Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Download 0.5 Mb.
Sana14.11.2020
Hajmi0.5 Mb.
#145519
Bog'liq
G`OFUROVA DILDORA


Tinglovchi: G’ofurova Dildora


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI

VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI XALQ TA’LIMI

XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING

MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY

MARKAZI

TILLARNI O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI



MALAKA ISHI

MAVZU: Tili o’rganilayotgan mamlakatlar madaniyati va adabiyoti mazmunidan dars jarayonida foydalanish.
Tinglovchi: G’ofurova Dildora Murodjon qizi.

Guruhi: Ingliz tili o’qituvchilari – 3

Ish joyi: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri,

25- umumiy o’rta ta’lim maktabi

Telefoni: +998 97 447 89 05

Taqrizchi : Sh. Yo’ldosheva.

Kafedra mudiri: S. Djumayeva.

Guruh rahbari: Z. Almuratov.
ТОШКЕНТ -2020

ANNOTATSIYA

Ushbu “Tili o’rganilayotgan mamlakatlar madaniyati va adabiyoti mazmunidan dars jarayonida foydalanish” mavzusida yozilgan malaka ishi -- sahifadan iborat bo’lib, u kirish, asosiy qism, asosiy qismni yoritib tushuntirib beruvchi mavzular, xulosa va tavsiyalar, malaka ishini yozishda qo’llanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovadan iborat.

Tadqiqot ishimning maqsadi va vazifasi umumta’lim maktab darsliklarida berilgan jahon adiblarining hayoti va ijodini o’rgatish va o’rganish masalalariga yangicha ruh baxishlashdir . Ushbu malakaviy ishimda jahon adabiyotining eng muhim bosqichlari to’g’risida umumiy tasavvur yaratishga, umumta’lim maktablarining buyuk namoyandalari hayoti va ijodi bilan muxtasar tanishtirishga, asarlarni atroflicha tahlil qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur malaka ishida keltirilgan ma’lumotlar har bir ingliz tili o’qituvchisi va shu sohada amaliy ishlar olib borayotgan izlanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib ularga ijodiy yondashgan holda o’zlarining darslarida ishlatishlari mumkin.



MUNDARIJA

I. Kirish........................................................................................4

II. Asosiy qism...............................................................................6


  1. Tili o`rganilayotgan mamlakat adabiyoti materiallarini tanlash va ularni darsda integratsiya qilish........................................................6

  2. Tili o`rganilayotgan mamlakat madaniyati namunalarini to`g`ri tanlash va darsga tatbiq etish. .........................................................12

  3. Tili o’rganilayotgan mamlakat madaniyati va adabiyotini til o’ragitilyotgan mamlakat madaniyat va adabiyoti bilan

bog’liq va farqli jihatlari ………….................................................16

III. Xulosa.................................................................................................21

IV Foydalanilgan adabiyotlar...................................................................24

V. Ilova...................................................................................................25



Tili o’rganilayotgan mamlakatlar madaniyati va adabiyoti mazmunidan dars jarayonida foydalanish.

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tomonidan 2012-yil 10-dekabrda « Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada Takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida »gi qarori qabul qilindi va bugungi kunda chet tilini o‘rganish umumta’lim maktablarda 1-sinfdan boshlab yo‘lga qo‘yildi. Quyidagi bitiruv malakaviy ishi aynan ana shu qonun bo‘yicha umumta’lim maktablarida chet tilini o‘rganish qay darajada ahamiyat kasb etishiga qaratilgan. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng O‘zbekiston jahonga yuz tutdi. O‘zligimizni anglab, o‘z yo‘limizni belgilab oldik. Bugungi kunga kelib esa Kelajagi buyuk O‘zbekistonga aylandik. Buning uchun yurtimizda hamma sohalar rivojlanmoqda. Ilm- fan, texnika, iqtisodiyot, sport, tabobat va boshqalar shular jumlasidandir. Ayniqsa, ilm-fanga juda katta e’tibor berilmoqda.

Mustaqil O‘zbekiston o‘zining jahon standartlariga mos bo’lgan ta’lim tizimi va dasturini ishlab chiqib amalda qo‘llamoqda va buning ijobiy natijalari ko‘zga tashlanib qoldi. Yurtimiz yoshlarining chet mamlakatlarida o‘qib tajriba orttirib qaytishlari, poytaxtimiz Toshkentda dunyoning eng nufuzli oily o‘quv yurtlarining filiallari ochilib faoliyat ko‘rsatyotgani bunga yaqqol misoldir. Yurtimizda yaratilgan shart- sharoitlar, berilgan imkoniyatlar barchamizni birdek bilim olib orzularimizga yetishishimizga katta tayanch bo‘lmoqda.

“O‘zbekiston yoshlari o‘z tarixi va tilini, qolaversa, chet tillar va tarixini ham puxta egallab yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shmoqdalar. Buning uchun ta’lim maktabi, oliy va o’rta mahsus ta’lim tizimini muhim tarzda mustahkamlash, o’quv dasrurlarini yangilash, ularni jahon madaniyati xazinalari bilan boyitish kerak”. Zero muloqot madaniyati bugungi kunda global ahamiyat kasb etadi, alohida insonlar hamda butun xalq va davlatlar orasidagi munosabatlar, bir-birini tushunish va o’zaro ta’siri shunga asoslanadi..

1. Tili o`rganilayotgan mamlakat adabiyoti materiallarini tanlash va ularni darsda integratsiya qilish.

Adabiyot, so‘z san‘ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi. Xususan, mustaqillik yillarida yurtimizda ma’naviyatimizning g‘oyat muhim va uzviy qismi bo‘lgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va

munosib rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z hosilini berayotgani, badiiy adabiyotimiz mavzular ko‘lami jihatidan ham, janrlar nuqtayi nazardan ham rang-barang bo‘lib borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo bo‘layotgani kitobxon xalqimizni, albatta, quvontiradi. Bularning barchasi milliy tiklanish jarayonlari qalam ahlining ijodiy izlanishlari uchun qanday katta ufqlar ochib berganini yana bir bor ko‘rsatadi».

Аdаbiyot o‘qitish usuli pеdаgоgikа fаnining uzviy qismi bo‘lib, bаdiiy аdаbiyotni tаdqiq etаdi, аdаbiyot o‘qitish shаrtlаrini vа usullаrini ilmiy аsоsdа ishlаb chiqish vа tadbiq etish, sinfdа vа uydа o‘qish, shuningdеk, sinf vа mаktаbdаn tаshqаri mаshg‘ulоtlаrning shаkli vа usullаrini ishlаb chiqish bilаn shug‘ullаnаdi. Uning аsоsini bаdiiy аsаrni tа’lim vа tаrbiyaning muhim vоsitаsi sifаtidа o‘rgаnish, o‘quvchilаrni estеtik tаrbiyalаsh jаrаyonini tаshkil qiladi. Shu jаrаyondа o‘qituvchi yozuvchi yarаtgаn bаdiiy оbrаzlаrning аhаmiyatini o‘quvchilаr оngigа singdirаdi, bаdiiy оbrаzning mоhiyatini оchаdi, o‘quvchilаrning mа’nаviy dunyosini bоyitаdi.

Tа’lim mеtоdi – bu o‘quvchilаrning bilim, mаlаkа vа ko‘nikmаlаrini o‘stirish ulаrdа dunyoqаrаshni shаkllаntirish, o‘zlаshtirish qobiliyatini rivojlantirish, o‘qituvchi qo‘llaydigan ish usullaridir. Usul аmаliy mаshg‘ulоtdа o‘z mоhiyatigа mоs tаrzdа qo‘llaniladi. Shundаginа aniq to‘g‘ri bеlgilаngаn usul, tа’lim vа tаrbiyagа kuchli tа’sir ko‘rsаtаdi. Tа’lim jаrаyoni ikki tоmоnlаmа harаktеrgа egа: o‘qituvchi o‘qitаdi, o‘quvchi o‘qiydi. Tаbiiyki, o‘qituvchining hаm, fаоliyatidа mа’lum maqsad bo‘lаdi. O‘qituvchining аsоsiy maqsadi tа’lim bеrish orqali o‘quvchini tаrbiyalаsh, undа axloqiy tushunchаlаrni rivоjlаntirishdir. O‘quvchining аsоsiy vаzifаsi esа bilimlаrni egаllаshdаn ibоrаtdir. O‘quvchi (ayniqsa, kichik yoshdаgi o‘quvchi) o‘qituvchi fаоliyatidаgi maqsadning mоhiyatini to‘liq tushunmаsligi, bilmаsligi, tа’lim vа tаrbiya jаrаyonini to‘liq tаsаvvur etmаsligi mumkin. Аmmо u o‘qituvchi tоpshirig‘ini bаjаrish kеrаkligini bilаdi, his qiladi. O‘quvchi o‘qituvchining u yoki bu tоpshirig‘ini bаjаrish bilаn o‘z bilimi оrtib rivоjlаnib bоrаyotgаnini sеzаdi, lеkin o‘rgаnаyotgаn fаn usulini egаllаb bоrаyotgаnini his etmаydi. Shungа ko‘rа, o‘qituvchi tа’lim bеrish jаrаyonidа o‘quvchilаrgа аdаbiy mаtеriаlni оngli vа chuqur qabul qilish uslublаrini, mustaqil vаzifаlаrni bаjаrishdа undаn fоydаlаnishni o‘rgаtаdi. Shuning uchun hаm o‘qituvchi оldigа аdаbiyot usuli vа uning nаzаriy аsоslаrini hаr tоmоnlаmа chuqur bilish vаzifаsi qo‘yilgаn. Ilg‘оr rus mеtоdistlаridаn V.P.Оstrоgоrskiy so‘zi bilаn аytgаndа, bаdiiy аdаbiyotdа kishilаr hаyoti vа tаbiаtdаgi turli hоdisаlаr аks ettirilgаnligi uchun yoshlаrning аdаbiy tа’limigа muvаffаqiyatli rаhbаrlik qilishini o‘z ustigа оlgаn o‘qituvchi, аvvаlо, mа’lumоtli, hаr tоmоnlаmа kаmоl tоpgаn bo‘lishi kеrаk.

Аdаbiyot haqidagi fаn аdаbiyotshunоslik bilаn аdаbiyot o‘qitish usulining vаzifаsi o‘rtаsidа farq bоr. Аdаbiyotshunоslik fаni bаdiiy аdаbiyotning taraqqiyot qonuniyatlаrini, bаdiiy аsаr yarаtilgаn dаvrdаgi ijtimоiy-siyosiy voqealаr, yozuvchilаrning tаrjimаyi hоligа dоir mаtеriаllаr, hujjаtlаr, tanqidiy аdаbiyotlаrni o‘rgаnаdi. Аdаbiyot o‘qitish usulining muhim vаzifаsi o‘quvchilаrning аnglаsh fаоliyatini boshqarishning sаmаrаli yo‘llаrini aniqlаshdаn ibоrаtdir. O‘quvchilаrni vаtаnpаrvаrlik, mеhnаtgа оngli munоsаbаtdа bo‘lish, o‘z оnа tili vа аdаbiyotini vа qardosh xalqlаr аdаbiyotini sеvish, xalqlаr do‘stligi vа birdаmligi ruhidа tаrbiyalаsh hаm аdаbiyot o‘qitish usulining birdаn-bir аsоsiy vаzifаsi hisоblаnаdi. Аdаbiyot o‘qitish usulining mаktаbdа o‘qitilаdigаn boshqa fаn bilаn aloqasi uning mаzmunini bеlgilаshdа nаmоyon bo‘lаdi.



Аdаbiy tа’lim оldidаgi yosh аvlоdni mа’nаviy-ахloqiy bаrkаmоl kishilаr qilib tаrbiyalаshdеk murаkkаb vа mаs’uliyatli vаzifаning yuksаk dаrаjаdа hаl etilishi ko‘p jihаtdаn o‘quvchilаrdа аnа shundаy аdаbiy-estеtik tahlil mаlаkаsini shаkllаntirishgа bоg‘liq. Bundа bаdiiy аsаr, аdаbiy-nаzаriy tushunchаlаr, o‘quvchilаrning yosh xususiyatlаri, bilimi, shахsiy fаoliyati o‘qituvchi mаhоrаti аsоsiy оmildir.

O‘quvchilаrdа аdаbiy tahlil mаlаkаsini shаkllаntirish bаdiiy mаtn ustidа ishlаshning turli shаkl vа mеtоdlаridаn fоydаlаnishni shаrt qilib qo‘yadi. Mаsаlаn, ilk tahliliy ko‘nikmаlаr bоshlаng‘ich sinflаrning o‘qish mаtn mаzmuni yuzаsidаn sаvоl-jаvоb аsоsidа, shuningdеk, to‘liq, qisqаrtirib, ijоdiy vа shахsni o‘zqаrtirib hikоyalаsh vоsitаsidа hоsil qilinаdi. Nаtijаdа, o‘quvchilаr mаtn zаminidаgi yеtаkchi mа’nоni аniqlаsh, nаfоsаtni his etish mаlаkаsini egаllаydilаr. O‘rtа vа yuqоri sinflаrdа esа mаtn ustidа ishlаshdа inshо, rеfеrаt, bаyon, tаqriz, mа’ruzа mаtnini tаyyorlаsh kаbi ish turlаri kеng qo‘llаnilаdi. Muаyyan mаvzu yuzаsidаn o‘tkaziladigan bundаy mustаqil ishlаr o‘quvchilаrning fikrlаsh dоirаsini kеnqаytirаdi, nutqini bоyitаdi, shахsiyatini tаrbiyalаshga yordаm bеrаdi. Bоshlаng‘ich sinflаrdа tahlil mаrkаzigа bоlаlаr uchun maxsus yarаtilgan shе’r, tоpishmoq, hikоya vа mаsаllаr o‘rgаtilsа, o‘rtа vа yuqоri sinflаrdа аdаbiy mеrоsimiz хаzinаsidа kаttа o‘rin tutаdigan butun bоshli dоstоn, drаma vа rоmаnlаr qo‘yilаdi. Bu esа аdаbiy tahlil mаlаkаsini bоsqichmа-bоsqich, izchil shаkllаntirishni tаqazo etаdi. Tahlildа mаtnning o‘quvchigа tushunаrliligi hаl qiluvchi аhamiyatgа egа. Tushunаrlilik dеgandа, yozuvchi yarаtgan bаdiiy оlаmning bеtаkrоr o‘zigа хоsligi, оbrаzli tаsvirning o‘quvchi hаyotiy tаjribаsi, bilimi dаrаjаsiga muvоfiqligi nаzаrdа tutilаdi. V sinf darsligida buyuk ingliz adibi Jonatan Svift va uning asarlari haqida ma’lumot uchraydi. U 1667- yilda Irlandiyaning poytaxti Dublinda tug‘ildi. Otasidan erta ajralgan yosh Jonatan uzoq yillar muhtojlikda kun kechiradi. Badavlat qarindoshlarining ba’zan ko‘rsatadigan yordamini hisobga olmaganda uning tirikchiligi nochor edi. Tabiatan tirishqoq, ilmga tashna Jonatan o‘n to‘rt yoshida maktabni bitirgach, Dublin universitetining diniy bilimlar fakultetiga o‘qishga kiradi, uni bitirmay, Angliyaga ketadi. U bir necha yil Qirollikning sobiq ministri Vilyam Templning saroyida kotib bo‘lib ishlaydi. Templning boy kutubxonasidan foydalanish Svift dunyoqarashining kengayishida muhim omil bo‘ladi. Keyinchalik Svift universitetni bitiradi, dissertatsiya yoqlab, magistrlik unvonini qo‘lga kiritadi. Svift badiiy ijod bilan shug‘ullana boshlaydi. Uning ilk asarlari tezda xalq o‘rtasida shuhrat qozonadi. Adibning ketma-ket «Kitoblar jangi», «Bochka cho‘pchagi», «Movutfurush xatlari» kabi hajviy kitoblari nashr etiladi. Biroq Sviftga haqiqiy shuhratni uning «Gulliverning sayohatlari» romani olib keldi. U bir necha olis mamlakatlarga, avvalo jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari» deb atalib, u 1726- yilda yaratilgan. Roman ajoyib-g‘aroyib voqealarga, kulgili holatlarga boy. Asar bir qarashda shunchaki kulgi uchun bitilgan bo‘lib tuyulsa-da, uning zamirida achchiq kinoya, zaharxanda yotibdi. Muallif bu asar orqali Angliya davlatining tartib-qoidalari, urf-odatlari ustidan kuladi. «Gulliverning sayohatlari» romani to‘rt qismdan tashkil topgan. Birinchi qismda Gulliverning liliputlar - mitti odamlar mamlakatidagi sarguzashtlari hikoya qilinadi. Mitti odamlarning hayot tarzi, davlat tartiblari Angliyanikiga o‘xshash. Mitti odamchalar yashaydigan mamlakatda ham qirol, ministrlar, harbiylar, dengiz floti va turli-tuman qonunlar mavjud. Liliputiyada ham kabi partiyalar bor. Ular ham Angliyadagidek o‘z manfaatlarini o‘ylab janjallashadilar, bahslashadilar. Bu partiyalar baland poshnalilar va past poshnalilar deb ataladi. Mazkur partiyalar vakillari qanchalik mitti bo‘lsalar, ularning maqsad va o‘ylari ham o‘zlari kabi arzimas va jo‘n. Ularning siyosatlari orasidagi farq poshnalarining baland yoki past bo‘lganligidadir. Liliputiya davlatining qo‘shni Blefusku davlati bilan nizolari sababi ham arzimas va kulgili - ular tuxumni qaysi tomonidan chaqishda kelisha olmaydilar. Birlari tuxumni uch qismidan sindirish kerak desalar, birlari poynak qismidan sindirish kerakligini uqtiradilar. Svift ularning bu kelishmovchiliklari arzimas va bachkana ekanligi ustidan kular ekan, ayni paytda Angliyadagi diniy, siyosiy parokandalik sabablari hech qanday ahamiyatga molik bo‘lmagan ixtiloflar ekanligini uqtirgandek bo‘ladi. Romanning ikkinchi qismida Gulliverning ulkan odamlar yurti – Brobdingn egga sayohati hikoya qilinadi. Bu mamlakatda Gulliver teskari holatga tushadi - Liliputiyadagi odamlardan nafratlangan bo‘lsa, ushbu mamlakat odamlarining tanti, oliyjanob, ma’rifatparvarligiga qoyil qoladi. Asarning uchinchi qismi Gulliverning olimlar mamlakati – Laputadagi sayohatlariga bag‘ishlangan. Bu yerdagi Buyuk akademiya bilan tanishib, umri behuda sarflanayotgan olimlar ishini ko‘radi. Ularning real hayotdan ajrab qolib, foydasiz ixtirolar bilan bandliklari muallif kulgisini qo‘zg‘aydi.

Ayniqsa, bir olimning bodringdan quyosh energiyasini ajratib olib, undan yoz sovuq kelganda foydalanishga ahd qilganini, yana bir «alloma»ning uyni poydevoridan emas, tomidan boshlab qurish kashfiyoti haqidagi loyihasi – buning isboti sifatida hasharotlar – asalari va o‘rgimchak faoliyati misol qilib keltirilganini ko‘rib, kishi o‘zini kulgidan tiya olmaydi. Yozuvchi haqiqiy olimlar ustidan emas, soxta fan kishilari ustidan kuladi. Romanning to‘rtinchi qismi Gulliverning guigngnmlar mamlakatiga qilgan sayohati haqida. Muallif Gulliverning bu sayohatini o‘tkir zaharxanda, nafratli kulgi bilan tasvirlaydi. Bu mamlakatda inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar yexular va aqlli, dono, halol mehnat bilan kun ko‘ruvchi otlar yashaydilar. Yexular jirkanch, hazar qiladigandarajada tuban kimsalar. Ular Sviftning Angliyadagi vatandoshlarini eslatadilar. Ular o‘z manfaatlari uchun bir-birlarini halok qilishga tayyor. Asar bilan tanishadigan bo‘lsangiz, romanda Svift tasvirlagan mamlakatlar dunyo xaritasida yo‘q. Bu shaharlar badiiy uydirma mahsuli, ularni yozuvchining o‘zi o‘ylab topgan. Adib yashagan jamiyatda tanqidiy fikr bildirish, bir amaldor kirdikorlariniochiq aytish juda xavfli edi. Svift o‘zi yashagan Angliya qirolligidagi barcha kamchiliklar ustidan xayoliy mamlakatlar odamlari xatti-harakatlarini fosh qilish orqali kuladi.



2. Tili o`rganilayotgan mamlakat madaniyati namunalarini to`g`ri tanlash va darsga tatbiq etish.

Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir,, me’morchilik, teatr, kinometografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon bo’lishi mumkin. Antropologiya “madaniyat” atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik ma’no berish, hamda shu jarayonlarga bog’langan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu ma’noda madaniyat o’z ichiga san’at, fan va ma’naviy tizimlarni oladi.

Madaniyat –jamiyat, inson ijodiy kuch va qobilyatlarni tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatning turli ko’rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi. Madaniyat tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat) konkret jamiyat, elat va millat shuningdek inson faoliyati yoki turmushning o’ziga xos sohalarini izohlash uchun qo’llaniladi. Tor ma’noda madaniyat atamasi kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.

Madaniyat arabcha madina (shahar) so’zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga:Birini badaviy yoki sahroi turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar.

Badaviylik- ko’chmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik- shaharda o’troq holda yashab, o’ziga xos turmush tarziga ega bo’lgan xalqlarga nisbatan ishlatiladi.

Yevropada madaniyat deyilganda dastlab insonning tabiatga ko’rsatadigan maqsadga muvofiq ta’siri, shuningdek, insonga ta’lim tarbiya berishtushunilgan (lot. Cultura – yerni ishlash, parvarishlash; shundan olingan ). Madaniyat faqat mavjud norma va urf-odatlarga rioya qilish qobilyatini rivojlantirishni emas, balki ularga rioya qilish istagini rag’batlantirish ham o’z ichiga olgan. Madaniyatga

bunday ikki yoqlama yondashuv har qanday jamiyatga xos . Ellinlar “madaniyatsiz” varvarlardan o’zlarining asosiy farqini “paydey”, ya’ni “ tarbiyalanganlik “ da deb bilganlar.

Madaniyat umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning o’zigina yaratgan sof madaniyat bo’lmaydi va bo’lishi ham mumkin emas. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millat o’zi yaratgan bo’lsada unda jahon xalqlariyaratgan umuminsoniy madaniyatningulushi va ta’siri bo’ladi albatta.Madaniyat hej qachon sinfiy hodisa bo’la olmaydi . U barchagabaravar xizmat qiladi.

Har qanday davlat madaniyatining ajralmas qismi uning bayramidir. Buyuk Britaniyaning bayramlari, xususan, Angliya, Uels, Shimoliy Irlandiya va Shotlandiyaning to’rtta hududiy bo’linmasining madaniy xususiyatlari bir biri bilan chambarchas bog’langan va bir vaqtning o’zida bildirilgan .

Tili o’rganilayotgan mamlakatning davlat va milliy bayramlari.

Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi sakkizta davlat bayrami : 25-26 dekabr Yangi yil bayrami, Yaxshi juma, Pasxa, Erta May bayrami(mayning birinchi dushanba kuni) yoki bahor festivali va yozgi dam olish kunlari (avgustning so’ngi dushanbasi).

Buyuk Britaniya unitary davlat bo’lganligi sababli, uni tashkil etuvchi davlatlar milliy bayram deb nomlanadigan davlat bayramlarini nishonlashadi. Shunday qilib shimoliy Irlandiyada davlat bayramlari Patrik kuni , Irlandiyaning patron azizligi 17- mart va Boyne daryosida 12 iyul jangning yubileyidir. Shotlandiyada shunday milliy bayram –Sankt –Andrey 30-noyabr kuni Uels uchun – bu Devidning kuni 1-mart va Buyuk Britaniya uchun -23-aprelda nishonlanadigan Jorj kuni.

Buyuk Britaniyadagi boshqa milliy bayramlar qatorida, onalar kuni (6-mart) va va bugungi kunda yashayotgan qirolicha Elizabeth II (21 aprel) tug’ilgan kunini ham takidlash lozim. Qizig’i shundaki, Qirolicha Buyuk Britaniyada tug’ulgan kun, har yili ikki marta-haqiqiy tug’ulgan kun va iyunning shanba kuniga to’g’ri keladigan monarxning rasmiy tug’ilgan kunida nishonlanadi. Ushbu an’ana o’tgan asirning boshida qirol Edvard VII tomonidan o’rnatildi. U noyabr oyining boshlarida tug’ilgan , lekin u har doim uzining tug’ilgan kunini katta olomon va yaxshi ob-havo bilan nishonlashni xohlagan .

Bundan tashqari , Buyuk Britaniyaning chegaralaridan tashqarida ham o’zining yorqin an’anaviy bayramlari va festivallari bilan mashhur: Angliyada bu eng shovqinli bayramlaridan biri deb hisoblangan Guy Foxes kni (5 noyabr); katta miqyosdagi shkala , Xongmanayning an’anaviy Shotlandiya bayrami (31 dekabr), katta va kichik shaharlardagi yirik yong’inlar sodir bo’lganligi bilan ajralib turadi, chunki yong’in Xokmanaya (Yangi yil forslar)ning asosiy ramzi hisoblanadi.

An’anaviy ravishda Buyuk Britaniyada xotira va qadirlash kuni nishonlanadi ( 11 noyabr Birinchi Jahon Urushi tugashi). Har yili (iyun oyining oxirgi haftasi va iyul oyining birinchi haftasi) 120 yillik an’analari va hatto sirlari ( masalan, mahkumlar uchun maxsus chim qopqoqni ishlab chiqarish va saqlash) bo’yicha tennis Wimbledon musobaqasi mavjud . Shu bilan birga iyul oyining boshida Lady Godiva sharafiga festival tashkil etildi. 5 avgust mashhur Edingburgh (Shotlandiya) San’at festivali “Fridge” o’tkaziladi va yoz oxirida Peterburgda kamida mashhur pivo festivali o’tkaziladi .

Milliy va milliy bayramlardan tashqari, Buyuk Britaniyada ko’p odamlar bayramlari bo’ladi . Brinchidan bu albatta Hallowen sifatida yaxshi tanilgan , barcha Azizlar kuni (1 noyabr). Katolik Rojdestvoning II kunni (26 dekabr ) St Shensning kuni nishonlanadi. 1 Aprel – Hazil va zarafatlarning kulguli kuni va aprel oyining oxirida ko’pchilikni sevadigan viskiy festivali o’tkaziladi.

Buyuk Britaniyada qiziqarli va noodatiy bayramlar. Rangli hodisalar muxlisari Rojdesterda (may oyinig boshida) g’alati ovqat festivaliga tashrif buyurishadi yoki oktyabr oyida Apple kuniga tashrif buyurishadi va bu mevadan oling eng uzun ipni kesib, rekordni sindirisha harakat qilishadi (52 metr 51 santimetr, Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan).

3. Tili o’rganilayotgan mamlakat madaniyati va adabiyotini til o’ragatilyotgan mamlakat madaniyat v a adabiyoti bilan bog’liq va farqli jihatlari.

Xalqlar madaniy hamkorligining o’sib, mustahkamlanishida adabiyot olam shumul ahamiyat kasb etmoqda. Millat va elatlarmadaniyati yuksalishini adabiy aloqalarsz hamda mazkur jarayonning doimiy rivojlanishisiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Istiqlol sharofati tufayli mamlakatimizda horijiy tillarni chuqurroq o’rganishga va turli sohalarda horij bilan aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu o’rinda chet el adabiyoti durdonalarini o’zbek tiliga tarjima qilish va o’z navbatida o’zbek adabiyotining shoh asarlarini boshqa tillarga o’girish muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiy aloqalr ayniqsa mustaqillik yillarida o’z rivojini tomoqda, ya’ni chet el adaiblarining asarlari o’zbek tiliga , o’zbek adiblarining asarlari xorij tillariga bevosita tarjima qilinmoqda. Shu nuqtai-nazardan Ingliz- O’zbek adabiy aloqalri ham kundan-kunga rivojlanmoqda.

Jahon adabiyoti tarixida shunday adiblar borki ,ular ijodining ahamyoti zamonlar o’tgan sari tobora ochilib boradi. Mashhur AQSh yozuvchisi Mark Tven (1835-1910) va atoqli o’zbek shoiri G’afur G’ulom (1903-1966) shunday adiblardandir.Mark Tven ijodiga turlicha qarash adib hayotidayoq namoyon bo’ldi.U olamdan o’tgandan so’ng esa adibni ayrimlar yumarist,o’tkir kulgu ustasi deb baholashsa,ayrimlar unga Amerika jamiyatining tanqidchisi siftida qarashardi.

G.G’ulom she’riyati bilan dunyoning besh qit’asidagi kitobxonlar yaqindan tanishadi.Uning asarlari o’ttizga yaqin chet tillarga: olmon, ingliz,arab, hind,urdu,farang,ispan,xitoy tilariga tarjima qilinib dunyo adabiyotida o’z mashhurligiga erishgan adabiyotchardan biridir.

M.Tven va G’.G’ulom ijodiga zamonaviy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan baho berish,har ikki adib ijodiga mushtariylar va o’ziga xosliklarni ko’rsatib berish tadqiqotimizni dolzarbligini belgilaydi.



Har ikkala adib o’z davri bolalar va o’smirlarning tipik na’munasini aks ettirgan mashhur asarlar yaratishgan.Ammo shu paytgacha ikki xil muhut tuzum vakili bo’lgan bosh qahramonlarning umumiy ruhiyati va yosh fiziologiyasining bosqichlaridagi mushtarak tuyg’ular qiyosan ko’rib chiqilmagan hamda mualliflarning ularning ochib berishda badiiy mahorati masalalari o’rganilagan. Mustaqillik yillarida qiyosiy adabiyotshunoslikni rivojlantirish, ilgari yetarli darajada e’tibor berilmagan turli xalqlar bolalar adabiyoti o’rasida mushtarak ijodiy meod masalalarini o’rganish zarurligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.Jahon adabiy jarayoni murakkab hodisa.unda barcha adabiyotlar doimiy aloqada bo’lib,bir –biriga u yoki bu darajada ta’sir ko’satib turadi.Bugungi kunda o’z qonun- qoidalari asosidagina rivojlanadigan, tashqi ta’sirdan xoli sof milliy adabiyotni toppish qiyin. Biroq adabiyotshunslikka oid ishlarni adabiy ta’sir masalasini o’rganishda ehtoyot bo’lish kerakligi uqtiriladi.’’Adabiy ta’sir maslasini o’rganish ilmini turli yozuvchilar ijodidagi hamma va har qanday tashqi o’xshashlik va monandlikni qidirishdan iborat ermakka aylantirib qo’yish yaramaydi.

Adabiy aloqalarni o’rganish bugungi kun sharoitida juda muhum ahamyatga ega,mushtarak mavzular,mushtarak voqealar,mushtarak obrazlar turli adabiyotlada mavjud.Ularni tahlil qilar ekanmiz ,bir adibning ikkinchi adibning ‘’soyasiga’’aylantirib qo’ymasligimiz,bir milliy adabiyotda yaratilgan asarni boshqa adabiyotda mavjud asarni boshqa adabiyotda mavjud asarni ‘’variant’’i deb qramasligimiz lozim.

Yer yuzida yashovchi turli millatlar o’rtasidagi madaniy va adabiy aloqalar kecha yoki bugun boshlangan hodisa emas. Ularning ildizi qadim- qadimga borib taqaladi. Adabiyotshunos olima F.K.Sulaymonova to’g’ri ta’kidlaganidek ,’’ hech qachon hech qaysi xalq,elat boshqa xalqlardan uzilib qolgan,o’z holicha yashagan emas, aks holda hech qanday tarqqiyot bo’lmagan edi. Xalqlar o’rtasida adabiy aloqalarni rivojlanishiga nashriyotlar va ommaviy axborot vositlarining ham hissasi katta.Bunga o’rta asrlarda nashriyot-matbachiik ishlari yo’lga qo’yilgan yevropa misolida guvoh bo’lish mumkin. Albatta, o’zga tillarda chop etilgan asarlar biln tezroq tanishishning eng yaxshi yo’li ularni o’sha tilda o’qimoqdir.Biroq ba’zan tarjima va adapttsiyalar ham qo’l keladi.Bugungi kunda tarjima xalqlar o’rtasida o’zaro iqtisodiy-siyosiy, ilmiy va madaniy aloqalarning kengayishiga xizmat qilmoqda. Tarjima tufayli buyuk so’z ustalarining o’lmas asarlari dunyoning minglab tillarida jaranglamoqda. Gomer, Sofokl, E. Xeminguey, lisher Navoiyva boshqa o’nlab adiblarning asarlari dunyoning deyarli barcha xalqlari tillariga tarjima qilingan.

O’zbek adabiyotining jahon adabiyoti bilan aloqasi, bu munosabatning xilma-xil badiiy tarjimalarda o’z ifodasini topgan. Ingliz –o’zbek adabiy aloqalariga ham o’tgan asrning 30-yillarida asos solindi. Ingliz adiblarning o’nlabkichik janrlardagi nasriy va nazmiy asarlari, yirik janrdagi asarlardan olingan parchalar zikr etilgan jurnallar sahifalarida hamda alohida kitoblar holida chop etildi. Qator taniqli o’zbek adib va shoirlari qatori G’afurG’ulom ham bu aloqalarni kuchaytirishga alohida hissa qo’shdi. G’afur G’ulomning 1930 yildaqurilishi bitqazib tugallangan Turkiston-Sibir temir yo’liga bag’ishlangan “Turksib yo’llarida” she’ri 1934 yili ingliz tiliga Lengston X’yuz tomonidan tarjima qilingan. Ingliz shoiri va tarjimonning badiiy kashfiyotlaridan biri asarning asl mazmunini kitobxonlarga yetkazishuchun turli unsurlardanjumladan inkordan keng foydalanishdir.

Asliyatda:

Bu yo’llar ko’p qadim yo’llar…

Bu yo’ldan tarixda birinchi daf’a,

Tarixda eng porloq-

O’laroq bir sahfa qoldirib bir botir:

Very old

Immemorially old

Is this road.

A new her has passed through its sand,

Not a Tsar,

Not a spiller of blood,

Not a killer of arts,

But a builder

Who liberates countries and hearts.

Ingliz matndagi “ who liberates countries and hearts” jumlasi G’.G’ulomning asarida yo’q. Biroq tarjima matniga “mamlakatlar va qalblarni ozod etgan” jumlasini kiritib, tarjimon “botir”(“hero”-“qahramon”) so’zining ma’nosini kuchaytiradi. O’zbek shoiri va ingliz shoiri va tarjimon L.X’yuzning ijodiy hamkorligi foydadan holi bo’lmadi. Shu hamkorlik natijasida Ingliz va o’zbek adiblarning jonli muloqotlariga asos solindi

Ingliz adiblari asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilib, tarqatish borasida “Jahon adabiyoti” jurnalining o’rni beqiyosdir. Jurnal 1997 yildan beri o’nlab Ingliz adib va shoirlarining katta-kichik asarlarini e’lon qilidi. XX asr ingliz adabiyoti va san’atining yirik vakili Sidni Sheldonning “ Orziqib kutamanertani” J.X.Cheyzning “Gonkongdan kelgan tobut”, Stenli Gardnerning “Jilmaymagan gorilla” va “Jonsarak qo’g’irchoq”, Irvin Shouning “Tungi darbon”, va “Boy va kambag’al” va boshqa detektiv qissasi shular jumlasidandir.

2011 yil AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi “Amerika hikoyalari” nomli to’plamini o’zbek tilida e’lon qildi. Mazkur kitobga AQSHdagi “H’yuston Mifflin Harkot” nashriyoti tomonidan chop etilgan. “Amerikaning 2007 yildagi eng yaxshi hikoyalari” to’plamidan olingan yetita hikoya kiritilgan. Hikoyalar mualliflari- Jozef Enshtyen, Beverli Jensen, Roy Kesey, Stelar Kim, Eyrn Kayl, Richard Russo asarlarni o’zbek tiligaA’zam Obidov, Faxriddin Nizomov va Shoahmad Mutalovlar o’girishgan.

Qiyosiy-tipologik tadqiqotlar abadiy tuzulmalarning turli jabhalarini- mavzular, his tuyg'ular, g'oyalar, kompozitsion qurilishlar, uslublar va hokazolarni qamrab oladi. Tipologik mushtarakliklarning asosiy ko’rinishi tarixiy o’xshashliklar deb atalsa ham , biroq katta zamon va makon bilan ajralgan, ammo hej qanday ijtimoiy va tarixiy sharoitlar bilan tushuntirib bo’lmaydigan va haddan tashqari o’xshash ligi bilan bizni lol qoldiradigan ko’plab adabiy xodisalar mavjud.

Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” va “ Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari” romanlari hamda G’afur G’ulomning “ Shum Bola” qissasi genetik yaqinlikga ega bo’lmagan ikki milliy adabiyot vakillari bo’lmish adiblarning asarlaridir.

Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari ” va “Gekl’berri Finnning boshidan kechirganlari” romanlari hamda G’ofur G’ulomning “Shum bola” qissasi turli zamonlarda turli mamlakatlarda va turli janrlarda yaratilganiga qaramay ularni ko’p jihatdan birlashtirib turdi. Ular mavzu jihatdan ham, syujet-kompozitsion qurilishi jihatidan ham nisbatan yaqin va deyarli o’xshash. Ularda 19 asr II yarmi – 20 asr boshlaridagi AQSH va o’zbek bolalarining og’ir qismati haqida hikoya qilinadi.

III. Xulosa

Hozirgi globallashuv davrida jahon adabiyotida kechayotgan jarayonlarga nazar tashlasak, dunyo xalqlari adabiyotida umuminsoniy muammolar, g‘oyalar mushtarakligini kuzatishimiz mumkin. Xalqlar adabiyotlari o‘rtasidagi tafovutlar yo‘qolib bormoqda, badiiyat mo‘jizalari dunyo kitobxonining umumiy ma’naviy bisotiga aylanmoqda. Kompyuter asrida hozirgi kun kitobxoni jahon badiiy tafakkuri yaratgan ijod namunalari bilan tanishishning beqiyos imkoniyatlariga ega. Shu sababli ham ma’lum millat adabiyotida shakl bobida qilingan kutilmagan tajribalar, kashfiyotlar jahon kitobsevarlari tomonidan birdek qabul qilinmoqda.

Jahon ikodkorlarining asarlarini o‘rganishda o‘quvchilаr sinfdа, uydа ifоdаli o‘qish bilаnginа bаdiiy аsаrni o‘zlаshtirаdilаr dеb bo‘lmаydi, ulаrdа mа’lum mаsаlа bo‘yichа o‘qituvchigа murоjааt etishgа ehtiyoj tug‘ilаdi, аlbаttа. Chunki аsаrni o‘qish bilаn o‘quvchidа to‘liq tаsаvvur vа his hаyajоn uyg‘оnmаydi. Shu jihаtdаn hаm аsаr sinfdа tаhlil qilinаdi, u hаqidа suhbаt uyushtirilаdi. Shundаginа o‘quvchilаr yozuvchi tаsvirlаgаn voqea-hоdisаlаrni, chizgаn mаnzаrаlаrini, ulаrning mоhiyatini tushunib оlаdilаr, аsаr nаfоsаt nаmunаsi ekаnini vа uning mаzmunini аnglаb оlаdilаr. Shundаginа ulаrdа аsаrgа qiziqish, uni e’tibоr bilаn o‘qishgа, аsаrdа yozuvchi tаsvirlаgаn voqealаr, оbrаzlаrni, ulаrning xаtti-hаrаkаtini bilib оlishgа ishtiyoqi оrtаdi, ulаr аsаrni bаdiiy hikоya qilib bеrish ko‘nikmаsini egаllаydilаr. Umuman olganda, umumta’lim maktablarining V-IX sinflarining “Adabiyot” darsliklarini o‘rgatish va o‘rganish jarayonida metodik jihatdan yondashish talab etiladi. Mаktаbdа аdаbiyot o‘qitishdаn maqsad o‘quvchilаrdа ezgu mа’nаviyatni shаkllаntirishdаn ibоrаtligidir. Bas shunday ekan, аdаbiy tа’limdаn kоmil shахsni shаkllаntirish tаlаb qilinadi. Аdаbiy tа’limning vаzifаlаri sifаtidа: оddiy o‘quvchidаn kitоbхоn o‘quvchi, аnglаydigаn o‘quvchidаn o‘qigаnlаrini аnglаydigаn o‘quvchi, аnglаydigаn o‘quvchidаn tаhlillаy оlаdigаn o‘quvchi, tаhlil qila bilаdigаn o‘quvchidаn muаyyan аsаr haqidagi fikrini оg‘zаki vа yozmа tаrzdа qiynаlmаy ifоdа etа оlаdigаn o‘quvchi tаrbiyalаshdir, dеb bеlgilаnishi lozim. Аdаbiyot o‘qitishning mаzmuni dаstur, dаrslik, o‘quv vа mеtоdik аdаbiyotlаr, ko‘rgаzmаli qurollаr, yordаmchi vоsitаlаr hаm tа’lim mаzmunini tаshkil etadi. Mаmlаkаtimiz «Tа’lim to‘g‘risidа» 16 gi qоnun vа «Kаdrlаr tаyyorlаsh Milliy dasturi» аsоsidа tа’lim-tаrbiya sоhаsidа оlib bоrilаyotgаn tub islоhоtlаrning аsоsiy yo‘nаlishlаrini аnglаb оlmоq lоzim. O‘qitish va o‘rganishning yangicha yo‘llari paydo bo‘lmoqda.

Bu yo‘nаlishlаr:

- tа’lim mаzmunini, tizimini islоh qilish;

- tа’lim-tаrbiya boshqaruvini islоh qilish;

- tа’limning bоzоr iqtisоdiyotigа аsоslаngаn mехаnizmini yarаtish;

- оtа-оnа, o‘qituvchi-o‘quvchining tа’lim jаrаyonigа bo‘lgаn yangichа

qаrаshlаrini shаkllаntirish;

- bu tub islоhоtlаrning bоsh hаrаkаtlаntiruvchi kuchi-yangi pеdаgоgik

tехnоlоgiyani аmаliyotgа tadbiq etishdаn ibоrаt.

IV. Foydalanilgan asosiy adabiyotlar va o’quv qo’llanmalar ro’yxati


  1. Karimov I.A “ Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” . –T. : “Ma’naviyat”,2008

  2. Karimov I.A “Barkamol avlod – kelajak poydevori”. Toshkent, 1997 yil.

  3. Miziyoyev Sh. M “ Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. Toshkent, 2017 yil

  4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi . “Xalq so’zi” gazetasi, 1992 yil 15 dekabr, 243-son.

  5. .Ozbekiston Respublikasining “Ta`lim tog’risidagi” Qonuni. – “Barkamol avlod – Ozbekiston taraqqiyotining poydevori” kitobida. – T.: Sharq, 1997.

  6. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – “Barkamol avlod – Ozbekiston Taraqqiyotining poydevori” kitobida. – T.: Sharq, 1997.

  7. Jalolov J. “Chet tili o’qitish metodikasi” . Toshkent, “O’qituvchi “ 1196 yil

  8. Mavlonova R va boshq. Pedagogika. – T.: Oqituvchi, 2001.

  9. Podlasiy I. P. Pedagogika. V 2-x kn. – M.: VLADOS, 2003.

  10. Lixachev B. T. Pedagogika. - M.: Yurayt, 2003.

  11. Toxtaxodjaeva M., Nishonova S., Hasanboev J., Mad`yarova S., Kal`dibekova

  12. A va bosh. Pedagogika. – T.: Moliya, 2008.

  13. Pedagogika. Q.Qosnazarov, A.Pazilov, A.Tilegenov Nukus, Bilim, 2009 y

  14. www.ziyonet.uz

  15. www.google.com 1. Рогова Г, В. Методика обучения английскому языку.

Ilova.

Tinglovchining malaka oshirishdan keying 5 yillik istiqbol rejasi.

1-yil


T/r

Rejalashtirilgan ishlar mazmuni

Amalga oshirish muddati

Kutiladigannatijalar

1

Malaka oshirishdan olgan bilim va amaliy tajribalarni maktab pedagoglari bilan birga o’rtoqlashish

Sentabr 2020 yil

Maktab jamoasini eng so’nggi pedagogika sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirish

2

“English Kids” to’garagini tashkil etish va uni samarali ish olib borishiga zamin yaratish.

Oktabr 2020 yil

O’quvchi yoshlar bilan hamkorlikda ishlash

3

Yuqori V-VI sinflarda “Ingliz va o’zbek adabiyoti va madaniyatining o’zaro bog’liqligi” mavzusida uslubiy ishlanma yozish va tahlil qilish.

Noyabr 2020 yil

Metod birlashma rahbari va a’zolari hamkorligida

4

“The New Year all over the world” mavzusida maktab miqyosida keng ko’lamli tadbir o’tkazish

Dekabr 2020 yil

O’quvchilar, Yoshlar harakati faollari bilan birga ishlash

5

I-yarim yillikda fanni o’zlashtirishda qiynalgan o’quvchilar bilan shug’ullanish

Yanvar 2021 yil

Siniflar kesimida o’quvchilar bilan ishlash

6

“Smart Kids” debat kulubida kichik maktab suhbatini namoyish etish

Fevral 2020 yil

Klub a’zolari bilan ishlash

7

Metod birlashma doirasida mahorat darsini o’tib berish

Mart 2020 yil

Maktab o’qituvchilari bilan ishlash

8

Kichik sinflarda “I am the best” tanlovini o’tkazish

Aprel 2020 yil

O’quvchilar bilan ishlash

9

Bitiruv imtihonlarida yordam berish va ularni o’tkazishda faol ishtirok etish

May- Iyun 2020 yil

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilari bilan hamkorlikda ishlash

Tinglovchining malaka oshirishdan keying 5 yillik istiqbol rejasi.

2-yil


T/r

Rejalashtirilgan ishlar mazmuni

Amalga oshirish muddati

Kutiladigan

natijalar



1

Mustaqilligimizning 30 yiligiga bag’ishlab tadbir uyushtirish

Sentabr 2020 yil

Maktab o’quvchilari va hamkasblar ishtirokida

2

“How I learned English with the help of my mother tongue” mavzusida yuqori sinflarda insho yozish va g’olibni aniqlash

Oktabr 2020 yil

Maktab yuqori sinf o’quvchilari hamkoligida

3

Ingliz tili fan oyligini munosib o’tkazish

Noyabr 2020 yil

Maktab jamoasi bilan birga

4

Fan olimpiadalariga o’quvchilar saralash jarayonida qatnashish va ular bilan birga tayyorgarlik ko’rish

Dekabr- May 2021-2022 yillar

Maktab o’quvchilari va o’qituvchilari hamkorligida

5

I yarim yillikda fanni o’zlashtirishda qiynalgan o’quvchilar bilan ishlash

Yanvar-Fevral 2022 yil

O’quvchilar bilan ishlash, yordam berish va bo’shliqni to’ldirish

6

“Look ! I can beautifully draw a rainbow” mavzusida kichik sinflar kesimida amaliy tadbir o’tkazish

Mart 2022 yil

Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan ishlash

7

“Let’s help our motherland to be flourshed” mavzusida o’rta sinf o’quvchilari bilan amaliy mashg’ulot o’tkazish

Aprel 2022 yil

5-7 sinf o’quvchilari bilan maktab hovlisi va bog’ida ishlash

8

Imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni yuqori ko’tarinki kayfiyat bilan o’tkazishda yordam berish

May- Iyun 2022 yil

Maktab o’qtuvchilari va o’quvchilari bilan hamkorlikda ishlash

Tinglovchining malaka oshirishdan keying 5 yillik istiqbol rejasi.

3-yil


T/r

Rejalashtirilgan ishlar mazmuni

Amalga oshirish muddati

Kutiladigan

natijalar



1

Uslubiy birlashma bilan hamkorlikda “ Ustoz- shogird” faoliyatini yo’lga qo’yish

Sentabr 2022 yil

Biriktirilgan yosh o’quvchilarga amaliy yordam berish

2

“Smart Kids” debat klubini tashkil etish va uni samarali ish olib borishiga zamin yaratish

Oktabr 2022 yil

O’quvchi yoshlar bilan hamkorlikda ishlash

3

Fan oyligiga tayyorlanish

Noyabr 2022 yil

Metod birlashma rahbari va a’zolari hamkorligida ish olib borish

4

Fan olimpiadalariga o’quvchilar saralash jarayonida qatnashish va ular bilan birga tayyorgarlik ko’rish

Dekabr- May2022-2023 yillar

Maktab o’quvchilari va o’qituvchilari hamkorligida ishlash

5

“My parents are my motivators” mavzusida yuqori sinflar o’rtasida insho tanlovini o’tkazish

Yanvar 2023 yil

Maktab yuqori sinf o’quvchilari hamkorligida

6

Iqtidorli o’quvchilarni bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan birga ishlashga chorlovchi amaliy mashg’ulotlar o’tkazish

Fevral 2023 yil

Maktab o’quvchilari va o’qituvchilari hamkorligida ishlash

7

“My lovely pet corner” mavzusida tadbir o’tkazish

Mart 2023 yil

Boshlang’ich sinfo’quvchilari bilan ishlash

8

“We can create it ourselves” mavzusida amaliy mashg’ulot olib boorish

Aprel 2023

Maktab yuqori sinf o’quvchilari hamkorligida

9

Imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni yuqori ko’tarinki kayfiyat bilan o’tkazishda yordam berish

May-Iyun 2023 yil

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilari bilan hamolikda ishlash

Tinglovchining malaka oshirishdan keying 5 yillik istiqbol rejasi.

4-yil


T/r

Rejalashtirilgan ishlar mazmuni

Amalga oshirish muddati

Kutiladigan

natijalar



1

Mustaqillik bayramini ko’tarinki kayfiyatda otkazish maqsadida kichik maktab tanlovini uyushtirish

Sentabr 2023 yil

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilari bilan hamkorlikda

2

Fan olimpiadalariga o’quvchilar saralash jarayonida qatnashish va ular bilan birga tayyorgarlik ko’rish

Oktabr –May 2023-2024 yillar

Maktab o’quvchilari va o’qituvchilari hamkorligida

3

Fan oyligiga tayyorlanish va uni samarali o’tkazish

Noyabr 2023 yil

Metod birlashma rahbari va a’zolari hamkorligida ish olib boorish

4

“I cando it myself” mavzusida kichik sinflar bilan amaliy mashg’ulot o’tkazish

Dekabr 2023 yil

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilri bilan hamkorlikda

5

“What is waiting for me in the future?” mavzusida insholar tanlovini o’tkazish

Yanvar 2024 yil

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilri bilan hamkorlikda

6

Mahorat darslarini o’tkazish

(Improve your listening skills)



Fevral 2024 yil

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilri bilan hamkorlikda

7

Mahorat darslarini o’tkazish

(Improve your reading skills)



Mart 2024 yil

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilri bilan hamkorlikda

8

Mahorat darslarini o’tkazish

(Improve your writing skills)



Aprel 2024 yil

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilri bilan hamkorlikda

9

Imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni yuqori ko’tarinki kayfiyat bilan o’tkazishda yordam berish

May-Iyun 2024 yil

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilri bilan hamkorlikda

Tinglovchining malaka oshirishdan keying 5 yillik istiqbol rejasi.

5-yil


T/r

Rejalashtirilgan ishlar mazmuni

Amalga oshirish muddati

Kutiladigan

Natijalar



1

Uslubiy birlashma bilan hamkorlikda “Ustoz-shogird faoliyatini yo’lga qo’yish”

Sentabr 2023 yil

Biriktirilgan yosh o’quvchilarga amaliy yordam berish

2

Metod birlashma doirasida mahorat darsini o’tib berish

Oktabr –May 2023-2024 yillar

Maktab o’qituvchilari bilan ishlash

3

Fan oyligiga tayyorlnish va uni samarali o’tkazish

Noyabr 2023 yil

Metod birlashma rahbari va a’zolari hamkorligida ish olib boorish

4

Fan olimpiadalariga o’quvchilar

Saralash jarayonida qatnashish va ular bilan birga tayyorgarlik ko’rish



Dekabr 2023 yil

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilari hamkorligida

5

“Who are my ancestors” mavzusida insholar tanlovini o’tkazish

Yanvar 2024 yil

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilari hamkorligida

6

CEFR yoki IELTS imtihonlaridan birini topshirishga tayyorgarlik ko’rish

Fevral 2024 yil

Maktab o’qituvchilari va uslubiy kengash hamkorligida

7

Iqtidorli o’quvchilarni bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan birga ishlashga chorlovchi amaliy mashg’ulotlar o’tkazish

Mart 2024 yil

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilari hamkorligida

8

“The Internet” mavzusida ma’ruza tayyorlash

Aprel 2024 yil

Maktab o’qituv va uslubiy kengash hamkorligida

9

Imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni yuqori ko’tarinki kayfiyat bilan o’tkazishda yrdam berish

May-Iyun 2024 yil

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilari hamkorligida

10

Malaka oshirish kursida qatnashishni rejalashtirish

Iyun 2025 yil

Maktab o’qituvchilari va uslubiy kengash hamkorligida

TOSHKENT VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

Malaka oshirish kursi tinglovchisi G’ofurova Dildora Murodjon qizining “Tili o’rganilayotgan mamlakatlar madaniyati va adabiyoti mazmunidan dars jarayonida foydalanish” mavzusidagi malaka ishiga

Taqriz

Taqriz uchun tinglovchi malaka ishini ____ betda topshirdi.



Malaka ishiga rahbar (taqrizchi) tomonidan qo’yilgan ballar

T/r

Mezonlar

Maksimal ball

Qo’yilgan ballar

1

Tayyorlash sifati va belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, mustaqil bajarganligi va ijodiy yondashilganligi

3




2

Mavzuning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyatining ochib berilishi, maqsad va natijalarning mosligi

6




3

Meyyoriy hujjatlar, ilg’or ta’lim texnologiyalari, metodik yondashuvlar va axborot texnologiyalaridan foydalanganligi

6





4

Xulosa va tavsiyalarning asoslanganligi

3




5

Mavzuga oid foydalangan adabiyotlarning to’g’ri tanlanganligi

2




Jami ball

20




Taqrizchi fikri (ijobiy yoki salbiy)

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Taqrizchining xulosasi:

Tinglovchi G’ofurova Dildora Murodjon qizizning malaka ishi ___ ball bilan baholanganini hisobga olib, ishni yakuniy attestasiya komissiyasida himoyaga tavsiya qilinadi (tavsiya qilinmaydi)

Rahbar ( taqrizchi ): Sh. Yo’ldosheva ______________

“_____”_________2020y



.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling