Xix asrga kelib ingliz siyosiy tizimining eng muhim elementi parlament bo‘lib qoladi. Uning umumpalatasi alohida rol o‘ynagan. Burjuaziya va aristokratiyaning feodal vakillik organi bo‘lgan


Download 18.9 Kb.
bet1/2
Sana14.11.2023
Hajmi18.9 Kb.
#1773399
  1   2
Bog'liq
Asrorbek200303


XIX asrga kelib ingliz siyosiy tizimining eng muhim elementi parlament bo‘lib qoladi. Uning umumpalatasi alohida rol o‘ynagan. Burjuaziya va aristokratiyaning feodal vakillik organi bo‘lgan. Saylovlarning eski, inqilobdan oldingi tizimi qayta tiklanib, amal qilib kelayotganligi sababli saylov huquqi islohotlari uchun kurash yuzaga keladi. Butun XIX asr Buyuk Britaniyada shu kurash belgisi ostida o‘tgan.
XIX asr boshida, aynan Napoleon urushidan so‘ng Angliyada iqtisodiy va ijtimoiy hayot vaqtincha turg‘unlikka uchraydi. Parlament tomonidan biror bir jiddiy chora ko‘rilmaydi. Natijada xalq ommasi, sanoat burjuaziyasi, mayda burjuaziya va ishchilar siyosiy tuzumning demokratlashtirilishini va umumiy saylov huquqi joriy etilishini talab qilgan.1830-yil iyulda parlamentga yangi saylov o‘tkazildi. Unda islohot tarafdorlari bo‘lgan vigilar ko‘p o‘rin oldi. Noyabr oyida vigilardan iborat yangi kabinet tuzildi.1831-yilda hukumatning parlamentni isloh qilish haqida kiritgan qonun loyihasi 1832-yilga kelib har ikkala palatada tasdiqlandi. Parlament islohoti haqidagi qonunga binoan qishloqlar, shaharlar, Shotlandiya, Irlandiya va boshqa hududlarga ajratilgan mandatlar qayta taqsimlangan. Natijada saylovda mulk va o‘troqlik senzi o‘rnatiladi. Ochiq ovoz berish tartibi saqlanib qolgan. Umum palata burjuaziya parlamentiga aylangan va feodal vakillik tugatilgan.Umum palatadagi o‘zgarishlar kabinetning qiroldan to‘la mustaqil bo‘lishi uchun imkon tug‘dirgan. Qirol tayanchi bo‘lgan aristokratiyaning parlament orqali kabinetga ta’siri cheklangan. Bu vaqtda qirollik imtiyozlari kabinet ixtiyoriga o‘tkazildi. Ministrlik hokimiyati parlamentda ko‘pchilik o‘rin olgan partiya qo‘liga o‘tdi. Kabinet parlament oppoziyasida rahbarlik mavqeini egalladi. Toj-taxt ahvolini belgilovchi, ya’ni «qirol podsholik qiladi, lekin boshqarmaydi» degan qarash qaror topdi. Bu shartli yozilmagan qoida ingliz parlamentarizmining eng muhim asosiy qoidasi edi.
1832-yilgi islohot natijasida siyosiy partiyalar qayta tug‘ildi. Torilar – konservatorlar, vigilar – liberallar partiyasi deb qayta nomlandi. Vaqt o‘tishi bilan liberalizm va konservatizm qudratli siyosiy oqimga aylanib, burjua jamiyati va davlati rivojining butun bir yo‘lini ko‘rsatib bergan.1832-yilgi islohot markaziy davlat apparatining qayta tashkil etilishiga turtki berdi. Markaziy boshqaruv faoliyati kengaygan va jonlangan. Moliya ministrligidagi o‘rta asrlar mansablari tugatildi. Harbiy-dengiz ministrligi ancha soddalashtirildi. Ichki ishlar ministrligi va savdo ministrligi roli kuchaytirilgan.Shaharlarda o‘zini o‘zi boshqarish islohoti o‘tkazildi. Shahar kengashlari boshqaruv, xavfsizlik va tartibot funksiyalarini amalga oshirgan.1830–1840-yillarda ijrochilar siyosiy harakati – chartistlar (cherter – xartiya) harakati tomonidan Xalq xartiyasi e’lon qilingan. Unda 6 banddan iborat demokratik islohotlar dasturi ilgari surilgan. Biroq, Xalq xartiyasi haqidagi petitsiya parlamentda 1839, 1842 va 1848-yillarda uch marotaba rad etiladi. Chartizm ingliz burjuaziyasi va lendlordlarni faqat keyingi o‘n yilliklarda siyosiy islohotlarni amalga oshirishga majbur qilgan.XIX asrning 50–60-yillarida sanoat burjuaziyasining klassik burjua parlamentarizmi shaklida siyosiy hukmronligi o‘rnatilgan. Umum palata XIX asrga kelib lordlar palatasini ikkinchi o‘ringa surib qo‘ygan va qirol hokimiyatining nufuzini tushirib yuborgan. Ular asosan o‘rta asr qonun va odatlari amal qilishidan manfaatdor bo‘lishgan.Ushbu davrda yangi islohotlar o‘tkazish, saylov huquqini yanada kengaytirish uchun turli kuchlar birlasha boshlaydi. Oxir-oqibatda yozuvchi va siyosatchi, xazina kansleri va konservativ hukumat boshlig‘i Benjamin Dizraeli (1804–1881-y.) tomonidan parlamentga islohotlar dasturi taklif etiladi. Yangi parlament islohoti haqidagi ushbu Bill loyihasi Parlamentda qabul qilinib, 1867-yil avgustda qirolicha tomonidan imzolanadi. 1867-yilgi islohot deputatlik o‘rinlarini qayta taqsimlanishini nazarda tutgan. Unda hududiylik belgisi ko‘proq amal qilgan.
2XV–XVII асрлардаги Буюк географик кашфиётлар Европада капиталнинг дастлабки жамғарилиш жараёни билан боғлиқ эди. Янги савдо йўлларининг очилиши, кашф этилган ерларнинг
ўзлаштирилиши ва у ерлардаги бойликларнинг таланиши бу жара- ённи тезлаштирди, мустамлака тизимининг шаклланишини бошлаб берди, жаҳон бозорининг таркиб топишига, Европада савдо капи-
талининг, банк иши ва кредитнинг ривожланишига олиб келди. Қитъалар ўртасида иқтисодий ва маданий алоқалар ривожланди, жаҳон савдоси Ўрта денгизидан Атлантик океанига кўчди.
Илк янги даврда Европа ижтимоий-иқтисодий ва маданий тараққиётининг характери ҳам кўп жиҳатдан географик кашфи- ётлар билан боғлиқ бўлди. Бу пайтга келиб техник ва иқтисодий
тараққиётда эришилган юқори натижалар европаликларга очилган янги ерлардан унумли фойдаланиш имконини берди. Салиб юришларидан кейиноқ Шарқ билан ўрнатилган жадал савдо алоқалари, натижасида ҳинд, араб ва форс матолари, заргар- лик ва ҳашам буюмларининг Европага оқиб келиши географик каш- фиёларнинг иқтисодий асосларини ташкил қилди. XV асрдаги географик кашфиётлар Пиреней ярим ороли дав- латлари – Испания ва Португалия денгизчилари томонидан амалга оширилди.
Географик кашфиётларнинг биринчи, португал босқичи (1418 – 1460) шаҳзода Энрике Денгиз Саёҳатчиси1 (1394 –1460) номи билан боғлиқ. Бу иқтидорли ташкилотчининг денгиз экспедицияларидафақат зодагонлар эмас, савдогарлар ҳам иштирок этганлар. Ҳали XV асрнинг 20 –30-йилларидаёқ португалияликлар Мадейра ороли- ни, Канар ва Азор оролларини кашф этдилар, Африка қирғоқлари бўйлаб жанубга қараб анча силжишди. Улар Баҳодур бурнини айла- ниб ўтиб, 1434 йили Гвинея ва Яшил бурун ороллари қирғоқларига, 1462 йили эса Сьерра-Леоне қирғоқларига етдилар. 1486 йили Бар- толомео Диаш1 томонидан Африканинг жанубий қирғоқларида Эзгу
Умид бурнининг кашф этилиши Ҳиндистонга экспедиция тайёрлаш учун реал имконият яратди.
Португалиялик денгизчиларнинг кашфиётлари, саёҳат даврида денгизларнинг оқимлари, шамолнинг йўналиши кабилар тўғрисида улар тўплаган билимлар картографиянинг ривожланишига туртки
бўлди. XVI аср бошларида тропиклар чизиғи, экватор ва кенгликлар шкаласи акс эттирилган дастлабки хариталар пайдо бўлди. Ернинг юмалоқлиги ҳақидаги таълимотдан келиб чиқиб, итали- ялик олим, астроном ва космограф Паоло Тосканелли2 дунё харита- сини яратди. Унда Осиё қирғоқлари Атлантик океанининг ғарбий соҳилларида қилиб белгиланган эди. Олим Европа қирғоқларидан
ғарбга қараб сузиб Ҳиндистонга бориш мумкин деб ҳисоблайди. У ернинг экватор бўйлаб узунлигини нотўғри тасаввур қилиб, 12 минг км. хатоликка йўл қўяди. Кейинчалик буни буюк кашфиётга олиб
келган буюк хато деб аташди. ХV аср охирига келиб кемаларни бошқариш асбоблари (компас3
,устурлаб4) ва санъати анча ривожланиб, уларнинг очиқ денгиздаги ҳолатини аниқроқ белгилаш имконияти пайдо бўлди. Кемаларнинг янги тури – каравеллалар5 пайдо бўлиб, паруслар тизими ёрдамида
шамол оқими бўйлаб ва шамолга қарши анча тез – соатига 22 км. тезлик билан сузиш мумкин бўлди.

3


Download 18.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling