Xi asr o'rtalarigacha Angliya Reja


Download 49 Kb.
Sana23.05.2020
Hajmi49 Kb.
#109471
Bog'liq
XI asr o'rtalarigacha Angliya


Aim.uz

XI asr o'rtalarigacha Angliya

Reja:


  1. Angl- saks istilosi va angl- saks korolliklari

  2. Alfred Buyukning davlatini idora qilishi

  3. Angl - sakslaming ijtimoiy tuzumi.


Adabiyotlar

  1. V.F.Semyonov. O'rta asrlar tarixi. O'qituvchi nashr. Toshkent-1973 yil, 79-86-bet

  2. R.Qurbongaliyeva. O'rta asrlar tarixidan o'quv-metodik qo'llanma. O'qituvchi nashr. Toshkent - 1980 yil, 109-122-betlar.

  3. Xrestomatiya po istori srednix vekov ."Prosvisheniye" Moskva - 1988 yil 1- qism

Tayanch tushunchalar

Kent - korolligi - Temza daryosining janubiy qo'shilishi joyida tashkil topgan davlat . "Danyaliklar" puli - Angliyada Alfred tomonidan tashkil etilgan danyaliklarga qarshi kurash jamg'armasi.

Vitenagemot - donolar Kengashi, qirol huzurida tashkil etilgan; Virgata - gaydanning to'rtdan bir qismi gaytanlar chek yerlarining bir qismi; Soka - xususiy sud qilish huquqi; Sokmen - xususiy sud qilingan dehqonlar

Nazorat savollari


    1. Angliyaning ijtimoiy - siyosiy hayoti qanday bo’lgan?

    2. Alfed Buyuk istelolarining mohiyati nimada?

    3. Anglo-saksoniyaliklarrning ijtimoiy tuzumi to'g'risida gapiring

V asr boshlarida erishilgan "Britanya mustaqilligi" uzoqga bormadi. V asrning o'rtalaridan boshlab 1449 yil atrofida) bu orolga turli xil shimoliy - g'arbiy german qabilalari - anglar, sakslar, yutlar bostirib kira boshladilar. Bu istelolar VI asrning ikkinchi yarmigacha cho'zildi.Britaniya territoriyasida o'ndan ortiq may day varvar germon Korolliklari pay do bo'ldi. Bu varvar korolliklari:

Eng chekka G'arbdan-Uels bilan Kornueldan va kelit korolliklari saksoniy qolgan eng chekka shimoldan - Shotlandiyadan tashqari, Orayenning butun territoryasini egaladi.VII asrga kelib ang-saks korolliklari yiriklashib yettita (Geptarxiya deb ataladigan) korollikni tashkil etdi.

-Janubda sakslarning uchta korollik - UESSEKS, SESSKS, ESSEKS (g'arbiy, janubiy va sharqiy saks) koroliklari vujudga keldi.

- Markazga va shimoli- sharqda asosan angllar o'rnashgan bo'lib, bu yerlarda Mersiya, Nortulebriya va Sharqiy -Angliya korolliklari tashkil topdi.

Yutlar chekka Janubi- G'arbda muhim territoriyani, yani Temza daryosi quyiladigan joyni ishg'ol qilgan kichik bir Kent korolligini tuzdilar.

-VII asr va VIII asrning birinchi yarmida shimoliy korolliklar - Nortumbriya va Mersiyaning ta'siri kuchli edi. VII asrning o'rtalaridan boshlab gegemonlik UESS yec (poytaxti Venger) ga o'tdi. UESSEKS koroli - butun mamlakatni Ekbert (802-839 yil) birlashtirdi. Mamlakatni birlashtirdi. Mamlakatni birlashtirishi 829 yillarda amalga oshirilgan edi.

VI asrdan boshlab angl-sokslar orasiga xristiyanlik kira boshladi. Angliyada ikkinchi cherkov yani grek cherkovlari bilan aloqada bo'lgan Irlandiya cherkovi, ikkinchisi-papa tomonidan yuborilgan rim cherkovi. Angl- soks korollari rim cherkovi episkoplar bilan mustahkam aloqada edilar hamda siyosiy kuch sifatida ulardan foydalanar edilar.



Daniyaliklarga qarshi olib borilgan kurash

Anglo-saks korolligi tashkil topgan davrdan boshlab danyaliklarga qarshi kurash olib bordi. Angliyada faqat Skandinaviyadan kelganlar emas, balki Skandinav -normanlarning, narveglarning ham ta'siri kuchli edi. Skandinavlar doimiy Britaniya orollariga yopirilib hujum qilib turardilar. Ular Irlandiya, Shatlandiya va Angliyaga bir necha asr davomida hujumlar qilib turganlar. Bular o'tasidagi hujumlar 300 yil 9 VIII asrning ikkinchi yarmidan to XI asr o'rtalarigacha davom etdi.

838 yilda Ekbort danyaliklarning Angliyaga qilgan hujumlaridan birini qaytara oldi. Ammo 842 yilda ular ool ichkarisiga yana bostirib kirib, Londonga o't qo'ydilar. 866 yilda esa Shimoliy-Sharqiy qirg'oqni hammasini bosib oldilar. Bu joylar Daniyaga qarashli mintana deb ataldi.

Alfred Buyukning idora qilishi

Alfred Buyukning hukmronlik yillari (871-900) Angliya tarixida daniyaliklarga qarshi kurash yillariga to'g'ri keladi. Daniyaliklaga qarshi kurash uzoq vaqt davom etdi. Nihoyat 879 yilda Alfred danyaliklarni Temza daryosining narigi tomoniga uloqtirib, tashlab danyaliklar bilan sulh tuzishga muvofiq bo'ldi. Sulhga asosan mamlakat ikki qismga bo'lindi:



  • Angliyaning Janubiy - G'arbiy qismi angl-sakslarga,

  • Shimoliy- Sharqiy qismi danyaliklarga bo'lib beilgan edi.

Alfred danyaliklarga qarshi eski feodal qo'shinlarga tayangan holda, qo'shinlarning kuchaytirilishini quvatladi. Angliyada ritsorlik harakati ayj oldi. Alfred juda ko'plab burglar-qal'alar qurilishiga alohida e'tibor berdi, dengiz floti qurilishiga zo'r berdi.

Alfred tomonidan daniyaliklarga qashi kurash jamg'amalani yani, "daniyaliklar puli" degan soliq joiy qilindi. Alfred ilm-ma'rifat taraqqiyotiga e'tibor berdi. Lotin tilini o'rganishga, avtorlarni asarlarini angl-saks tillaiga tarjima qilishga ahamiyat berdi. Savodli klirikla tayyolash uchun episkoplik kafedralai qoshida yangi maktablar tashkil qilindi.

Alfred Kent, UESSEKS va Mersiyaning qadimgi qarindoshlarini - hokimyatlarini to'plashni, unga ancha keyin "Alfred hokimyati" nomi ostida chiqarilgan qonunlarni qo'shib bitta to'plam qilib chiqadi.

Kanut Datskiy davlati

Alfred zamonida daniyaliklarning siquvi anchagina to'xtatilib, ular Shimoliy - Sharqqa tomon uzoq surib tashlandi. Lekin X asrning oxirida - XI asrning boshlarida daniyaliklar daniyaning o'zidan hujum boshladilar. Angliya o'z mustaqilligidan butunlay mahrum bo'ldi. Daniya koroli Kanut Danskiyga bo'ysundi.

Kanut Danskiy (1017-1035 yil) istelo qilingan yerlarni birlashtirib, Shimoliy davlat tuzdi, bu davlatga Daniyaning o'zi, Norvegya, Shvetsiya, Angliya va Shotlandiya kirdi. Angliya Daniyaga iqtisodiy jihatdan qaram bo'lib, soliqlar to'lab turishga majburbo'ldi. "Danya puli" ko'paytirilib Daniya koroliga xiroj tariqatida bo'linadigan bo'ldi.

Kanut vafotidan keyin uning davlati ham parchalanib ketdi. Danya korolligi ixtiyorida faqatgina Danya yerlari qoldi. Angliyada Eduard Ispovednik (1042 -1066 yy) taxtga chiqib angl-saks dinastiyasiga asos soldi. Angl-saks zodagonlarining bir qismi danyaliklar bilan ish tutishga moyil edi. Eduard boshchiligidagi zodagonlar fransuz - Norman gersogi Vilgelm bilan ittifoq tuzishga harakat qildi. Eduard vafotidan keyin angl-saks feodali -UESSEKS gersogi Garoldni korol qilib sayladi. “Eduard vasheb" ini bahona qilgan Vilgelm Normandskiy 1066 yilda juda ko'p fransuz qo'shinlari bilan angliyaga bostirib kirib, Gostings shahriga yaqin bir joy da Garoldni tor-mor qildi. Shundan keyin Vilgelm Londonga yo'l oldi va u yerda 1066 yil 25 dekabrda Angliya qaram deb e'lon qilindi. Bu voqea Angliya tarixida angl-saks davrining oxiri deb hisoblanadi.



Angl- sakslarning ijtimoiy tuzumi. Feodallashuv protsesi

Ilk angl-saks korolliklarida uzoq vaqt urug'chilik munosabatlarining saqlanib qolganligi sezish mumkin. Angl- sakslarda ham franilarga o'xshash. "Sali hokimyati" dek erkin kishilar - kyorllar aholining asosiy ommasini tashkil etgan. Bular mustaqil dehqonlar bo'lib, Gayda deb atalgan katta- katta yer uchastkalariga ega edilar ( ba'zi korolliklarda harbir kyori oilasiga tegishli katta chekerning miqdori 120 ak yoki bizning hisobimizcha 20 gektar kelar edi.) Kyorlning vergelodi - 200 ishllint edi. Zadagon - Erlning vergelodi esa dastlab faqat 400 shillint bo'lsa, keyincha 600 shillinga, undan keyin yana oshib 1200 shillinga yetdi. Angl-saks hokimyatlarida Kyorllardan tashqari, "yana letlar" yoki uillar tilga olindi. Bular o'z ahvoli jihatidan franilitlarga o'xshash yarim erkin kishilar edi. Ular ma'lum shartlar asosida yerlarni ijaraga olib ishlar edilar. Ularning vergelodi 80 shillintga yaqin edi. Letlar ko'pchiligi ritaniyaliklar bo'lib ularning bir qismi xovli xizmatkolari bo'lsa, bir qismi obrokchi qo'liar edi.

Angl-saks jamiyatida jamoa va boshqa mahaliy boshqaruv organlari juda ko'p bo'lgan. Bularning asosiy qishloq-tun edi. qishloq jamoasi yig'ilishlar - galimot chaqirib turar, uni onsakol boshqara edi. Yuzboshilar majlisi chaqirilib, unda sheriflarning hisobotlari tinglanar edi.

Bundan tashqari, korol huzurida vitenagemot - ("donola kengashi") butun birlashgan korollik zadagonlarining kengashi chaqirilib turar edi.

Vitenagemot korol hokimyatini butunlay cheklab qo'ygan edi. U qonunlarni tasdiqlardi va mamlakatning oliy sud organi edi. Korollarni saylash va biror gunoh qilib qo'ysa, o'rnidan turish ham vitenagemont qo'lida edi. U tasdiqlashicha, korolning hech qanday amalga oshmas edi.

VIII va IX asrlarda, ayniqsa X asrda angl-sakslarning patriarxal jamoa tartiblari tobora tushkunlik sari yuz tutdi. Bu paytda ham korolning ta'sii bo'lib, korol maxsus yomenlar berib, yerni dunyoviy zadagonlarga va cherkovga xususiy mulk sifatida bera boshladi. Dehqonlar ye mulklari bilan 1 falklend ) unga qarama -qarshi o'laroq, mamlakatda pomeshcheklar mulki (bohlend) ham mavjud bo'lib, u bi qancha imtiyozlarni o'z qo'liga olgan edi, yani dehqonlarni sud qilish va ulardan soliqlar olish.

IX- X aslarda dehqonlarning chek yerlari maydalanib gaydalar - virgatalarga almashtiriladi yana (virgata - gaydaning to'rtdan bir qismi edi).

Dehqonlar zimmasiga judako'p og'irliklar tushar edi. Daniyaliklar hujumini qaytarish qo'shinlar safmi to'ldirish, ko'prik, burg, yo'l quilishi "daniyalikla puli" ritsalar ta'minoti va hokazo.

Angliyada VII-VIII asrlarda ancha ko'payi 930 yilda Etelstan (Alfredning nevari) har bir ekin kishiga o'zi uchun bi xo'jayin ( Angl- sakscha "Lord", bu termin fransuzcha "senor" degan terminga tog'ri keladi.) topib olishni buyurdi. Dehqonlarning katta yer egasiga qaramligi immunitet tarzida rasmiylashtirdi. Katta yer egalariga kiy imtiyozla berildi. Xususiy sud qilish hukmi soka deb, xususiy sud qilingan dehqonlar sokmenlar deb atalardi.

Yerdor lordlar manorlar deb atalgan. Ularning ixtiyorlarida qullar, krepostnoy dehqonlar bo'lgan. XI asrlarga kelib ilgarigi kyorllar o'rnida genitlar va geburlar paydo bo'ladi.

Genitlar- xususiy yer egasi bo'lib, qisman korolga, qisman yonidagi lordlarga soliqlar to'lab turuvchi erkin dehqonla edi. Geburlar esa o'z yeri bo'lmay, pomeshchiklarning yerida dehqonchilik qilib, unga yil bo'yi har xafita uch-to'rt kun burchini о'tab beruvchi va bundan tashqari lordga moya, g'alla, pul shaklida turli xil soliqlar to'lab turuvchi dehqonlar edi.

Kassetlar - bularning kichik bir parcha yeri va kulbalari bo'lib, bula evaziga uncha katta bo'lmagan barigina majburiyatlarni bajarar edilar.



Normannlar istelosi vaqtida angl-sakslarda feodallashuv jarayoni to'liqtugamagan edi. Shimoliy - Sharqiy Angliyada erkin dehqonlar ("Erkin kishilar”) ham juda ko'p edi. "Daniyaliklar mintapasidagi dehqonlar o'z mustaqilligini birmuncha saqlab qolgan edi.



Aim.uz


Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling