Xattotlik maktablarini boshqarishning nazariy asoslari


Download 15.89 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi15.89 Kb.
#1334736
Bog'liq
Ёшлар талимини юксалтиришда хаттотлик санъатининг ўрни


    1. Xattotlik maktablarini boshqarishning nazariy asoslari

Xattotlik maktablari haqida so’z yuritishdan oldin, qisqacha xattotlik haqida to’xtalib o’tsak. Xattot so’zi arabcha- خطات so’zdan olingan bo’lib - "xat ustasi, chiroyli xat bituvchi" degan ma'nolarni anglatadi.


Xattotlik san’ati – Xattotlik arabchada — husnixat yozuvchi, kalligrafiya — yozuv, xat san'ati, kitob ko‘chirish hamda me'moriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitoblarini yaratish san’ati hisoblanadi.
Xattotlik,go’zal husnihatda yozish dunyoning barcha davlatlarida mavjud. Biz asosan arab xattotligi xususida so’z yuritishimizga sabab, aynan xattotlik arab yozuvi bilan birgalikda o’ziga xos go’zal san’at darajasiga ko’tarilgan. Xattotlik va kitobat san’ati mashriqzamin aholisining uzoq asrlik madaniy- tarixiy merosida muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyodagi barcha muqaddas kitoblari, tarixiy, qomusiy, ilmiy, adabiy, ma’rifiy asarlar mana shu xattotlarning sermashaqqat mehnatlari evaziga asrlar osha avloddan- avlodga o’tib kelgan.
Arab yozuvi islom dini vujudga kelgandan so’ng, jadal rivoj topdi, dunyo bo’ylab arab yozuvidan keng miqyosda foydalana boshlandi. Bu esa o’z navbatida arab yozuvida turli xat turlarining kashf etilishiga olib keldi.
Arab alifbosi 28 ta harf, fors alifbosi 32 ta, turkiy alifbosi 34 ta harfdan iborat. Arab harflarining rivojlanib borishi asosida so’zlarning yozilishi san’at darajasiga ko’tarildi. Buning natijasida yangi san’at-xat va kitobot, xattotlik san’ati vujudga keldi. Bu san’atni egallagan kishilar "mirza", "kotib", "xushnavis", "xusnixat", "munshiy" va "xattot" deb atala boshladi. Xattotlik nafaqat ko’chirish san’ati, balki go’zal ijod mahsuli hamdir. Xattotlikda ko’pgina yozuv turlari mavjud. Manbalarda qayd qilinishicha 36 xil, ba’zi manbalarda esa turkiy yozuvida 50 dan ortiq, yozuv turi ayrim xattotlarga xosligi ta’kidlab o’tilgan.
Download 15.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling