Xizmatlarni pozitsiyalash va marketingi. Ish unumdorligi va servis korxonasi ishini baholash Reja


Download 30.24 Kb.
bet1/8
Sana28.05.2022
Hajmi30.24 Kb.
#720848
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xizmatlarni pozitsiyalash va marketingi. Ish unumdorligi va servis korxonasi ishini baholash
Хорижий тилларни ўрганиш қарор, LinguaskillPracticeMaterials.docx, RQL Mustaqil ish, Obyektibka Lotin, 444444, Cаховат хисобот 2020 й, Кенжаев Ислом Тайёр, Hujayra va uning tuzilishi, Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosiy yo‘nalishlari (institutsionalizm)., Axborotlarni o’lchov birliklari, Mehmonxona xo‘jaligida xizmatlar sifatini boshqarishning metodologik asoslari, onlayn ommabop1, Presentation (13), Questionnaires&Interviews.dayclass

Xizmatlarni pozitsiyalash va marketingi. Ish unumdorligi va servis korxonasi ishini baholash


Reja:

1.Marketing va bajarish jarayonini integratsiyasi.


2.Marketing va tezkor boshqaruvni integratsiyasi. Marketing-miks.
3.Ish unumdorligi haqida umumiy tushuncha. Ish unumdorligini oshirish.
4.Xizmat sohasidagi ish unumdorligi.
5.Xizmat ko‘rsatish samaradorligini baxolash uchun ma’lumotlarni keng qamrovli tahlil etish (DEA usuli).


  1. Marketing va bajarish jarayonini integratsiyasi

Marketing tushunchasini chet elda va bizda turlicha talqin etilishi mavjud. Bir hollarda marketing ishlab chiqarilgan mahsulotni bozorga jo’natish va taqsimlash vositalarini tanlash, ikkinchi hollarda esa talabni taklifga moslashtirish uchun ishlatiladigan sotuv mexanizmlari qatori sifatida qaraladi. Ammo, xizmat sohasidagi marketing chuqur talqin etilishini talab qiladi. U bir vaqtni o’zida servis biznesini falsafasi (fikrlash tizimi) va texnologiyasi sifatida namoyon bo’ladi. Falsafa biznesni talablarni qondirishga mo’ljal olish, iste’mol va yangi ehtiyojlarni turli asoslanishlari bilan bog’laydi. Texnologiya esa servisga bo’lgan bunday yondashuvni boshqarishni aniq vosita va usullari tiliga o’giradi. Zamonaviy tadbirkorlik amaliyotidagi marketing stratagik va operasion ko’rinishlarga bo’linadi.
Strategik marketing bozor ehtiyojlarini sistemali tahlil qilish bilan bog’liq bo’lib, u servis korxonasiga o’z faoliyatini yangi yo’nalishlarini tanlash, samarali servis mahsulotlari ishlab chiqarish, iste’molchilarni maqsadli guruhlarini ishlab chiqish, tovarni sotish strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.
Operasion marketing strategiyani instrumental-faoliyati tomonini aniqlashtirishga qaratilgan bo’lib, u siz hatto eng omadli rejalar ham amaliyotga tadbiq etilishi mumkin emas. Operasion marketing tovarlarni iste’molchiga yetkazishni aniq dasturlarini (narsalarni shakllanishini belgilaydi, servis mahsuloti shaklini belgilaydi, sotuv va reklama taktikasini shakllantiradi, maqsadli guruhlar bilan kommunikasiya xususiyatlarni belgilaydi) ishlab chiqadi. Umuman olganda, marketing xizmatini vazifasi ishlab chiqilgan harakat yo’nalishi samaradorligini baholash hisoblanadi.
Marketing korxonani bozordagi imkoniyatlarini tahlil etishdan boshlanadi. Tahlil obyektlari quyidagilar hisoblanadi:
- tashqi va ichki muhit;
- bozor;
- tovar;
- iste’molchilar;
- raqobatchilar.
Korxonani marketing imkoniyatlarini har tomonlama tahlil qilish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- uni rivojlanishini uzoq muddatli va tezkor strategiyasini ishlab chiqish;
- bozorni asoslangan holda tanlash (bozorni foydali segmentlarini belgilash, talab elastikligini aniqlash, sotuv hajmi va foydani hisoblash va boshqalar);
- korxona uchun xizmat ko’rsatish foydali bo’lgan mijozlarni maqsadli guruhlarini belgilash va ularni bozorda o’zini tutishini aniqlash;
- korxona faoliyatini samarali rivojlantirishini ta’minlovchi servis mahsulotini ishlab chiqarish va tarqatishni kompleks texnologik usullarini ishlab chiqish;
- tor joylarni va tovar, xizmatni sotishning umumiy samarasini aniqlash.
Yuqorida keltirilgan imkoniyatlar marketing siyosati vositasida uning o’tkazilishini turli bosqichlarida qanday amalga oshirilishini ko’rib chiqamiz.

Download 30.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling