Xudaybergenova Umidaning


Download 40.15 Kb.
Sana07.06.2020
Hajmi40.15 Kb.
#115871
Bog'liq
Umida Xudaybergenova pensiyadan


Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Ijtimoiy ish ( Pensiya ta`minoti) yo`nalishi 3 kurs talabasi Xudaybergenova Umidaning Pensiya hisoblash va to`lash asoslari fanidan O`zbekiston Respublikasi budjetdan tashqari pensiya fondini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish istiqbollari mavzusidan bajargan ishi

Reja:


  1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi - davlat pensiya ta’minotining moliyaviy asosi sifatida

  2. Pensiya ta`minoti tizimidagi muammolar va ularni hal etish yo`llari

  3. Pensiya ta`minoti tizimining taraqqiyot istiqbollari

1.0’tgan yillar mobaynida 0’zbekistonda amalga oshirilayotgan kuchli

ijtimoiy siyosat jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishda o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi va olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratib berdi. 0’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi 1996-yil 27-dekabrda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi qoshida Pensiya fondini tashkil etish to`g`risida»gi Qaroriga asosan tashkil etilgan. 2005-yilda u 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi sifatida qayta tashkil etildi.

Pensiya jamg'armasining mablag`laridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:

- ishlayotgan pensionerlarga davlat pensiyalarini to’lash;

- davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmagan keksa va mehnatga qobiliyatsiz fuqarolarga nafaqalar;

- dafn etish marosimi uchun nafaqalar;

- belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa xarajatlar.

2.Pensiya tizimi islohati pensiya ta`minotidagi ikki asosiy printsipga tayanadi: avlodlar birdamligi prinsipi va jamg`arish prinsipi. Ushbu ikki pensiya tizimining farqi pensiya to`lovlari moliyalashtiruvdagi yondoshuv hisoblanadi. Agar jamg`arish tizimi (1-rasm) pensiya faqat sug`urta ba`dallari hisobiga to`lansa, avlodlar birdamligi prinsipi (2-rasm) joriy davrdagi ishchilarning badallari hisoblanadi.



Pensiya fondi

Ishchi


U ham pensioner hisoblanadi


1-rasm. Jamg`arish pensiya tizimi

Sug`urta badallarini to`layotgan ishchi ushbu sug`urta badali miqyosidan kelib chiqqan holda kelajakta pensiya oladi.




Pensiya fondi

Ishchilar

Pensionerlar


2-rasm. Avlodlar birdamligi prinsipiga asoslangan pensiya tizimi.

Rivojlangan va ayrim o`tish iqtisodiyoti mamlakatlari (Vengriya, Polsha, Chexiya) tajriybasidan kelib chiqqam holda shuni aytish mumkinki, aholi daromadlari differentsiyasi va iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoyatida uch darajali pensiya pensiya tizimini joriy etish eng optimal echim hisoblanadi.

Uch darajali pensiya tizimi quyidagi afzalliklarga ega:

– birinchi daraja – pensiya tizimidagi vazifalarga ko`ra ijtimoiy ahamiyatga ega. Ushbu daraja mehnatga qobiliyatsiz aholi qatlamini yashashini ta`minlovchi pensiya hajmini kafolatlaydi. Bu daraja davlat tomonidan ish staji, sug`urta staji va pensionerning sug`urta hisobidagi jamg`arma hajmidan qa`tiy nazar minimal pensiya belgilaydi. Bu daraja ijtimoiy harakterga ega;

– ikkinchi daraja – pensionerning sug`urta ajratmalari va mehnat faoliyati bilan bog`liq. Ushbu darajaning asosiy maqsadi pensionerni oldingi, mehnat qobiliyatiga ega bo`lgan davrdagi moliyaviy sharoyatini saqlab qolish. Bu daraja faol ishlovchi fuqaro uchun mo`ljallangan bo`lib, uni yo`qori to`lanadigan ish joyida ishlashga, pensiya yoshida foydalanish uchun daromadlarining bir qismini jamg`arishga rag`batlantiradi. Funktsiyasi va vazifalariga ko`ra ushbu daraja uchta bosqichlar ishida eng asosiysi bo`lib, u pensionerga yuqori hayot darajasini ta`minlashga qaratilgan;

– uchinchi daraja – ishchining hohish va imkoniyatidan kelib chiqqan holda, pensiya yoshiga etgach pensiya hajmini oshirishga qaratilgan bo`lib, u individual va qo`shimcha funktsiyaga ega. Pensiya tizimining ushbu bosqichi davlat va nodavlat sug`urta kompaniyalari, banklar, pensiya va boshqa fondlarning ishtiroki asosida tashkillashtiriladi.



3.Pensiya ta`minoti tizimini isloh qilish sohasidagi asosiy vazifa pensiya jamg`armasiga to`lanadigan badallar va pensiya to`lovlari miqdori o`rtasidagi uzviy bog`liqlikni o`rnatishdir. Bu ishchilarning badallar to`lashdan manfaatdorligini oshirish, budjetga og`irlikni kamaytirish maqsadida davlat tizimi miqdorini qisqartirish, ishchilar va ishberuvchilar to`laydigan badal stavkasini 79 pasaytirish va kelajakda jamg`arish tizimini amalga oshirishga zamin tayyorlash uchun zarurdir. Bunday holatga birdamlik taqsimlash darajasini shartli-jamg`arish chizmasiga aylantirish yoki ish haqiga bog`langan, belgilangan to`lovli chizmani o`zgartirish va qisqartirish orqali erishiladi. Mamlakatlarning ko`p darajali pensiya tizimiga o`tishiga muvofiq, xususiy pensiya jamg`armalarini boshqarishning huquqiy asoslarini ishlabchiqish, hisobkitlolarni olib borish, badallarni yig`ish, hususan, pensiya jamg`armalari faoliyati ustidan nazorat yuritish va tartibga solish bo`yicha institutsional salohiyatni shakllantirish kabi muammolarni hal etish muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikada pensiya jamg`armasi moliyaviy holatini yaxshilash yo`llaridan biri imtiyozli pensiya tayinlanishini kamaytirish. Ta`kidlash joizki, so`nggi yillarda respublikamizda yoshga doir pensiya oluvchilar o`rtasida imtiyozli asosda pensiyaga chiquvchilarning hissasi ortib bormoqda.
Download 40.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling