Xisobot varaqasi


Download 21.09 Kb.
Sana27.11.2020
Hajmi21.09 Kb.
#153824
Bog'liq
2.Hasanboy Abdusattorov 77-18 NNGQIT


Fargona Politexnika instituti Kimyo-texnologiya fakulteti NNGQIT yo’nalishi 77-18 gurux talabasi Abdusattorov Hasanboyning “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari” fanidan

2-AMALIY MAShG’ULOTNING

XISOBOT VARAQASI.
Mavzu: "Metrologiya tо’g’risida"gi О’zbekiston Respublikasi qonuni.



  1. Ishning maqsadi:

Qonun bilan yaqindan tanishish hamda amaliy foydalanishda bо’lgan о’lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi о’lchash natijalarini o’rganishdan iboratdir.

2. Savollarga javob:

2.1 Bizga ma’lumki,1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan ketma-ket uchta, ya’ni - "Standartlashtirish tо’g’risda", Metrologiya tо’g’risda" va "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish" Qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga imiy о’lchash birliklarini bilasiz?

1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan ketma-ket uchta, ya’ni- "Standartlashtirish tо’g’risda", Metrologiya tо’g’risda" va "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tо’g’risda"gi Qonunlar imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga tadbiq etilishi Respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga kо’tarilishiga asos bо’ldi. Shulardan biri, ya’ni "Metrologiya tо’g’risida"gi qonun ustida biroz tо’xtalib о’tamiz.

Bu qonun Respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta’minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi.

2.2 "Metrologiya tо’g’risida"gi qonun nechta bо’lim, moddani о’z ichiga olgan hamda har bir bo’limni ta’riflab misollar keltiring?

"Metrologiya tо’g’risida"gi qonun 5 bо’limdan iborat bо’lib, bu bо’limlar 21 moddani о’z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yо’lga qо’yish, va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bо’yicha keng ma’lumotlar berilgan.

Qonunda kо’rsatilganidek, о’lchash vositalarining davlat sinovlarini о’tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat rо’yxatiga kiritish «О’zstandart» agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunning bo’limlari quyidagicha nomlanadi:

I bolim. Umumiy qoidalar;

II bo’lim. O’lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo’llash;

III bo’lim. O’zbekiston Respublikasining metrologiya xizmatlari;

IV bo’lim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati;

V bo’lim. Metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlash.

Qonunning I bo’limi 1—4-moddalar va 4-moddaga qo’shimcha moddadan tashkil topgan bo’lib, u asosiy tushunchalar; metro­logiya to’g’risidagi qonun hujjatlari; xalqaro shartnomalar va bitimlar; metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish; o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlashga oid me’yyoriy hujjatlarga bag’ishlangan.

Qonunning II bolimi 5—8-moddalardan tashkil topgan bo’lib, bu moddalar olcham birliklari; olchamlar birliklarining etalonlari; o’lchov vositalari, o’lchovlarni bajarish uslubiyotlariga bag’ishlangan.

Qonunning III bolimi 9~ 11-moddalardan tashkil topgan va unda O’zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi; davlat metrologiya xizmati; yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlariga tegishli ma’lumotlar keltirilgan.

Qonunning IV bolimi 12—19-moddalar va 18-moddaga qo’shimcha moddadan tashkil topgan bo’lib, unda davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o’tkazish tartibi; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan sohalar; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari; o’lchov vositalarining turlarini tasdiqlash; o’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish, o’lchov vositalarini kalibrlash; o’lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug’ullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga litsenziya berish; metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish; metrologiya me’yorlari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarliklar keltirilgan.

Qonunning V bo’limi 20 — 21-moddalardan iborat va unda metrologiya ishlarini davlat tomonidan moliyaviy ta’minlash; metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to’lash tartiblari kel­tirilgan.

XULOSA:

Men ushbu amaliy mashg’ulotda Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishga bog’liq bo’lgan qonunlar bilan hamda bo’limlari bilan tanishdim.



Talaba
Gurux

Bajarilgan sana

Uqituvchining imzosi

Abdusattorov Hasanboy

77-18 NNGQIT

27.10.2020




Download 21.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling