Xolova shahzoda murodullayevna


Download 359.06 Kb.
bet1/2
Sana30.06.2020
Hajmi359.06 Kb.
#122417
  1   2
Bog'liq
2 5433755214286947848



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

XOLOVA SHAHZODA MURODULLAYEVNA

Topishmoqlarni o’rganish orqali tafakkur va intelektual salohiyatni rivojlantirish usullari

mavzusidagi

MALAKA ISHI
Yo‘nalish (guruh) Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 2-guruhi

Tinglovchining ish joyi Kattaqo’rg’on tumani 54-maktab

Kafedra mudiri _____________ Usmanov B.I.

Imzo

Malaka ishi rahbari (taqrizchi) _____________ Rahimqulova M.B.



Imzo

Tinglovchi _____________ Xolova SH.M



Imzo

Samarqand – 2021-yil, iyun



MUNDARIJA

KIRISH. MALAKAVIY ISHNING UMUMIY TAVSIFI 4

1.1 Bola tarbiyasida topishmoqlarning o`rni 9

1.2 O‘xshatishga asoslangan topishmoqlar 10

3.1Topishmoqlarni o'rganish metodikasi 34

3.2Zukkolik, donolik va mehnatsevarlik xalq toptshmoqlari g'oyalarida etakchi mezon 39


KIRISH. MALAKAVIY ISHNING UMUMIY TAVSIFI



Mavzuning dolzarbligi.

Har qanday til o‘z jozibasini, eng avvalo, xalq og‘zaki ijodida namoyon qiladi. Xalq og‘zaki ijodi metaforalar bilan yo‘g‘rilgan xalq tilining go‘zal namunalaridan biri sanaladi.

O‘zbek topishmoqlarining til xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan bir qator ishlarda topishmoqlarning ayrim sintaktik xususiyatlari, nominativ aspekti, ularning leksik-semantik hamda sintaktik-semantik tomonlari o‘rganildi.

Topishmoqlar topilishi zarur bo‘lgan narsa va hodisalarning muhim belgilarini ajratish asosiga tuziladi. Topilishi zarur bo‘lgan narsa va hodisalarning nomi yashirilgani holda, uning muhim belgilari topishmoqning shakliy strukturasida o‘z ifodasini topadi. Natijada topishmoq ikki qatordagi mazmuniy tuzilishga ega bo‘ladi. Birinchi qatorda shakliy tuzilish birliklari ma’nosidan kelib chiqadigan yuza ma’no, ikkinchi qatorda esa shakliy tuzilish birliklari ostida ifodalanayotgan va tinglovchining til ko‘nikmasi asosida anglashiladigan tagma’nodir.

Shuning uchun topishmoqlarning mazmuniy tuzilishi, unda topilayotgan narsa va hodisaning integral va differensial belgilarini o‘rganish ona tili darslarida katta ahamiyatga ega. Bu esa tanlangan mavzuning hozirgi o‘zbek tilshunosligi uchun naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.

Tadqiqotning maqsadi. Ushbu MIning asosiy maqsadi ona tili darslarida metaforik matn shakliy tuzilishining mazmuniy tuzilishga asos bo‘lgan denotativ ma’noga munosabatini belgilashdir.

Shuningdek, lingvistikaning eng dolzarb muammolaridan biri denotat (referent), signifikat (konsept) va nom o‘rtasidagi munosabat, topishmoqlarda denotat bilan nom o‘rtasidagi motivatsiyaning munosabati, topishmoqlarni topish jarayonida bu munosabatlarning o‘rnini yoritish ham ishning asosiy maqsadlaridandir.



Tadqiqotning vazifalari. Ushbu maqsadga erishish uchun MI oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:

  • topishmoqlarning semantik tuzilishini belgilash;

  • topishmoqlarning mazmuniy mundarijasida narsa-predmet belgilarining o‘xshashligini kuzatish;

  • obyekt elementlarining o‘ziga xos xususiyatlarini ajratish;

  • yashirin mazmun va unga ishora qiluvchi vositalarni ko‘rsatish.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Mazkur ishda quyidagi natijalarga erishildi:

  • metaforik matn tilining o‘ziga xos xususiyatlari o‘zbek xalq topishmoqlari misolida o‘rganildi;

  • topishmoqlarda metaforik mazmun va unga ishora qiluvchi vositalar aniqlandi;

  • topishmoqlarning shakliy va mazmuniy tuzilishidagi munosabat aniqlandi;

Tadqiqotning metodologik asosi va tadqiq usullari. Tadqiqotning metodologik asosi narsa va hodisalarning obyektivligini va ularni doimo o‘sishda hamda rivojlanishda ekanligini e’tirof etuvchi dialektik falsafadir. Tadqiqotda struktur tilshunoslikning distributsiya, transformatsiya hamda an’anaviy tilshunoslikning tavsiflash metodlaridan foydalanildi.

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari o‘zbek tili leksikologiyasining rivoji uchun munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi. Bu tadqiqot gap tarkibida bir butun holda, bir sintaktik nazariyada kelgan, lekin o‘z ichida bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan, barcha sintaktik butunliklarning shakl va mazmun munosabatini o‘rganishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Uning amaliy ahamiyati shundaki, tadqiqot natijalaridan kasb-hunar kollejlari hamda litseylarda maxsus kurs o‘qitishda, qo‘llanmalar yaratishda foydalanish mumkin.

Ishning tadqiq obyekti va materiallari. O‘zbek topishmoqlari to‘plami1 va tadqiqotchi tomonidan yozib olingan jami ikki mingdan ortiq topishmoq va topishmoq variantlaridir. Shuningdek, yurtimiz tilshunos olimlarining bildirilgan fikrlari hamda faktik materiallarini o‘rni bilan tahlilga jalb qilindi.

MIning tuzilishi va hajmi. MIning umumiy tavsifi, kirish, ikki bob, umumiy xulosalar va adabiyotlar ro‘yxati kabi qismlardan tuzilgan bo‘lib, umumiy hajmi 51 bet.

Tinglovchi _________________________________________ ning o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan

YO‘L XARITASI



Amalga oshiriladigan tadbir (muammo)

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati (yil, oy)

Kutilayotgan natijalar diagnostikasi

1-yil

1











2












2-yil

3












4












3-yil

5















6















4-yil

7















8















5-yil

9















10















1.1 Bola tarbiyasida topishmoqlarning o`rni

O‘ziga xos tarbiya vositasi bo‘lgan topishmoqlar bolajonlar uchun juda qiziqarli va qadrlidir. Bilamizki, topishmoq inson fantaziyasi va ichki kechinmalari mahsuli sifatida dunyoga keladi. E’tiborli jihati, har doim ularda insonparvarlik, Vatanga muhabbat, rostgo‘ylik, halollik tuyg‘ulari ustuvor bo‘ladi va har bir topishmoq yaxshilikning yomonlik ustidan qilgan g‘alabasi bilan tugaydi. «…Shunday qilib ular murod-maqsadiga yetibdi» degan iboraning deyarli hamma topishmoq yakunida uchrashi fikrimizni tasdiqlaydi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, topishmoqlar bolaning dunyoqarashini kengaytirib, uning hayotga ongli munosabatini shakllantirar ekan. Bola topishmoq orqali yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlikni bir-biridan farqlashni o‘rganadi. Bu tushuncha uning psixologiyasida bir umrga muhrlanib qoladi. Va bola voyaga yetganidan keyin ezgu ishlarga  odatlanadi.

Ma’lumki, topishmoqni qiziqarli va maromiga yetkazib aytish va shu orqali bolaning e’tiborini jalb qilish ham bir san’at. Qolaversa, xalq og‘zaki ijodining yorqin namunasi bo‘lmish topishmoqlar faqat tarbiya vositasi emas, balki ota-ona va farzandni ruhan yaqinlashtiruvchi ko‘prik  hamdir. Shuning uchun ham mutaxassislar ota-onalarga farzandlariga ko‘proq topishmoq aytib berishni ta’kidlashadi. Zero, bir narsani unutmaslik lozim, topishmoqlar hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan bo‘lsa-da, ularda tabiiy ravishda hayot haqiqati aks etadi. Qiziqarli syujet bilan boyitilgan bu hikoyalar bolaning ongli ravishda  hayotni anglashiga yordam beradi.

Dunyo xalq og‘zaki ijodini kuzatadigan bo‘lsak, ular orasida farqlardan ko‘ra, o‘xshashliklar ko‘proq ekanligiga amin bo‘lamiz. Buning sababi shuki, insonlar qaysi millat vakillari bo‘lishidan qat’i nazar ularning farzand tarbiyasiga bo‘lgan e’tibori bir xil. Shuning bilan birga, har bir millat avlod-ajdodlari tafakkurida dastlab mifologik tasavvurlar ustunlik qilgan va o‘sha davrlarda qadriyatlar, orzu-istaklar deyarli bir xillik kasb etgan. Topishmoqlar turli tillarda, turli urug‘ va qabilalarda turlicha nomlar bilan atalgan. Masalan, o‘zimizning respublikamiz miqyosida oladigan bo‘lsak,  Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida topishmoq – matal deb nomlansa, Buxoro atrofidagi ayrim qishloqlarda ushuq, Xorazmda – varsaki, Toshkent shahri va uning atrofida – cho‘pchak deyiladi.

O‘zbek milliy topishmoqlarining aksariyati «biror narsani shakli va xarakterini belgilash», bilan boshlanadi, eng asosiy voqealar «rangi, tusi, ta’mi»dan keyingi vaziyatga to‘g‘ri keladi. «beriladigan narsani nima ekan?» degan savolga topishmoq yakunida albatta  «u narsa uchun to’liq ma’lumot» tarzida  javob olinadi.

Bizning millatimizda kun botgach, bolaga topishmoq aytib berish o‘ziga xos an’anaga aylangan. Va bu an’ana asrlar davomida saqlanib kelmoqda. Chunki topishmoq  bolaning aqliy salohiyatini, topqirligini o‘stirish bilan birga, uning tunni tinch va osuda o‘tkazishiga ham xizmat qilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, topishmoqlar yosh avlodning sog‘lom va barkamol voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda esa ota-onaga jahon va o‘zbek xalq topishmoqlari jamlangan kitoblar yaqindan ko‘mak beradi. Farzand o‘stirayotgan har bir ota-onaga ana shunday topishmoq kitoblar hamroh bo‘lsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.

1.2 O‘xshatishga asoslangan topishmoqlar



Tilshunoslarning qarashlarida, semema til birligi bo‘lgan leksemaning mazmunini tashkil etadi, barqaror birlik sanaladi.2 Masalan: {tana} leksemasini olaylik. Unda 1) inson gavdasi va 2) daraxt asosi gavdalanadi.

Ushbu ikki sememaning o‘zaro bog‘liq, ammo alohida-alohida sememalar ekanligini bu semalarning bir xil qurshovda voqelana olishi ham tasdiqlaydi: “tanasini kesdi” so‘z birikmasida har ikkala semema yuzaga chiqishi va boshqa- boshqa ma’nolarni anglatishi mumkin. Sememaning bir xil qurshovda voqelashishi, shu qurshovda qat’iy mazmuni va vazifasini saqlashi alohida o‘ringa egadir. Ular topishmoqda quyidagicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib, o‘ziga, shu matnga, sharoitga xos qo‘shimcha ma’no bo‘yoqlari, jilvalari, qirralari bilan voqelashadi. Masalan: Tanasi chipor, o‘rmondan chiqar. Ilon (o‘zb.t., 67-bet);

Ahil bo‘lib yashar doim yetmish mard, tani yonib elga qiladi xizmat— Gugurt (o‘zb.t., 236-bet).

Birinchi topishmoqda tanasi chipor so‘z birikmasi orqali ilonning ko‘rinishiga e’tibor qilinadi, unda bir sememaning (gavdaning boshdan- oyog‘igacha, ko‘rinishi voqelashadi). Chunki bu misolda {tana} leksemasi {bosh}, {oyoq}, {dum} leksemalari bilan o‘xshashlik munosabatida kuzatiladi.

Ammo ikkinchi topishmoqda esa {tana} leksemasi {bosh}, {oyoq}, {qo‘l}, {vujud}, {jon} leksemalari bilan o‘xshashlik munosabatiga kirishadi. Natijada, tani yonib so‘z birikmasi orqali jonini berib xizmat qilishlik ma’nosi tushuniladi. Aslida bu erda gugurtning yonishini ifodalovchi ko‘chma ifodalar berilgan.

Leksemalar orasidagi ma’yoriy bog‘lanishda (qo‘shnichilik munosabatlarida) o‘zaro bog‘lanadigan ikki sememada o‘xshash semalar bo‘lishi shart. Masalan: {temir} leksema sememasi tarkibida “modda”, “qattiq modda”, “ metall” kabi atash semalari mavjud.

{Kalit} leksema sememasida “qattiq moddadan qilingan” sema bor. Bu leksema sememalari orasidagi o‘xshash semalar ikkita: “qattiq” va “modda”.

Demak, ushbu leksemalar topishmoqda bemalol, me’yoriy, oddiy qo‘shnichilik munosabatlariga kirisha oladi. Masalan: Olisdan jangir-jungir, yaqindan oddiy temir. - Kalit (o ‘zb.t., 137-bet). Bu jarayonda leksema sememalari to‘g‘ri voqelanadi.

Xalq topishmoqlari doim odatdagidan boshqachalikka, yangicha o‘xshatishlar, obrazlilikka intiladi. Chunonchi: Ikki boshli, to‘rt oyoqli, Ikki oyoqli, to ‘rt quloqli, orqasida bir dumi bor. - Ot, otga mingan odam (o ‘zb. t., 198- bet); Bir arqonim bor, uchi - quyrug‘i yo‘q.—Yo‘l (o‘zb. t., 191-bet): yo‘l ^ arqon; Hasan aka tikka turadi, bolalari chapak chaladi. — Terak, barglari (o‘zb. t., 86-bet): terak^ Hasan aka; barglari ^ bolalari. Birinchi topishmoqdagi odamning boshi, oyoqlari va quloqlari so‘zlari ko‘p ma’noli so‘z zamiriga yashiringan. Topishmoqda ot mingan odamning jumboqlanishi shu bilan izohlanadiki, xalq topishmoqlari obyektlarni konkret harakat- holatda, faoliyatda, mavjudlik muhiti, tipik hayotiy sharoitda olib qarashga intiladi. To‘rt mergan bir quduqqa o‘q otar. — Sigir sog‘ish (o‘zb. t.,56-bet). Ushbu topishmoqning holati topilayotgan narsaning to‘rtta qismidan (sigir sog‘ish, yelin, chelak, sutdan) tarkib topgan. Tushirib qoldirilgan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi obyektlari uning birinchi obyektiga birlashgan holda o‘zaro birlikni hosil qilgan. Natijada sigir sog‘ish - yelin, sut va chelakdan uzoqlashtirilgan. Buni shunday izohlashimiz mumkin: konstruksiyada yelin, sut va chelak tushirilib qoldirilgan bo‘lsa ham topishmoqda ifodalangan narsaga asoslangan holda obrazli tuzilma hosil qilingan. Narsa-predmetlarning boshqa elementlar bilan o‘zaro bog‘lanish hosil qilishi - ular shaklining bevosita aloqasiga bog‘liqdir.

IKKINCHI BOB.

2.1 Topishmoq janri haqida ma'lumot va ularning turlari

Topishmoqlar dunyo xalqlari folkloridagi eng qadimiy kichik janrlardan biri xisoblanadi. Bu o’zbek topishmoqlariga xam xos xususiyatdir. Biroq “kichik” atamasini nisbiy ma’noda kabul qilish zarur. Zero, xalq o-gzaki ijodida shunday Topishmoqlar borki, ularning mazmunini butun boshli ertak yoxud dostonga teng deb karashimiz mumkin.

Topishmoqlarimiz borasida kator izlanishlar mavjud. Birok bularning orasida Zubayda Xusainovaning tadkikoti aloxida ajralib turadi. Olima ilk bor uzbek Topishmoqlarini monografik planda urganib, mazkur janrning uziga xos xususiyatlari, tasnifiy belgilari va boshka janrlar bilan munosabatini yaxshi ochib bergan.

"Topishmoq, - deb yozadi Zubayda Xusainova, - xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari: doston, ertak, kushik, makol kabi xalqning ma’naviy boyligi va kollektiv ijodi maxsulidir. U inson ijtimoiy xayot, tabiat xodisalarining mavjud tomonlari bilan keng bo-glangan bulib, xamma vakt real zaminga asoslanadi. Unda atrofimizni kurshab turgan real, moddiy dunyodagi turli ob’ektlar aks etadi. Xar bir Topishmoq uziga xos shakl va mazmunga ega bulgan mustakil bir butun badiiy asardir. Unda falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, xodisalarning moxiyati guzal obrazli ifodalarda aks etadi”.

O’zbek Topishmoqlarining tadkiki olimaning bu fikrlarini tula tasdiqlaydi.

Ushbu tadkikotdan maksadimiz Topishmoq xamda ertak va dostonlarimizda keladigan tush xodisasini uzaro kiyoslashdan iborat. Dunyoda tush kurmaydigan odam bulmaganidek, Topishmoqlari bulmagan xalq xam mavjud emas. Tush kanchalik umuminsoniy xodisa bulsa, Topishmoqlar xam dunyoning barcha xalqlariga xos bulgan xalqaro janrdir. Xar ikkalasining tarixiy asoslari ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik tafakkuri bilan chambarchas bo-glik. Shunday ekan, tushlarning xam, Topishmoqlarning xam yuzaga kelishida uxshash konuniyat mavjud. Xush, bu uxshashlik nimalarda kurinadi? Bizning nazarimizda, u xar ikki manbaning kadim tasavvurlar va metaforaga asoslanganligidadir.

Topishmoqlarda biror bir jism (xarakat yoki xolat) ikkinchi bir jismga majoziy kiyoslanib, “bu nima”, degan savol kuyiladi va yakunida uning javobi beriladi. Bu janrning zaruriy sharti, muxim spesifik xususiyati, uzgarmas konuniyati xisoblanadi. Misol:

198. K,ator, kator kora nor,



U ne buldi bolkantuz?

Uy ortida kush terak,

U ne buldi bolkantuz. (Soch urimi).

Yoxud:


1603. Kizning chechasiga aytib turgani:

Och gazadan chang chikdi,

U nimadir, chechajon?

Jura otli bir chikdi,

U nimadir, chechajon?

Yolgiz otli bir chikdi,

U nimadir, chechajon?

Adir uti changidi,

U nimadir, chechajon?

Turt oyogi bovriga,

U nimadir, chechajon?..Chechasining kizga javobi:

Och gazadan chang chiksa,

Sovchi kelar, ona kiz.

Jura otli bir chik,sa,

Kuda kelar, ona kiz.

Yolgiz otli bir chiksa,

Kuyov kelar, ona kiz.

Adir uti changisa,

Kuy keladi, ona kiz.

Turt oyogi bovriga,

Tuya kelar, ona kiz.

Demak, Topishmoqlar uz kurilishiga kura ikki kismdan iborat: savol va javob. Savol kismida guyo bir-biriga alokasiz, mantikan uzok bulgan biror bir xarakat yoki xolat (jism, narsa) ikkinchi bir narsaga uxshatiladi, kiyoslanadi. Bir parcha patir, olamga tatir (oy), Kichkina kuchukcha uy kuriklar (kulf), Tof ustida urmon (soch). Yuzaki karaganda, patirning oyga, kuchukning kulfga, sochning urmonga uxshatilishi -galati tuyulmasa-da, birok kuchukning vazifasi uy kuriklash bulganidek, kulf osilgan uyga begonalarning kirolmasligi, patir (non)ning kurinishi oyga uxshash ekanligi, kuyuk usgan soch urmondagi daraxtlarni eslatishi xam tabiiydek tuyuladi.

Topishmoqlardagi bunday uxshatish, metaforalar ertak va dostonlarimizdagi tush motivida keladigan ramzlarni yodimizga soladi.

Ertak va dostonlarimizdagi tush bilan bog‘lik parchalar xam, asosan, xuddi Topishmoqdagidek ikki kism: biror bir kaxramonning tushdagi xolati va uning ta’biridan iborat buladi. Xatto bu tushdagi xolatlar, kupincha, xuddi Topishmoqlardagidek savol tarzida keladi. "Rustamxon" dostonida kelgan tush bayoni buning isbotidir:

Uch yuz oltmish jallod keldi koshima,

K,or yomgirday kamchi urdi boshima.

Arzi xol aytolmay deni tushima,

Tushimning tabgiri, Ximcha, ne buldi?

Yomon dema yaxshi jura sabildi,

Ok, yuzima kirmiz konlar kuyildi.

Qora sochim xar tarafga yoyildi,

Jallodlar xdydaydi menday oyimni,

Bu tushimning tabgiri ne buldi?..

Ximchaoyim bu suzlarni eshitib, kungli buzilib, ba-gri ezilib, Xuroyimga karab bir suz aytib turgan ekan:



Tushingdi ayting, opa, kunglim buzildi,

Oktoshning shaxridan rizking uzildi. Kurolmaysan, bildim, yolgiz kuzingdi, Kelgin sarson opa, endi birga yiglayik! Shunday gaplar kirib sening tushingga, Kun utmaydi, jallod kelar koshingga.

Bu tushing xabari shunday buladi: Xayallamay, opa, jallod keladi...

Xuddi shunga uxshash misolni “Yakka Axmad" dostonida xam kurishimiz mumkin. Boshka dostonlarimizda, kupincha, tushlar va uning ta’biri Topishmoq shaklida keladi.

Tushni ta’bir kilish kup asrlik tarixga ega va uning boy ramzlar tizimi mavjud, ta’birchilar uni juda yaxshi bilishadi. Bu ramzlar tizimi avloddan avlodga utib kelmokda. Topishmoq badiiy-estetik xodisa, uning tarixiy asosida xuddi dostonlarimizdagi kabi kadim mifologik tafakkur izlarini kurishimiz mumkin. Ba’zi tushlarning Topishmoqka aylangan xolatlari xam mavjud. Birgina misol:

Tushda kursang ganj,

Ungda kursang yanch.

Bu misolimizda Topishmoq elementi xam, makol elementi xam bor. Uzbek xalqi tasavvurida tushda kurilgan ilon boylik ramziga aylanib ketgan. Ikkinchi misrada esa real xayotiy narsa nazarda tutilgan. Topishmoq xam, tush xam metafora, kuchimlarga boy. Badiiy ijod xodisasi sifatida tushlardagi ramzlar turli poetik kuchimlarga aylangan. Tush ramzlari esa Topishmoqka nisbatan uzlarining mifologik xususiyatlarini kuchlirok saklab kolgan.

“Metafora - Topishmoqning yuragidir, - deydi rus folklorshunos olimi Lazutin. - Metaforani tushunish, Topishmoqni tushunish demakdir".

Metafora asosida ikki narsa (xolat)ning kiyosi yotadi. Birok bunday kiyos uxshatmalardan farklanib turadi. Uxshatmalarda “xuddi", “day”, “guyo", “misli" kabi suzlar yordamida uxshatilma bilan bo^liklik yuzaga keladi. Misol uchun: Tursa tuyaday, jatsa jabaday.

Metaforaning uxshatishdan farkli jixati uxshatilma bilan uxshatma urtasidagi bog’liqlik oshkor etilmay, sir tutiladi. Ikki urtadagi bog’liklikni topish uchun kishidan katta bilim, saviya va zexn talab etiladi.

Otasi egri-bugri,

Onasi sillik juvon,

Ugli kushikchi,

K,izi uyinchi (Arik, suv, baka, balik).

Topishmoqning javobini topish uchun “kosa" tagidagi “nimkosa", ya’ni metaforani tu-gri anglay olish kerak. Topishmoqlardagi metafora narsa va predmetlarni uzaro kiyolash asosida paydo buladi. Bu kiyoslashda, albatta, tashki va ichki uxshashliklar xisobga olinadi. Kundalik xayotda iste’mol kiladigan metaforalar, asosan, nomenativ xarakterga ega buladi. Badiiyat namunasiga aylangan stilistik-poetik metaforalar esa obrazlilikni yuzaga keltirib, badiiy til imkoniyatlarini kengaytiradi. Xar bir baxshi tildagi mavjud metaforalardan, epik formuladan imkoniyat darajasida foydalanishga xarakat kiladi. Tilga, formulalarga baxshining ijodiy yondashuvi jarayonida yangidan-yangi metaforalar yuzaga keladi. Bunday metaforalar tilning lu-gat katlamini boyitadi, obrazlar tizimini mustaxkamlaydi.

Dostonlarimizdagi tush motivi bilan boklik ramzlar metaforalarga boyligi bilan ajralib turadi.

Shuni aloxida ta’kidlab utish kerakki, bevosita tush xakidagi Topishmoqlar oz bulsa-da, xalq o-gzaki ijodi namunalarida uchraydi.



Saman ot mindim, soy kechdim,

Soyasini kurmadim.

K,izil baxmaldan tun bichdim,

K,iyitini kurmadim.

Saman ot, soy, kizil baxmal tunning tushga kanday bog’likligi bor, degan savol tu^iladi. Yuzaki karaganda, xech kanday. Bu oddiy Topishmoqning javobi tush ekanligini topish anchayin mushkul. Bu Topishmoqka “kalit” topish uchun esa marosimlarga murojaat kilishimizga tu-gri keladi.

Motam marosimida “Ot turladi” va “Tun kiydirar” degan uzvlar mavjud. Kadimda biror bir xonadonda erkak kishi vafot etganda “Ot turladi” marosimi uyushtirilgan. Udumga kura, vafot etgan odamning oti egarlanib, davra tushilgan. Bu marosimni uyushtirishdan maksad marxumni oti bilan narigi dunyoga kuzatishdan iborat bulgan.

Olimlar kadimda kaxramon vafot etganda uning oti bilan birga kushib kumilganligi tutrisida kuplab ma’lumotlar berishadi. Jumladan E. Taylor kundalik maishiy xayotda xam, motam marosimida xam otlar muxim urin tutganligini, biror kishi vafot etganda oti xam unga kushib kumilganini urg’ulaydi.

V. P. Dyakonova bu udum tuvaliklarda keyingi davrlargacha xam yaxshi saklanib kolganligini ta’kidlab utadi. Tuvaliklarning marxumni otga mindirib kabristonga olib borishi kishining e’tiborini tortadi.

Folklorshunos olima Darmonoy Uraeva “Ot turladi” udumining Buxorada “jar” deb yuritilishini, unda vafot etgan yigitga motam yor-yori aytib bulingach, marxumning oshna-o^aynilari ot atrofini aylanib, sadr tushganligini kayd etgan.

Xalqimiz orasida tobutni bekorga "turt oyokli chubin ot”, deyishmaydi. Bu kanchalik badiiy metafora bulmasin, unda ajdodlarimizning kadimiy inonch-e’tikodlari izlarini kuramiz.

Otni mukaddas bilgan ajdodlarimizning kadimga tasavvuriga kura, inson kaerga safar kilmasin, unga albatta ot zarur bulgan. Uyku xam bir "ulim", ya’ni u dunyoga safar, deb kabul kilingan. Otni uziga totem deb bilgan inson uchun bunday safar otsiz bulmasligi tabiiy. Shuning uchun xam yukoridagi Topishmoqda bekorga "Saman otga mindim, soy kechdim", deyilmayapti. Saman ot biz uchun tushunarli. Saman ot bu urinda tush kuruvchining uykuga ketganligiga, "Soy kechdim" esa tush kurganligiga, ikki dunyo urtasidagi "chegara" - suvdan utganligiga ishora kilmokda. Narigi dunyoda esa xech bir narsa xayotdagiga uxshamaydi. Kup urinlarda esa butunlay teskari xolatda buladi. Shuning uchun xam xech bir kishi u yerda uz "soyasini kurmaydi". Endi Topishmoqning kolgan ikki misrasini taxlil kilishimiz lozim. Buning uchun biz yana marosimlarga murojaat kilamiz.

Ma’lumki, bugun xam tuy-tomoshalarimiz, tadbirlarimiz tunsiz, sarposiz utmaydi. Tun kundalik maishiy xayotimizdan shunchalik mustaxkam urin egallaganki, buni suz bilan ifodalab bulmaydi.

Tunning motam marosimida xam aloxida urni bor. Biror bir xonadonda ta’ziyali xolat bulganda, albatta, marxumning oila a’zolari "maxsus", ya’ni motam marosimi kiyimini kiyishgan. Odatda, erkaklar tun kiyishadi.

Darmonoy Uraeva uzining "Uzbek motam morasimi folklori" nomli kitobida kizik bir faktni keltiradi. "Jar" marosimidan sung marxum yigitga "Tun kiydirish" ("Jomanpushon") bulib utadi. Unda marxum yigitga keksa chol yangi duppi va yangi chopon (tun) kiydiradi..."

Bunday misollarni boshka joydagi motam marosimi bilan boklik namunalarda xam kurishimiz mumkin.

Topishmoqdagi "Kizil baxmaldan tun bichdim, kiyi^ini kurmadim" misrasidagi ma’no biz uchun endi tushunarli. Yukoridagi Topishmoqni taxminan kuyidagicha ifodalash mumkin:

Uykuga ketib tush kurdim,

U dunyoda xammasi boshkdcha edi.

Ulib, yana k,ayta tirildim.

Kurganlarim, uytongach, toyib buldi.

Yana bir xolat, Topishmoqda kelgan kupgina metaforalarni tush motivida kelgan ramzlarga kiyoslasak, ular urtasidagi uxshashlik yanada oydinlashadi.

"Uzun-uzun kizgina, uzun buyli kizgina" (Tuya), "Momom ketib borayotir, kulchasi kolib borayotir" (Tuyaning izi), Katordagi kora nor, jetakdagi jir moya, Kara-gay novda butoksiz, bo-glon kuzi suyaksiz" (Ota, ona, soch, kukrak), "Pastakkina buyli, issikkina pustinli" (Kuy), "Ola-bula tuni bor, kuyru-gida xoli bor" (Yulbars), "Kunduz kurpa yopar, kechasi ochik yotar" (Yulduz), "Avval boshdan ishim bor, ustasida kumushim bor. Ochilmagan sandikda kuzi bo-gli kushim bor" (Ona, tutilmagan bola) va xokazo.

Ushbu misollarda kiz, momo - tuyaga, ota - norga, ona - moyaga, kukrak - kuziga, kuy, yulbars, yulduz - odamga, kush - bolaga uxshatilmokda.

Bu yerdagi metaforalar ertak va dostonlarimizda tush motividagi ramzlar bilan uy-gun va ayni paytda, ifoda usulida teskari xolatda kelganligini kuramiz.

Kibla betdan bir oy tu-gib kurindi,

Bir tarlon talpinib Kun^irotdan uchdi,

Yaxshilikka yuri, opa, bu tushdi....

Kuk yul buri kelib, kirdi kuyimdi...

Yotib edim, vallamatim, tush kurdim,

Men tushimda bir ajoyib ish kurdim.

Mabodo kunglingga o-gir olmasang,

Ek kanoti mayib bulgan kush kurdim.

Bu urinda kuy, buri, kush - odam, oy - yor, yulduz - farzand ma’nosida kelmokda. Topishmoqda odam biror bir jism yoxud xayvon xakida Topishmoq uchun metafora vazifasini utab kelayotgan bulsa, dostonlarda buning aksi: kush, kuy, buri, oy, yulduz ramzlari kaxramonning, uning xolati va kechinmalarining badiiy ifodasi sifatida kelmokda.

Xulosa kilib aytganda, tush va Topishmoqlar struktural, ifoda usuli, mazmun- moxiyatiga kura uzaro uxshash va farkli jixatlarga ega. Ulardagi uxshashlik xar ikkalasi xam mifolik tasavvur maxsuli ekanligini kursatadi. Bu tasavvurlar ajdodlarimizning kadim dunyokarashi bilan boklik bulib, tarixiy tarakkiyot jarayonida ular bilan boklik tushunchalar xam uzgarib borgan. Tush va Topishmoqlar urtasidagi farkli jixatlar ularning uz tabiatidan kelib chikkan.

Topishmoq va tush motivida aks etgan metafora va ramzlar xalq o-gzaki ijodi badiiyatini kuchaytirib, estetik axamiyatini oshirishga xizmat kiladi.

Ushbu bob sunggida unga yakun sifatida kuyidagi xulosalarni aytishni lozim topdik:

2. Xar bir fanda bulganidek, jaxon folklorshunosligining xam uz tadkik metodlari bor. Ularni mifologik, antropologik, tarixiy, kiyosiy-tipologik, kiyosiy-tarixiy kabi maktab vakillari ishlab chikkanlar. Bu maktab vakillari ba’zan bir-birlarining karashlarini tula inkor kilish darajasigacha yetgan bulsalar-da, ular kashf etgan metodlar bir-birini tuldirib, folklor tarixi, poetikasi, axamiyati xakidagi ulkan ishlar yuzaga kelishiga sabab buldi. Ular orasida XX asrda shakllangan psixoanalitik maktab vakillari yaratgan ruxiy- taxlil metodi uziga xos urin tutadi. Bu maktab ta’limotining mavzumiz uchun bevosita axamiyati va nazariy asoslardan biri bulishiga sabab shundaki, uning vakillari karashlarida tush xodisasi markaziy masalalardan biridir.

4. Psixoanalitik metod asoschilari va vakillari miflarni yangicha urganishga asos soldilar. Ular klassik miflarni va tushni insonning anglanmagan ong osti xislari, ruxiyati ifodasi sifatida ramzlar tiliga asoslangan moxiyatiga kura bir narsa, deb baxoladilar. Ularning talkinicha miflar xam, san’at xam ramzlar tiliga asoslanadi. Fakat biz poetik mushoxadadagi ramzlarni kuchimlar, deb kabul kilsak, ibtidoiy odam mif ramzlarini xakikat sifatida tushungan. Shu sababli, masalan, mifda biror xayvonning insonga evrilishi real vokelik, deb karalgan.

6. Psixoanalitik maktab vakillari birinchi marta mifni zamonaviy odam bilan birgalikda urgana boshladilar. Ularning talkinicha, tush zamonaviy odamning mifidir. Bu maktabning ulkan kashfiyotlaridan biri shundaki, unda inson ruxiyatida ibtidoiy davrda xam, bugun xam mavjud bulgan ezgulik va yovuzlik xislari mif va tushlarda turli ramzlar, ruxlar sifatida namoyon bulishini ilmiy asoslab berdilar. Uzbek folklorining tarixiy asoslari xam, eng avvalo, mifologiya bilan bo-glik bulgani, tush motivi folklorimizning istisnosiz barcha janri namunalarida ishtirok etib, turli badiiy-estetik vazifalar bajarib kelishi, psxioanalitik metodni uzbek folklorini urganishga tadkik kilish fanimizni yanada yuksak darajaga kutarishga asos bula oladi.

8. Tadkikotimizning avvalgi saxifalarida aytilganidek, tush uzbek folklorining barcha janri namunalari, jumladan, xalq kushiklarida xam aloxida urin tutadi. Tush va kushik umuminsoniyat uchun xos, tarixiy tipologik, xayotiy va davomiy xodisalardir. Uzbek xalq lirik kushiklari uzok tarixiy asoslarga, xajman nakadar kupligiga, ommaviy ijod va ijro etilishiga karamay, ularda tush badiiy detali juda kam uchraydi. Birok tush motivi mavjud namunalarda uziga xos ramzlar, xalqning tush xakidagi karashlari, ta’birlari ma’lum darajada uz badiiy ifodasini topgan. Jumladan, ularda tushda kurilgan kush - xabar, choy ichish - visol, icha olmaslik - ayrilik, suv va uning atributlari - sevgi, ot - murod, uzuk - nikox, farzand ramzlari bulib keladi.

10. Xalq lirik kushiklarida tush ta’siri, odatda, "tagmatn"da buladi. Tushlar ramzlar olami, kushiklar ramzlarga boy bulgani uchun tushlardagi ramzlar lirik kushiklardagi ramzlarga mos buladi. Kiyosiy taxlillarimiz shuni kursatadiki, kushiklar xam, kupincha, an’anaviy zachin misra, ramzlar, lirik xulosaga ega bulsalar-da, ertak, dostonlar kabi yoyik syujetli emas, tafsilotlarga berilmaydi.

12. Mif, tush va kushikka xos umumiy xususiyatlardan biri - ularning oddiy mantik konunlariga buysunmasligidir. Shu bois kushiklarda daryolarning urtasidan yul solish, ilonlar urdasini kurish mumkin. Fark shundaki, miflar va tushlarda bunday ramzlar xakikat, deb tushunilsa, lirik kushiklarda ular poetik kuchimlar, deb kabul kilinadi. Umuman olganda, uzbek xalq kushiklaridagi kuplab poetik ramzlarning tarixiy asosida tush va u xakdagi mifologik tasavvurlar yotadi.

14. Tush kadimiy, doimiy, umuminsoniy fiziologik-ruxiy, sexrli-iloxiy xodisa, Topishmoq tarixiy asoslari ibtidoiy davrlar bilan bo-glik, jaxon folkloriga xos janr bulgani uchun ular urtasida genetik alokadorlik, umumiy va farkli jixatlar bulishi tabiiy. Ular, asosan, kuyidagilardan iborat:

a) Tush - doimiy xodisa, Topishmoq - tarixiy-folkloriy jarayon natijasida mifologik tafakkur mevasidan poetik tafakkur xosilasiga aylangan, ammo namunalarida kadimiy tassavur rudimentlari saklanib kolgan folklor janri;

b) dunyo ibtidoiy odam uchun ulkan jumbok, Topishmoq edi. Bunga u miflar bilan javob berdi. Topishmoq xam kandaydir javobni talab kiladi. Tush va uning ta’birlari asosida, ular xakida xam kuplab Topishmoqlar yaratilgan. Xuddi tushni ta’bir kilish kabi Topishmoq aytish, uning javobini topishning uziga xos konun- koidalari bor. Xuddi mif va tush kabi moxiyatiga kura tush ta’biri va Topishmoq javobi bir narsalardir;

v) kadimda tush xam, Topishmoq xam magik-marosimiy axamiyatga ega bulib, notutri ta’bir kilganlar jazolangani, biror kungilsizlikka uchragani kabi Topishmoq koidalarida xam javob topa olmaganlar jazolangan;

g) Topishmoqlarning tush shaklidagi ifodalari xalq dostonlari syujeti tarkibida kup uchraydi va muxim badiiy-estetik vazifalar bajarib keladi. Tush ramzlar olami bulganidek, Topishmoqlarning kupgina namunalari ramzlar, turli poetik ko’chimlar asosiga kuriladi.



Download 359.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling