Xech qachon boshliqqa to’sqinlik qilma


Download 26.32 Kb.
Sana23.01.2020
Hajmi26.32 Kb.

1-qoida.

Xech qachon boshliqqa to’sqinlik qilma.

Hamma vaqt ham boshlig’ingiz o’zini juda erkin va o’zi uchun yoqimli tushishi uchun sharoit yarating. Uning ko’nglini toppish yoki o’z salohiyatingizni ko’z-ko’z qilish maqsadida uning oldida ko’p qolib ketmang – aks holda hammasi siz uchun teskari samarani keltirib chiqaradi: Bu bilan undagi hadik va o’ziga bo’lgan ishonchsizlikni kuchaytirishingiz mumkin. Uning har tomonlama yetuk bo’lib ko’rinishi uchun imkon yarating – va siz hukmronlikka erishasiz.

2-qoida.


Do’stlaringga haddan ortiq ishonma, Dushmanlardan foydalanishni o’rgan.

Do’stlar bilan munosabatda xushyor bo’ling ular hasadga juda tezda berilib, o’zlariuchun qulay paytda sotib ketishadi. Shuningdek, ular tantiq va zo’ravon ham bo’lishadi. Lekin sobiq dushmaningiz bilan birgalikda ishlang, u sizga do’stdan ko’ra sadoqatli bo’ladi, negaki u o’zini ko’rsatishi uchun sabab-lar yetarli. Aslida sizga dushmanlardan ko’ra do’stlar ko’proq xavf tug’diradi. Agar sizning dushmanlarin-giz yo’q bo’lsa, tezda ularga erga bo’lish imkonini toping.

3-qoida.

Asl maqsading yashirin bo’lsin.

Harakatlaringizning asl sababini sezdirmasdan odamlarni omonat muvozanatda tutib turing. Ular sizning maqsadingiz nima ekanini bilmay turib, o’zlarini hotirjam his qilolmaydi. Ularni o’zingizdan uzoq-roqda tuting, tumanmonand manzara hosil qiling, mavridi kelib sizning asl maqsadingizni bilishganida ham biror chora qo’llashlari uchun kech bo’ladi.

4-qoida.


Doim zarur deb bilganingdan ko’ra kamroq gapir.

Aytganlaringiz odamlarda taassurot qoldirishini istasangiz, unutmang: qanchalik ko’p gapirsangiz sjunchalik o’rtamiyona, kuchsiz ekaningizni ko’rsatasiz. Agar sizning nutqingiz mavhum, tugallanmagan va sfinks kabi g’alati bo’lsa siyqasi chiqqan gaplarni aytsangiz ham original bo’lib tuyuladi. Nufuzli odamalar o’zlarining aytganlaridan ko’ra oxirigacha aytmagan gaplari bilan odamlarda taassurot qoldiri-shadi va qo’rquv uyg’otishadi. Qanchalik ko’p gapirsangiz, ahmoqona gaplarni aytishingiz ehtimoli shun-chalik kuchayadi.

5-qoida.

Nomingga dog’ tushmasin, uni xayoting qadar avayla.

Nom – hukmronlik poydevori. Nomingizning o’ziyoq odamlarda qo’rquv uyg’otishi va siz g’alaba qozonishingiz mumkin. Agar siz tez ranjiydigan bo’lib qolsangiz va har tomonlama hamlalarga yo’liqsan-giz, nomingiz zalvoriga darz yetishi mumkin. Nomingizni mustahkamlang. Hujumga o’tishdan oldin ser-gaklik bilan ehtimol tutilgan hamlalarni kutib oling va bartaraf qiling. Nomiga tushgan dog’lar tufayli raqiblaringizni safdan chiqarishni o’rganing. Keyin bir chetga o’tib jamoatchilik fikri u bilan hisob-kitob qilishini kuzatasiz.

6-qoida.


Qanday qilib bo’lsa ham e’tibor qozon.

Hamma narsa haqida tashqi ko’rinishga qarab baho berishadi. Ko’rinmagan narsaning qimmati bo’lmaydi. Shuning uchun olomonning ichida ko’rinmay ketishingizga yoki unutilib ketishingizga yo’l qo’ymang. Ajralib turing. Qanday bo’lmasin ko’zga tashlaning. Odamlarni o’zingizga ohangrabodek tor-ting, atrofdagi ko’pgina sipo va mehribon odamlardan ko’ra zalvorliroq, chiroyliroq, sirliroq bo’ling.

7-qoida.

Boshqalarni sen uchun ishlashga majbur qil

va natijalardan foydalan.

Aql, bilim va o’zgalarning yugur-yugurlaridan o’z ishingiz rivoji uchun foydalaning. Bunday yordam nafaqat sizning qimmatli vaqt va kuchingizni tejaydi, balki sizga omadli odamning abadiy shon-shuhratini baxsh etadi. Sizga yordam berganlar unutiladi, sizni esa eslashadi. Siz uchun boshqalar qilishi mumkin bo’lgan ishni xech qachon o’zingiz bajarmang.

8-qoida.

Odamlarni sen tomon kelishga majbur qil,

Kerak bo’lib qolsa tuzoqdan foydalan.

Agar siz boshqa odamni harakatga keltirishga majburlay olsangiz, hukmronlik siz tomonda. Hammasidan ahamiyatlisi, raqibingizni o’z rejalariga zid tarzda sizning oldingizga kelishiga erishish. Uni maftunkor foydalar bilan adashtirib qo’ying va hujumga o’ting. Kartalarning hammasi sizning qo’lingizda.

9-qoida

Dalillar bilan emas, harakat bilan g’alaba qozon.



Bahs orqali qozongan har qanday ga’labangiz sizga juda qimmatga tushadi. Bundan ko’ra bir og’iz ham gapirmay boshqalarni o’zingga hamfikr bo’lishga majburlashingiz foydaliroq bo’ladi. Harakatin-gizni ko’rsating, lekin izohlamang.

10-qoida.

Infeksiya: G’amgin va omadsiz odamlardan qoch.

Kimningdir baxtsizligi siz uchun halokatli oqibatlarni keltirishi mumkin – his-tuyg’u ham huddi kasallik kabi yuqumli. Siz balki cho’kayotgan odamni qutqarayotgandek bo’larsiz, ammo aslida siz o’z baxtsizligingizga yaqinlashayotgan bo’lasiz. Baxtsizlar ba’zan o’zlariga balo orttirib olishadi, ular sizni ham shunday balolarga giriftor qiladi. Buning o’rniga siz imkoni boricha baxtlilarga va omadlilarga yaqinlash.

11-qoida.

Odamlar sening izmingda bo’lishiga haarakat qil.

Xech kimga bog’liq bo’lmaslik uchun, avvalo, siz doim kerakli va foydali bo’lishingiz zarur. Sizga qanchalik ko’p suyanishsa, o’z ixtiyoringizda shunchalik ozod bo’lasiz. Odamlarning baxti va gullab-yashnashi sizga bog’liq bo’lishiga erishing va siz uchun xavotirga asos bo’lmaydi. O’z kuchlariga tayanib, sizni aylanib o’tmasligi uchun xech qachon ularga hamma narsani bir yo’la o’rgatmang.

12-qoida.

O’ljangni lol qilish uchun ba’zan halollik va saxiylikni namoyon qil.

Bitta samimiy tarzda vijdonan bajargan harakatingiz ko’plab noto’g’ri harakatlaringizni yopib ketadi. Chin qalbdan iqror bo’lish va oliyjanoblik ko’rsatish xushyorlikdan chalg’itadi. O’zingiz tanlagan to’g’rilikni namoyon qilish bilan mo’ljalga urib, keyin istaganingizdek aldashingiz mumkin bo’ladi. O’z vaqtida taqdim etilgan tuxfa – Troya otidek – sizning maqsadingizga xizmat qiladi.

13-qoida.

Yordam so’raganingda odamlarning manfaatini ko’rsatishga urin,

xech qachon ularning marhamati yoki oliyhimmatligini uyg’otishga harakat qilma.

Agar hamkoringizga yordam so’rab murojaat qilishingizga to’g’ri kelsa , avvalgi yaxshi ishlardagi hamkorligingizni eslatib ovora bo’lib o’tirmang. U sizni suiste’mol qilish uchun sabab topa oladi. Buning o’rniga siz iltimosingiz yoki kelishuvingizda uning uchun foydali bo’ladigan jihatlarga uning e’tiborini qa-rating, buni imkon boricha ta’kidlang. U o’z manfaatini ko’zlab, bajonidil sizni q’llab-quvvatlaydi.

14-qoida.

Do’st rolini o’ynab, ayg’oqchidek harakat qil.

Raqibni bilish juda muhim. Ayg’oqchi, gap tashuvchilardan muhim ma’lumotlarni yig’ishda foy-dalaning, bu sizga bir qadam oldinda yurish imkonini beradi. Yana ham yaxshirog’i – o’zingiz ayg’oqchi-dek ish tuting. Oliyjanoblik bilan suhbat qurib, gapning asli nimadaligini sinchkovlik bilan tekshiring. Ay-lantiruvchi savollarni bering, ularga berilgan javoblar odamning ojizligini va maqsadlarini ko’rsatib qo’-yadi. Har qanday holatdayam mohirona tadqiqot uchun imkon topsa bo’ladi.

15-qoida.

Dushmanni butunlay yakson qil.

Qo’rquvdagi dushmanning boshi tanasidan judo etilishi kerakligini Muso davridan buyon hamma qudratli hukmdorlar yaxshi biladi (ba’zan buni og’ir sinovlardan keyin bilib olishlariga to’g’ri kelgan). Agar o’chganga o’xshab xira tortgan xolda birgina uchqun qolib ketsa, oxir-oqibat u alangalanadi. Yarim yo’lda to’xtab qolish – butunlay yakson qilgandagiga qaraganda ko’proq talofat keltirishi mumkin: dushman orqaga tisarilib, qasos olish payiga tushadi. Uni nafaqat jismonan, balki ruhan ham butunlay yakson qiling.

16-qoida.

Yanada obro’li va hurmatli bo’lish uchun kamnamoligingdan foydalan.

Jamiyatdagi haddan tashqari faollik sizning bahoingizni tushiradi. Qanchalik ko’p ko’rinsangiz yoki siz haqingizda qanchalik ko’p eshitishsa, shunchalik darajada kundalik, odatiy bo’lib boraverasiz. Agar siz mustahkam mavqega chiqib olgan bo’lsangiz, sizning yo’qliginigiz odamlarning siz bilan qiziqish-lari ortishiga, siz haqda ko’proq gapirishlariga sabab bo’ladi. Qachon ketish-u, qachon kelishni o’rganish kerak. Kamyoblikni paydo qilib, qadru qimmatni oshiradi.

17-qoida.

Odamlarni muallaq holda tut, mavhumlik muhitini yo’qotma.

Odamlar – odamlarning hosilasi, ularda boshqalarning harakatlaridagi o’zlari yaxshi bilgan jihat-larini izlab toppish ehtiyoji mavjud. Sizning harakatlaringizni oldindan bilish ularga sizning ustingizddan hukmronlikni beradi. Kartalarni chalkashtirib tashlang, atay shunday qilingki, ular sizning harakatlarin-gizni oldindan bila olishmasin. Muttasil behuda urinishlari yoki bemaqsad harakatlari ularni oxir-oqibat toliqtirib, muvozanatdan chiqaradi va sizning harakatlaringizni kuzatish uchun sabr-toqati tugashiga majbur qiladi.

18-qoida.

Himoyalanish uchun atrofingda qal’a yasama: yakkalanib qolish xavfli.

Dunyo xavf-xatarga to’la, dushmanlar esa har qadamda uchraydi – hammasi ham ximoyalanish-ga majbur. Atrofingni qal’a qilib o’rab olish xavfsiz bo’lib ko’rinadi. O’zini boshqalardan butunlay ajratib qo’yish insonni nafaqat himoyalay olmaydi, balki yanada kuchliroq xavfga duchor qiladi: bu holat bizni juda muhim nformasiyalardan mosuvo qiladi, boshqalar uchun sezilarli va qaltis nishonga aylantiradi. Yaxshi odamlar orasida bo’lib, hamkorlar orttirgan ma’qul. Raqiblaringdan odamlar orasida ichida turib bekin, olomondan qalqon sifatida foydalan.

19-qoida.

Kim bilan ishga kirishganingni bil: mo’ljaldagidan boshqa odamni ranjitib qo’yma.

Dunyoda turli-tuman odamlar bor, ularning hammasi ham qaysidir voqea yoki hodisaga bir xil munosabatda deb o’ylab bo’lmaydi. Siz kimgadir po’pisa qilib, unga ayyorlik qilishingiz mumkin – u esa umrining oxirigacha sizdan qasd oladi. Bunday odamlar – qo’y terisini yopinib yurgan bo’rilar, Shuning uchun raqib yoki o’ljani tanlashda juda ehtiyotkor bo’ling va xech qachon boshqa odamni ranjitib qo’ymang.

20-qoida.

Xech kim bilan birlashma.

Faqat ahmoqlargina qaysidir tomonga borib qo’shilishga oshiqadi. O’zingizni o’zingizdan boshqa xech kimga ishonib topshirib, o’zingizni ortiqcha ma’suliyatlar bilan hukmronlik yuritish imkoniga ega bo’lasiz – odamlarni bir-biri bilan to’qnashtirib, ularni ortingizdan ergashishga majbur qilasiz.

21-qoida.

Soddadilni aldash uchun soddadil bo’l.

Nishoningdagi odamdan ahmoqroq ko’rin.

Boshqalarga qaraganda o’zini ahmoqroq his qilish xech kimga yoqmaydi. Shuning uchun bundagi ayyorlikning mohiyati shundaki – siz unga o’zini aqlli his qilishi uchun imkon yaratasiz. – hunchaki aqlli emas, aynan o’zini sizdan ko’ra aqlliroq his qilsin. Kunlardan bir kun u bunga chindan ham ishonib qolib, sizning pinhoniy maqsadingiz borligiga shubhayam qilmaydi.

22-qoida.

Taslim bo’lishdan foydalan: zaiflikni qudratga aylantir.

Zaif xolingizda xech qachon g’urur uchun kurashmang. Buning o’rniga taslim bo’ling. Taslim bo’lishingiz o’zingizni o’nglab olishingiz, raqibingiz tinkasini qurib, g’azablanishi uchun, shuningdek, uning qudratiga putur yetishini kutishingiz uchun zarur vaqtni beradi.Unga siz bilan jangga kirishib g’alaba qozonishi uchun imkon bermang – bunga qadar taslim bo’ling. Taslim bo’lishni hukmronlikning quroliga aylantiring.

23-qoida.

Kuchlaringni to’pla.

Kuch-qudratingizni saqlang, kuchingizni orttirib bir joyga jamlab boring va shu holda avaylang. Unchalik chuqur bo’lmagan konning biridan ikkinchisiga o’tganingizdan ko’ra siz boyliklari mo’l bo’lgan birgini chuqur konni ochganingiz ma’qul. Haddan ziyod shiddat bilan boshlangan is h har doim so’nishga mahkum. Sizni yuksaltiruvchi kuch-qudrat manbaini izlar ekansiz, uning asosiy kalitini toping, shunday semiz sigirni topingki, u sizni uzoq vaqt sut bilan ta’minlab tursin.

24-qoida.

Haqiqiy saroy ayonidek ish tut.

Hamma narsa hukmronlik va siyosiy nizolardan iborat bo’lgan dunyoda haqiqiy saroy ayoni gullab yashnaydi.U nozik sha’ma va ishoralarni juda ustalik bilan tushunadi. U sharoitga ko’ra yolg’on gapiradi, taslim bo’ladi va o’zining boshqalar ustidan hukmronligini eng nozik va noaniq ko’rinishda isbot qiladi. Saroy qonunlarini o’rganing va malda qo’llang – sizning yuksalishingiz chegara bilmaydi.

25-qoida.

O’zingni qaytadan bunyod qil.

Jamiyat sizga ravo ko’rgan rolga rozi bo’lmang. O’zingizni qaytadan yarating, o’zingizda boshqa-larning e’tiborini tortib, xech qavhon zeriktirmaydigan yangicha xususiyatlarni paydo qiling. Qiyofangiz-ni boshqalar belgilab berishiga yo’l qo’ygandan ko’ra uni o’zingiz yaratganingiz afzal. O’zingizning jamoat ishlarinigiz va harakatlarinigizni teatrlashtiring – sizning hukmronligingiz ortadi, sizning siymongiz esa hayotning o’zidan-da kengroq va teranroq ko’rinadi.

26-qoida.

Qo’lingni toza tut.

Siz intizom va mexnatsevarlik uchun namuna bo’lishingiz kerak: sizning qo’lingiz xech qachon xatolar va iflos ishlar bilan bulg’anmagan. O’z ishtirokingizni sezdirmagan holda boshqalardan qurol tarzida foydalanib, shunday gard tushmagan nomingiz va qiyofangizni asrang.

27-qoida.

Ko’p sonli tarafdorlarni to’plab, odamlarning ehtiyojlaridan foydalan.

Odamlar nimagadir ishonishni istashadi. Ularga yangicha ishonch baxsh eting, ular ergashadigan darajadagi ishonchning obyekti bo’ling. Mayli, sizning nutqingiz tushunarli, ko’p narsani vada qiluvchi bo’lmasin, lekin zavqu shavq, g’ayratni aql-idroku fikran tiniqlikdan baland qo’ying. Ular uchun yangi holatda qayta tiklangan odam-marosimlarni taqdim qiling va ularni sizning nomingizdan qurbonliklar keltirishga da’vat eting. Odamlarni uyushtiruvchi din va namuna uchun buyuk shaxslarning taqchilligida sizning yangicha ishonch sistemangiz sizga cheklanmagan hukmronlikni beradi.

28-qoida.

Ishga ikkilanmasdan kirish.

Agar ishning muvaffaqiyatli ketishiga ishonchingiz komil bo’lmasa boshlamang. Sizning gumon va ikkilanishingiz ishni buzib qo’yishi mumkin. Sizning gumon va ikkilanishingiz ishni buzib qo’yishi mumkin. Sarosima, dovdirash xavfli: yaxshisi, ishni ishonchliroq boshlagan ma’qul. O’zingizga ishon-chingiz orqali vujudga kelgan har qanday xatoni o’zingizga nisbatan yanada kuchliroq ishonch bilan to’g’rilab ketishingiz mumkin. Jasurlik bilan shaharlar olinadi, kamtarlik obro’ keltirmaydi.

29-qoida.

Hammasini to’la to’kis rejalashtir.

Hammasi yakunda mujassam bo’ladi. Yakun muvaffaqiyatli bo’lishi uchun harakatlaringizni zoye qilib, obro’ni boshqalarga taqdim qilishi mumkin bo’lgan oqibatlar, to’siqlar omadning kelib-ketishi kabilarni nazarda tutib hammasini puxta rejalashtiring. Agar siz miridan sirigacha o’ylab ish tutsangiz, kutilmagan holatlar sizni esankiratib qo’ymaydi va siz qachon to’xtashingiz kerakligini ham bilasiz. Sekingina omadni turting, unga kelajakni belgilash uchun imkon yarating va ayni damda kelajakni belgi-lash uchun imkon yarating va ayni damda kelajakni bir necha qadam oldindan bilish haqida fikrlang.

30-qoida.

Muvaffaqiyatga erishayotganda intilishlaringni oshkor qilma.

Harakatlaringiz tabiiy va amalga oshishi yengil bo’lishi kerak. Huddi barcha ayyorona hunarlar yashirin tarzda amalga oshirilgandek, sizning barcha harakat va ter to’kishlaringiz buning zamirida pinxon tutilishiga to’g’ri keladi. Namoyishkorona chiranishlarsiz harakat qiling, huddi bundan-da ortiqroq natijalarga erishishingiz mumkindek taassurot qoldiring. Maqtanish yoki maqtalish vasvasasiga uchmang, bu faqatgina ortiqcha mashmashalarni keltirib chiqaradi – qanchalik qiyinchilik bilan harakat qilayapsiz, axir. Xech kimga o’z uslublaringiz haqida ayta ko’rmang, aks holda bu uslublarni sizning o’zingizga qarshi qo’llashadi.

31-qoida.

Hamma variantlarni nazorat qil: mayli boshqalar

sen tarqatgan kartalar bilan o’ynayverishsin.

Eng maqbul tanlov aldov sizning go’yoki tanlov imkonini boshqa odamga berib qo’ygandek ko’rinishingiz: qurboningiz tanlovdagi erkinlikni his qilish orqali aldanadi, aslida esa bu erkinlikni his qilish orqali aldanadi, aslida esa bu erkinlik shunchaki ko’zni shamg’alat qiluvchi holat. Nimaniki tanlashmasin, siz yutib chiqadigan vaziyatni hosil qilib ularga tanlov imkonini bering. Aksariyat vaqtda ikkitadan birini tanlashga ularni majbur qiling, faqat sizning maqsadingizga xizmat qiladiganini emas. Ularga “Qayerni qilma orzu, xar yerda bor tosh-tarozu” dilemmasini ro’baro qiling.

32-qoida.

Insonga hos jimjimador xavasu homhayollardan foydalan.

Haqiqat tez-tez ko’zga ko’rinmay qoladi, demak, u nigohlardan holi va juda ham chiroyli emas. Agar g’azabga to’lgan odamning portlashiga tayyor bo’lmasangiz, xech qachon haqiqat va asliyatga murojaat qilmang. Hayot shu darajada shavqatsiz va qayg’uliki, odamlar o’zlari ovunib turgan go’zal hayolot tufayli go’yoki saxro o’rnida bo’ston yaratishadi. Olomonning xomxayollarini boshqarish buyuk hukmronlik.

33-qoida.

Har bir kishining ojiz tomonini bil.

Har kimning ha mojizligi, mustahkam deb bilgan qal’asining o’pirilgan joyi bo’ladi. Bunday ojizlik – ishonchsizlik, xissiyotlarni nazorat qila olmaslik yoki qandaydir istak-hohish, yoki uning shodligiga sabab bo’luvchi mayda sir-sinoatlar ham bo’lishi mumkin. Nima bo’lmasin, siz ojizlikni topib, uni iskanjaga olish quroliga aylantiring va o’z foydangizga ishlating.

34-qoida.

Viqor bilan muomilaga kirish: o’zingni qiroldek tut,

Shunda qiroldek qabul qilinasan.

Siz o’zingizni qanday ko’rsatsangiz, atrofdagilar siz bilan xuddi shunga mos tarzda muomila qiladi. Juda uzoq muddat o’zingizni beadab va madaniyatsiz qilib ko’rsatib, albatta, xurmat-izzatga sazovor bo’lmaysiz. Axir qirol, avvalo, o’zini hurmat qiladi va atrofdagilarda ham xuddi shu his-tuyg’uni uyg’otadi. O’zingizni ishonchli, viqorli tutish orqali siz toj kiyish siz uchun, avvalo, burch ekanini namoyon etasiz.

35-qoida.

Vaqtni boshqarish san’atini egalla.

Xech qachon shoshilayotganingizni ko’rsatmang – shoshilish vaqtni taqsimlayolmay, o’zingizni boshqara olmayotganingizni bildirib qo’yadi. Xuddi oxir-oqibat hammasi sizga o’z-o’zidan keladigandek hamisha hotirjam ko’rinishga harakat qiling. Eng qulay vaqtni topishni, sizni hukmronlik sari eltuvchi vaqt ruhiyatini, yo’nalishini ilg’ashni o’rganing. Hali vaqti kelmagan bo’lsa, o’zingizni chetga olib qolishni, vaqti kelganida jon-jahdingiz bilan kurashishni o’rganing.

36-qoida.

37-qoida.

Unutilmas manzara yarat.

Yorqin obrazlilik va ramziy ma’nolarga to’la xatti-harakatlar hukmronlik aurasini tashkil qiladi – ular har qanday insonni zabt etadi. Shuning uchun sizning atrofdagilarga ishtirokingizni bo’rttiruvchi maftunkor, ravshan va nurli ramzlarga to’la spektakl namoyish qiling. Bu manzaraning maftunkorligi tufayli aslida hammasi siz tomonidan qilinganini xech kim sezmaydi.

38-qoida.

Nimani istasang shuni o’yla, lekin hamma qatori haraqat qil.

Agar vaqtdan ilgarilab ketganingizni namoyon qilishni istsangiz va ajoyib g’oyalar, noodatiy usullaringiz bilan maqtanib, o’zingiz yashayotgan davrga zid harakat qilsangiz, odamlar siz haqingizda, e’tibor qozonishga harakat qilyapdi, o’zini katta tutib, boshqalarga past nazar bilan qarayapdi deb o’ylashadi. Odamlar o’zlarini past nazarga munosib ko’rganingiz va o’zingizni oliyjanob qilib ko’rsatganingiz uchun sizni jazolashning yo’lini topishadi. Shuning uchun eng maqbul va xavfsiz yo’l – ularga aralashib, hamma kabi bo’lmoqdir. O’zingizga hosligingizni esa faqatgina sabr-toqatli do’stlarga va g’oyalaringiz shubhasiz tarzda maqul bo’luvchi odamlargagina ayon qilishingiz mumkin.

39-qoida.

40-qoida.

41-qoida.

42-qoida.

43-qoida.

44-qoida.

45-qoida.

46-qoida.



47-qoida.

48-qoida.
Download 26.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling