Xotira va takrorlash kuchi


Download 16.44 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi16.44 Kb.
#644074
Bog'liq
xotira
blok, kitob 3.1, Interfaol ta’lim metodlari, 01.03.2020 blok test, Махмудов шохрухмирзо, Махмудов шохрухмирзо, 3 мавзу иброхимов Отабек ди38, 4-amaliy mashg'ulot mal tiklash, '5-Mavzu Ped Nazariya1, yuk avtomobillarining valsimon detallarini qayta tiklashda va yeyilishga chidamliligini oshirishda plazma yoyi yordamida payvandlash texnologiyasini takomillashtirish, Педиатрияда хамширалик иши, Иномов, 2016, Педиатрияда хамширалик иши, Иномов, 2016, Misol, Misol, 2 5249008579028978107

Xotira va takrorlash kuchi.
Xotira bu esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash va unutish kabi ruhiy jarayonlar yeg’indisidir. Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha biror narsa yoki hodisani idrok qilamiz va esda olib qolamiz. Biz turli axborotlarni eshitish, ko’rish, xatti-harakatlar orqali qabul qilamiz, so’ngra esda olib qolamiz.
Statistikaga ko’ra, inson 10% o’qiganlarini, 20% eshitganlarini, 30% o’qib eshitganlarini, 50% eshitib ko’rganlarini, 70% nima deb gapirganini va 90% nima bajarayotganini eslab qolarkan. Bu fakt yana bir narsani ko’rsatadi: odamlar kitob o’qishdan ko’ra kino ko’rishni yaxshi ko’radi.
Xotira jarayonlarining eng muhimi va hammani birday e’tiborini tortadigani bu esda saqlash va unutish jarayonlaridir. Esda saqlash deyilganda ilgari tug’ilgan taassurot, fikr, his-tuyg’u va ish – harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Unutish esa deyarli hammani qiynaydigan va xattoki ba’zilarni jahlini chiqaradigan jarayondir. Unutish jarayoni esda saqlashga nisbatan qarama-qarshi jarayon emas aksincha uni to’ldiruvchi jarayon hisoblanadi. Unutish miyadagi ma’lumotlarni ortiqcha detallardan tozalaydi. Shuning uchun bu tabiiy biologik jarayondan qo’rqmaslik kerak. Evripid aytganidek insonlarga Xudo tomonidan unutish qobiliyati in’om qilinmaganda, ular yashay olmasdi.
To’g’ri unutishning foizi ba’zida haddan ortib ketishi mumkin. Masalan: talabalar, odatda, dars vaqtida o’rganganlarining 90% ini 30 kun mobaynida unutadi. Juda katta hajmdagi unutish esa dars tugashi bilanoq sodir bo’ladi. Nemis psixologi German Ebbingaus o’rganishdan so’ng o’tgan vaqtni hisoblab chiqdi va “unutish yoyi”ni kashf qildi. Unga ko’ra o’rganilgan 100%li ma’lumotning 40% i 19 daqiqada, 50% i 63 daq, 60% i 1kun, 70% i 2 kun, 80% i 6 kun, 90% i esa 30 kun mobaynida unutilishi tasdiqlangan. Lekin bu holatdan qo’rqishga hojat yo’q. Bu unutish yoyini yengishda sizga takrorlash kuchi yordam beradi. Ya’ni axborotni uzoq muddatli xotiraga o’tkazishda oraliqli takrorlashdan foydalanish mumkin. Bunda ma’lumotni 1-takrorlash (10 daq. keyin), 2-takrorlash (24 soatdan keyin), 3-takrorlash (1 haftada), 4-takrorlash (1 oyda), 5-takrorlash (6 oydan), keyinchalik esa faqat muhtojlik sezilsagina takrorlanadi. Bu usul orqali siz 80-90 % li ma’lumotlarni uzoq vaqtgacha xotirangizda saqlashingiz mumkin.
Download 16.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling