Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasi oʼz ishini


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1498181
Bog'liq
xorazm-arxeologik-etnografik-yoshlar-ekspeditsiyasi-oz-boshlab-yuborishdi



1
Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasi oʼz ishini
boshladi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 12-13-dekabr kunlari Xorazm viloyatiga
tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm Maʼmun akademiyasi arxeolog
olimlari Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasining (XАEYE) dasturini ishlab chiqishdi. Joriy
yilning 1-aprel sanasidan boshlab Qalʼajiq qalʼada arxeologik ekspeditsiya ishlari boshlab yuborildi.
Qalʼajiq qalʼa Xorazm viloyatining Bogʼot tumanidan janubi-gʼarbda, Hazoraspdan 25 km uzoqlikda
Qoraqumning qum barxanlari chegarasida joylashgan mil. avv. IV asrga oid yodgorlikdir.
Ekpeditsiya tarkibida Xorazm Maʼmun akademiyasi yetakchi ilmiy xodimi, t.f.n. R. Аbdrimov, katta ilmiy
xodim B. Saʼdullayev, tarix fanlari nomzodi, dotsent Q. Sobirov, tarix fanlari boʼyicha PhD Y. Karimov,
akademiyaning tayanch doktorantlari Sh. Raximov, Sh. Ismoilov va J. Аbdullayevlar hamda Urganch davlat
universiteti Tarix fakultetining bir guruh talabalari ishtirok etishmoqda.
Ekspeditsiya ishlariga t.f.n. R. Аbdrimov, t.f.n. Q. Sobirov, katta ilmiy xodim B. Saʼdullayevlar rahbarlik
qilishmoqdalar.
Ekspeditsiyaning birinchi kuni Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasining dasturida
belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib talaba yoshlarga arxeologik ekspeditsiya ishlarini tashkil
etish uslublari, yoʼnalishlari va oʼziga xos qonuniyatlari yuzasidan seminar trening tashkil etildi. Unda
talabalar arxeologik tadqiqot ishlariga doir kerakli bilim va koʼnikmalarga ega boʼlishdi.


2
Ertasiga Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasi oʼzining amaliy, yaʼni arxeologik tadqiqotlar
ishlarini boshlab yuborishdi.
Ekspeditsiya davomida Xorazm viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir
tashkil etildi. Tadbirda Xorazm folklor namunalarining mohir ijrochilari, xalqimiz ardogʼidagi sanʼatkorlar
Oʼzbekiston xalq baxshisi Normat Аbdullayev, Yetmishvoy Аbdullayev va Аbdusharip Quryazovlar
ekspeditsiya ishtirokchilariga maʼnaviy hordiq ulashdilar.
Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasining arxeologik tadqiqotlari koʼtarinki ruhda va qizgʼin
davom etmoqda. Rejaga koʼra, ekpeditsiya ishlari bir oy davom etishi koʼzda tutilgan.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling