Xudoybergenova Nihola


Download 20.9 Kb.
bet1/2
Sana11.11.2021
Hajmi20.9 Kb.
  1   2

Insholar tanloviga.

8-G sinf o’quvchisi Xudoybergenova Nihola

Onajonim –mehribonim.

Reja:


Kirish. Murabbiyim –onam.

Asosiy qism:

1. Onajonim, yolg’izgina qiblagohim mening.

2. Onam bilan suhbat (she’riy tarzda)

Xulosa. Faxrim, g’ururim onam.

Ilohning ilohiy g’oyasi –Ona,

Jami ezgulikning duosi –Ona.

Ruhni xudo, tanni ona yaratgan,

Xudoning yerdagi soyasi –Ona

Ona! Sizni nima deb atay? Zero, g’amlarimda kuyungan, shodligimda suyungan, tashvishlarimda bedor bo’lgan Mushfiqam. Sirlarimga do’st tutingan Sirdoshim. Yig’laganimda – yig’lagan, dardlarimni tinglagan Darddoshim. Faqat baxtimni o’ylagan Kuyunchagim. Bugun ko’ngil degan bog’imdagi eng sara, bir oz tanti ohangda aytilgan dil so’zlarim, shuku onajon. Faqat sizgina mening mehribon, mushfiq murabbiyimsiz. Bu so’zlarni men hasham uchun aytayotganim yo’q. Onajon, siz men va barcha opa-ukalarim uchun ona, dunyodagi eng bebaho tengi yo’q insonsiz. Bilasizmi? Sizning mehringizni adog’i yo’q ummonga, taftingizni quyoshga o’xshataman.



Onajon!

Ko’zlarimdan uyqu qochdi nogoh sahar pallasi,

Ko’kda oyni qutlar edi g’ujg’on yulduz yallasi,

Nazarimda oy onayu yulduz jigargo’shasi,

Shu on bunga ulandiyu qo’shni kelin allasi, -

Xayollarim senga tomon parvoz etdi, onajon,

Qalbim jo’shib noming bilan dilroz etdi, onajon.

Onajonim, oq sut berding mehr bilan ardoqlab,

Ziyo berding tunlarimga beshigimni quchoqlab,

Kamol berding, nusrat berding, tilak berding dil bog’lab,

Lekin hanuz xizmatingni qila olmadim oqlab,

Xayollarim senga tomon parvoz etdi, onajon,

Qalbim jo’shib noming bilan dilroz etdi, onajon.

Hayot ekan, har boshda bir bo’lar ekan savdosi,

Pashshadan fil, fildan pashsha yasar ekan g’avg’osi,

Tiriklikning insonlarga bergan asl dunyosi

Mehr ekan, mehr ekan, faqat mehr da’vosi,

Xayollarim senga tomon parvoz etdi, onajon,

Qalbim jo’shib noming bilan dilroz etdi, onajon.

G’ussa kelsa odamzodga cheksiz olam ekan tor,

Quvonch kelsa tor kulba ham ekan cheksiz, beg’ubor,

Dunyo ishi buzmoq ekan, qurmoq ekan ham takror,

Faqat ona mehri ekan kelajakka poydevor,

Xayollarim senga tomon parvoz etdi, onajon,

Qalbim jo’shib noming bilan dilroz etdi, onajon

Sendan yiroq ne savdolar kechirmadi bu boshim,

O’gitlaring bo’ldi doim kurashlarda yo’ldoshim,

Xalqu, Vatan yodi bo’ldi mangu porloq quyoshim,

Chunki sening mehring edi eng yaqinim, sirdoshim,

Xayollarim senga tomon parvoz etdi, onajon,

Qalbim jo’shib noming bilan dilroz etdi, onajon.

O’ylab boqsam ko’p qatori hayot gashtin suribman,

Ba’zan yomon, ba’zan yaxshi ko’chalardan yuribman

Kapalakdek mitti parvoz o’zni har yon uribman,

Faqatgina ushbu damda Nihola bo’lib turibman,

Xayollarim senga tomon parvoz etdi, onajon,

Qalbim jo’shib noming bilan dilroz etdi, onajon!

Bilaman, sizday sodda dilni, jannat rayhoni kabi jonbaxsh, hech qayerda takrorlanmaydigan onalik bo’ylaringizni dunyoni kezib izlaganimda ham topolmayman. Tojim onaginam, meni barcha injiqliklarimni, arazlarimni faqat sizgina ko’tara olasiz. Munism, nafaqat meni, barcha farzandlaringizni jondan aziz tutasiz. Onajonim, yolg’izgina qiblagohim mening. Sochingizga oq tushibdi. Zero, osha qora sochlaringizni farzandlaringiz bir qizu, ikki o’g’ilni voyaga yetishi davomidagi mashaqqatlarda, turmushning zalvorli mehnatiyu, zahmatida oq rangga bo’yayapmiz. Onajon, ayni shu damda issiq bag’ringizni qo’msayapman.




Download 20.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling