Xorijiy tillar metod birlashmasining 2019-2020-o’quv yili ish rejasiga asosan avgust oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi


Download 19.01 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi19.01 Kb.
#1188689
Bog'liq
Shahrisabz tuman xalq ta


Shahrisabz tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 2-IDUMIning Xorijiy tillar metod birlashmasining 2019-2020-o’quv yilida qilgan ishlari
HISOBOTI
Xorijiy tillar metod birlashmasining 2019-2020-o’quv yili ish rejasiga asosan avgust oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligining 2011-yil 4-iyuldagi 144-sonli “Umumiy o’rta ta’limi maktabi fan metod birlashmalari to’g’risidagi nizom” to’g’risidagi buyrug’iga asosan 2019-2020-o’quv yili uchun xorijiy tillar metod birlashmasining yillik ish rejasini ishlab chiqish masalasi ko’rib chiqildi va unda metod birlashma a’zolarining hisobotlari tinglandi.

  2. Fan kabinetlarini yangi o’quv yili uchun jihozlanishi va ko’rgazmalari tayyorlash masalasi ishlab chiqildi hamda metod birlshma a’zosi D. Mingboyevaning hisoboti tinglandi.

  3. Metod birlashma a’zolarining fanlar kesimidagi yillik-taqvim mavzu rejasini ko’rib chiqish va tasdiqlashga tavsiya etish masalasi bo’yicha barcha metod birlashma a’zolarining hisobot muhokama qilindi.

  4. Ma’ruza: “PISA-o’quvchilar bilimini baholash xalqaro dasturi” masalasi bo’yicha metod birlashma rahbari Sh. Ibragimovaning ma’ruzasi o’qib eshittirildi. PISA-1997-yilda ta’sis etilgan bo’lib hozirgi kunda 78ta davlat a’zodir. Bu sinov har 3 yilda o’tkaziladi. PISA yo’nalishi nafaqat boshlang’ich sinf o’qituvchilari balki yuqori sinf o’quvchilarining ham vazifalaridir.

  5. Ma’ruza: “CLIL- fan va tillarning integratsiyalashgan ta’lim berish xususiyatlari” masalasi yuzasidan metod birlashma a’zolarining ma’ruzalari tinglandi. Unda til o’rganishning zamonaviy texnologiyalardan biri o’rganilayotgan mavzu va tilning integratsiyasiga asoslangan CLIL( Content and Language Integrated Learning) haqida bir qancha ma’lumotlar aytildi.

Xorijiy tillar metod birlashmasining 2019-2020-o’quv yili ish rejasiga asosan sentyabr oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi:



  1. 6-A sinfda “Professions” Sh. Ibragimova tomonidan tashkil etilgan ochiq dars muhokamasi masalasi yuzasidan metod birlashma a’zosi Z. Narzullayevaning fikrlari tinglandi. Darsning yutuq va kamchiliklari aytib o’tildi. Darsning yutuqlari- ko’rgazmali qurollardan foydalanildi. Darsning kamchiliklari- Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar utida kam ishlandi.

  2. 9-sinfda “ Fax, Internet, e-mail…what next?” mavzusida N. Samatova tomonidan tashkil etilgan ochiq dars muhokamasi yuzasidan D. Mingboyevaning ma’ruzasi tinglandi. Darsda o’quvchilarni individual fikrlashga o’rgatildi. Darsda vaqt to’g’ri taqsimlanmaganligi sababli uy vazifa va mavzu mustahkamlanmay qoldi. . AKTdan foydalanilmadi.

  3. Z. Narzullayeva tomonidan yaratilgan Chet tili fanlarining o’qitilishiga doir “Indefinite article” mavzusida tayyorlangan ma’ruza tahlili masalasi metod birlashma a’zolari o’rtasida muhokama qilindi.

  4. To’rtinchi masala-chet tili fanidan Iqtidorli o’quvchilarni aniqlash masalasi haqida so’z yuritildi .Unda sinflar kesimida 15talik test topshirig’i o’tkazildi. Har bir sinf o’quvchilari orasidan yuqori ball to’plaganlari ajratib olindi va iqtidorli o’quvchilar deb e’lon qilindi.


Xorijiy tillar metod birlashmasining 2019-2020-o’quv yili ish rejasiga asosan oktyabr oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Download 19.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling