

o’hshashlikni  buzib  turibdi.  Qo’l  xarakatlarida  nafislik  yoq.  Odilliya  Zigfridga 

kulib  boqadi  va  u  unga  qo’lini  uzatadi.  Demak  tanlov  bitti.  Odilliya  endi 

Zigfridning  qaylig’i.  Zigfrid  onasiga  va  Rotbardga    uylanmoqchi  ekanligini 

aytadi.  Muxabbat  qasam  yodini  bildirib  bo’lganidan  so’ng  derazaga  urinib 

turgan oq qushni payqab qoladi. 

 Hamma    yo’qni  tushunib,  Zigfrid  afsusda,  pushaymon  bo’lib  zoldan  yugurib 

chiqib  ketadi.  Hamma  hayron.  Yana  ko’l  sohili.    Qizlar  Odettaga  qarab 

turishibdi,  u kelib,  ularga xiyonat haqida gapirib beradi. Endi ular hech qachon 

jodu  sehridan  qutila  olmaydi.  Zigfrid  keladi.  Bilmasdan  xiyonat  qilib 

qo’yganini,  tushuntiradi.  Seviqli    va  sevadigan    qiz  yigitning  har  bir  so’ziga 

ishonadi, lekin ilojosi qancha, endi u vafot etishi kerak, Zigfrid esa  Odilliyaga 

ya’ni  Rotbardning qiziga  uylanishi shart, chunki  hamma oldida (ko’pchilikni 

oldida  )  so’z  bergan.  Lekin    oldanib  qolgan  Zigfrid    Odettadan  ketolmaydi. 

Ularni    muhabbat  kuchi  bog’lab  turibdi.  Rotbardning  jahli  chiqib,  ularni 

ajratmoqchi bo’ladi. Ammo befoyda. Muhabbatning  buyuk qudratiga  bardosh 

bera  olmagan  jodugar  o’lib  ketadi.  Odetta  va  Zigfrid  tog’  choqqisiga    chiqib, 

o’zini ko’lga  tashlaydi. Suv osti podsholigi sehrli nurga to’lib ketadi. Zigfrid va 

Odetta  boqiy, mangu baht qasriga  intilib ketmoqda.  

 

 

 



 

 

 

59 


P.I.Chaykovskiy Simfonik ijodi 

 

 

Simfoniya №1 g-moll op.13. 

 

I qism -Allegro  tranquillo. 

2.qism -Andante kantabile. 

3.qism  -Allegro scherzando giocoso. 

4.qism -Finale. 

 

                                  Simfoniya №2 c moll op.17. 



1. qism -Andante sostenuto. 

2.qism- Andante marciale. 

3.qism -Scherzo. 

4.qism- Finale. 



Simfoniya №3 D dur Op.28. 

 

  

1.qism- Allegro brillante. 

2.qism- Allegro moderato. 

3.qism -Andante. 

4.qism -Allegro vivo. 

5. qism -Finale. 

 

 



Simfoniya №4 f moll.Op.36. 

1.qism -Moderato con anima. 

2.qism -Andantino in modo di canzone. 

3.qism -Allegro. 

4.qism -Finale. Allgro con fuoco. 

 

Simfoniya № 5 e moll. Op. 64. 



 

1.qism -Andante. 

2.qism -Andante cantabile. 

3.qism -Allegro moderato. 

4.qism -Finale. 


 

60 


Simfoniya №6. h moll.Op. 74. 

 

1.qism-  Adajio  -Allegro  non  troppo-  Andante-  Moderato  mosso-Andante- 



Moderato assai -Allegro vivo Andante come prima -Andante mosso 

2.qism -Allegro con grazia. 

3.qism -Allegro mollto vivache. 

4.qism -Finale. Adajio lamentoso-Andante. 

5. qism -Allegro molto vivace. 

 

Uvertyura F dur. 

“Fatum” simfonik  fantaziyasi. Op.77. 

“Romeo va Julyetta”  uvertyura –fantaziyasi. 

“Bo’ron” fantaziyasi.op.18. 

“Slavyan marshi”.op.31. 

“Italyancha capriccio”.op.45. 

“1812 yil Tanatnali uvertyurasi”. op. 49. 

“Hamlet” uvertyura-fantaziyasi. 

“Voyevoda” simfonik balladasi. 



 

 

Asosiy asarlar ro’yxati 

10ta opera – 

1. “Voyevoda”. 1868. 

2. “Undina”. 1869. 

3. “Oprichnik”.1872. 

4. “Temirchi Vakula” (Cherevichki). 1874. 

5. “Orlean qizi”.1879. 

6. “Yevgeniy Onegin”.1879. 

7. “Mazepa.”1883. 

8. “Charodeyka”.1887. 

9. “Pikovaya dama”.1890. 

10.“Iolanta”.1891-1892. 

3ta balet-  

1.“Oq qush ko’li”. 1875-1887. 

2.“Uyqudagi go’zal”. 1889-1890. 

3.“Shelkunchik”.1892. 

A.N.Ostrovskiyning “Qorqiz” bahoriy ertagiga musiqa. 


 

61 


6 ta simfoniya. 

“Manfred”dasturli  simfoniyasi. 

Bir qismli simfonik asarlar : 

“Romeo va Julyetta” uvertyura- fantaziyasi. 

“Gamlet” uvertyura- fantaziyasi. 

“ Bo’ron” fantaziyasi. 

 “Francheska da Rimini” fantaziyasi . 

“Italyancha kapriccio”. 

 “Torli orkestr uchun serenada”. 

 3ta simfonik syuitalar. 

“Motsartiana” (4chi syuita). 

 3ta Fortepiano va orkestr uchun kontsert 

Skripka va orkestr uchun kontsert. 

Rokoko mavzusiga  violonchel va orkestr uchun variatsiyalar. 

3ta torli kvartet 

 “ Buyuk musavvir xotirasiga”. Fortepiano triosi. 

“Florentsiya haqida  xotiralar” torli seksteti. 

100 tadan ortiq  pyesalar, shu jumladan  “Bolalar albomi”,“Yil fasllari” nomli 

turkumlar, 2ta sonata, valslar, mazurkalar, skertso, va boshqa asarlar. 

100 ta romans . 

 

 


 

62 


 

63 


Sergey  Ivanovich  Taneyev (1865-1915) 

 

Rus  kompozitori,  pianinochi,  olim,  pedagog.  Moskva  konservatoriyasini 



N.G.Rubinshteyn  va  P.I.Chaykovskiy    rahbarligida  tamomlagan.  Uzoq  yillar 

davomida Taneyev Moskva konservatoriyasining  professori va direktori bo’lib 

ishlagan. Taneyevning shogirdlari qatorida  S.V. Raxmaninov, A.N. Skryabin, 

N.K.Metner,  R.M.Glier,  Z.P.  Paliashvili,  K.N.  Igumnov,  A.B.Goldenveyzer 

kabi  mashhur  san’atkorlar.  Sergey  Ivanovich  Taneyev  yakkaxon  pianinochi, 

Chexiya  kvarteti  tarkibida    ijrochi  sifatida  gastrollarda  qatnashib,  Rossiya, 

Chexoslovakiya,  Avstriya,  va  Germaniya  kabi  mamlakatlarda  elga  tanilgan. 

Taneyev  ijodiy  merosiga  Esxil  asari  bo’yicha  “Oresteya”  nomli  opera-

trilogiyasi; “Ioann Damaskin” kantatasi, va “Po prochtenii psalma” kabi asarlar 

kiradi. Shuningdek  to’rtta simfoniya, ular ichida eng mashhur (“ Do minor “ 

simfoniyasi),  10  kvartet,  fortepiano    uchun  kvartet,  kvintet,  trio  va  boshqa 

asarlar.  Undan  tashqari  35  ta  jo’rsiz  xor,  40  tadan  ortiq  romanslar,  xalq 

qo’shiqlarining  qayta  ishlanmalari  va  boshqa  asarlar.  Musiqasi  chuqur 

tafakkur, mazmun –mohiyat boyligi, falsafaviy yo’naltirish va noyo’b polfonik 

mahorati bilan ajralib turadi.Taneyev qator qimmatli nazariy ishlar muallifidir. 

Shu jumladan jahon mashhurligini egalagan “Podvijnoy kontrapunkt strogogo 

pis’ma” nomli asarni yozgan. 

 

Aleksandr   Konstantinovich Glazunov (1865- 1936) 

 

Glazunov balet janrini ham iqtidorli asarlar bilan boyitgan.  «Raymonda»–eng 



afzal  mumtoz  (klassik)  baletlardan  biri,  Chaykovskiy,  Prokofyev,  Stravinskiy   

yaratgan baletlar bilan bir qatorda munosib o’rin egallab turadi. Glazunovning 

ijodi  80chi  yillarda  shakllangan.  U  «Qudratli  to’da»  kompozitorlari, 

shuningdek, 

Chaykovskiyning 

rus 


musiqa 

klassik 


an’analarining 

davomchisidir.  Glazunov  musiqasi  mazmun  kenligi,  boy  va  sahiy  kuychanligi 

bilan  ajralib  turadi.  1899  yilda  Glazunov  Peterburg  konservatoriyasining 

professoriga  aylanadi.  1906  yildan  to  1928  yilgacha  uzluksiz  Peterburg 

konservatoriyasining  direktori  lavozimini  egallab  kelgan.  1922  yilda  ijodiy 

faoliyatining  40  yilligi  munosabati  bilan  va  sovet  musiqa  madaniyatiga 

qo’shgan  hissasi  uchun  Glazunov  rossiya  Federatsiyasining  xalq  artisti  fahriy 

unvoni bilan taqdirlangan. Rus musiqa san’ati tarihida Glazunovning roli juda 

yuksak.Atoqli simfonist  , u boshqa janrlardagi asarlarni yaratib ham qimmatli 

hissa  qo’shgan  .Glazunov  ustozlik  mrhnati  bilan  ham  mashhur.  U  ko’plab 



 

64 


shogirdlar  chiqarib,  ular  esa  o’z  navbatida  ustozining  ishi  va  klassik 

an’analarining davomchilariga aylangan. 



 

Aleksandr Nikolayevich Skryabin  (1872-1915) 

 

Rus  kompozitor,  pianinochi.  Moskva  konservatoriyasini  tamomlagan.  U 

yerda  S.I.Taneyevda    musiqa  nazariyasi  bo’yicha,  A.S.Arenskiydaesa 

kompozitsiyadan ta’lim olgan.V.I.Safonov   unga fortepianodandars bergan.  5 

yil davomida Aleksandr Skryabin xuddi shu konservatoriyada fortepiano  sinfi 

bo’yicha  professor  bo’lib  ishlagan.  Rossiyada  va  horijda  pianist  sifatida 

muvvafaqiyat  bilan  kontsertlar  berib  tez  orada  mashhur  bo’lib  qolgan. 

Skryabinning ijodiy  merosi 200 ta asardan ortiq. Ayniqsa fortepiano  musiqasi 

sohasida (10 ta sonata, 19 ta poema, 90 ta prelyudiya, 26 ta etyud, mazurkalar, 

valslar,va  h.k.)  .  Skryabin    -fortepiano  uchun  kontsert,  3  ta  simfoniya,  juda 

taniqli  «Ekstaz  poemasi»,  «Olov»  poemasi  (Prometey)  kabi  asarlarning 

muallifi.  Skryabin  musiqasi  o’zigaxoslik,  tafakkurning  chuqqurligi  bilan  

ajralib  turadi.  U  emotsiyalarning  (xis  tuyg’ular)  keng  doirasini  qamrab  oladi; 

nozik,  nafis  lirizmdan,  ta’sirchanlik,  ko’ngilchanlikdan  tortib  to  shijoatli 

dramatizm va pafosgacha o’sib boradi. 

 

    



Sergey Vasilyevich Raxmaninоv (1873-1943) 

 

XIX-asrning  оxiri  va  XX-asrning  bоshlarida  ijоd  qilgan  S  V 



Raxmaninоv    taniqli  kоmpоzitоr,  fоrtepianо  ijrоchisi,  dirijyor  bo’lgan.  U 

1873-yil  20-mart  Nоvgоrоd  guberniyasining  Оneg  degan  jоyida  tug’iladi. 

Uning  оta-  оnasi  rus  ziyolilaridan  bo’lib,  оnasi  Mоskva  kоnservatоriyasini 

tugatgan  pianinоchi  bo’lgan.  Raxmaninоvga  оta-  оnasi  musiqa  ma`lumоtini 

оlish  uchun  Petergburg  kоnservatоriyasiga  o’qishga  berishdi.Mоskva 

kоnservatоriyasini  prоfessоri  Zilоti  maslahati  bilan  Raxmaninоv  o’qishni 

1885  yilda  Mоskva  kоnservatоriyasiga  ko’chiradi.  Raxmaninоv  shu 

kоnservatоriyaning  ikkita  bo’limini  1891-yilda  Fоrtepianо,  1892-yilda- 

kоmpоzitsiyani tugatadi.O’qish davrida yozgan asarlaridan  fоrtepianо bilan 

оrkestr  uchun  kоntserti  va  bir  aktli  «Alekо»  оperasi  ajralib  turadi.  Shu 

оperasini  kоmpоzitоr  diplоm  ishi  uchun  17  kun  ichida  yozgan. 

Kоnservatоriyani  tugatgandan  so’ng  rоmanslar  «Ne  pоy,  krasavitsa  pri 

mne», «Оstrоvоk», «Vesennie vоdi’» fоrtepianо uchun etyudlar- manzaralar, 


 

65 


«Muzikalni’ye    mоmenti’»  pyesalari,  Chaykоvskiyga  bag’ishlab 

«Elegicheskоe triо», simfоnik оrkestr uchun syuita, fantaziya, birinchi «Qish 

hayollari» nоmli  simfоniyasini va bоshqa  asarlarni yaratadi.1890-yillardan 

Raxmaninоv   mashhur pianinоchi deb taniladi. 1897-yilda  musiqa san`atiga 

qiziqgan  savdоgar    Mamоntоvning  shaxsiy  teatrida  dirijyor  bo’lib  ishlaydi. 

1899-yilda birinchi  marta chet elga, Lоndоnga kоntserti bilan sayoxat qiladi. 

1900-1910-yilgacha  Raxmaninоv  2-ta  fоrtepianо  bilan  оrkestr  uchun 

kоntsertlarini, «Vesna» nоmli kantatasini, «Skupоy ri’tsar », «Francheska  da 

Rimini»  оperalarini  yozadi.  1904-1906  yillarda  Raxmaninоv  Mоskvadagi 

Katta teatrda dirijyor bo’lib ishlaydi, chet el va rus kоmpоzitоrlar оperalarini 

sahnalashtirib,  keng  auditоriyaga  tanishtiradi.    1906-yilda  kоmpоzitоr  chet 

elga  uch    yillik  sayoxatga  chiqadi.  Shu    yillar    davоmida  ikkinchi 

simfоniyasini,  «Оstrоv  myortvi’x»  nоmli      simfоnik  pоemasini,  uchinchi 

fоrtepianо  bilan  оrkestr  uchun  kоntsertini,  «Mоnna  Vanna»,  «Salambо» 

оperalarini,  prelyudiyalarini,  ikkinchi  daftarda  etyudlar-  manzaralar  va 

bоshqa  asarlarni  yozadi.  Chet  eldan  qaytib  kelgandan  keyin  Rus  musiqa 

jamоasida inspektоr bo’lib ishlaydi va dirijyor sifatida kоntsertlarda chiqadi. 

Revоlyutsiyadan  keyin  (1917y.),  1918-yilda,  Raxmaninоv  оilasi  bilan 

Shveytsariyaga,  keyinchalik  AQShga  ko’chib  bоradi.  Chet  elda  kоmpоzitоr 

juda  kam  ijоd  qiladi  va  ko’pincha  kоntsertlar    bilan  chiqadi.  Chet  elda 

yozgan  asarlaridan  3-chi  simfоniyasi  va  оrkestr  uchun  yozgan  «Simfоnik 

raqslari» ajralib turadi. Ulug’ Vatan urushi davrida kоntsertlaridan yig’ilgan 

darоmadni  o’z  Vatani  armiyasi  fоndiga  (jamg’armasiga)  yubоradi. 

Raxmaninоv 1943-yil 28martda AQShda Kalifоrniya shtatining Beverli-Xilz 

jоyida vafоt etadi. 

 

 Fortepiano ijodi. 



 

   S.V.Raxmaninоv  ijоdida  fоrtepianо  uchun  yozilgan  asarlar  asоsiy 

o’rin  egallaydi.  Kоmpоzitоrni  fоrtepianо  asarlarini  ikkita  guruxga  bo’lish 

mumkin. 1.Yirik shaklda yozilgan asarlar. 2.Mayda shaklda yozilgan asarlar. 

Birinchi gurux yirik asarlariga  4 ta fоrtepianо bilan оrkestr uchun yozilgan 

kоntsertlari,  «Nikkоlо  Paganini  mavzusiga  rapsоdiya»,  «Shоpen  va  Kоrelli 

kuylariga  variatsiyalar»,  ikkita  sоnata,  bоshqa  kоmpоzitоrlar  asarlariga  

trantskripiyalar.  

Ikkinchi  guruxga  mayda  shaklda  yozilgan  asarlar  kiradi:  etyudlar- 

manzaralar  (uchta  daftarda,  17ta),  «Musiqiy  daqiqalar»  (оltita  p`esa 



 

66 


to’plami),  24ta  prelyudiya,  dasturli  p`esalar-«Nоktyurn»,  Melоdiya», 

«Serenada» va bоshqa.     

               

Fоrtepianо va оrkestr uchun 2chi kоntsert (c-moll).  

S. V . Raxmaninоv yozgan 4ta kоntsertdan ikkinchi c –moll 

kоntserti eng  mashxurdir. Kоntsert  3 kismdan ibоrat : 

1-qism.  Sоnatali  allegro  shaklida  yozilgan.  Unda  asоsan  lirik  va  dramatik 

оbrazlar  o’tadi.  Kirish  qismidan  keyin  asоsiy  partiya  bоshlanadi.  Tantanali 

xarakterda yozilgan. Yondоsh partiyada lirik va rоmantik  taronalar  yangrab 

o’tadi. 


2-qism.  Adajio  sоstenutо  murakkab  3  kismli  shakl  kоntsertning  yirik 

markazi bo’lib asоsiy partiya klarnet tomonidan ijro etiladi.    



3-kism  final.  Allegro  sоnatasi.  Allegro  shaklida  yozilgan.  Asоsiy  va 

yondоsh  partiyalari  navbat  bilan  fоrtepianоda  va  оrkestrda  rоmantik 

xarakterda ijrо etiladi. 

«Aleko» operasi 

Bir pardali opera 

 

Libretto muallifi V.Nemirovich-Danchenko. 

Qatnashuvchi shaxslar: 

 

Aleko………………………………………………………..bariton. 



Yosh lo’li yigit………………………………………………...tenor. 

Zemfira……………………………………………………..soprano.Chol 

(Zemfiraning otasi)..………………………………………bas. 

Lyoli kampir……………………………………………....kontralto. 

Lo’lilar……………………………………………………..……xor. 

    Bitiruv  imtixoniga  bir  oy  qolganda  Raxmaninov  ustozlaridan  bir  pardali 

operani  yozib  berish  topshirig’ini  oladi.  Aleko  17  kun  ichida    yozilgan, 

attestatsiya  xay’ati  a’zolariga    ma’qul  kelib,  ush  bu  opera  a’lo 

baholangan.Raxmaninov  nomi  marmar    a’lochilar  taxtasiga  o’yilib,  yozib 

qo’yilgan. Operaning premyerasi 1893 yil Moskva Katta opera va balet teatri 

sahnasida namoyish etilgan. P.I.Chaykovskiy operaning  premyerasiga tashrif 

buyurib, u haqida iliq so’zlar aytgan. Opera  unga juda juda ma’qul kelgan. 

Opera  A.S. Pushkinning  Lo’lilar poemasi (dostoni) asosida yozilgan. 

Operaning  mazmuni:    Daryo  bo’yida  lo’lilar  tabori  joylashib  olgan. 

Oqshom.  Lo’lilar  orasida  Aleko.  Olam  jamiyatini  tarq  etganiga  ikki  yil 



 

67 


bo’ldi.  Endi  u    l’olilarfga  qo’shilib  ,  kabilasida  yashamoqda.Aleko  va 

Zemfira  birilarini  sevib  qolishdi,lekin  Zemfira  undan  tez  sovib  ketadi. 

Zemfiraning  otasi  o’z  yoshligini    eslab,  baxtsiz    muhabbati  haqida  xiqoya 

aytib  beradi.Mariula  degan  ayolni  yoqtirib  qolib,  oila  qurgan.  U  ayol  unga 

bir yil sodiq bo’lgan xolos. Chaqaloq  qizchasini  otasiga tashlab, boshqasi 

bilan  qochib  ketgan. Aleko  hayron.  Nima  uchun  keksa  lo’li  xotini  adabini 

berib qo’ymadi? Uni o’rnida bo’lganda,dushmani uhlab yotgan taqdirda ham 

Aleko uni jarlikka itarib, tushurib yuborgan bo;lardi.Ammo Zemfia  va uning 

yoshgina  sevgilisi  boshqacha  fikrda:  muhabbat  ozod  va  erkindir!  Hasratli 

xiqoyani  lo’lilar  o’yin,  qo’shiq,  kulgu  va  tabassum  bilan  chalg’itmoqchi 

bo’ladi. Raqs paytida Zemfira va yosh lyoli yigit  yashirinib olishadi. Aleko 

qalbida  rashq  o’ti  paydo  bo’ladi.  Tun  bo’yi  har  xil  xayollarga  borib, 

uhlaolmay  chiqadi. Tong  otadi.  Kur’g’on  orqasida  Zemfira  lo’li  yigit  bilan 

hayrlashmoqda.U  shoshib  turibdi.Ammo Aleko  darrov  yetib  kelib,  Zemfira  

sevgisini qaytarmoqchi. Rashq o’tida qaynab, Zemfirasidan qizg’onib qolgan 

Aleko  jazmanlarni  o’ldiradi.  Shovqin  to’polonga  barcha  lo’lilar    yugurib 

keladi.  Zemfiraning  otasi  va  butun  tabor  Aleko  ularni  tarq  etishni  talab 

qilishadi.  Erta  sahar. Tabor    o’rnidan  jilib,  yana  safarga  otlanmoqda. Aleko  

afsusda, pushaymon, u yana yolg’iz. 

 

Igor Fyodorovich Stravinskiy ( 1882- 1971) 



 

Rus  kompozitori,  dirijyori,  pianinochi.  9  yoshidan  boshlab  uy  sharoitida 

musiqa    bilan  shug’ullana  boshlagan,  1903    yildan    N.A.Rimskiy- 

Korsakovning  shogirdi.  1914  yildan    Stravinskiy    chet  elda  yashaydi.  (AQSh 

da – 1939 yildan). Ko’p yillar mobaynida  pianinochi  va dirijyor  sifatida , o’z 

asarlarini ijro etib intensiv (tinimsiz) kontsert faoliyatini  yurgizgan. 1962 yilda 

Stravinskiy  birtalay  musiqaviy-  sahna  va  simfonik  asarlar,  turli  xil  kamer  –

cholg’u  ansambllarning  muallifi.  Kompozitorning  ijodiy  evolyutsiyasi 

(ravnaqi,  o’sishi,  rivojlanishi)  juda  murakkab  va  ba’zida    bir  oz  chigal. 

Ijodining    ilk  ,  “rus  davri  “ona-  vatan  madaniyatining  bevosita    ta’siri  bil‘an 

bog’liq.  Va  o’z  millatidan,  milliyligidan  ajralib  ketganligiga  qaramay, 

kompozitor  baribir  rus  madaniyatiga  sodiq  qolgan.  Bu  davr  ichida  yaratilgan  

“Jar-  ptitsa”,  “Petrushka”,  “Vesna  Svyashennaya”kabi  baletlar,  “Svadebka”  ( 

to’ycha)  xoreografik  kantatasi-  orkestrovkasi  ,  tovush  koloriti  (tus-bo’yog’i) 

nihoyatda rang-barang, rus xalq ijodining obrazlari original tarzda yoritilgan. 


 

68 


  Stravinskiy  ijodining  II  chi,  “Neoklassik”  davri  30  yil  davom  etib,o’tmish  

musiqa uslblar va musiqiy modellarga yangitdan individual, ya’ni yakka tarzda 

taqlid  qilib,  yoritish  bilan  bog’liq.    “Mavra  nomli”  operasi,  “Pulchinella”, 

“Potseluy fei”, “Appolon Musaget” kabi baletlari, “ Persefona” melodramasi, “ 

Edip-  shoh”,  opera  –oratoriyasi,  “Simfoniya  psalmov”  kabi  asarlar  ush  bu 

davrga oid. Kompozitorning so’nggi davri “Dodekafon “ deb ataladi.        

  

 Sergey Sergeyevich Prokofyev 

 

Sergey  Sergeyevich  Prokofyev  1891  yilning  aprelida  Yekaterinoslavsk 



guberniyasining, Baxmutovsk uyezdi, Solntsovka qishlog’i  (hozirgi Donetsk 

viloyati, Krasnoye qishlog’i )da tug’ildi. 

  Sergeyning  otasi  agrоnom,  onasi  fortepianoda  chalishni    biladigan  ziyoli 

ayollardan  bo’lgan.  Sergey  fortepiano  chalishni  dastlab  onasidan  o’rgana 

boshladi,  besh  yoshida  kichik  musiqa  piyessalarni  yaratishga  urinib  ko’radi 

1902-yildan  boshlab  Glierdan  musiqa  ta’limi  ola  boshlaydi.  1909-yilda 

A.Lyadov  raxbarligida    Peterburg  konservatoriyasi  kompozitsiya  sinfini  

tugatadi. 

 Prokofyev  kompozitsiya  sinfida  o’qigan  yillarida  boshlagan  ijodiy  qadamini 

bevosita sahna asarlari bilan, birinchi navbatda opera san’ati bilan bog’laydi . 

Bolaligida  u  dastlab  «Bahaybat  polvon»,  «Kimsasiz  orollarda»  singari 

musiqali  pyesalar  yozishga  urinib  ko’rgan,  1904-1905  yillarda  «Undina», 

1908-yilda  «Vabo  tarqalganda  bazm»,1911-1915  yillarda    «Maddalena» 

singari asarlar ustida ishlaydi. 

Prokofyev 

konservatoriyada 

o’qishni 

davom  ettirib,  1914  yilda  fortepiano  mutaxassisligi  bo’yicha  A.Yesipova 

sinfini  bitiradi.  Forteipano  sinfida  o’qish  bilan  bir  qatorda  N.Cherepning      

dirijorlik sinfida o’qib,dirijo’rlik  kasbini ham egallashga muvaffaq bo’ladi. 

Bu o’qishlar Prokofyev mahoratining har tomonlama kamol topishiga yordam 

bergan  edi.1912-1913  yillarda  fortepiano  bilan  orkestr  uchun  ikkita  konsert, 

1915  yilda  simfonik  orkestr  uchun  «Skif  suitasi»  (Ala  va  Lolliy),  fortepiano 

uchun pyesalar va romanslar yozadi.      

  

  

Prokofyev  1915-1916  yillarda  Dostoevskiy  asari  asosida  o’zining  birinchi 



katta  operasi  «Qimorboz»ni  yozadi.  Bu  uning  Oktyabr  inqilobi    g’alabasiga 

qadar  yaratgan  yirik  asarlaridan  edi.  1917  yilda  uning  mashhur  «Klassik 

simfoniyasi » yaratildi.  

 

 



Kompozitor 

1918-1932 

yilar 

davomida  chet  ellarda  yashaydi.  U  chet  ellarda  turgan  davrida  ham  musiqa 



janrining  xilma-xil  shakllari  ustida  jiddiy  ishlaydi.  Kompozitor  1919  yilda  

 

69 


«Uchta  apelsinga  muhabbat»  operasini  yozadi.  Opera  Karlo  Gotsinning 

asariga  asoslangan  bo’lib,  romantik  ertak-opera  sifatida  talqin  qilinadi.  Bu 

asar,    muallifning  takidlashicha, teatrda  o’ynashga  mo’ljallangan shodiyona 

niqobli spektakildir. 

Prokofyev  1919-1927  yillarda  B.Bryusov  romani  asosida  «Jozibali  farishta» 

operasini  yozadi.  Bu  opera  1928  yilda  Parijda,  1955  yilda    esa    Venetsiyada 

sahnaga qo’yilgan edi.  Kompozitor chet elda bir qancha baletlar ham yozgan. 

«Yetti  masqarabozni  yengan  bir  masqaraboz  haqida  ertak»  (1920)    «Po’lat 

sakrashi» (1925),  «Daydi o’g’il» (1928),  «Dneprda»  (1930) singari baletlar 

shular  jumlasidandir.  Prokofyev  chet  ellarda  bu  sahna  asarlaridan  tashqari 

uchta  simfoniya,  fortepiano  bilan  orkestr  uchun  ikkita  konsert  va  boshqa 

asarlarni yozdi.              

Prokofyevning  ijodi  vataniga  qaytib  kelgandan  keyin  yanada  rivoj  topdi, 

muallifning  tanlagan  mavzular  doirasi  kengaydi,  ajoyib  opera  va  baletlar 

yarata boshladi. 1936 yilda yilda uning  mashhur baleti  «Romeo va Djuletta» 

yuzaga  keldi,  1941  yilda      «Zolushka»    1949  yilda  «Tosh  gul  haqida  ertak»  

baletlarini yozib tugatdi. 

 Kompozitor  opera  yaratish  ustida  to’xtovsiz  ish 

olib bordi. Natijada  «Semyon Kоtko» (1939),  «Monastirdagi nikoh» (1940),   

«Urush va tinchlik» (1943)  «Chin inson haqida qissa 

»  (1948)  operalari 

yaratildi.  

Sergey Sergeyevich Prokofyevga 1947 yilda RCFSR xalq artisti unvoni, 1946 

va  1951  yilda  Davlat  mukofoti  sovrindori    va  vafotidan  keyin  1957  yilda 

Lenin  mukofoti  sovrindori  berildi.  Kompozitor  1953  yil    5    mart  kuni 

Moskvada vafot etdi. 

Prokofyev o’z hayoti davomida 8 ta opera, 7 ta balet, oratoriya, 6 ta kantata, 7 

ta  simfoniya,  simfonik  syuitalar,  uvertyuralar,  fortepiano  uchun  5  ta  konsert, 

skiripka  va  orkestr  uchun  2  ta  konsert,  violonchel  va  orkestr  uchun  2  ta 

konsert, damli orkestr uchun 5 ta marsh, 2 ta torli kvartet, 14 ta sonata,  30 ta 

romans,  bolalar,  teatr  va  kinofilmlar  uchun  bir  qancha  asarlar  yozdi.             

   


 

    


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling