Xizmatlarni kengaytirish, yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish


Download 198.6 Kb.
Sana27.11.2022
Hajmi198.6 Kb.
#940340
Bog'liq
Xizmatlar sohasida
termin va terminologiya (2), Gimnastika, So’z birikmasining lisoniy sintaktik xususiyati va bog’lanish omillari

Reja:
Kirish

  1. Xizmatlarni kengaytirish, yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish

  2. Xizmatlar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish

  3. Xizmatlar sohasida loyihalarni amalda qo’llanilishi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni egallaydi. 


2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi – 66,2 foiz, sanoat - 17,2 foiz, qurilish - 9,0 foizga yetdi va atigi 7,6 foizi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni (40,1 foiz) egallaydi. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 9,7 foizni tashkil etdi. 
Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 5,7 foizga yetdi. Axborot va aloqa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning jami xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibidagi ulushi 3,0 foizga teng bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 foizni tashkil etdi. 
Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida kichik tadbirkorlik sub'yektlarining hissasi 77,6 foizga to‘g‘ri keladi. 2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, yirik tashkilotlar ulushi 22,4 foizni tashkil etdi. 
2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub'yektlari soni 37 449 taga ko‘paydi. 
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yil yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 60,01 trln so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi bor yo‘g‘i 4,4 trln so‘mga oshdi.
Xizmat ko‘rsatish sohasi keng qamrovliligi bilan iqtisodiyotda, aholi hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu sohada yangi ish o‘rinlarini kam xarajat bilan va tez muddatda tashkil etish mumkin. Aholi daromadlarining real o‘sishi ham avvalo xizmatlar rivojida seziladi.
Koronavirus pandemiyasi bu sohaga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Shu bois, tadbirkorlarga 24 ta turdagi soliq imtiyozlari, subsidiya va boshqa preferensiyalar taqdim etish orqali 35 trillion so‘mlik ko‘mak berildi. Bu yengilliklar ham tadbirkorlar, ham banklar uchun katta imkoniyat bo‘ldi.
Masalan, o‘tgan yili tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida xizmat sohasiga 1 trillion so‘m imtiyozli kredit resurslari berilgan. Bundan tashqari, tijorat banklari o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 14 trillion so‘m kreditlar ajratgan. Keng imtiyozlar berilgani natijasida servis sohalarida o‘zini o‘zi band qilgan 500 ming nafar fuqaro rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan.
Joylarda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha murojaatlar, tashabbuslar ko‘p bo‘lmoqda. Ular asosida viloyat, tuman va shahar hokimliklari joriy yilda xizmatlar sohasida 59 trillion so‘mlik 42 mingta yangi loyihani amalga oshirish, 150 mingta doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha rejalar belgilagan.

Xizmatlarni kengaytirish, yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish


Prezident har bir loyiha ijrosini nazoratga olib, tadbirkorlarga ko‘maklashish, shu bilan birga, yangi loyihalarni shakllantirib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, xizmatlarni kengaytirish, yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalar va namunaviy loyihalarni joriy etish bo‘yicha yangi metodologiya yaratish zarurligi ta'kidlandi. Buning uchun, O‘zbekiston milliy banki huzurida xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha-tahliliy markazi tashkil etiladi va barcha viloyatlardagi filiallarida uning bo‘limlari ochiladi. Ularda aholiga namunaviy tayyor biznes loyihalari taqdim etiladi, kasbga o‘qitishdan biznesni yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.
Davlatimiz rahbari loyihalarni moliyaviy ta'minlash masalasiga alohida to‘xtaldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yil xizmatlar sohasi uchun banklar tomonidan kamida 18 trillion so‘m kreditlar yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qo‘shimcha 300 million dollar ajratiladi. Shundan 150 million dollari 1 iyulgacha joylarga yetib boradi.
Viloyat, tuman, shahar hokimlari, sektor rahbarlari, mahallaga biriktirilgan mas'ullar bilan birga “mahalla – tuman – bank” prinsipi asosida loyihalar ro‘yxatini shakllantiradi. Bunda, har bir mahallada kamida 20 turdagi, tuman va shaharda kamida 70 ta turdagi xizmatlar bo‘lishi nazarda tutiladi.
Shuningdek, Milliy bank tomonidan 28 ta yirik va o‘rta shaharlarda turizm, transport, tibbiyot, ta'lim xizmatlari hamda yirik savdo komplekslari tashkil etish uchun qo‘shimcha 200 million dollar mablag‘ jalb qilinadi.
Umuman aytganda, byudjetdan va Milliy bank tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasiga jami 500 million dollar yoki 5,5 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
– Topshiriq berishdan oldin sharoit yaratayapmiz, pullar ajratayapmiz. Birgina xizmatlar sohasiga 500 million dollar beryapmiz. Buni agar halol-pok ishlatsak, necha ming ishchi joy paydo bo‘ladi. Har bir vazir vatanparvar bo‘lib, “o‘zining aravasini o‘zi tortib”, berilgan bir so‘m pulni qadrlab, joyiga yetkazsa, odamlar ishonadi, – dedi Shavkat Mirziyoev.
Buning uchun vazirlik va idoralar rahbarlari o‘z yo‘nalishida xizmatlar rivoji uchun harakat qilishi zarurligi qayd etildi.
– Vazirlar o‘z sohasida xususiy sektor faoliyati uchun huquqiy baza yaratishi, ruxsat berish talablarini soddalashtirib, tadbirkorlikka yo‘l ochishi zarur. Qaerda davlat korxonasi, qaysi faoliyat bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik yoki xususiy sektor bo‘lishi aniq qilib belgilanishi kerak, – dedi Prezident.
Misol uchun, oxirgi 2 yilda 6 mingga yaqin ko‘p qavatli uylar qurilgan. Ularning ekspluatatsiyasi bo‘yicha boshqaruv kompaniyalari tashkil etish, mavzelar ichida turli xizmatlarni yo‘lga qo‘yish mumkin.
Yoki, xavfsizlik talablarini qo‘ygan holda, aeroport, temir yo‘l va avtovokzallar hududlarida, magistral yo‘llar yoqasida savdo va xizmat ko‘rsatish ob'ektlarini tashkil etish tadbirkorlarni daromad, aholini ish bilan ta'minlaydi.
Axborot sohasida xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish, narxlarni arzonlashtirish va sifatini oshirish hisobiga aloqa va internet xizmatlari hajmini kamida 2 baravarga, dasturlashni 3 baravarga oshirish imkoniyati bor.
Xuddi shu kabi, barcha vazirlik va idoralar tizimida foydalanish zarur bo‘lgan yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.
Servisni aholiga yaqinlashtirish maqsadida mahallalarda yengil konstruksiyalardan xizmatlar markazi barpo etish muhimligi ta'kidlandi. Shuningdek, 28 ta shahar hamda aholisi 150 mingdan ko‘p bo‘lgan tuman markazlarida savdo va xizmatlar uchun maxsus ko‘chalar tashkil etilishi belgilandi. Ularda 100 mingta tadbirkorlik sub'ektlarini joylashtirish imkoni mavjud.
Xizmat ko‘rsatishda eng muhim masala – bu manzilni to‘g‘ri tanlash. Shu bois Qurilish vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga, savdo va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan ko‘chalar hamda markazlarning joyini tanlab, loyihasini ishlab chiqish, lotlarga bo‘lib, tanlov asosida savdoga chiqarish topshirildi. Xavfsizlik choralarini ko‘rib, ushbu savdo va xizmat ko‘rsatish ob'ektlarining kunu tun ishlashiga ruxsat berilishi ham mumkin.
Ko‘p tarmoqli shifoxonalar va uning atrofida xususiy sheriklik asosida tibbiyot klasterlari, oliy o‘quv yurtlari hududida xorijiy tillar, tayyorlov va kasbga o‘rgatish kurslari tashkil etish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
2021-yilda xizmatlar hajmi qariyb 20 foizga o‘sdi, yalpi ichki mahsulotning 38,6 foizi xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keldi.
Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda.
1. Hududlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, alohida yondashuvlar asosida xizmatlarni rivojlantirishning yo‘nalishlari belgilanmoqda.
a) har bir tuman va shaharlarda aholi gavjum savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarni tashkil etish, raqamli xizmatlarni rivojlantirish, sifatli aloqa va internet qamrovini keskin kengaytirish;
b) aholisi 300 mingdan kam bo‘lgan tumanlarda (158 ta) turizm, savdo, umumiy ovqatlanish, logistika, yo‘l bo‘yi va sanoat korxonalariga yo‘ldosh xizmatlar hamda zamonaviy agroxizmatlarni rivojlantirish;
v) o‘rta va yirik shaharlar, aholisi 300 mingdan ko‘p tumanlarda (35 ta) zamonaviy bozor xizmatlari, ta’lim, tibbiyot, san’at, turizm va umumiy ovqatlanish hamda transport xizmatlarini kengaytirish;
2. Xizmatlar sohasi, jumladan turizm, axborot texnologiyalari va boshqa turdagi xizmatlarni rivojlantirish maqsadida quyidagi imtiyoz va yengilliklar berilmoqda:
a) 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar:

  • chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona,

  • avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya hamda ko‘ngilochar markazlarda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliqning 1 foizlik stavkasini qo‘llash;

  • 28 ta tuman va shaharlarning turizm hududlarida o‘rsatilayotgan mehmonxona, savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlari uchun aylanmadan olinadigan soliqning 1 foizlik stavkasini qo‘llash hamda mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summaning
    1 foizini undirish;

b) 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar mehmonxona (joylashtirish) obyektlari va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun:

  • mol-mulk va yer solig‘i stavkalari 90 foizga kamaytiriladi;

  • 2027-yilgacha qurilgan mehmonxonalar ishga tushirilgandan keyin 5 yil mol-mulk va yer solig‘ini 90 foizga kam to‘laydi;

  • foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymatini 2 yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirib tashlash huquqi beriladi;

v) mahallalararo savdo-xizmat ko‘chalari bo‘yida joylashgan turar joy va ko‘p qavatli uylar xizmat ko‘rsatish uchun noturar joy obyekti toifasiga o‘tkazilganda 2024-yil
1-yanvarga qadar ularga nisbatan mol-mulk va yer solig‘ining jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan stavkasi saqlab qolinadi;
g) uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10 foiz (amalda –
15 foiz) etib o‘rnatilmoqda;
d) qishloq joylarda antenna-machta inshootlari va ular egallagan yerlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi; 
3. 2022-yil 1-iyuldan boshlab 28 ta tuman va shaharlarda turizm obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari hududlarning master rejalari asosida ishlab chiqilgan loyiha takliflari hamda zarur infratuzilma bilan ta’minlangan holda onlayn-auksionga chiqarish nazarda tutilmoqda.
4. Xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun tadbirkorlarni yer, bino-inshoot va boshqa zarur infratuzilma obyektlari bilan ta’minlash bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanmoqda:
a) 2022-yil 1-mayga qadar 206 ta tuman (shahar)ning 249 ta markaziy ko‘chalari turizm, gastronomik va san’atga ixtisoslashgan maxsus savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarga aylantiriladi;
b) 2022-2023-yillarda infratuzilma bilan ta’minlangan yer uchastkalari quyidagi maqsadlarda onlayn-auksionga chiqariladi:

  • 29 ta tuman (shahar)da tashkil etiladigan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish;

  • 29 ta tuman (shahar)da 29 ta yirik savdo komplekslari hamda 8 ta hududiy savdo va logistika markazlarini barpo etish;

  • 32 ta tuman (shahar)dagi xalqaro yo‘llar bo‘yida xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish;

v) 2021-yil 1-martga qadar 49 ta tuman (shahar)da 70 ta nodavlat umumta’lim va 49 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish sharti bilan yer uchastkalari elektron onlayn-auksionga chiqariladi.
2. Xizmatlar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish
Xizmatlar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish maqsadida:
a) Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 2022-yil uchun ajratilayotgan mablag‘larning 500 mlrd so‘mini xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarga yo‘naltirish;
b) “O‘zmilliybank” AJ tomonidan xalqaro moliya institutlaridan 200 mln dollar miqdorida jalb qilingan mablag‘larni xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklariga yo‘naltirish;
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-iyundagi “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4752-son qaroriga muvofiq ajratilgan (100 mln dollar) kreditlarning so‘ndirilgan qismi hisobidan xizmatlar sohasidagi yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun 5 yilgacha muddatga 14 foizlik stavkada bitta loyiha bo‘yicha 2 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratishga ruxsat berilmoqda.
2022-yilda xizmatlar hajmini 1,5 baravarga oshirish, 1,5 mln yangi ish o‘rinlarini yaratish va 60 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi maqsadli parametrlar tasdiqlanmoqda.
Maqsadli parametrlarga erishish uchun:
xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2022-yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda.
Xizmat ko‘rsatish sohasi keng qamrovliligi bilan iqtisodiyotda, aholi hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu sohada yangi ish o‘rinlarini kam xarajat bilan va tez muddatda tashkil etish mumkin. Aholi daromadlarining real o‘sishi ham avvalo xizmatlar rivojida seziladi.
Koronavirus pandemiyasi bu sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bois, tadbirkorlarga 24 ta turdagi soliq imtiyozlari, subsidiya va boshqa preferensiyalar taqdim etish orqali 35 trillion so‘mlik ko‘mak berildi. Bu yengilliklar ham tadbirkorlar, ham banklar uchun katta imkoniyat bo‘ldi.
Masalan, o‘tgan yili tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida xizmat sohasiga 1 trillion so‘m imtiyozli kredit resurslari berilgan. Bundan tashqari, tijorat banklari o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 14 trillion so‘m kreditlar ajratgan. Keng imtiyozlar berilgani natijasida servis sohalarida o‘zini o‘zi band qilgan 500 ming nafar fuqaro rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan.
Joylarda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha murojaatlar, tashabbuslar ko‘p bo‘lmoqda. Ular asosida viloyat, tuman va shahar hokimliklari joriy yilda xizmatlar sohasida 59 trillion so‘mlik 42 mingta yangi loyihani amalga oshirish, 150 mingta doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha rejalar belgilagan.
Yig‘ilishda Prezident har bir loyiha ijrosini nazoratga olib, tadbirkorlarga ko‘maklashish, shu bilan birga, yangi loyihalarni shakllantirib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, xizmatlarni kengaytirish, yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalar va namunaviy loyihalarni joriy etish bo‘yicha yangi metodologiya yaratish zarurligi ta’kidlandi. Buning uchun, O‘zbekiston milliy banki huzurida xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha-tahliliy markazi tashkil etiladi va barcha viloyatlardagi filiallarida uning bo‘limlari ochiladi. Ularda aholiga namunaviy tayyor biznes loyihalari taqdim etiladi, kasbga o‘qitishdan biznesni yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.
Davlatimiz rahbari loyihalarni moliyaviy ta’minlash masalasiga alohida to‘xtaldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yil xizmatlar sohasi uchun banklar tomonidan kamida 18 trillion so‘m kreditlar yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qo‘shimcha 300 million dollar ajratiladi. Shundan 150 million dollari 1 iyulgacha joylarga yetib boradi.
Viloyat, tuman, shahar hokimlari, sektor rahbarlari, mahallaga biriktirilgan mas’ullar bilan birga “mahalla – tuman – bank” prinsipi asosida loyihalar ro‘yxatini shakllantiradi. Bunda, har bir mahallada kamida 20 turdagi, tuman va shaharda kamida 70 ta turdagi xizmatlar bo‘lishi nazarda tutiladi.
Shuningdek, Milliy bank tomonidan 28 ta yirik va o‘rta shaharlarda turizm, transport, tibbiyot, ta’lim xizmatlari hamda yirik savdo komplekslari tashkil etish uchun qo‘shimcha 200 million dollar mablag‘ jalb qilinadi.
Umuman aytganda, byudjetdan va Milliy bank tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasiga jami 500 million dollar yoki 5,5 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
– Topshiriq berishdan oldin sharoit yaratayapmiz, pullar ajratayapmiz. Birgina xizmatlar sohasiga 500 million dollar beryapmiz. Buni agar halol-pok ishlatsak, necha ming ishchi joy paydo bo‘ladi. Har bir vazir vatanparvar bo‘lib, “o‘zining aravasini o‘zi tortib”, berilgan bir so‘m pulni qadrlab, joyiga yetkazsa, odamlar ishonadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Buning uchun vazirlik va idoralar rahbarlari o‘z yo‘nalishida xizmatlar rivoji uchun harakat qilishi zarurligi qayd etildi.
– Vazirlar o‘z sohasida xususiy sektor faoliyati uchun huquqiy baza yaratishi, ruxsat berish talablarini soddalashtirib, tadbirkorlikka yo‘l ochishi zarur. Qayerda davlat korxonasi, qaysi faoliyat bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik yoki xususiy sektor bo‘lishi aniq qilib belgilanishi kerak, – dedi Prezident.
Misol uchun, oxirgi 2 yilda 6 mingga yaqin ko‘p qavatli uylar qurilgan. Ularning ekspluatatsiyasi bo‘yicha boshqaruv kompaniyalari tashkil etish, mavzelar ichida turli xizmatlarni yo‘lga qo‘yish mumkin.
Yoki, xavfsizlik talablarini qo‘ygan holda, aeroport, temir yo‘l va avtovokzallar hududlarida, magistral yo‘llar yoqasida savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish tadbirkorlarni daromad, aholini ish bilan ta’minlaydi.
Axborot sohasida xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish, narxlarni arzonlashtirish va sifatini oshirish hisobiga aloqa va internet xizmatlari hajmini kamida 2 baravarga, dasturlashni 3 baravarga oshirish imkoniyati bor.
Xuddi shu kabi, barcha vazirlik va idoralar tizimida foydalanish zarur bo‘lgan yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.
Servisni aholiga yaqinlashtirish maqsadida mahallalarda yengil konstruksiyalardan xizmatlar markazi barpo etish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, 28 ta shahar hamda aholisi 150 mingdan ko‘p bo‘lgan tuman markazlarida savdo va xizmatlar uchun maxsus ko‘chalar tashkil etilishi belgilandi. Ularda 100 mingta tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish imkoni mavjud.
Xizmat ko‘rsatishda eng muhim masala – bu manzilni to‘g‘ri tanlash. Shu bois Qurilish vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga, savdo va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan ko‘chalar hamda markazlarning joyini tanlab, loyihasini ishlab chiqish, lotlarga bo‘lib, tanlov asosida savdoga chiqarish topshirildi. Xavfsizlik choralarini ko‘rib, ushbu savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining kunu tun ishlashiga ruxsat berilishi ham mumkin.
Ko‘p tarmoqli shifoxonalar va uning atrofida xususiy sheriklik asosida tibbiyot klasterlari, oliy o‘quv yurtlari hududida xorijiy tillar, tayyorlov va kasbga o‘rgatish kurslari tashkil etish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 218 853,5 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 25 155,7 mlrd. so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,3% ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi xabar beradi.
2020- yilning yanvar oyiga nisbatan joriy yilning dekabr oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4,2 trln. so‘mga o‘sdi va 20,5 trln. so‘mga yetdi. Taqqoslash uchun: 2019- yilning mos davrida hajmi 2,6 trln. so‘mga o‘sgan va 16,1 trln. so‘mga teng bo‘lgan.

3. Xizmatlar sohasida loyihalarni amalda qo’llanilishi
Xizmat ko‘rsatish sohasi keng qamrovliligi bilan iqtisodiyotda, aholi hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu sohada yangi ish o‘rinlarini kam xarajat bilan va tez muddatda tashkil etish mumkin. Aholi daromadlarining real o‘sishi ham avvalo xizmatlar rivojida seziladi.
Koronavirus pandemiyasi bu sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bois, tadbirkorlarga 24 ta turdagi soliq imtiyozlari, subsidiya va boshqa preferensiyalar taqdim etish orqali 35 trillion so‘mlik ko‘mak berildi. Bu yengilliklar ham tadbirkorlar, ham banklar uchun katta imkoniyat bo‘ldi.
Masalan, o‘tgan yili tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida xizmat sohasiga 1 trillion so‘m imtiyozli kredit resurslari berilgan. Bundan tashqari, tijorat banklari o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 14 trillion so‘m kreditlar ajratgan. Keng imtiyozlar berilgani natijasida servis sohalarida o‘zini o‘zi band qilgan 500 ming nafar fuqaro rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan.
Joylarda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha murojaatlar, tashabbuslar ko‘p bo‘lmoqda. Ular asosida viloyat, tuman va shahar hokimliklari joriy yilda xizmatlar sohasida 59 trillion so‘mlik 42 mingta yangi loyihani amalga oshirish, 150 mingta doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha rejalar belgilagan.
Prezident har bir loyiha ijrosini nazoratga olib, tadbirkorlarga ko‘maklashish, shu bilan birga, yangi loyihalarni shakllantirib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, xizmatlarni kengaytirish, yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalar va namunaviy loyihalarni joriy etish bo‘yicha yangi metodologiya yaratish zarurligi ta’kidlandi. Buning uchun, O‘zbekiston milliy banki huzurida xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha-tahliliy markazi tashkil etiladi va barcha viloyatlardagi filiallarida uning bo‘limlari ochiladi. Ularda aholiga namunaviy tayyor biznes loyihalari taqdim etiladi, kasbga o‘qitishdan biznesni yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.
Davlatimiz rahbari loyihalarni moliyaviy ta’minlash masalasiga alohida to‘xtaldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yil xizmatlar sohasi uchun banklar tomonidan kamida 18 trillion so‘m kreditlar yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qo‘shimcha 300 million dollar ajratiladi. Shundan 150 million dollari 1 iyulgacha joylarga yetib boradi.
Viloyat, tuman, shahar hokimlari, sektor rahbarlari, mahallaga biriktirilgan mas’ullar bilan birga “mahalla – tuman – bank” prinsipi asosida loyihalar ro‘yxatini shakllantiradi. Bunda, har bir mahallada kamida 20 turdagi, tuman va shaharda kamida 70 ta turdagi xizmatlar bo‘lishi nazarda tutiladi.
Shuningdek, Milliy bank tomonidan 28 ta yirik va o‘rta shaharlarda turizm, transport, tibbiyot, ta’lim xizmatlari hamda yirik savdo komplekslari tashkil etish uchun qo‘shimcha 200 million dollar mablag‘ jalb qilinadi.
Umuman aytganda, byudjetdan va Milliy bank tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasiga jami 500 million dollar yoki 5,5 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
– Topshiriq berishdan oldin sharoit yaratayapmiz, pullar ajratayapmiz. Birgina xizmatlar sohasiga 500 million dollar beryapmiz. Buni agar halol-pok ishlatsak, necha ming ishchi joy paydo bo‘ladi. Har bir vazir vatanparvar bo‘lib, “o‘zining aravasini o‘zi tortib”, berilgan bir so‘m pulni qadrlab, joyiga yetkazsa, odamlar ishonadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Buning uchun vazirlik va idoralar rahbarlari o‘z yo‘nalishida xizmatlar rivoji uchun harakat qilishi zarurligi qayd etildi.
– Vazirlar o‘z sohasida xususiy sektor faoliyati uchun huquqiy baza yaratishi, ruxsat berish talablarini soddalashtirib, tadbirkorlikka yo‘l ochishi zarur. Qayerda davlat korxonasi, qaysi faoliyat bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik yoki xususiy sektor bo‘lishi aniq qilib belgilanishi kerak, – dedi Prezident.
Misol uchun, oxirgi 2 yilda 6 mingga yaqin ko‘p qavatli uylar qurilgan. Ularning ekspluatatsiyasi bo‘yicha boshqaruv kompaniyalari tashkil etish, mavzelar ichida turli xizmatlarni yo‘lga qo‘yish mumkin.
Yoki, xavfsizlik talablarini qo‘ygan holda, aeroport, temir yo‘l va avtovokzallar hududlarida, magistral yo‘llar yoqasida savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish tadbirkorlarni daromad, aholini ish bilan ta’minlaydi.
Axborot sohasida xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish, narxlarni arzonlashtirish va sifatini oshirish hisobiga aloqa va internet xizmatlari hajmini kamida 2 baravarga, dasturlashni 3 baravarga oshirish imkoniyati bor.
Xuddi shu kabi, barcha vazirlik va idoralar tizimida foydalanish zarur bo‘lgan yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.
Servisni aholiga yaqinlashtirish maqsadida mahallalarda yengil konstruksiyalardan xizmatlar markazi barpo etish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, 28 ta shahar hamda aholisi 150 mingdan ko‘p bo‘lgan tuman markazlarida savdo va xizmatlar uchun maxsus ko‘chalar tashkil etilishi belgilandi. Ularda 100 mingta tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish imkoni mavjud.
Xizmat ko‘rsatishda eng muhim masala – bu manzilni to‘g‘ri tanlash. Shu bois Qurilish vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga, savdo va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan ko‘chalar hamda markazlarning joyini tanlab, loyihasini ishlab chiqish, lotlarga bo‘lib, tanlov asosida savdoga chiqarish topshirildi. Xavfsizlik choralarini ko‘rib, ushbu savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining kunu tun ishlashiga ruxsat berilishi ham mumkin.
2020- yilning IV diskret choragi yakunlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 61,8 trln. so‘mni tashkil etib, 2019- yilning IV choragiga nisbatan (52,7 trln. so‘m) hajmi 9,1 trln. so‘mga oshdi.
Yuqori o‘sish moliyaviy xizmatlar (25,6%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (15,3%), shuningdek, ta’lim sohasidagi xizmatlar (7,4%) va savdo xizmatlarida (1,7%) qayd etildi. Xizmatlar sohasiga taalluqli bo‘lgan boshqa barcha faoliyat turlari bo‘yicha 2019- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’atlarining pasayishi kuzatilmoqda.
Transport sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining sezilarli darajada pasayishiga qaramay, xizmatlarning umumiy hajmida ularning ulushi ustun bo‘lib qolmoqda — 24,6%.
2020- yilning yanvar-dekabr oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 25,8% ni tashkil etdi, bu esa 56 553,9 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi. Taqqoslash uchun: 2019- yilda ularning hajmi 48 748,2 mlrd. so‘mga yoki umumiy hajmining 25,2% iga to‘g‘ri keldi.
2020- yilning yanvar-dekabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi 12 886,0 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2019- yilga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 115,3% ga yetdi.
2020- yilning yanvar-dekabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlarning yuqori hajmi Samarqand (736,7 mlrd. so‘m), Farg‘ona (608,1 mlrd. so‘m), Toshkent (582,7 mlrd. so‘m) va Buxoro (537,6 mlrd. so‘m) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (3 762,5 mlrd. so‘m) qayd etildi.
Ko‘plab xalqaro ekspertlarning fikriga ko‘ra, xizmatlar sohasining jadal rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotini zamonaviy tuzilmaviy moslashtirishni muvaffaqiyatli yakunlash uchun hal qiluvchi shartdir.
Avvalroq Spot, pandemiya davrida O’zbekistonda qaysi biznes sohalarida korxonalar soni ko’payganligi haqida ma’lumot bergan edi.
Download 198.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling