Xanjara Abulqosimova kino san’ati asoslari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana12.05.2020
Hajmi0.5 Mb.
#105463
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abulqosimova X. Kino san`ati asoslari


     Xanjara Abulqosimova 

 

 



 

 

KINO SAN’ATI ASOSLARI 

Mas’ul muxarrir - 

Hamidjon Ikromov 

T a q r i z c h i l a r :  



Nigora Karimova 

— 

San’atshunoslik fanlari nomzodi. 



Mahkam Muhamedov 

— Uzbekistan 

san’at arbobi. 

 

 



 

 

 



Xanjara Abulqosimova. A20      Kino san’ati asoslari/ X. 

Abulqosimova; mas’ul muxarrir H. Ikramova; Uzbekistan Davlat san’at 

instituta. - T.: «О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy 

nashriyoti, 2009. — 96 b. 

 

 

 



E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu о‘quv qullanmada kino san’ati-ning paydo 

bо‘lishi, kinoning san’at turi sifatida shakllanishi, uning texnik va badiiy asoslari, kino 

san’atining turi va janrlari, tarkibiy qismlari, tasviriy olami, suratga olish, montaj 

jarayonlari ilmiy asos-lab berilgan. Shuningdek, о‘zbek kinosining taraqqiyot bosqichlari, 

tajri-balari atroflicha yoritilgan. «Kino san’ati asoslari» о‘quv qо‘llanmasi san’at oliy 

о‘quv yurti talabalari, rejissyor, operatorlar, ovoz rejissyorlari, kino, televideniye san’ati 

bilan shug‘ullanuvchi keng kitobxonlar ommasiga mо‘ljallangan. 

BBK 85.37ya7 

 

t



  4903000000 

p P l  

A ------------------  



©«Uzbekiston millim ensiklopediyasi» 

000 - 2009 

Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. 

ISBN 978-9943-07-066-0 

 

 



 

SО‘ZBOSHI 

"Kino asoslari" о‘quv qо‘llanmasi muallifning О‘zbekiston Davlat san’at institutida bir necha yillardan buyon olib 

borayotgan "Kino san’ati asoslari" ma’ruzalar kursiga asoslangan holda yaratildi. 

Qо‘llanmada kinoning о‘ziga xos tomonlari, uning boshka san’at turlaridan farqini muxtasar shaklda ochib berishga 

harakat qilingan. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda qо‘llanma uchun eng moye kompozitsiya tanlangan. 

Ma’lumki, kino asosini sintez tashkil etadi, ya’ni kino boshqa san’at turlaridan kо‘p narsalarni о‘ziga qamrab olib, 

ularni sintezlashtiradi, о‘z hususiyatiga bо‘ysundiradi. Uning asosiy hususiyati shundan iboratki, kino asarlarida harakat va 

vakt mavjud bо‘lib, ungacha bо‘lgan san’atlar doimo shunga intilganlar. 

Kinoning  о‘z tarixi mobaynida boshqa san’atlar bilan ijodiy munosabatda bо‘lishi uning rivojlanishida muhim rol 

о‘ynadi. 

Kino rivojlanib kelayotgan yuz yillar mobaynida voqelikni, о‘tmish va hatto kelajakni aks ettirishning о‘ziga xos 

shakllari yaratildi va ular kino san’ati turlarining paydo bо‘lishiga olib keldi. 

Kino tarixi — bu kino asarlarining janrlari tarixidir. Janrlarning rivojlanishi, ularning bir shakldan boshqa shaklga о‘tib 

о‘zgarishi kinoni boyitadi. Kinoni san’atning alohida bir turi sifatida tushunish uchun uning о‘ziga xos vositalarini bilish 

muhim hisoblanadi. 

Mazkur qо‘llanmada bayon qilgan kino san’atiga oid nazariy fikrlar filmlar tabiatini tushunishda yordam beradi, о‘zini 

bu ajoyib san’atga xizmat qilishga bag‘ishlamoqchi bо‘lgan yoshlarga esa kino haqidagi dastlabki bilimlarni egallashlarida 

kо‘maklashadi, deb umid qilamiz. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



 

 

l-bо‘lim. KINONING SAN’AT TURI SIFATIDA 



SHAKLLANISHI 

1.1. Kino san’atining texnikaviy va badiiy asoslari 

 

San’atning yangi turi bо‘lgan kinoning vujudga kelishi va rivojlanishi fan, 



texnika taraqqiyoti hamda ungacha bо‘lgan san’at turlarining erishgan yutuklari 

bilan bog‘liqdir. 

Kinoning paydo bо‘lishiga bir qator kashfiyotlar ham sabab bо‘ldi. XIX 

asrning oxirlarida odamlar turmushiga elektr quvvati kirib keldi, kimyo fani 

rivojlandi, u fotografiya (surat olish)ning paydo bо‘lishiga, keyinroq esa 

plyonkani ixtiro kilishda (1887 yil) katta rol о‘ynaydi. Bо‘lajak kino uchun J. 

Plato ixtiro etgan harakatlanuvchi rasmlarga ega bо‘lgan apparat, Edisonning 

harakatni plyonkaga uzatuvchi apparata muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni vaktda 

proyeksion apparatni ham yaratish yuzasidan tajribalar olib borildi. Bir qancha 

mamlakatlarda (AQSH, Germaniya, Fransiya, Rossiyada) kinoni kashf etish 

yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan izlanishlar olib borildi va asosiy texnikaviy 

kashfiyotlar qilindi: suratga oluvchi va kursatuvchi (syomka va proyeksion) 

apparatlar yaratildi, maxsus kinoplyonka ishlab chiqildi. Xuddi mana shu 

narsalardan ixtirochi aka-uka L. va O. Lyumyerlar (1895 yil 28 dekabr) Parijda 

"Poyezdning kelishi", "Jiqqa hо‘l sug‘oruvchi", "Bolani ovqatlantirish" nomli 

dastlabki filmlarni suratga olish va namoyish qilish uchun foydalandilar. Ushbu 

kun kino san’atining vujudga kelish kuni hisoblanadi. 

Kinoning san’at turi sifatida shakllanishida an’anaviy san’atlar ham sezilarli 

ta’sir kо‘rsatdi. Qadim zamonlarda jahon xalklari qoyalarga chizib qoldirgan 

rasmlar, miniatyuralar, XVIII va X1Xasrlarda esa grafikaning rivojlanishi, 

rangtasvir va nihoyat, fotografiyaning paydo bо‘lishi — bularning hammasi 

makon va vaqt, harakat va vaqtni birlashtirish yо‘llarini izlash bilan tо‘liq bо‘ldi. 

Har bir san’at turini batafsil о‘rganishda shu muhim vazifalarni hal etishga 

intilishni kо‘ramiz. Masalan, har qanday sharq miniatyurasining kompozitsiyasi 

unda kechayotgan harakatning murakkab izchil uyg‘unlashuvidan iborat bо‘lib, 

bu esa ularning mualliflari о‘z asarlarida vaktni aks ettirishga intilganliklarini 

kо‘rsatadi. 

Kо‘pgina rassomlarning ijodida (Domye: "Don Kixot va Sancho Panso", 

mashhur fransuz fotografi Pol Nodarning olgan rasmlarida) zamonaviy til bilan 

aytganda "seriyalik"ning paydo bо‘lishini, ularda vaqt va harakat jarayonini tо‘liq 

kо‘rsatib berishga, gavdalantirishga intilishni kо‘rish mumkin. Jahon rassomlari 

о‘z san’atlarida shunday ifoda vositalarini izlaganlarki, natijada ular о‘zlari 

ishlagan rasmlarda harakatni g‘oyat xilma-xil plan va rakurslarda kо‘rsatib 

berishga erishganlar. 

Vaqt va makonda harakat dinamikasini tasviriy san’at orqali kо‘rsatib berish 

yо‘lidagi tinimsiz izlanishlar rassomlardan P.Breygel, I.Repin hamda 

impressionistlar asarlarida kuzatiladi. Binobarin, yosh kino ham ana shu 

izlanishlarga befarq bо‘la olmadi, u о‘zining rivojlanishida ana shu izlanishlar 

natijalaridan foydalandi. Kino ovozsiz bо‘lgan davrda uning tasviriy san’atga 

yaqinligi, ayniqsa yaqqol seziladi. Shunga kо‘ra kо‘pgina kino 

nazariyotchilarining kinoni tasviriy san’atga mansub deb hisoblashlari bejiz 

emas. Masalan, buyuk kinorejissyor S. M. Eyzenshteynning fikricha, kino tarixi 

rangtasvir tarixining bir qismidir. 

Kino  о‘zigacha bо‘lgan barcha san’atlar tajribasini о‘zlashtirgan hodda shakllandi. Bu san’atlarning har biridan 

о‘zining ifoda vositalarini rivojlantirishga yordam beradigan hususiyatlarni olishga intildi. Uzbek badiiy kinosi shakllanib 

kelayotgan davrda (1927 yilda) Fitrat о‘zining "San’atning manbai (kelib chikishi)" nomli maqolasida "kino ham teatr 

singari oltita ajoyib san’at: raqs, musiqa, adabiyot, rangtasvir, haykaltaroshlik, me’morlikdan kelib chiqqan: yoki boshqacha 

kilib aytganda: kino oltita qadimiy ajoyib san’atning samarali mevasidir"

1

 deb yozgan edi. 



Oradan biroz vaqg о‘tgach kino muayyam gajribaga li buldi, bu tajriba nazariy umumlashmalar qili1l imkopini berdi va 

kino tо‘g‘risida kо‘plab asarlar yozgan S. M. Eyzenshteyn ham "kinodagi har bir unsurning iddizlari boshqa sap’atlarda 

yotadi", "chunki kinoning о‘z-о‘zvdan vujudga kelish nazariyasi aplaqachon о‘z umrini yashab bо‘lgan", "kinoning 

hususiyatlarini san’atning bir-biriga yaqin turlaridan qidirish kerak"

1

 deb hulosalar chiqargan. 



Kino о‘zining shakllanish bosqichida bir-biriga yaqin san’atlardan tajribalarni singdirib olganligi bois qisqa vaqt ichida 

chinakam san’atga aylanishiga, an’anaviy san’atlar bilan bir safda turishiga imkon yaratildi. 

Kino rivojlangani sari uning muayyan mamlakatdagi badiiy madaniyat tizimi bilan munosabatlari murakkablashib, 

chuqurlashib о‘zaro ijodiy aloqa, о‘zaro yordamlashish hususiyatlarini kasb etadi. 

 

Kino va adabiyot 

Kino о‘z taraqqiyotining boshlaridanoq adabiyotga murojaat qiladi va adabiy asarlarni ekranlashtiradi. Ekranlashtirish 

esa kinoga "о‘z qaddini tiklab, oyoqqa turib olish" imkoniyatini beradi. Kino adabiyotning barcha tasvir, ifoda vositalaridan 

hikoya qilish san’atini, inson xarakterini ochib berishni, uning janr boyligini о‘ziga meros qilib oldi. Barcha turdagi 

kinofilmlarda adabiyot ma’lum darajada tadbiq etilganligini kо‘ramiz. Masalan, hujjatli kinoda diktor о‘qiyotgan matn, 

uning uslubini fakat film syujeti belgilab berib qolmasdan, adabiyotning tarkibiy qismi hisoblangan gazeta va jurnal 

publitsistikasining ta’siri ham bordir. 

 

Kino va teatr 

Kino dunyoga kelgan paytda filmni teatrga qiyos qilib 

"suratga olingan spektakl", "plyonkadagi teatr" va shunga о‘xshash 

kо‘pgina iboralar, fikrlar paydo bо‘lgan edi. Garchi bu ta’riflar 

mohiyat nuktai nazaridan xato hisoblansa-da, shunga qaramasdan 

ularda badiiy filmning teatrga yaqinligi tо‘g‘ri ochib berilgan 

edi. 


1

 Eyzenshteyn. Tanlangan asarlar, 5-jild. 

Agar biron bir spektakl suratga olinadigan, ya’ni plyonkaga tushiriladigan bо‘lsa, u о‘ziga xos barcha hususiyatlari 

bilan spektaklligicha qolaveradi. Bu bilan u filmga aylanib qolmaydi, chunki film boshkacha prinsiplar (tamoyillar), 

qonunlar, vositalar asosida yaratiladi. Pekin badiiy film inson obrazini yaratishda aktyorlik san’ati vositasi orqali teatrning 

boy tajribasidan foydalangan. Shuning uchun ham dastlabki kinoaktyorlar teatrdan tanlab olingan. Keyinchalik ham 

kо‘pgina milliy kinomatografiyada teatr aktyorlari filmlarda qatnashganlar va hozir ham qatnashib kelmoqdalar. 

Kino hali ovozsiz bо‘lgan dastlabki paytlarda aktyor ijrolari qisman bо‘lsa ham teatrni eslatib turgan.Bu yaqqol kо‘zga 

tashlanib turuvchi grim, kuchli mimika, ifodali plastikalarda namoyon bо‘lgan. Shuningdek, kinoda mizansaxna tashkil 

etish, har bir kadrdga yorug‘lik berish san’ati teatrdan olingan. Obraz yaratishda muhim elementlardan hisoblangan 

dekoratsiya, liboslar san’ati ham kinoga teatrdan kirib kelgan. Dastlabki paytlarda kino mizansahnasi teatr mizansahnasidan 

deyarli kam farq kilgan, chunki filmlar pavilyonlarda suratga olingan. Dekoratsiya san’ati garchi teatrdan kirib kelgan 

bо‘lsa ham, lekin kinoda u о‘zining farqli tomonlari bilan ajralib turadi. Masalan, filmda surati chizilgan deraza bilan 

cheklanish mumkin emas. Deraza tabiiy bо‘lishi lozim, aks holda kadrlar mazmuni qalbaki bо‘lib qoladi. 

Kino bilan teatr bir-biriga yakin bо‘lgan san’at bо‘lsa ham, ular bir-biridan ancha farq qiladi. Lekin ular doimiy 

ravishda ijodiy hamkorlikda bо‘ladi. Misol tariqasida о‘zbek badiiy kinosining tajribasini keltirish mumkin. 

Kinoda kо‘plab esda qoladigan kiziqarli obrazlar yaratgan uzbek teatrlari aktyorlari SH. Burxonov, H. Umarov, 

R.Hamroyev, M. Yokubova, N. Raximov, P. Saidqosimov, 3. Muhammadjonov va boshqalar kinoga (u "tilga kirgan" 

vaqtda) sо‘z san’atini olib kirdilar. Kinodagi nugq madaniyati, albatta teatr ta’sirini о‘zida aks ettiradi, chunki teatrda sо‘z 

qahramon tavsifining asosiy vositasi xisoblanadi. Vaqg о‘tishi bilan kino san’at sifatida kamolotga erishgach, uning о‘zi 

ham teatrga ta’sir о‘tkaza boshladi. Chunki bu har ikkala san’at badiiy madaniyat tizimida о‘zaro bir-biri bilan mustahkam 

bog‘liqsir. 

Oradan biroz vakt о‘tgach kino muayyan tajribiga la bо‘ldi, bu tajriba nazariy umumlashmalar qilish imkopipi berdi va 

kino tо‘g‘risida kо‘plab asarlar yozgan S. M. Eyzenshteyn ham "kinodagi har bir unsurning iddizlari boshqa san’atlarda 

                                                 



1

 Х.Болтабоев «Фитрат ва санъат назарияси», «Узбекистан адабиёти ва санъати газетаси», 1998 й. 

yotadi", "chunki kinoning о‘z-о‘zidan vujudga kelish nazariyasi allaqachon о‘z 

umrini yashab bо‘lgan", "kinoning hususiyatlarini san’atning bir-biriga yaqin 

turlaridan kidirish kerak"

1

 deb hulosalar chiqargan. 



Kino  о‘zining shakllanish bosqichida bir-biriga yaqin san’atlardan 

tajribalarni singdirib olganligi bois kiska vaqt ichida chinakam san’atga 

aylanishiga, an’anaviy san’atlar bilan bir safda turishiga imkon yaratildi. 

Kino rivojlangani sari uning muayyan mamlakatdagi badiiy madaniyat tizimi 

bilan munosabatlari murakkablashib, chuqurlashib о‘zaro ijodiy aloqa, о‘zaro 

yordamlashish hususiyatlarini kasb etadi. 

 

 

Kino va adabiyot 

Kino о‘z taraqqiyotining boshlaridanoq adabiyotga murojaat qiladi va adabiy 

asarlarni ekranlashtiradi. Ekranlashtirish esa kinoga "о‘z qadsini tiklab, oyoqqa 

turib olish" imkoniyatini beradi. Kino adabiyotning barcha tasvir, ifoda 

vositalaridan hikoya qilish san’atini, inson xarakterini ochib berishni, uning janr 

boyligini о‘ziga meros qilib oldi. Barcha turdagi kinofilmlarda adabiyot ma’lum 

darajada tadbiq etilganligini kо‘ramiz. Masalan, hujjatli kinoda diktor о‘qiyotgan 

matn, uning uslubini faqat film syujeti belgilab berib krlmasdan, adabiyotning 

tarkibiy qismi hisoblangan gazeta va jurnal publitsistikasining ta’siri ham bordir. 

 

Kino va teatr 

Kino dunyoga kelgan paytda filmni teatrga qiyos qilib 

"suratga olingan spektakl", "plyonkadagi teatr" va shunga о‘xshash 

kо‘pgina iboralar, fikrlar paydo bо‘lgan edi. Garchi bu ta’riflar 

mohiyat nuktai nazaridan xato hisoblansa-da, shunga qaramasdan 

ularda badiiy filmning teatrga yaqinligi tо‘g‘ri ochib berilgan 

edi. ________  



1

 Eyzenshteyn. Tanlangan asarlar, 5-jild. 

Agar biron bir spektakl suratga olinadigan, ya’ni plyonkaga tushiriladigan 

bо‘lsa, u о‘ziga xos barcha hususiyatlari bilan spektaklligicha qolaveradi. Bu 

bilan u filmga aylanib qolmaydi, chunki film boshqacha prinsiplar (tamoyillar), 

qonunlar, vositalar asosida yaratiladi. Pekin badiiy film inson obrazini yaratishda 

aktyorlik san’ati vositasi orqali teatrning boy tajribasidan foydalangan. Shuning 

uchun ham dastlabki kinoaktyorlar teatrdan tanlab olingan. Keyinchalik ham 

kо‘pgina milliy kinomatografiyada teatr aktyorlari filmlarda qatnashganlar va 

hozir ham qatnashib kelmoqdalar. 

Kino hali ovozsiz bо‘lgan dastlabki paytlarda aktyor ijrolari qisman bо‘lsa 

ham teatrni eslatib turgan.Bu yaqqol kо‘zga tashlanib turuvchi grim, kuchli 

mimika, ifodali shgastikalarda namoyon bо‘lgan. Shuningdek, kinoda 

mizansahna tashkil etish, har bir kadrdga yorug‘lik berish san’ati teatrdan 

olingan. Obraz yaratishda muhim elementlardan hisoblangan dekoratsiya, liboslar 

san’ati ham kinoga teatrdan kirib kelgan. Dastlabki paytlarda kino mizansahnasi 

teatr mizansaxnasidan deyarli kam farq qilgan, chunki filmlar pavilyonlarda 

suratga olingan. Dekoratsiya san’ati garchi teatrdan kirib kelgan bо‘lsa ham, 

lekin kinoda u о‘zining farqli tomonlari bilan ajralib turadi. Masalan, filmda 

surati chizilgan deraza bilan cheklanish mumkin emas. Deraza tabiiy bо‘lishi 

lozim, aks xrlda kadrlar mazmuni qalbaki bо‘lib qoladi. 

Kino bilan teatr bir-biriga yaqin bо‘lgan san’at bо‘lsa ham, ular bir-biridan 

ancha farq qiladi. Lekin ular doimiy ravishda ijodiy hamkorlikda bо‘ladi. Misol 

tariqasida о‘zbek badiiy kinosining tajribasini keltirish mumkin. 

Kinoda kо‘plab esda qoladigan qiziqarli obrazlar yarattan uzbek teatrlari 

aktyorlari SH. Burxonov, H. Umarov, R.Hamroyev, M. Yokubova, N. Raximov, 

P. Saidqosimov, 3. Muhammadjonov va boshqalar kinoga (u "tilga kirgan" 

vaqtda) sо‘z san’atini olib kirdilar. Kinodagi nutq madaniyati, albatta teatr ta’sirini о‘zida aks ettiradi, chunki teatrda sо‘z 

qahramon tavsifining asosiy vositasi xisoblanadi. Vaqt о‘tishi bilan kino san’at sifatida kamolotga erishgach, uning о‘zi 

ham teatrga ta’sir о‘tkaza boshladi. Chunki bu har ikkala san’at badiiy madaniyat tizimida о‘zaro bir-biri bilan mustahkam 

bog‘liqdir. 



Kino va tasviriy san’at 

Kino san’at sifatida shakllana boshlagan paytdan e’tiboran uning tasviriy san’atga juda yaqin turishi payqalgan. Badiiy 

kinoda qahramon muhitini, film vaziyatini yaratishda amaliy san’at muhim rol о‘ynaydi. Film pavilyonlardan tashqariga 

chiqqanda, ayniqsa, rangli filmda peyzaj kadrlari peyzajli rangtasvirni eslatadi. Kinoning shakllanishida tasviriy san’atning 

barcha turlariga tegishli ifoda vositalari katta ahamiyat kasb etgan. Biroq, kino ulardan nusxa kо‘chirgan emas. Kino 

masalan, kadrni tuzishda grafikadan (oq-qora kinoda), rangtasvir asaridan (rangli kinoda) о‘tadigan koloritni, filmning 

tasviriy uslubini yaratishni о‘rgangan,bunda me’morchilik alohida rol о‘ynagan. 

Rangtasvir va grafikadan kino, aniqrog‘i, operator nur bilan ishlashni, kadr kompozitsiyasini badiiy jihatdan ifodali 

quiishni  о‘rgangan. Rangtasvir janri bо‘lgan portret kinoning umumiy plan, о‘rtacha plan, yirik plan kabi ifoda 

vositalarining rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatgan. Yirik planning paydo bо‘lishida portret janrining roli ayniqsa ahamiyatlidir. 

Buni tushunish uchun qahramon yirik planda aks ettirilgan kadrni tо‘xtatish kifoya kiladi. Shunda uning rangtasvirdagi 

portret asariga yakinligi aniqkо‘zgatashlanadi. Kino kadr, mizansaxna tuzishda ham rangtasvir tajribasidan foydalangan. 

Haykaltaroshlik tajribasi kinoga kaxramon obrazini plastik jihatdan hal etishda qо‘l keladi. 

Kinoning tasviriy san’at turlari va janrlari bilan ijodiy aloqasi, ularning har birining rivojlanish darajasiga, ularda 

hukmron bо‘lgan tamoyilga, rejissyorning ijodiy tafakkuriyu, uning vizual his etishiga, kinorassomlar va 

kinooperatorlarning yuksak mahoratiga bog‘liq. 



Kino va musitsa 

Musiqa alohida о‘ziga xos ifoda vositalari orqali insonning ent nozik va murakkab his-tuyg‘ularini, turli voqea-

hodisalar mohiyati va ma’nosini eshituvchiga yetkazib berish hususiyatiga ega. Shuning uchun musika kinoning ovozsiz 

davridayoq filmga "kirib" kelgan. Tapyorlik, ya’ni pianinochining ekran yonida filmga musika bilan jо‘r bо‘lib turish 

amaliyotining keng yoyilganligi film mazmunini emotsional jihatdan boyitishi, qahramonlar his-tuyg‘ularining tushunarli 

bо‘lishini kuchaytirishi lozim edi. Musiqadan bunday badiiy fon tarzida foydalanish tajribasi ovozli kinoning dastlabki 

bosqichida ham saqlanib qolgan. Keyinchalik vaqt о‘tishi bilan kinoga bastakor jalb qilindi, ular badiiy filmlar uchun 

maxsus musiqalar yaratadigan bо‘ldilar. Musika kinoda eng muhim ifoda vositalaridan biriga aylandi, filmlarning 

mazmunini ham, qahramonlar obrazlarini xam ochib berishga kо‘maklashdi. Musiqadan kino san’atining barcha turlari va 

janrlarida foydalanib kelinmoqda. U filmni yorqin xis-tuyg‘ular bilan boyitadi, asarning mavzui, g‘oyasini, rejissyorning 

niyatini yanada tо‘laroq ochib beradi, nihoyat, ekranda rо‘y berayotgan hodisalarning milliy о‘ziga xosligini yanada 

yaqqolroq namoyon qiladi. 

Kino san’at turi sifatida endi vujudga kelgan vaqtda an’anaviy san’at turlari katta taraqkiyot yо‘lini bosib о‘tgan va 

muvaffaqiyatlarga erishgan edi, bu hol kino san’atining tezroq rivojlanishiga imkon berdi. Kino bu san’atlarning 

tajribasidan shunchaki nusxa kо‘chirib qolmasdan, bu tajribalar moxiyatiga chukur kirib bordi, ularning elementlarini о‘z 

hususiyatiga imkon boricha singdirishga harakat qildi. Film bu turli san’atlardan о‘zlashtirib olingan ifoda vositalarining 

majmui emas, balki ularning sintezidir, ya’ni kinoning о‘ziga xos xususiyatlariga qatgiq amal qilgan holda, u yoki bu san’at 

turlarining ifoda vositalari bir-birlari bilan о‘zaro ta’sirga kirishadilar. Kino yagona sun’iy san’at turi bо‘lmay, teatr 

spektakllari va opera ham sun’iy san’at hisoblanadi, lekin ularning har birida barcha ifoda vositalari qandaydir bitta san’atga 

bо‘ysunadi: teatrda — aktyorlik san’atiga, operada — musikaga. Kinoning barcha ifoda vositalarini birlashtirib turadigan 

asos fakat aktyorlik san’ati emas, chunki badiiy kinodan tashkari uning boshqa turlari ham borki, unda aktyor bо‘lmaydi. 

Kinoda boshka san’at turlaridan olingan va о‘zgartirilgan ifoda vositalari bir-biriga qо‘shilib, uning (kinoning) tasviriy 

olami asosida sintezlashtiriladi. Kinodagi sintez uning asarlaridagi ritm va temp tufayli ham yuzaga keladi. Temp va ritm 

raqsda ham, she’riyatda ham uchraydi, lekin kinoda ular orqali harakatdagi vaqt va makon beriladi. 

Bir-biriga yaqin san’atlar fakat badiiy filmlarga emas, shu bilan birga hujjatli, ilmiy-ommabop, animatsiyali kinolarga 

ham  о‘z ta’sirini о‘tkazgan. Hujjatli kinoga bundan tashqari matbuot, jurnalistika ham о‘z ta’sirini о‘tkazgan. Masalan, 

gazetadagi ocherk hujjatli kinodagi ocherkni, inson haqidagi ocherk kinodagi kinoportretni yaratdi va hokazo. 

Kino an’anaviy san’atlar tajribasini о‘rganib, ular bilan boyib, ularning ifoda vositalarini sintez kilish asosida о‘zining 

ifoda vositalarini vujudga keltirdi va tezda chinakam san’atga aylandi. 

Kino san’ati — XX asrning buyuk kashfiyotidir. U chegara bilmaydi. Bir mamlakat kinematografchilari tomonidan 

yaratilgan yangi kashfiyotlar jahon kinematografiyas*ining mulkiga aylanadi. Masalan, M. Kalatozov va operator O, 

Urusevskiyning "Turnalar uchmoqda" filmidagi Borisning о‘limi epizodida "aylanayotgan qayinlar"ni eslaylik. Bu buyuk 



kashfiyot, ixtiro edi. Bu qayinlar о‘layotgan kishining aqli-shuuridan lip-lip etib 

о‘tayotgan fikrlar xayolotini shu qadar aniq-ravshan bera olganki, bu kadrlar turli 

mamlakat rejissyorlari va operatorlarining mulkiga aylanib qoddi. 

Kino san’atining yana bir nodir fazilati uning demokratikligi, baynalminal 

san’atligidir. U millati, yoshi, ma’lumoti va boshqalardan qat’iy nazar barchaga 

tushunarlidir. Albatta, har qanday san’atda bо‘lgani kabi kinoda ham kо‘pincha 

о‘z poetikasiga kо‘ra murakkab filmlar yaratiladi, bunday filmlarni tushunish 

uchun tomoshabinni unga tayyorlash lozim bо‘ladi. Bu xildagi filmlar nihoyatda 

muhim ahamiyatga egadir, chunki ular hamisha qandaydir bir yangilikni о‘zida 

mujassam etadiki, u kinoning san’at sifatidagi taraqqiyotiga yordam beradi. 

 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling