Xarajatlarini minimallashtirish


Download 21.09 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi21.09 Kb.
#1239971
Bog'liq
mmm


Mavzu : Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari va korxonaning zararsiz nuqtasini hisoblash yoʻllari .

Reja:
1). Qiska va uzoq muddatda foydani maksimallashtirish.





  1. Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari bilan tanishish.




  1. Korxonaning zararsiz nuqtasini hisoblash yoʻllari.

¹. Tadbirkor ishlab chiqarish bilan shug’ullanar ekan, uning oldida ishlab chiqarish bilan
bog’liq muammolar mavjud bo’ladi. Bu muammolarni uch darajada ko’rish mumkin.

  1. Tadbirkorning oldida belgilangan miqdordagi mahsulotni qanday ishlab chiqarish mumkinligi masalasi turadi. Bu muammo ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa muddatda

minimallashtirish masalasiga kiradi.

  1. Tadbirkorning oldida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni optimal, ya’ni eng ko’p foyda

keltiradigan variantini aniqlash turadi. Bu — qisqa muddatda foydani maksimallashtirish
masalasiga kiradi.

  1. Tadbirkorning oldida korxonaning eng optimal quvvatini, mahsulot ishlab chiqarish

hajmini, ya’ni katta-kichikligini aniqlash muammosi turadi. Bu, uzoq muddatda foydani
maksimallashtirish masalasiga kiradi. Qiska va uzoq muddatda foydani maksimallashtirish
masalasini ko’rib chiqdik.
². Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan ham darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni rag’batlantirishdir.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko’paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag’batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari
Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko’proq tovar aylanmasi hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo’ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo’yna va boshqalar.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo’lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog’liq bo’lgan to’rt bozor tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya.
Asosan narxni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narx bilan bog’liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarida firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos xislatlariga zo’r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:

    1. Talab omillari (bozorda o’xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo’lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo’naltirilgan narx)

    2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).

    3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o’xshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo’lgan narxni bilish.

Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:

narxlashtirish masalasi qo’yiladi, talabi aniqlanadi,


xarajatlari baholanadi,
raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi, narxni shakllantirish uslubi tanlanadi, oxirgi natijaviy narx o’rnatiladi.
«O’rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo’yicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada iste’molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo’yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
«Ko’zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intmiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash usulini qo’llash bilan firma mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to’xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdoda do’konlarga xaridorlarning kelishini ko’paytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni to’liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar. Xaridorlar ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo’shimcha ravishda narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
Bozor tez o’zgarib boradi va shunga ko’ra har bir mahsulot ham o’z yashash davrini ham o’taydi. Shu vaqt davomida firmalar doimo narxlarga o’zgartirishlar kiritadi.
Yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. YAngi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar bozordagi talab darajasi, raqiblar harakati hali etarli darajada ma’lum emas.
Narx belgilashning qiyinligi, muayyan darajada mahsulotning yangiligi darajasiga ham bog’liq. Bu daraja esa uchga bo’linadi:
eng yangi mahsulot; texnikaviy ilg’or mahsulot;
original bo’lmagan (yangi taqlidiy) va o’rinbosar mahsulotlar.
Bozor talabi hali noma’lum, shu sababli noyob mahsulotga narx belgilashda asosiy masala «Qaymog’ini olish» yoki «Kirib olish» siyosatini qabul qilishdan iboratdir.
Bunda mutaxassislar narxga nisbatan asosiy iste’molchilarning munosabati darajasini belgilaydilar, shuningdek, raqiblar bozorga qay darajada tezlik bilan kirib kelishi mumkinligini o’rganadilar. O’ziga o’xshash o’rinbosarlari bo’lgan yangi mahsulot taqlidiy yoki moslashtirilgan mahsulot tarzida tasnif etiladi. Bunday hollarda narx siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx darajasi muqobil tovarlar o’rtasida mavjud bo’lgan sifat va miqdorga qarab o’zgaradi.
Mahsulotning bozorga kirib kelishi va o’sishi bosqichidan to’yinish bosqichiga harakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx marketingni strategiyasini amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.

To’yinish bosqichida narxlarni ko’tarish odatda talabning ko’payishi emas, balki ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini ortishi oqibatidir. SHu sababli mahsulotning turiga qarab yo erkin narxlar qo’yiladi yoki tovarlar sotish hajmini ko’paytirish uchun narxlar pasaytiriladi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab bilan chegaralangandir.


Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foydani asosiy chegaralovchisi va shu vaqtni ichida taklif xajmiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxona samaradorligini oshirish, uni oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir. Keling endi xarajatlar masalasiga iqtisodiyot nazariyasidagi mavjud yondashuvlarni ko`rib chiqaylik. Mehnat nazariyasiga asosan K. Marks ishlab chiqarish xarajatlarini tova ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xom ashyo, yoqilg`i, mehnat qurollarini amortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga u
savdodagi xarajatlarni ham qo`shgan. Birinchi xil xarajatlarni u ishlab chiqarish, ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda u bozordagi ahvol va boshqa hollarni e’tiborga olgan. Marks tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etadi degan fikrga asoslangan.
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi xarajatlar tasnifiga boshqacha yondoshadi. U resurslarning chegaralanganligi, noyobligidan va ulardan al’ternativ foydalanish deganda daraxtdan mebel, qurilish materiali, qog`oz va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari tshuniladi. Bundan ma’lum ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan biron-bir resursni iqtisodiy xarajatlari tovar ishlab chiqarish uchun eng oqilona ishlatish usuli qiymatiga teng. Resurslarni chegaralanganligi sababli har doim ishlab chiqarishni tashkil etish, tanlash muammosi oldida turadi. Tanlash bir vaqtining o`zida biror bir narsadan vos kechishni anglatadi. Shunday qilib, iqtisodiy xarajatlar — korxona tomonidan resurslarni yetkazib beruvchilarga to`lov, shuning deb ishlab chiqarishni aniqlangan variantini amalga oshirish uchun xuddi shu korxona tomonidan qo`llanishini ta’minlovchi ichki xarajatlardir. Yuqorida berilgan tarifdan biz xarajatlarni tashqi va ichki turlarga bo`linishini ko`rishimiz mumkin.
Tashqi xarajatlarga o`z mahsulotini ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ya’ni ish haqi, yoqilg`i, xom ashyo va shu kabilarga tshuniladi. Ichki xarajatlar bu xususiy korxona egasi yoki magazin egasi o`ziga ish haqi to`lamaydi yoki o`z pulini savdoga qo`ygan bo`lsa, bankga qo`ygan taqdirdagi protsentini olmaydi. Ammo firma egasi normal foyda oladi. Aks holda bu ish bilan shug`ullanmas edi. Normal foyda xarajatlarni bir elementini tashkil etadi. Undan tashqari iqtisodiy yoki sof foyda ham farqlanadi, u umumiy tushumdan ichki va tashqi shuningdek normal foydani chegirib tashlash bilan aniqlanadi. Iqtisodiy foydadan buxgalteriya foydasi, umumiy tushumdan tashqi xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
³. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish
Bozor munosabatlari sharoitida h ar qanday ishlab chiqarish korxonasi rahbari tu rli xil oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishga majbur bo'ladi.
"Xarajatlar — ishlab chiqarish hajm i — foyda" (Cost-Volume-Profit) o'zaro aloqadorlik tahlili zararsizlik nuqtasini aniqlashda menejerlar uchun muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, mazkur tahlil tizimi


yordamida buxgalterlar, auditorlar, ekspertlarvamaslahatchilar korxona moliyaviy ahvolini haqqoniy baholash va yaxshilash uchun muhim tavsiyalar berishi mumkin.
Zararsizlik nuqtasi korxona daromadlari uning xarajatlarini to'liq qoplash nuqtasi bo'lib, moliyaviy natijalarni aniqlashning oddiy va aniq usuli hisoblanadi.
Baholar, korxona xarajatlari, mahsulotni sotish hajmi va tarkibiga
oid h ar bir qabul qilingan qaror pirovard-natija korxonaning moliyaviy ahvolida namoyon bo'ladi.
"Xarajat — ishlab chiqarish hajmi — foyda" quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish;

  • xarajat, ishlab chiqarish hajmi va foydaning o'zaro bog'liqligi ta’siri natijasida xarajatning qanday o'zgarishi mumkinligini aniqlash;

  • korxona rahbarlarining qisqa muddatli boshqaruv qarorlarini qabul qilishlariga ko'maklashish;

  • korxonani istiqbolli rivojlantirish imkonini beradigan variantlar orasidan eng maqbulini tanlash va h.k.

"Xarajat — ishlab chiqarish hajmi — foyda" tahlili tizimi nafaqat
kichik tadbirkorlik sub’ektlari, balki yirik korxona rahbarlari uchun ham ishonchli boshqaruv qarorlari qabul qilishda muhim aham iyatga ega. Bu tizim ida xarajat, ishlab chiqarish jarayoni va moliyaviy natijalar bogliqligiga ta ’sir etuvchi turli xil omillar o'rganiladi. Bu holat korxona menejerlarini muntazam ravishda sotish bahosi, o'zgaruvchan va doimiy xarajat, resurslarni sotib olish va ulardan oqilona foydalanish borasida qaror qabul qilishi zarurligi bilan ifodalanadi.
CVP-tahlili m arjinal darom ad, rentabellik ostonasi (zararsizlik nuqtasi), ishlab chiqarish dastagi va chidamlilikning m arjinal zaxirasi kabi asosiy elementlardan iborat.
M arjinal darom ad korxonalarda m ahsulot (ish va xizm at)larni sotishdan olinadigan tushum va ulam i ishlab chiqarish tannarxi summasi o'rtasidagi tafovutni ifodalaydi.
Doimiy va o'zgaruvchan x arajatlarn i qoplovchi tushum hajmini hisoblash uchun korxonalarda m arjinal daromad hajmi va koeffitsienti ko'rsatkichlaridan foydalaniladi.
Maijinal daromad hajmi korxonaning doimiy xarajatlam i qoplash va foyda olishga qo'shgan hissasini ko'rsatadi. Uni hisoblashning ikki usuli mavjud:

  • birinchi usulda mahsulotni sotishdan tushgan tushum dan barcha o'zgaruvchan xarajatlar chiqarib tashlanadi;


ikkinchi usulda esa m aijinal daromad hajmi korxona doimiy xarajatlari va foydasini qo'shish yo'li bilan aniqlanadi.


Maijinal daromadning o'rtacha hajmi deganda, mahsulot bahosi bilan o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlar o'rtasidagi tafovut tushuniladi. Bu ko'rsatkich mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan doimiy xarajatlarni qoplashga qo'shilgan hissa va olingan foydani aks ettiradi.
Maijinal daromad koeffitsienti mahsulot sotishdan olingan tushumdagi
maijinal daromadning ulushi yoki tovar bahosidagi maijinal daromadning o'rtacha ulushini ifodalaydi.
Rivojlangan mamlakatlar boshqaruv hisobi nazariyasi va amaliyotida CVP - tahlilini o'tkazishning bir qancha usullaridan foydalaniladi. Ular ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, zararsizlik nuqtasini aniqlash va unga ta ’sir etadigan omillarni hisoblash uchun ko'plab formulalar qo'llaniladi. Shu bilan birga, amaliyotning o'zi ham shunday har tomonlama qulay formulani qo'llashni talab etadiki, u CVP
- tahlilini tashkil etuvchi barcha baholarning o'zaro aloqadorligini
ta ’minlash va ancha oddiy yo'l bilan h a r bir omilning ta’sirini aniqlashga imkon tug'dirishi lozim. Bunday m aqsadga erishish uchun quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

  1. +F XH+F

Mf=— — = — —
f M„
В - X
d

m uz


bu erda,
Mf — m ahsulot hajmi;
Xd — doimiy xarajatlar summasi; F — foyda summasi;
Mb — m arjinal daromadning m ahsulot birligiga to'g'ri keladigan summasi;
Bm — m ahsulot birligi bahosi;
Хцг— o'zgaruvchan xarajatlam ing mahsulot birligiga to'g'ri keladigan summasi.
Quyida 100000 so'mlik foydani olish uchun rejalashtiriladigan sotish hajmini aniqlaymiz.
Хл+Ғ
5 0 0 0 0 0 + 1 00000
Mf= — *
— = = 7500 kg В - X
2 0 0 - 120
m uz

    1. Bu erda mahsulotni zararsiz sotish hajmi quyidagi ni tashkil etadi: X,

5 0 0 0 0 0
M = * - = = 6250 kg г
B - X
2 0 0 - 120



    1. B erilgan k o o rd in atla rd a g i k u tilay o tg a n foyda sum m asini aniqlaymiz:

F = M /B - X J - X d=7500(200 - 120) - 500000 = 100000 so'm

    1. Berilgan koordinatlardagi doimiy xarajat summasini aniqlaymiz: Xd= M /B - Xu2)-F = 7500(200 - 120) - 100000 = 500000 so'm

    2. Sotuvning rejalashtirilgan bahosini aniqlaymiz:


„ X,+F
5 0 0 0 0 0 + 1 0 0 0 0 0
M = X + —------ = 120 + = 200 so'm
Mf
7 5 0 0

    1. O'zgaruvchan xarajatlam ing m ahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan summasini aniqlaymiz:

„ X,+F
5 0 0 0 0 0 + 1 0 0 0 0 0
X = B - — ------ = 2 0 0 = 120 so m
Mf
75 0 0

    1. M arjinal darom adning m ah su lot birligiga to'g'ri keladigan summasini aniqlaymiz:

X.+F
5 0 0 0 0 0 + 1 0 0 0 0 0
M = = = 80 so'm Mf
7 5 0 0
"Xarajat— ishlab chiqarish hajmi — foyda" tahlilining muhim sharti korxona xarajatlarini doimiy va o'zgaruvchanlarga bo'lish hisoblanadi. Doimiy xarajat ishlab chiqarish va sotuv hajmiga bog'liq bo'lmaydi, o'zgaruvchan xarajat esa - bu ikkita omilning o'zgarishiga mutanosib ravishda o'zgarib turadi. Shu bois, yuqorida keltirilgan formulalarga asosan zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun mahsulotni zararsiz cotish koeffitsienti ko'rsatkichidan foydalanish m aqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
U quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
қ- J L .
bu erda,
K2 — mahsulotni zararsiz sotish koeffitsienti; Mz

  • mahsulotni zararsiz sotish hajmi; Mf

  • mahsulotni foydali sotish hajmi.

Quyida mahsulotni zararsiz sotish koeffitsientini hisoblaymiz: К _ j>250_ _ о eg
7 5 0 0
Bu koeffitsient yordamida mahsulot sotish hajmiga bogTiq zararsizlik ko'rsatkichini aniqlaymiz.
1.
M ahsulot sotish hajmini qiymat ko'rinishida aniqlaymiz.

1500000 х 0,83 = 1245000 so‘m



  1. Mahsulotning zararsiz narxini belgilaymiz. 100 x 0,83 = 83 so'm

  2. M ahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan o'zgaruvchan xarajatlarni aniqlaymiz.

60 x 0,83 = 49,8 so'm

  1. Mahsulot birligiga to'g'ri keladigan m aijinal daromad summasini aniqlaymiz.

40 x 0,83 = 33,2 so'm
SVR - tahlil tizimi hisob-kitoblami soddalashtiradi va ulaming mehnat talabliligini kam aytiradi, shuningdek, qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirishga imkon beradi.
SVR - tahlili amaliyotda goho zararsizlik nuqtasi tahlili deb ham
yuritiladi.
Zararsizlik nuqtasi (rentabellik chegarasi) deganda, korxona ishlab chiqarishining shunday hajmi va tushum i tushuniladiki, bunda barcha x arajatlar qoplanishi va dastlabki foyda olinishi ta ’minlanadi, ya’ni,
m ahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olinadigan tushum uning barcha xarajatlari yig'indisiga teng bo'ladi. Bu sotuvning shunday hajmiki, unda korxona foyda ham, zarar ham ko'rmaydi.
Mazkur nuqta "Xatarli”, "O'lik" yoki "Muvozanat" nuqtasi deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu nuqtani ВЕР ("Break-even point") sifatida belgilanadi va u rentabellik nuqtasi yoki ostonasi deb ataladi.

Adabiyotlar;





  1. Karimov I.A. O'zbekiston — bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li. T., «O'zbekiston», 1993.




  1. Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtarish yo'lida. T., "O'zbekiston", 1995.




  1. Karimov I.A, O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. T. «O'zbekiston», 1992.

Download 21.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling