Xonliklarning tashkil topishi


Download 19.28 Kb.
Sana28.04.2020
Hajmi19.28 Kb.
#101955
Bog'liq
oraliq 2


XONLIKLARNING TASHKIL TOPISHI

BUXORO AMIRLIGINING DAVLAT TUZILISHI VA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI


Rossiya bilan 1868-yilgi shartnoma amirligi taqdirini tubdan o'zgartirib yubordi. Sobiq "islom gumbazi" suverenitet va mustaqillikdan mahrum bo'lib, Rossiyaga qaram va mute bir davlatga aylanib qoldi. Garchi siyosiy mustaqilligidan mahrum bo'lsa-da, Buxoro amiri o'z fuqarolari ustidan cheklanmagan hokimiyatini qo'lida saqlab qolgan edi.|

Davlat lavozimlaridan aksariyat ko'pphiligini egallab turgan mang'itlar vakillari xuddi burungi zamonlardagidek amirning tayanchi bo'lishgan. Shariatga ko'ra amirga fuqarolar hayot-mamoti, shuningdek, butun aholi mol-mulki ustidan hukmronlik huquqi berib qo'yilgan edi.


Amir ixtiyoridagi saroy xizmatida turli lavozimlarni egallagan kishilar soni 3 mingdan oshar edi. Kattato'ra unvoniga ega bo'lgan Karmana viloyati hokimi Buxoro taxtining vorisi bo'lib, qolgan bekliklarga ham amirning yaqin qarindoshlari hokimlik qilishardi.

XIX asr oxirida Buxoro amirligi qariyb 200 ming kv.km. hududni egallagan edi. Aholisi 2 million kishi atrofida bo'lgan. Aholining asosiy mashg'uloti hunarmandchilik, dehqonchilikva chorvachilik edi. Ancha katta shaharlari: Buxoro (poytaxt), Chorjo'y, Kitob, Shahrisabz, Denov edi. Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa vodiylar Buxoro amirligi tarkibiga kirardi.


Davlat ishlarini boshqaruvchi oliy amaldor qushbegi bo'lib, u soliqlar yig'imini boshqarar, ma'muriy amaldorlar tarkibiga rahbarlik qilar, mahalliy beklar bilan yozishmalar olib borar va hokazolarni yuritar edi. Qushbegi har kuni shaxsan hukmdorga amirlikdagi ahvol to'g'risida ma'lumot berib turar edi. Barcha amaldorlar qushbegi tomonidan, faqat oliy amaldorlargina amirning o'zi tomonidan tayinlanar edi. Xazina va zakot yig'imini boshqargan devonbegi lavozimi ahamiyati va mavqei jihatidan qushbegidan keyin turardi. Uning ixtiyorida 300 dan ziyod amaldor bo'lgan. Sudlov, notariat ishlarini, ruhoniylar va ta'lim muassasalarini boshqargan boshqozi diniy-sudlov ishlariga rahbarlik qilardi.
Sud hokimiyatiga amirning o'zi rahbarlik qilardi. Sud tizimida amirdan keyin ко'rib chiqilayotgan ish yuzasidan fatvo (xulosa) tuzuvchi muftiylar devoniga rahbarlik qiluvchi Bosh qozi turardi. Joylarda sud hokimiyatini qozilar ifoda etardi. Politsiya hokimiyati esa mirshablar (tungi qorovullar boshliqlari) qo'lida jamlangan edi.

Oliy amaldorlar sirasiga shuningdek qonunlar ijro etilishi, din musaffoligi va axloq muhofazasi, shuningdek, bozordagi tarozilar va o'lchovlar ustidan nazorat qilish vazifasi bo'lmish rais ham kirardi. Rais bosh qoziga bo'ysunardi. Bosh rais amir va bosh qoziga ma'lumot bilan shaxsan kelishi mumkin edi. Uchala oliy amaldor — qushbegi, devonbegi va Bosh qozi har doim Buxoroda bo'lishi lozim edi. Beklar va ularning mol-mulkini ta'lim ko'rgan askarlar — navkarlar qo'riqlashardi.


^ Mahalliy ma'muriyat — aminlar, oqsoqollar hamda bekliklar vakillari va amir farmonlarini ijro etishi shart bo'lgan ruhoniylardan iborat edi.
Barcha sohalardagi amaldorlar beklar va amirlikning oliy amaldorlari safi o'g'illaridan, ko'pincha aslzoda beklar va xonlarning xonzoda deb nomlanuvchi tabaqasidan to'ldirilar edi.
Butun Buxoro amirligi 27 ta beklikka bo'lingan edi. Ular shaxsan amir tomonidan tayinlanar va lavozimidan bo'shatilar edi. Beklar huzurida ularning qarindoshlari yoki yaqin kishilaridan tayinlangan ulkan amaldorlar guruhi bo'lgan.
Davlatni himoya qilish uchun amirning xalq ko'ngillilari va qo'shinlardan saralab olingan xos lashkari bo'lgan. Lashkarga to'pchiboshi (to'pchilashkar) rahbarlik qilgan. Biroq, XIX asr oxiriga kelib amir lashkari shoshilinch yig'iluvchi, yomon ta'lim ko'rgan va qoloq qurollar bilan ta'minlangan dehqonlardan iborat bo'lgan. Bunday lashkarning bosh maqsadi — zarur bo'lganda Ark qarshisida paradga yig'ilish edi. Lashkar amalda XIX asr boshlaridan beri rivojlanmagan, harbiy ish va armiya qurollari o'ta qoloq holatida edi. Lashkarning soni 11 ming sarboz va 200 ofitserdan iborat bo'lib, ular qurol-aslahasi mingta berdanka miltig'i va bir necha to'plardan tashkil topgandi.
Shunday qilib, bir-biriga qarindosh-urug' bo'lgan amaldorlarning yuki mehnatkash xalq gardaniga tushdi. Mamlakat daromadlarining katta qismi davlat ravnaqi va taraqqiyoti xususida kamdan-kam qayg'uruvchi xizmatchilar ulkan miqdoriga sarflanar edi.

Qo’qon xonligi


Reja:
Shohruhbiy-xonlik asoschisi .

Xonlikdagi davlat tuzimi va boshqaruvi.

Xonlikning poytaxti Qo’qon shahri.

1. Shohruhbiy-xonlik asoschisi.


Farg’ona vodiysi Buxuro xonligi tasarrufida edi. XVIII asr boshlarida Buxoro xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday vaziyatdan foydalangan jung’arlar Farg’ona vodiysiga tez bostirib kirib talon taroj qilashni boshlaydilar. Vaziyat ichki kuchlarni birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog’i xo’jalar jamoasi o’z mulklarini mustaqil deb e’lon qildilar. Vodiydagi Ming qabilasi oqsoqollari yig’ilishib Buxoro xonligidan mustaqil davlat tuzishag qaror qilganlar. Ming qabilasi yo’lboshchilaridan biri Shohruhbiy hukmdor (1709-1721) deb e’lon qilinadi.
1710-yilda Minglar Chodaklik din peshvolari hokimyatini ag’dardilar va Farg’ona vodiysida hokimiyatni o’z qo’llariga oldilar. Shu tariqa, O’rta Osiyoda keyinchalik Qo’qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi. Tepaqo’rg’on Shohruhbiyning qarorgohiga aylantirildi.
Shohruhbiyning o’g’li Abdurahimbiy (1721-1733) davrida Ho’jand, O’ratepa viloyatlari qo’shib olindi. U Shahrisabz ostonalariga qo’shin tortib bordi va uning hokimi bilan Qo’qonga tobelik haqida bitim tuzishga erishadi. Keyin Samarqandni va Jizzaxni egallaydi. Abdurahimbiy Ho’jandga qaytib kelgach, qattiq betob bo’lib vafot etadi. Qo’qon xonligi taxtiga uning inisi Abdulkarimbiy o’tiradi. (1733-1750). U eski qo’rg’on qalasi yonida hozirgi Qo’qon shahriga asos solib, o’z poytaxtini Tepag’o’rg’ondan Qo’qon shahriga keltiradi. Shahr atrofini devol bilan o’ratadi.
Erdona hukmronligi davrida (1751-1762) xonlikning qudrati ortdi. U O’sh va O’zgandni bo’y sindirdi. Erdona davrida Qo’qon xonligi g’arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan tengma-teng kurash olib bora olgan davlatga aylandi. Biroq hukmronlik davri urushlar bilan o’tdi. Toj-u taxt uchun kurash kuchaydi. Nihoyat 1763-yilda taxtga Abdulkarimbiyning nabirasi Norbo’tabiy o’tqazildi. (1763-1798).U dastlab Chust va Namangan hokimlarining isyonini bostirdi. Xo’jandni qayta bo’ysindirildi.
Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda Norbo’tabiy davrida ekinlardan mo’l hosil olinib bozorlarda narx navo arzonlashgan. Mamlaktning qudrati o’sgan, hatto Xitoy imperiyasi Qo’qon xonligini tan olgan.
Norbo’tabiy vafot etgach, taxtga uning o’g’li o’tqazildi. Uning davrida (1798-1810) Qo’qonning mavqei yanada kuchaydi. U Ohangaron vohasini, Toshkent, Chimkent, Sayram va Turkistonni o’ziga boy sindirdi. Natijada Rossiya bilan savdo yo’li ochildi. Orenburgga boradigan savdo yo’llari tutashgan joyda hollikning chegara qalasi Oqmasjid qurildi. U o’z davlatini 1805-yili rasman Qo’qon honligi deb e’lon qildi. O’ziga esa “xon” rutbasini oldi va uni rasman Olimxon deb atay boshlashdi. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzishga intilayotganligi ayrin qabila boshliqlari orasida keskin norozilik tug’dirdi. Natijada ular Qo’qonda “Olimxon Toshkentda o’ldi” deb mishmishlar tarqatishadi va uning ukasi Umarbekni xon deb e’lon qiladilar. Olimxon bundan habar topib, Qo’qonga kelayotganda fitna qurboni bo’ladi.
2. Xonlikdagi davlat tuzimi va boshqaruvi.

Qo’qon xonligi davlat tuzimiga ko’ra mutloq manarxiya edi. Davlat boshlig’i xon bo’lib u rasman cheklanmagan huquqqa ega bo’lgan. Xon davlatni hukmron qabila, ruhonoylar, boshqa qabilalarning hukmron tabaqalari, davlat boshqaruvi amaldorlari va harbiylarga tayanib boshqargan.

Tarixchi olim Maxmud Xoji o’zining “Turkiston tarixi” kitobida 24 ta katta davlat mansabiga tarif bergan.

Unga ko’ra, xondan keyingi o’rinda Qo’shbegi turgan. U xonning birinchi maslahatchisi bo’lib, ayni paytda katta shaharlardan biriga mustaqil hokim etib ham tayinlangan. Chunonchi, Toshkent shahrini ma’lum bir vaqtda Qo’shbegi boshqargani manbalarda qayt etilgan.

Parvonachi mansabi ham o’z nufuzi jihatidan Qo’shbegi vakolatiga teng bo’lgan. Bora-bora xonlikda Mingboshi mansabi birinchi o’ringa chiqgan. U xonlikda bosh vazir hisoblangan.
Xonlikda Xudoychi mansabidagi amaldor xon nomiga yozilgan arizalarni qabul qilish bilan shug’ullangan.

Ayni paytda xon yotog’i posbonboshi, miroxur, sarbozlar boshlig’I, naqib, otaliq, dodxoq, mehtar, yuzboshi, o’n boshi kabi mansablar ham joriy etilagan.

Bundan tashqari islom shariatida qoidalarning amal qilishga ma’sul bo’lgan katta nufuzga ega lavozimlar ham bo’lgan. Bular shayxulislom, qozikalon, qozi, qozi askar, muftiy lavozimlari edi.

Bu mansablarga faqat ulamolar vakillari tayinlangan. Xonlikda shig’ovul, muxtasib, daftardor, sarkor, inoq kabi mansablar ham bo’lgan. Ma’muriy-hududiy jihatdan xonlik o’n beshta viloyatlarga, beklik va oqsaqolliklarga bo’lingan.


Olimxon davrida o’tkazilgan harbiy islohatga ko’ra botirlar deb ataluvchi muntazam armiya ham tuzila boshlangan. Har bir botirga oiga 50 tanga maosh berilgan.

Daftardor-xonning shaxsiy daromadi hisob-kitobini olib boruvchi amaldor.


^ Sarkor-davlat xazinasiga tushadigan mahsulotlarni saqlovchi amaldor.
Shig’ovul-mansabdorlar ishi ustidan nazorat qilib boruvchi amaldor.
Muxtasib-shariat qonunlarining fuqarolar tomonidan bajarilishini nazorat qiluvchi amaldor.
^ Xonlikning poytaxti Qo’qon shahri.
Xonlikning bosh shahri Qo’qon edi.Ma’lumotlarda “Xuvoqand”(“Xavoqand”, “Xo’qand”) degan nomlar bilan qayd etilgan . “Xuvoqand” so’zi --”go’zal”, “yoqimli”, xushmanzara shahar degan ma’noni anglatadi. “Xavoqand”—“tepalikdagi shahar” yoki “shamol shahri’ degan ma’noni anglatadi,degan fikrlar mavjud. Qo’qon shahri XVIII-XIX asr birinchi nafaqat xonlikning ayni paytda O’rtasiyoning yirik shaharlaridan biri edi.
Uzoq o’tmishda Qo’qondan Xitoy va Hindistonga boradigan , u yerlardan keladigan karvon yo’li o’tkan.
Qo’qon shahri bir necha marta tashqi dushmanlar vayron
qilingan.Shahar XVIII asrda oxirgi marta mo’g’ullar tomonidan yakson qilindi. Qo’qon 1709-yilda qayta tiklangan. 1740-yilda esa xonlik poytaxtiga aylantirilgan.
1842-yilda shahar mustahkam devor bilan o’ralgan. Shaharga 12 darvozadan kirilgan. Shaharning 12 darvozali bo’lishiga sabab =uning ma’muriy jihatdan 12 dahaga bo’linganligi edi. Bu davrda shaharda 80000(ba’zi ma’lumotlarda 31 ming) aholi yashagan.Shaharda 15ta madrasa,540ta masjid bo’lgan. Madrasalar icida Madalixon, Norbo’tabek, Jome’,Hojimoyim,Xoja dodxoh,Mingoyim madrasalari alohida ajralib turadi. Ularning har birida 38 tadan 100tagacha hujrasi bo’lgan.
Qo’qon nihoyatda ozoda shahar edi. Ko’chalarning to’g’riligi,masjid va madrasalarning kattaligi ,ariqlar, ko’priklarning sozligi shaharni yanada ko’rkam ko’rsatar edi.

Qo’qon xonlari


Shohrux (1709-1721)
Abruhahim (1721-1733)
Abdulkarim (1733-1750)
Abdurahmon (1750)
Erdona (1751-1752; 1753-1762)
Bobobek (1752-1753)
Sulaymon (1762-1763)
Norbo’ta (1763-1798)
Olimxon (1798-1810)
Umarxon (1810-1822)
Muhammad Alixon (1822-1842)
Sheralixon (1842-1844)
Murodxon (1844)
Xudoyorxon (1845-1858; 1862-1863; 1865-1875)
Mallaxon (1858-1862)
Sulton Sa’idxon (1863)

Xiva xonligi shaharlari. Xiva.



Xonlikning eng yirik shaharlarida biri Xiva edi. U XVII asr boshidan to 1920 – yilgacha Xiva xonligining poytaxti bo`lgan. Xiva shahri qadimda Xiyvaq deb atalgan.
Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlardanoq Sharq bilan G`arbni bog`lovchi savdo yo`li o`tganligi bilan izohlanadi.
Milodning IV asri boshlarida Xiva Xarazm davlati bilan Eron sosoniylari davlati tarkibiga kirgan.
XVII asr boshlarida Amudaryo o`zani o`zgarishi oqibatida xonlik poytaxti Urganchda aholi yashashi uchun noqulay vaziyat yuzaga kelgach, xonlik poytaxti Xiva shahriga ko`chirildi.
XVIII asr o`rtalarida Eron shohi Nodirshoh qo`shinlari, keyinchalik turkmalarning yovqut qabilasi hujumi oqibatida shahar vayron qilingan edi.
Xiva xoni Muhammad Amin inoq hukmdorligi davrida (1770 – 1790) turkmanlarning yovmut qabilasi qo`shinlari tor – mol etilgan va Xiva shahri qayta teklangan.
XIX asr o`rtalarida Xiva xoni Ollohqulixon (1825 – 1842) davrida shahar atrofi yana mustahkam devor biuoan o`ralgan. Devorning uzunligi 6 km. bo`lgan. Xiva shahrining memoriy qiyofasiga XVIII asr oxiridan boshlab asos solina boshlagan va bu ish XX asrning boshlarigacha davom etgan.
Shahar me`moray ansanbili yahlitligi jihatdan O`rta Osiyoda yagona hisoblanadi. Bu ansanbilning ichida dastlab Ichan qal`a (ya`ni ichki qal`a; shahriston) bunyod etilgan. Ichan qal`ada – xon saroyi, aslzodalar yashaydigan maskan, maqbara, madrasa, masjidlar joylashgan. Ichan qal`aning umumiy maydoni 26 gektar. Devorning uzunligi 2200 metr.
Ichan qal`ada o`zar kesishadigan ikkita katta ko`cha o`tgan. Bu ko`chjalarda to`rtta darvoza qurilgan. Bu darvozalardan Dishan qal`aga chiqiladi. Dishan qal`ada esa hunarmand, kosiblar, savdogarlar yashashgan va ularning rastalari joylashgan. Dishan qal`aning uzuligi 1250 metr bo`lib, uning o`nta darvozasi bo`lgan.
Xiva shahrida joylashgan me`moray yodgorlik Sayid Aloviddin maqbarasidir. Bu maqbara XIV asrda qurilgan edi. Shuningdek, Xivada ko`hna ark, masjidi jomi`, Oq masjid, Uch avliyo maqbarasi, Sherg`ozixon maqbarasi, Ollohqulixon karvonsaroyi, Qutlug` Murod inoq madrassasi, Muhammad Amin inoq madrassasi, Ollohqulixon bunyod ettirgan 163 xonadan iborat Toshhovli saroyi va boshqalr muhim tarixiy me`morchilik yodgorliklari bo`lib, ular xivalik o`z kasbining ajoyib ustalari – naqqoshlar, toshganch, yog`och o`ymakorlarining mahoratini ko`z-ko`z qilib turadi.
Bularning bari XVIII asr oxiri – XI asr boshlarida O`rta Osiyo me`morchilik san`atining qayta tiklanganligidan, bu borada ayniqsa Xiva xonligi me`morlari dong taratganligidan dalolat beradi.
Xiva nafaqat O`rta Osiyoda, ayni paytda dunyoga ham mashhur shahar. Buning isboti – 1997 – yilda YUNESKO qarori bilan shu shahar 2500 yilligi nishonlanganligidir.
Bugungu avlod o`z ota-bobolarning madaniy meroslari bilan haqli ravishdafaxrlanadilar. Xiva xonligining yana bir yirik shahari – Ko`hna Urganchdir. Bu shaharga asos solinganiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim karvon yo`llari kisishgan yerda joylashganligi uchun ham tez rivojlanga.
XVI --- XIX asrlar faqatgina o`zoro urushlar, ichki urushlar, nizolar va toji taxt talashuvlari tarixidangina iborat bo`lmay, bu davrlarda ham xonliklarda madaniy hayot tuxtab qolmadi. Hatto, toji taxt uchun, markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun qo`shnilarninghududlarini bosib olish uchun ayovsiz kurashgan hukmdorlar orasida ham ijod bilan shug`illangan, ilm-fan va adabiyot ahliga homiylik qilgan, o`z davlatlari tarixini yaratgan hukmdorlar ham bo`lgan. Masalan, Abdulaxon, Ubaydilloxon II, Subhonqulixonlar; Xiva xoni Abdulg`ozixon; Qo`qon xoni Umarxon shular jumlasidandir.
Uchala xonlik xalqlarini ma`naviy hayotda birlashtirib turgan kuch o`zbek tili bo`ldi. Ayni paytda davlat idora ishlarida fors tii ham qullanilgan. Ijtimoiy hayota o`zbek va fors tillari qo`llanilgan. An`anaga ko`ra esa fanda va maktabda arab tili muhim o`rin tutgan.
Madrasalar uch (boshlang`ich, o`rta va yuqori) bosqichli bo`lib, ularda arab, fors va o`zbel tili mukammal o`rgatilgan. Shuningdek, fiqh, hisob, handasa, astranomiya, axloq, falsafa, antiq, adabiyot, geografiya, tarix tabobat o`qitilgan.
Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling