Xristianlikning muqaddas kitobidir. Bibliyaning asosiy mavzusi yagona Xudoning fazilatlari va odamzod bilan aloqasi haqidadir. Bibliya ikki qismga Qadimgi Ahd va Yangi Ahdga bo’linadi
Download 40 Kb.
|
xristianlikning muqaddas kitobidir
xristianlikning muqaddas kitobidir. Bibliyaning asosiy mavzusi – yagona Xudoning fazilatlari va odamzod bilan aloqasi haqidadir. Bibliya ikki qismga – Qadimgi Ahd va Yangi Ahdga bo’linadi. «Ahd» - yagona Xudovandning insonlar bilan aloqasini bildiradigan tushunchadir. Qadimgi Ahd – «Tavrot» va «Zabur» milodimizdan avvalgi davrlarda, ya’ni Iso Masih tug’ilishidan oldin yaratilgan. Yangi ahd – «Injil» - eramizning birinchi asrida, ya’ni Iso Masih tug’ilganidan keyin yaratilgan. Qadimgi Ahd ibriy va aramiy (eski yahudiy), Yangi Ahd esa yunon (qadimgi grek) tilida yozilgan. Bibliyani tuzishda bir yarim ming yil mobaynida qirqqa yaqin muallif ishtirok etgan. «Vahiy» Injilning oxirgi kitobidir. U aziz Pir Yuhannoga Xudo yo’llagan bashoratdir. «Vahiy»da oxir zamonda yuz beradigan musibatlar, Iso Masihning olamga qaytishi, Ya’juj-Ma’juj, Dajjol, Qiyomat, Jannat va Jahannam haqidagi tushunchalar ifodalanadi. «Vahiy»da xudoning osmon saltanati tasvirlangan. Osmon saltanati tasvirida turkiylarning Ko’k tangri dini ifodasining umumiy o’xshashlik tomonlari bor: Osmonda bir Taxt – Arshi a’lo. Unda olmos va la’lga o’xshash yaltiroq bir siymo o’tiradi. Uning tevaragida yana yigirma to’rtta taxt bor. Bu taxtlarda boshlarida oltin toj va oq kiyim kiygan yigirma to’rt oqsoqol o’tiradi. Arshi a’lo oldida xudoning yetti ruhi bo’lgan yettita mash’al yonib turadi. Uning o’rta qismi va atroflarida to’rtta jonzot ham bor edi. Birinchi jonzot arslonga, ikkinchisi buzoqqa o’xshar edi, uchinchi jonzotning yuzi odamsimon, to’rtinchisiniki esa uchayotgan burgutga o’xshar edi. Yigirma to’rt oqsoqol ham, jonzotlar ham barhayot siymo – tangriga shukronalar qiladi. Muqaddas kitobdagi bu tasvirni turkiylar turmush tarzi nuqtai nazaridan ham izohlash mumkin: Arshi a’lodagi barhayot siymo – turkiylarning Ko’k tangrisi. Yigirma to’rt oqsoqol – turkiylarning yigirma to’rt qavm boshliqlari ruhi. Yigirma to’rt oqsoqol turkiylar hayotida, davlat tuzumida alohida o’rin tutgan. Umuman, yigirma to’rt soni turkiylar uchun o’ziga xos ahamiyatga ega. Turkiylarning Xung-nu eli yigirma to’rt urug’dan kelib chiqqan. Yigirma to’rt oqsoqol xunlarning siyosiy hayotida, davlatni boshqarishida katta mavqyega ega bo’lgan. Yigirma to’rt oqsoqolning davlatni boshqarishi To’xtamishxon davrlarida ham saqlanib qolgan. Sharqiy xunlar, ya’ni Xung-nular miloddan oldingi ikkinchi asrlardayoq mustahkam mamlakatga ega bo’lgan turkiy qavmlardan hisoblanadi. Ular Markaziy Osiyoda ilk davlatlarini qurganlarida mamlakatni yigirma to’rt qo’mondon idora etgan. Yetti mash’al turkiylarning yetti bahodiri ruhi. Qofqaz turkiylari mifologiyasiga ko’ra Tangri yerga to’fon yuborishidan oldin faqat bir qari cholni ogohlantiradi. Chol sandiqsimon qayiqda o’z oilasini saqlab qoladi. Qayiq Qazbek cho’qqisiga ko’tarilgach, to’fon to’xtaydi. Cholning farzandlari dunyo bo’ylab tarqaladi. U yana yetti o’g’il ko’radi. Ular bir kuni ovga chiqishadi, ammo ularni yashin urib o’ldiradi. Tangri yetti bahodir ruhini ko’kka olib chiqadi. Bu ruh yetti yulduz bo’lib porlaydi. Tangri atrofidagi hayvon va qushlarga monand tasvirlar ham diqqatga sazovordir. Ulardan birinchisi arslonsifat shohning ruhidir. Arslon va sher turkiylarning mudofaa, shuningdek, harbiy sarkardalari timsolidir. Turkiylar miloddan oldingi VII asrda yashagan xoqonlari Alp Er To’nga timsolida arslondan ham kuchli bahodir kishi siymosini ko’rishadi. «Vahiy»da arslonsifat ruhga hurmat bilan qaraladi. Tangrining qo’lida yetti muhr bilan muhrlangan bir kitob bo’lib, uni ochish va yechishga qodir kishilardan biri arslon ismli odamdir. Muhrlarning buzilishi bilan tangrining yonida o’tirgan to’rt jondor – to’rt shohning qiyofasi ochiladi. Birinchi muhrning buzilishi bilan arslonsifat shohning ruhi jonlanadi va hayotga qaytadi. U oq otga minib, boshida toj, g’oliblik uchun yo’lga otlanadi va unga g’alaba buyuriladi. Muqaddas kitobda Ya’juj-Ma’jujlar haqida ham so’z ketadi. Shayton Iso Masehning tirilish kuni ularni aldab, zindondan chiqaradi va xudoning aziz xalqiga qarshi jangga otlantiradi. Tangri o’t yog’dirib, ularni qirib tashlaydi. Ya’juj-Ma’juj turkiylarning jangovar urug’laridan hisoblanishi haqida tarix xabar beradi. Beruniy Iskandar Zulqarnaynning tarixiy faoliyati haqida so’z yuritar ekan, u qo’shni xalqlarni Ya’juj-ma’jujlar hujumidan himoya qilish uchun devor qurdirganligini uqtiradi. Ya’juj-ma’jujlar beshinchi va oltinchi iqlimda yashovchi sharq turklarining bir sinfi deb ta’riflangan. Tarixchi Muhammad ibn Jarir at – Tabariy esa ozarbayjon hukmrondori Ya’juj-ma’jujlar yerini fath etganini yozadi. «Tavrot»da jahondagi barcha millatlarga mansub xalqlarning mushtarak tuyg’ulari, e’tiqod va tushunchalarini ifodalovchi rivoyat hamda afsonalar mavjud. Shulardan biri Olloh tomonidan yerga to’fon jo’natilishi hodisasiga bag’ishlangan. Bu voqyea muqaddas diniy kitoblardan tashqari, ko’plab tarixiy – badiiy, jumladan, Rabg’uziyning «Qissasi Rabg’uziy», Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» kabi asrlarida ham o’z ifodasini topgan. «Bibliya»da to’fon hodisasi haqida quyidagi rivoyat keltirilgan. Download 40 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling