Xizmatning soxaga tegishliligi Litsenziyalash va ruxsat berish. Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi
Download 22.55 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi.
- Hujjatlar: Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)
- Qurolni saqlashga yakka holdagi ruxsatnomalar uchun
- Jismoniy shaxslar uchun qirqma (narezkali), qo’shma (kombinirovannoe), silliq stvolli qurollarga
- Mukofot tarzida berilgan qurol uchun
- Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi
- Xizmatni ko’rsatish tartibi
Umumiy ma’lumotlar: Xizmat nomi Ov va sport quroli hamda o’q-dorilarni saqlashga ruxsatnomalar berish. Xizmatning soxaga tegishliligi Litsenziyalash va ruxsat berish. Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxslarga - Vazirliklar, idoralar, korxonalar tashkilotlar, muassasalar va o’quv yurtlariga hamda jismoniy shaxslarga – ovchilik va baliqchilik jamiyati a’zolariga. Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi. Ruxsatnoma O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan beriladi.
Qurolni saqlashga ruxsatnoma olish uchun qurol sotib olgandan so’ng 10 kun ichida, ruxsatnomani muddatini uzaytirish uchun amal qilish muddati tugashidan 30 kun oldin murojaat etish lozim.
-tashkilotning nomi, joylashgan manzili (pochta adreslari) va tashkiliy-huquqiy asoslari (nusxalarini ilova qilgan holda), sotib olingan o’q otar qurollar miqdori va xar bir dona qurol to’g’risida ma’lumotlar (o’quv yoki jangovar, kalibr, raqami, rusumi, ishlab chiqarilgan yili) ko’rsatilgan ruxsat berish to’g’risidagi ariza; -qurolni saqlash uchun sharoit mavjudligi haqidagi ma’lumotlar (qurol saqlash joyi tavsifi, texnik xavfsizlik vositalari va qo’riqlash mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlar); -qurolni saqlash va foydalanish bo’yicha shaxs to’g’risida, qurolga ruxsati bor shaxlar to’g’risidagi, shuningdek qo’riqlash xodimlari to’g’risidagi ma’lumotlar (F.I.Sh., tug’ilgan sanasi va joyi, mehnat faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar, ushbu shaxsning furol bilan ishlashga yaroqliligi to’g’risidagi tibbiy xulosa), quyidagilarni ilova qilgan holda; -o’q otar qurol va o’q dorilarni saqlanishi uchun javobgar shaxslarni tayinlash to’g’risidagi tashkilot rahbarining buyrug’i; -qurol saqlash xonasining yaroqliligi to’g’risidagi dalolatnoma;
-tashkilotning nomi, joylashgan manzili (pochta adreslari) va tashkiliy-huquqiy asoslari (nusxalarini ilova qilgan holda) ko’rsatilgan ruxsat berish to’g’risidagi ariza, quyidagilarni ilova qilgan holda; -qurolni saqlash va foydalanish bo’yicha shaxs to’g’risida, qurolga ruxsati bor shaxlar to’g’risidagi ma’lumotlar (F.I.Sh., tug’ilgan sanasi va joyi, mehnat faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar, ushbu shaxsning furol bilan ishlashga yaroqliligi to’g’risidagi tibbiy xulosa), -qurolni qo’llash, undan foydalanish, tuzilishini bilishi bo’yicha imtihon topshirganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma; -pul mablag’larini, qimmatliklarni, maxsus yuklarni kuzatib boruvchi shaxslarni tayinlash to’g’risidagi tashkilot rahbarining buyrug’i va 2 dona 3x4 sm. o’lchamdagi fotosura’ti. Jismoniy shaxslar uchun qirqma (narezkali), qo’shma (kombinirovannoe), silliq stvolli qurollarga: -2 dona 3x4 sm. o’lchamdagi fotosura’ti; -qurolni rasmiylashtirish uchun yig’im miqdorlari to’langanlik to’g’risidagi kvitantsiya. (qurolni saqlash uchun ruxsatnoma muddatini uzaytirish uchun: -ovchilik va baliqchilik jamiyatining ovchilik bileti (joriy yil uchun a’zolik to’lovlari to’laganligi belgisi bilan);
-qurolni qayta rasmiylashtirish uchun yig’im miqdorlari to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya; -qurolni xavfsiz egallashga va u bilan muomala qilishga to’sqinlik qiladigan kasalliklar (badanidagi kamchiliklar, kasalliklar) yo’qligi to’g’risida tibbiy xulosa (ma’lumotnoma);
-to’ldirilgan ariza-kartochkasi; -qurol bilan mukofatlanish to’g’risidagi hujjatning (buyruqdan ko’chirma, faxriy yorliq) asli yoki notarial tasdiqlangan nusxasi; -2 dona 3x4 sm. o’lchamdagi fotosura’ti.
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari. Muddatlar va to’lov: Xizmat narxi va to’lash tartibi Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. Xizmatni ko’rsatish tartibi Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kundan oshmagan muddatda ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.
Ruxsatnomalarni olish uchun Ichki ishlar organlariga xaftaning ish kunlari soat 9.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha shaxsan murojaat etish lozim.
Ov va sport quroli hamda o’q-dorilarni saqlashga ruxsatnomalar berish. -Rad etish sabablari Ruxsatnoma berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo’ladi: -arizachining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi; -arizachi taqdim etgan hujjatlarda noto’g’ri yoki buzib ko’rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi; -arizachining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq emasligi, arizachining yuridik shaxs maqomi mavjud emasligi; -tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega bo’lgan favqulodda vaziyatlar yoki jamoat tartibi va xavfsizligi qo’riqlanishi ta’minlanishi manfaatlariga xavf soluvchi boshqa holatlar paydo bo’lishi yoki paydo bo’lish xavfi bo’lgan hollarida bekor qilinishi mumkin. Ichki ishlar idoralari tomonidan ruxsatnomalar quyidagi shaxslarga berilmaydi: 1) O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo’lmagan shaxslarga; 2) 21 yoshga to’lmagan shaxslarga; 3) doimiy yashash joyiga ega bo’lmagan shaxslarga; 4) surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizmga duchor bo’lgan hamda dispanser hisobida turuvchi shaxslarga; 5) davomli ravishda jamoat tartibini buzayotgan, spirtli ichimliklarga ruju qo’ygan yoki narkotik va boshqa shunga o’xshash ta’sir qiluvchi moddalarni (tibbiy maqsadlardan tashqari)
iste’mol qiluvchilarga; 6) qasddan sodir etilgan (va og’ir) jinoyati uchun sud hukmi bo’yicha jazoni o’tamagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga; 7) jinoiy ishlar yuzasidan ayblov hukmi chiqarilganlarga; 8) portlovchi moddalar va o’q otar quroldan foydalanib jinoyat sodir etganlarga; 9) ozodlikdan mahrum etish joylaridan shartli ozod etilganlarga; 10) diniy ekstremizm va terrorizm jinoyati uchun jazoga hukm etilganlarga; 11) ichki ishlar idoralarida unga nisbatan qoralovchi (salbiy) materiallar mavjud bo’lgan shaxslarga. Ko’rsatilgan hujjatlarni taqdim etmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarda noto’g’ri yoki buzib ko’rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo’lgan hollarda ham ruxsatnoma berilmaydi.
Talabgor ruxsatnoma beruvchi organning ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risidagi qarori ustidan, shuningdek ruxsatnoma beruvchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. Katalog: images -> PDF PDF -> Terre dei santi PDF -> Umumiy ma’lumotlar: Xizmat nomi PDF -> Umumiy ma’lumotlar: Xizmat nomi PDF -> Preußische Zeit (Stand 1930) Rheinland-Pfalz PDF -> Umumiy ma’lumotlar: Xizmat nomi Download 22.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling