Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirish


Download 41.56 Kb.
Sana22.01.2020
Hajmi41.56 Kb.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirish


Bajardi: Ibragimov Sh

Qabul qildi: Asamxodjayeva Sh

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag`lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, turli xil risklarni, mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo`l bilan respublika iqtisodiyotini ko`tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo`shilishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishini a rag`batlantirish yo`li bilan investitsiyalarni, ko`proq, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.

Rivojlangan mamlakatlar orasida chet el investitsiyalarini o’z milliy iqtisodiyotiga jalb etishning raqobat shakli yildan-yilga kuchayib bormoqda. SHu bois, chet ellik investorlarga yaratilgan qulaylik qaysi davlatda ustun darajada bo’lsa, ya`ni foyda olish ehtimoli kattaroq bo’lsa, tabiiyki, ularning aynan o’sha davlat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga qiziqishi ortadi. Bu esa, bozor iqtisodiyotining nisbiy samaradorlik qonuniga mos keluvchi echim hisoblanadi, ya`ni qaerda samara (foyda) olish imkoniyati nisbatan yuqori bo’lsa, tadbirkorlar ỹsha erdagi bozorga ko’proq intiladi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga amaldagi soliqlar va bojlar yuzasidan qator engilliklar, imtiyozlar belgilangan. Masalan: -Respublikamizda xorijiy investorlar o`z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkidan boj to`lovi olinmaydi; -Respublika investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga sarf etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari daromad (foyda) solig`idan 7 yil muddatga ozod etilgan; -korxona jamg`armasida xorijiy investitsiya mablag`lari hissasi 50% va undan yuqori bo`lsa, ular 2 yil muddatga daromad (foyda) solig`idan ozod qilingan va boshqa soliq imtiyozlari belgilangan.

Xorijiy investitsiyasi bo`lgan korxona amaldagi qonunlarga binoan o`zi ishlab chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksportga chiqarish va o`z ishlab chiqarish extiyojlari uchun zarur mahsulotlar importini amalga oshirish huquqiga egadir.Xorijiy investitsiyalari bo`lgan korxonadan chiqish yoki bunday korxonanining tugatilish hollarida xorijiy investorlar shu korxona mulkidan o`zining hissasini korxona mulki bilan qiymatiga mutanosib ravishda pul yoki natura tariqasida qaytarib olish huquqiga ega bo`ladi.

Hozirga kelib, O`zbekiston hududida xorijiy kompaniyalar faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish jarayoni asosan nihoyasiga etkazildi va amalda qo`llanilmokda. Bu faoliyatni rag`batlantirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlarning quyidagi tizimi ishlab chiqilgan: xususiylashtirish jarayonida xorijiy investitsiyalarning qatnashishi; texnikaviy qayta qurollanish; xalq iste`moli va eksportga mo`ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni ragbatlantirish.

O`zbekiston Respublikasida investorlarga bir qator imtiyozlar beriladi. Xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar (savdo, vositachilik, xom ashyo etkazib beruvchilardan tashqari) ro`yxatdan o`tgan kundan boshlab: -daromad (foyda) solig`idan 1-yil – 25%, 2-yil – 50%, 3--yildan 100%, qishloq hududida 1-yil ozod qilinadi; -mulk solig`idan 2 yilga ozod qilinadi; -ishlab chiqargan mahsulotining 30% ortig`i eksportga chiqsa, 50%ga daromad (foyda solig`i), 15-30% eksportga chiqarilsa, 30% daromad (foyda) solig`idan ozod qilinadi; -ishlab chiqarish bilan band bo`lsa, er solig`idan 2 yilga ozod qilinadi.

To`g`ridan to`g`ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etgan mamlakatimizdagi ishlab chiqarish tarmoqlari quyidagi soliqlardan ozod etiladilar: -daromad (foyda) solig`i; -mulk solig`i: -ijtimoiy infratuzilmani va hududi rivojlanishni rivojlantirish solig`i; -atrof-muhit solig`i; -mikrofirmalar va kichik biznes uchun yagona soliq; -yo`l fondiga majburiy ajratmalardan.

Agar, xorijiy investitsiyalar xajmi: 300 000 – 3 000 000 AQSH dollariga teng bo`lsa – 3 yilga; 3 000 000 – 10 000 000 AQSH dollariga teng bo`lsa – 5 yilga; 10 000 000 AQSH dollaridan ortiq bo`lsa – 7 yilga.

O`zbekiston Respublikasida alohida sohalarga imtiyozlar berish ko`zda tutilgan. Unga ko`ra neft’ va gaz konlarini ochish va qidirish ishlariga xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan korxonalar: - ushbu ishlarni amalga oshirish davrida barcha soliqlardan; - ushbu ishlarni amalga oshirish uchun zarur uskunalarni import qilishda bojlardan ozod qilinadi.

Mazkur soha korxonasi chet ellik hamkorlar bilan birga Mazkur soha korxonasi chet ellik hamkorlar bilan birga ochilsa, unda, -neft’ va gaz qazib chiqarilgan kundan boshlab 7 yilga daromad (foyda) solig`idan; - xorijiy hamkorlar ulushi kapitalidan olinadigan daromad va mulk solig`idan ozod qilinadi.

Yengil sanoat sohasida: - tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar QQS dan tashqari barcha soliqlardan ozod; - o`z ehtiyoji uchun ishlab chiqarish uskunalari, ehtiyot qismlarini import qilishda korxonalar bojxona to`lovlaridan ozod qilinadi. Respublikamizda ipakchilik sohasiga alohida e`tibor qaratilgandir, ya`ni pillachilikka bog`liq barcha ishlab chiqarish korxonalari 01.01.2010 yilgacha QQS dan ozod qilingan.

E'tiboringiz uchun rahmat !


Download 41.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling