Xiv asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movarounnaxrda tarbiya va maktab.(4 soat) Reja


Download 60.93 Kb.
bet1/24
Sana13.01.2022
Hajmi60.93 Kb.
#329982
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
маъруза матни (7)
Bog'liq
Adabiyot savollar, 2 5292203601995762257, 2-kontraktozb-KI, 2-kontraktozb-KI, 1VARIANT, 2VARIANT, 9-Mavzu, Namangan muhandislik-qurilish instituti informatika va axborot t-fayllar.org, Namangan muhandislik-qurilish instituti informatika va axborot t-fayllar.org, 12-Mavzu, Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni joylashtirish va ixtisosl, matematikadan harakatga oid matnli masalalar yechish, 2 5393446602616605663, ЖТ Тарихи фанидан Семинар машғулотлари мавзуси 1 курслар учун, 5f688d7ab3107

XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movarounnaxrda tarbiya va maktab.(4 soat)

Reja:
1.XIV-XVI asrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikr taraqqiyoti. So’fiylik ta’limoti.

2. Movarounnahrda Sohibqiron Amir Temur tomonidan markazlashgan dabvlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo’shgan hissasi.

3. Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari.

4. Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayi Void Koshifiy asarlarida ta’lim-tarbiya masalarining ilgari surilishi.


Islom dinida ziddiyatlar va ixtiloflar paydo bo’lib, ularning natijasida VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab islomning o’z ichida turli yo’nalishlar, mazhablar, oqimlar paydo bo’la boshladi. Shulardan biri suniylik yo’nalishidir. Bu yo’nalish VIII-XII asrlarda Arab halifaligidagi eng yirik yo’nalishlaridan biri sifatida shakllangan. Hozirda jahon musulmonlarining 90 % sunniy mazhabidir.

Sunniylar o’zlarini ahli as-sunna-sunna tarafdorlari deb atab, Qur’on bilan birga sunnaga ham e’tiqod qiladilar. Sunniyda to’rtta diniy-huquqiy mazhab-hanafiya, malikiya iyufii’ya, xanbaliya. Bular har biri hadis talablariga tayanch holda huquqiy muammolarni hal etadi. Bu mazhablarda namoyondalari Abu Havafa (713-795), Malik Abu Anas (713-795), Ash-Shariy (767-819) va Ibn Hanbal (780-855) lar.

Sunniylar halifalik hokimiyati tarafdori bo’lsa, shialar imomat tarafdoridir.

Hozirda sunniylikdan Ahmadiya mazhabi, vahobiylar diniy siyosiy oqimi ajralib chiqdi.

Islomdagi ikkinchi yo’nalishi-shialik (arabcha «guruh», «taraflar») mavjud. Hozirda jahon musulmonlarining 10 % shialik mazhabiga mansub shialik Ali hokimiyati tarafdoridan iborat siyosiy guruh sifatida VII asr o’rtalarida paydo bo’lgan. Bu yo’nalish Iroq va Eronda keng tarqalgan. Shialik diniy aqidaviy ta’limot, marosim va urf-odatlarga ko’ra sunniylikdan farq qiladi.

Shialik hadislardan Ali va uning tarafdorlari nomi bilan bog’liq bo’lganligini tan olganlar va shunday hadislardan mustaqil to’plamlar tuzganlar. Bularni Axbor deb ataganlar.

Shialar hadislardan besh aqidaga e’tiqod qilganlar, bular: Tavxid, adil, nabuvat, imomat, qiyomat kabilar.

Tavxid-Ollohning yagonaligini e’tirof etish;

Adil-adolat Ollohning odilligiga;

Nabuvat-payg’ambarlik;

Qiyomat yoki maot-oxiratning kelishi, o’lganlarning tirilishi;

Aqida-imomat bo’lib, imomlar hokimiyati e’tirof etiladi.

Shialik Ali va uning avlodlaridan iborat o’n ikki imom hokimiyatini tan oldi. Shialik shariatida ja’fariya mazhabi hukmrondir. Ular imom Husaynga motam tutib «shaxsey-vaxsey» motam yurishi o’tkazadilar.

Islomdagi xorijiylar yo’nalishi halifa Ali va ummaviylar o’rtasidagi kurash jarayonida vujudga keldi.

Xorijiylar fikricha halifa diniy jamoa tomonidan saylanadi. Xorijiylar haqiqiy dinni qayta tiklash tarafdorlari, oddiy xalq orzu-umidlarini ifodalagan ilk islom ideallari uchun kurashuvchilar sifatida maydonga chiqib, adolatli davlatni qayta tiklashni maqsad qilib qo’yganlar.


Download 60.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling