Xodim Davronov Аbror ishga tiklash masalasida oʼzi ishlagan Chilonzor tumanidagi "Kulol" chinni buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonadagi mehnat nizolari komissiyasiga 2021 yil 25 yanvarь kuni murojaat qildi


Download 18.41 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi18.41 Kb.
#263168
Bog'liq
islom


Kazus

Xodim Davronov Аbror ishga tiklash masalasida oʼzi ishlagan Chilonzor tumanidagi “Kulol” chinni buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonadagi mehnat nizolari komissiyasiga 2021 yil 25 yanvarь kuni murojaat qildi. U ishga spirtli ichimlik ichib kelganligi sababli ish beruvchi tomonidan 2020 yil 20 dekabrь kuni Mehnat kodeksining

100-moddasi ikkinchi qismining 4-bandiga asosan ishdan boʼshatilgan edi. Korxonada ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʼmitasi oʼrtasidagi kelishuvga asosan tuzilgan mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimning arizasi u taqdim etilgan kundan boshlab oʼn bir kun muddat ichida uch marotaba oʼtkazilgan majlisda koʼrib chiqildi. Jami besh kishi (kasaba uyushmasi qoʼmitasining 2 aʼzosi va ish beruvchining 3 vakili)dan iborat boʼlgan mehnat nizolari komissiyasi tomonidan oʼtkazilgan majlislarning dastlabki ikkitasida raislik vazifasini ish beruvchining, oxirgisida kasaba uyushmasi qoʼmitasining vakillari navbatma-navbat bajardilar. Bunda bir majlisning oʼzida raislik va kotiblik vazifasini har bir tarafning vakillari bajarishdi. 2021 yil 4 fevral kuni mehnat nizolari komissiyasining qarori qabul qilindi. Komissiya qarorining nusxasi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida xodimga, aniqrogʼi 2021 yil 8 fevralь kuni ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qoʼmitasiga muhrlangan holda topshirildi. Mehnat nizolari komissiyasining qarori bu qaror ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan oʼn kunlik muddat oʼtgandan keyingi uch kun ichida ish beruvchi tomonidan bajarilmadi.

Natijada 2021 yil 22 fevral kuni mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega boʼlgan guvohnoma berildi. Xodim mehnat nizolari komissiyasi bergan guvohnomani 2021 yil 23 fevral kuni tuman sudiga taqdim etish uchun bordi. Xuddi shu kuni ish beruvchi – “Kulol” chinni buyumlari ishlab chiqaruvchi korxona rahbari sudga muddatni uzrli sabablarga binoan oʼtkazib yuborganligi sababli, oʼtkazib yuborilgan bu muddatni tiklash va nizoni mohiyati boʼyicha koʼrib chiqish boʼyicha murojaat qildi. Sud ushbu holatda ish beruvchining arizasini qabul qildi.

Muammoli vaziyatni atroflicha tahlil qiling va muamoli vaziyatga mehnat qonunchiligiga asoslanib xuquqiy baʼxo bering.

Javob:

Bizga berilgan momoli vaziyatga yechim qidirar ekanmiz avvalo, ish beruvchi hodim Davronovni ishga ichib kelganligi uchun Mehnat kodekisining 100-moddasi 4-bandiga asosan mehnat shartnomasini bekor qiladi. Xodim Davronov ishga qayta tiklash yuzasidan sudga murojat qiladi. Shu jihatiga etibor berib o’tib ketishimiz zarur deb bildik. Mehnat kodekisining 102-moddasi 4-bandiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilishi to’g’risida ish beruvchi xodimni uch kun oldin ogoxlantirishi yoki shunga mutanosib kampetsatsiya to’lashi kerak bo’ladi. Mana shu holat kazusda yoritilib ketilmagan. Ana endi Mehnat kodekisining 100-moddasi 4-bandiga to’xtalsak.

Xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi.


  • Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlarning ro‘yxati:

  • ichki mehnat tartibi qoidalari;

  • korxona mulkdori bilan korxona rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;

  • ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom haqidagi nizom va ustavlar bilan belgilanadi.

Xodimning o‘z mehnat vazifalarini buzishi qo‘pol tusga egaligi yoki ega emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo‘ya harakatning og‘ir-yengilligiga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga qarab hal etiladi;

Oliy sud pleniumining qarori – sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarni qo’llanilishi haqida qarorining 21-qismida shunday deyilgan; - Ish beruvchi xodimning aybli harakatlar sodir etganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi haqida uni kamida uch kun oldin xabardor qilishga majbur (MK 100-moddasi 2-qismining 3, 4-bandlari). Bunda, qonun MK 100-moddasi 2-qismining 1, 2 va 6-bandlari asosida mehnat munosabatlarini bekor qilishdan farqli o‘laroq xodim bilan mehnat shartnomasini MK 100-moddasi 2-qismi 3 yoki 4-bandlari bo‘yicha bekor qilishda xodimni albatta yozma shaklda xabardor qilishni ko‘zda tutmaydi. Shunga ko‘ra, bunday asoslar bo‘yicha xodim bilan mehnat munosabatlarini bekor qilishda xodim yozma yoki og‘zaki xabardor qilinishi mumkin.

Mehnat shartnomasini MK 100-moddasi 2-qismining 3 yoki 4-bandlari asosida bekor qilish intizomiy chora bo‘lib, xodimni xabardor qilish va u bilan mehnat munosabatlarining bunday asoslarda bekor qilinishiga faqat intizomiy choralarni qo‘llash uchun belgilangan muddatlardagina yo‘l qo‘yiladi.

Sudlar shuni hisobga olishlari lozimki, ish beruvchi o‘z xohishiga qarab, mehnat shartnomasini MK 100-moddasi 2-qismining 3 yoki 4-bandlari bo‘yicha bekor qilish haqidagi xabarni unga muvofiq keladigan pul kompensatsiyasi to‘lashga almashtirishga haqli. Shunga ko‘ra, agar ishni ko‘rish jarayonida MK 100-moddasi 2-qismining 3 yoki 4-bandlari bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimni ishga tiklashga asoslar mavjud emasligi aniqlansa, ammo ish beruvchi xodimga u bilan mehnat shartnomasini bekor qilinishi haqida xabar bermagan yoki unga mos keladigan pul kompensatsiyasi to‘lamagan bo‘lsa, sud ish beruvchiga xodim uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiyani to‘lash majburiyatini yuklaydi.

Bunda xodim ishga tiklash yuzasidan Mehnat nizolarini hal qilish komissiyasiga 2021-yil 25-yanvar kuni murojat bilan chiqadi. Mehnat kodekisining 270-moddasida ishga tiklash nizolari bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy mudatda shikoyat qilishi mumkun;

Demak, xodim Davronov ishga tiklash bo’yicha sudga murojat qilish muddati o’tib ketganligini anglashimiz mumkun. Chunki, Davronovning mehnat sharnomasi 2020-yilning 20-dekabr kuni bekor qilingan. Davronov esa 2021-yilning 25-yanvar kuni sudga murojat qilmoqda.

Mehnat nizolari komissiyasi ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tomonidan tenglik asosida tuziladi. Komissiyaga kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tomonidan ajratilgan a`zolar tegishli organning qarori bilan, ish beruvchining vakili esa uning buyrug’i bilan tasdiqlanadi.

Mehnat nizolari komissiyasining har bir majlisida raislik vazifasini ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining vakillari navbatma-navbat bajaradi. Qoidaga ko`ra bir majlisning o`zida raislik va kotiblik vazifasini bir tarafning vakillari bajarishi mumkin emas.

Komissiyaning har bir majlisida taraflar tomonidan keyingi majlisning raisi va kotibi tayinlanib, ularga majlisni tayyorlash va chaqirish vazifasi yuklatiladi.

Mehnat nizolari komissiyasining miqdoriy tarkibi va vakolat muddati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo`lsa, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining o`zaro kelishuviga binoan belgilanadi. Basharti xodim mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo`mitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi ishtirokida ish beruvchi bilan bevosita olib borgan muzokaralarida mavjud kelishmovchilikni hal eta olmagan bo`lsa, nizo mehnat komissiyasida ko`rib chiqiladi. Mehnat nizolarini ko`rib chiqishning o`zgacha tartibi (269, 276-moddalar) bundan mustasno.

Mehnat nizolari komissiyasi ariza berilgan kundan e`tiboran 10 kun muddat ichida mehnat nizosini ko`rib chiqishi shart. Nizo ariza bergan xodimning ishtirokida ko`riladi. Xodimning yozma arizasi bo`lgandagina nizo uning ishtirokisiz ko`rib chiqilishi mumkin. Basharti xodim uzrsiz sabab bilan komissiya majlisiga kelmasa, mazkur arizani ko`rib chiqishni kun tartibidan olib tashlash haqida qaror qabul qilinishini mumkin, bu esa xodimni takroran ariza bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi.

Xodim kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi mehnat nizosi ko`rib chiqilishida ishtirok etish uchun advokat taklif qilish huquqiga ega.

Mehnat nizolari komissiyasi majlisga guvohlarni chaqirtirish, mutaxassislarni taklif qilish, ish beruvchidan zarur hisob-kitoblar va hujjatlar takdim etishni talab qilish huquqiga ega. Har bir majlisda ish beruvchining va kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining teng mikdordagi a`zolari ishtirok etishlari kerak.

Mehnat nizolari komissiyasining majlisida bayonnoma yuritiladi. Mehnat nizolari komissiyasining qarori ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo`mitasi yoxud xodimlar boshqa vakillik organining vakillari o`rtasida kelishuvga binoan qabul qilinadi. Komissiyaning qarori dalillar bilan isbotlanib, mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga, mehnat shartnomasiga asoslangan bo`lishi kerak.

Komissiyaning pul undirish talabiga oid qarorida xodimga te-gishli mablag’ aniq ko`rsatilishi lozim. Qaror majlis raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. U majburiy kuchga ega bo`lib, biron bir tarzda tasdiqlanmaydi. Komissiya qarorining nusxasi qaror qabul qilingan kundan e`tiboran uch kun ichida xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qo`mitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organiga topshiriladi.

Qonunda mehnat nizolari komissiyasining qarorini bajarish ta`minlangan. Muayyan qaror ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan o`n kun-lik muddat o`tgandap keyin uch kun ichida ish beruvchi tomonidan bajarilishi kerak.

Basharti, ish beruvchi belgilangan muddat ichida komissiya qarorini bajarmasa, mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo`lgan guvohnoma beriladi. Agar xodim yoki ish beruvchi belgilangan muddat ichida tuman (shahar) sudiga mehnat nizosini hal etish to`g’risidagi ariza bilan murojaat etsa, guvohnoma berilmaydi.

Mehnat nizolari komissiyasi bergan va olinganidan keyin ko`pi bilan uch oy ichida tuman (shahar) sudiga taqdim etilgan guvohnoma asosida sud ijrochisi mehnat nizolari komissiyasining qarorini majburiy tarzda ijro ettiradi.

Mazkur qonunga muvofiq, mehnat nizolari komissiyasining qarorlari ijro etilishi shart bo`lgan sud hujjatlari qatorida sanaladi. Mehnat nizolari komissiyasi o`z qarorlari asosida beriladigan guvohnoma ham ijro xujjati hisoblanadi.

Xodim belgilangan uch oylik muddatni uzrli sabablarga ko`ra o`tkazib yuborgan taqdirda, guvohnomani bergan mehnat nizolari komissiyasi muddatni tiklashi mumkin.

Bundan kelib chiqadiki, xodim Davronovning qo’liga 2021-yil 22-fevral kuni mehnat nizolarini hal qilish kamissiyasi tomonidan guvohnoma taqdim etiladi. Xodim 2021-yil 23-fevral kuni guvohnoma bilan sudga murojat qiladi. Lekin usha kuni ish beruvchi ham uzurli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborganligi sababli, o’tkazib yuborilgan bu muddatni qayta tiklash hammda nizoni mohiyati bo’yicha qayta ko’rib chiqish to’g’risida sudga murojat bilan chiqadi. Sud ushbu holatda ish beruvchining arizasini qabul qiladi. Chunki, ish beruvchi asosli tarizda sudga ariza bilan murojat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Mehnat huquqi

  2. Mehnat kodekisiga sharx.

  3. Mehnat kodekisi.

  4. Fuqarolik kodekisi.

Foydalanilgan sayitlar:

  1. Lex.uz

  2. Norma.uz

Download 18.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling