Xitoy tilida modal fe’llarning semantik- grammatik xususiyatlari


Download 281.98 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.01.2020
Hajmi281.98 Kb.

XITOY TILIDA MODAL FE’LLARNING SEMANTIK-

GRAMMATIK XUSUSIYATLARI 

 

Rajapova Kumushbibi  

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti Xitoyshunoslik fakulteti 

2-kurs magistranti 

Annotasiya 

            Ushbu maqolada fe’l so’z turkumi, uning o’ziga xususiyatlari 

haqida  yozilga.  Bundan  tashqari  modal  fe’llar,  turlari  va  ularning 

semantik xususiyatlari ochib berilgan.   

Ma‟lumki, xitoy tilshunosligi grammatikasida so„z turkumlari alohi-

da  o„rin  tutadi.  So„z  turkumlari  orasida  esa  fe‟l  so„z  turkumining 

ahamiyati  o„zgacha.  Fe‟l  nafaqat  keng  qamrovli  mavzu  bo„libgina 

qolmay, uning rang-barang turlari ham o„ziga xos xususiyat kasb etadi. 

Fe‟l  xitoy  tilida  eng  asosiy  so„z  turkumi  hisoblanib,  gap  bo„laklari 

orasidagi o„rni juda muhim. 

Fe‟lga quyidagicha ta‟rif berish mumkin: Fe‟l-bu biror predmetning 

harakat va holatini ifodalovchi gap bo„lagi bo„lib, shu bilan birga xitoy 

tilida  harakatning  maqsadi  va  shakl  shamoyilini  ham  ifodalab  kelishi 

mumkin.  Ba‟zan  esa  fe‟l  predmetning  belgisini  ham  bildirib  keladi. 

Odatda fe‟l predmetning harakati va holatini aniqlab kelib, gapda kesim 

vazifasini  bajaradi,  harakatning  maqsadi  va  shakl-shamoyilini  aniqlab 

kelganda  esa  gapda  hol  vazifasini,  predmetning  belgisini  bildirib  kelsa, 

gapda aniqlovchi funksiyasini bajaradi. 

Fe‟l gapning asosiy mazmunini ochib berish funksiyasini bajaradi, u 

orqali gapda ish-harakatning qaysi paytda, qanday yakunlangani, kimga 

yo„nalganligi  kabi  ma‟nolari  aks  ettiriladi.  Shunday  ekan,  fe‟l  so„z 

turkumini o„rganish qanchalik murakkab bo„lmasin, ammo uning o„ziga 

xos  taraflarini  o„rganish  dolzarbligicha  qolaveradi.  Quyida  biz  modal 

fe‟llarga to„xtalib o„tamiz. 

Rus  xitoyshunosi  S.Y.Yaxontov  o„zining  “Xitoy  tilida  fe‟l  katego-

riyalari” deb nomlangan asarida, modal fe‟llarini quyidagicha ta‟riflaydi: 

“Modal  fe‟llar  subyekt  harakatining  o„ziga  bo„lgan  munosabatini 

bildiradi: bu munosabat harakatni yakunlash imkoniyati, zaruriyati yoki 

xoxish-istagidir. Shuning uchun modal fe‟llar gapda har doim boshqa bir 

fe‟l  bilan  bog„lanib,  u  bilan  birga  yagona  murakkab  kesimni  ifodalab 


keladi.  Asosiy  fe‟lsiz  uning  o„zi  alohida  mustaqil  ravishda  to„liq 

gaplarda kesim bo„lib kela olmaydi. Aynan mana shu modal fe‟llarning 

boshqa  fellardan  ajratib  turadigan  muhim  farqi  hisoblanadi”

1

.  Demak, 



modal  fe‟llar  boshqa  fe‟llar  bilan  birikib  harakatning  imkoniyatini, 

xohish istagini, zaruriyatini bildiradi. 

Modal fe‟llarning o„ziga xos xususiyatlari haqida gapirganda, Yaxon-

tov shunday deydi: “Modal fe‟llarning o„ziga xos xarakterli tomonlaridan 

biri  uning  morfologik  muqimligida,  ya‟ni  o„zgarmasligida.  Modal  fe‟llar 

hech qachon hech qanaqa formalarda tuslanmaydi”. 



Modal fe’llarning semantik turlari 

Xitoy tilida modal fe‟l deb ehtimollik, xohish-istak, burch ma‟nosini 

ifodalovchi,  egadan  keyin  kesimdan  oldin  keluvchi  fe‟llarga  aytiladi. 

Semantik  xususiyatlariga  ko„ra  ularni  quyidagi  guruhlarga  ajratishimiz 

mumkin. 

1.  Hatti-harakatni  bajarish  ehtimolligini,  qobiliyatini  ifodalovchi 

modal fe‟llar: 

能,能够,会 


2. Ehtimollik va ruxsatni ifodalovchi modal fe‟llar: 

可以,可能 


3. Zaruriyatni ifodalovchi modal fe‟llar: 

应该,应当,该,要, 

4. Shart ma‟nosini ifodalovchi modal fe‟llar: 

必须, 得 


5. Xohish-istak ma‟nosini ifodalovchi modal fe‟llar: 

要,想,愿意,敢,肯, 

Modal fe‟llarning grammatik xususiyatlari 

Modal  fe‟llar  asosiy  fe‟lning  “yordamchilari”  hisoblanib,  gapda 

hatti-harakat,  voqea  hodisaning  vujudga  kelishi,  sodir  bo„lishi  ehtimol-

ligini, zarurligi kabi tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi.  

1. Modal  fe‟llar  doimo  asosiy  fe‟ldan  oldin  keladi,  bazida  aniqlov-

chidan oldin kelishi ham mumkin 

Masalan: 我会游泳  

2.  Modal  fe‟lning  inkor  shakli  “ 不”ning  modal  fe‟lidan  oldinga 

chiqarish orqali vujudga keltiriladi. 

                                                           

1

 С.Е. Яхонтов «Категория глагола в китайском язике» (1957-yil, Sankt Peter-



burg).

 


Masalan:他不愿意来。 

3. Modal fe‟lning tasdiq va inkorini ketma-ket qo„llash so„roq gapni 

hosil qiladi. 

Masalan: 你能不能帮助我? 

4.  Hatti-harakatni  davomiyligini  yoki  tugallanganligini  ifodalash 

uchun modal fe‟llarga “了”,”过”,”着” qo„shilmaydi 

5. Modal fe‟llar reduplikatsiyaga uchramaydi 

6. Modal fe‟llardan so„ng ot so„z turkumi ishlatilmaydi 

Yaxontov  yana  modal  fe‟llar  haqida  shunday  deydi  :  “Mustaqil 

ma‟noga  ega  fe‟llardan  tashqari,  xitoy  tilida  yana  yordamchi  va  yarim 

yordamchi fe‟llar mavjud. Bu fe‟llarning mustaqil ma‟noli fe‟llardan farqi 

shundaki,  ular  hech  qachon  to„liq  gaplarda  mustaqil  kesim  bo„lib  kela 

olmaydi.  Yordamchi  fe‟llar  guruhiga  1)  来 va 去   fe‟li  2)  ko„makchi 

fe‟llarni, yarim yordamchi fe‟llarga esa modal fe‟llarni kirita olamiz”. 

Xitoy  tilida  modal  fe‟llarning  boy  sistemasi  mavjud  bo„lib  ular 

ehtimollikni, zaruriyatni yoki harakat qilish ma‟nolarini ifodalaydi. Mo-

dal fe‟llarining asosiy xususiyati shundaki ular morfologik o„zgarmasdir. 

Xitoyshunos  olimlar  modal  fe‟llarni  yopiq  turdagi  fe‟llar  qatoriga 

qo„shishadi. Ularning miqdori ham cheklangan, shuning uchun ham ular 

murakkab  ma‟noga  ega  bo„lib,  boshqa  fe‟llardan  grammatik 

xususiyatlariga ko„ra ajralib turadi. Bizga ma‟lum bo„lgan 36 ta  modal 

fe‟lini quyida keltirib o„tamiz 

11 

能 

Néng 



Qila olmoq,  

22 


能够 

Nénggòu 


Qila olmoq 

33 


会 

Huì 


Qila olmoq 

44 


可 

Kě 


Ruxsat  

55 


可以 

Kěyǐ 


Mumkin 

66 


可能 

Kěnéng 


Balki, ehtimollik 

77 


得以 

Déyǐ 


Imkoniyati bor bo„lmoq 

88 


愿意 

Yuànyì 


Rozi bo„lmoq 

99 


愿 

Yuàn 


Umid qilmoq, xohlamoq 

110 


乐意 

Lèyì 


Tayyor bo„lmoq, chin dildan bajarmoq,  

11 


请愿 

Qǐngyuàn  Rozi bo„lmoq 

12 

肯 

Kěn 



Rozi bo„lmoq 

13 


想 

 xiǎng 


Kerak 

14 


要 

Yào 


Kerak 

15 

想要 


Xiǎngyào  O„ylamoq, hohlamoq, umid qilmoq 

16 


敢于 

Gǎnyú 


Jur‟at etmoq 

17 


敢 

Gǎn 


Haddi sig„moq 

18 


乐于 

Lèyú 


Bajonidil 

19 


应当 

Yīngdāng  Shart, zarur 

20 

应 

Yīng 



Shart, zarur 

21 


应该 

Yīnggāi 


Kerak, shart 

22 


得 

De 


Bo„lishi mumkin 

23 


得 

Dei 


Shart, zarur 

24 


须得 

Xūde 


Zarur, muhim 

25 


犯得着  Fàndezhao  Yo„l qo„ymoq 

26 


犯不着  Fànbuzhao  Yo„l qo„ymaslik 

27 


理当 

Lǐdāng 


E‟tiborga olmoq 

28 


便于 

Biànyú 


Loyiq 

29 


该 

Gāi 


Yaxshi bo„lar edi 

30 


难于 

Nanyú 


Qiyin bo„lmoq 

31 


难以 

Nanyǐ 


Qiyin bo„lmoq 

32 


容易 

Róngyì 


Oson 

33 


想 

Xiǎng 


O„ylamoq, xohlamoq 

34 


许 

Xǔ 


Ruxsat bermoq, ehtimollik 

35 


谁 

Shui 


Ehtimollik 

36 


配 

Pèi 


Munosib, loyiq bo„lmoq 

 

Download 281.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling